Научная статья на тему '“OLIY TAʼLIM JARAYONLARINI BOSHQARISH –HEMIS” AXBOROT TIZIMI MOBIL ILOVASINING IMKONIYATLARI'

“OLIY TAʼLIM JARAYONLARINI BOSHQARISH –HEMIS” AXBOROT TIZIMI MOBIL ILOVASINING IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
22
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Hemis mobile / ilova / ma’lumotlar bazasi / axborot tizimi / deadline / talaba / elektron shartnoma / reyting daftarcha / unilibrary

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Abdullayev Alisher Ilxamovich, Saitov Shukrullo Lutfullo O‘g‘li, Pirmanov Oxunjon Baxridin O‘g‘l, Sayidov Farux Asatulloyevich, Dexkonboyev Islomjon Tolibjon O‘g‘li

Mazkur tadqiqot ishida “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish –HEMIS” axborot tizimidan foydalanishda qator qulayliklar yaratishga imkon beruvchi mobil ilovaning yaratilishiga bo‘lgan talab va ehtiyojning darajasi haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish –HEMIS” axborot tizimi mobil ilovasining imkoniyatlari hamda raqamli xizmatlari to‘g‘risida mulohaza olib boriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“OLIY TAʼLIM JARAYONLARINI BOSHQARISH –HEMIS” AXBOROT TIZIMI MOBIL ILOVASINING IMKONIYATLARI»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

"OLIY TALIM JARAYONLARINI BOSHQARISH - HEMIS" AXBOROT TIZIMI MOBIL ILOVASINING IMKONIYATLARI

Abdullayev Alisher Ilxamovich

Raqamli ta'lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi, direktor (tel.: (71) 203-13-24, e-mail: [email protected] ) Saitov Shukrullo Lutfullo o'g'li Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish boshqarmasi, bosh mutaxassis (tel.: (71) 55-520-08-08 (209), e-mail: [email protected] )

Pirmanov Oxunjon Baxridin o'g'li Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi (tel.: (71) 55-520-08-08 (210) e-mail: [email protected]) Sayidov Farux Asatulloyevich Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi (tel.: (71) 55-520-08-08 (209) e-mail: [email protected] )

Dexkonboyev Islomjon Tolibjon o'g'li Raqamli ta'lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi, bo'lim boshlig'i (tel.: (71) 203-13-20, e-mail: [email protected] ) https://doi.org/10.5281/zenodo.10652848

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01-February 2024 yil Ma'qullandi: 05- February 2024 yil Nashr qilindi: 10- February 2024 yil

KEY WORDS

Hemis mobile, ilova, ma'lumotlar bazasi, axborot tizimi, deadline, talaba, elektron shartnoma, reyting daftarcha, unilibrary

Mazkur tadqiqot ishida "Oliy ta'lim jarayonlarini boshqarish - HEMIS" axborot tizimidan foydalanishda qator qulayliklar yaratishga imkon beruvchi mobil ilovaning yaratilishiga bo'lgan talab va ehtiyojning darajasi haqida so'zyuritiladi. Shuningdek, "Oliy ta'lim jarayonlarini boshqarish - HEMIS" axborot tizimi mobil ilovasining imkoniyatlari hamda raqamli xizmatlari to'g'risida mulohaza olib boriladi.

Ayni kunlarda ta'lim sohasida faol qo'llanib kelinayotgan "Oliy ta'lim jarayonlarini boshqarish - HEMIS" axborot tizimi ko'plab qulaylik va imkoniyatlarni o'zida jamlay olgani bois bugungi ta'lim tizimida o'zining o'rnini topa oldi.

Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonlarini boshqaruvchi ushbu HEMIS axborot tizimi ayni vaqtlarda faollashib ulgurdi. Ushbu axborot tizimi "Ma'muriy boshqaruv", "O'quv jarayoni", "Ilmiy faoliyat" hamda "Moliyaviy boshqaruv" modullarini o'zida jam qiladi. HEMIS axborot tizimi oliy ta'lim muassasalarining asosiy faoliyatlarini avtomatlashtirish hisobiga ma'muriy xodimlar, professor-o'qituvchilar va talabalarga elektron ta'lim xizmatlarini taqdim etadi. Axborot tizimi oliy ta'lim muassasalari bilan Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o'rtasida axborot ko'prigi vazifasini o'taydi hamda oliy ta'lim muassasalaridan olinadigan turli xil ma'lumotlar sonini keskin kamaytirish, ularning qog'oz shaklidan voz kechish va boshqaruv tizimini raqamlashtirishga xizmat qiladi.

HEMIS axborot tizimini takomillashtirish hamda talabalarga qulaylik yaratish maqsadida HEMIS axborot tizimining mobil ilovasi ishlab chiqildi. Ushbu mobil ilova

talabalarga mobil qurilmalar orqali HEMIS axborot tizimidan qulay tarzda foydalanishga xizmat qiladi hamda dars jadvallari, topshiriqlar, fan resurslari, o'zlashtirish ko'rsatkichlari, davomati, ta'lim jarayoniga oid hujjatlar va boshqa turdagi xizmatlardan foydalanish imkonini taqdim etadi.

Mobil ilovadan foydalanish jarayonlari quyidagi 1-rasmda keltirilgan:

S

Mobil ilova ga kirish

Shaxsiy kabinet

Avtorizatsiya

Shaxsiy ma'lumotlar

j§ 3

Ma'lumotlar

B

Fanlar

Dars jadvaIi

S

Topshiriqlar

Talaba ID ® guvolinomasi [3? O'zlashtirish

(op Ma'lumotnoma Buyruqlar

füf"1 Slhartriomalar jiip Davomat

Talaba hujjatlari ÇSp Naiorat Jadvali

rfp Reytiog ^ daftarcha Ççj^1 Semestf

v Fan resurslari Diplom

1-rasm. HEMIS Mobile ilovasidan foydalanish sxemasi.

Mobil ilova "Oliy ta'lim jarayonlarini boshqarish - HEMIS" axborot tizimining OTM qismi bilan integratsiya qilingan bo'lib, mobil ilovadan foydalanish uchun talabalar o'zlari tahsil oladigan oliy ta'lim muassasasini tanlab, HEMIS axborot tizimidagi login hamda parolini kiritishi kerak bo'ladi. Avtorizatsiya jarayonlari muvaffaqiyatli amalga oshirilganidan so'ng talabani shaxsiy kabineti ochiladi hamda mobil ilovaning barcha funksiyalaridan foydalanish mumkin bo'ladi.

HEMIS mobil ilovasi HEMIS axborot tizimi bilan parallel ravishda, yagona texnologik yondashuv asosida ishlaydi. Shuning uchun HEMIS axborot tizimidagi barcha ma'lumotlar mobil ilovada ham avtomatik tarzda ko'rinadi hamda mobil ilova uchun alohida ma'lumotlar bazasi tashkil qilish va uni resurslar bilan to'ldirish talab etilmaydi.

Mobil ilova topshiriqlar, dars jadvali, fanlar, ma'lumotnomalar hamda profil bo'limlaridan tashkil topgan.

1. Topshiriqlar bo'limi

Ushbu bo'limda fanlar doirasida professor-o'qituvchilar tomonidan berilgan topshiriqlar, vazifalarni topshirishning so'nggi muddatlari (deadline), topshiriqqa necha ball berilishi haqida ma'lumotlar hamda qo'yilgan talablar yoki izohlar beriladi.

2. Dars jadvali bo'limi

Bu bo'limda semestrlar kesimida hafta kunlari bo'yicha o'tilgan yoki endi o'tiladigan fanlar ro'yxati, fanlarning boshlanish va tugash vaqtlari, fan o'qituvchisi, mashg'ulot turi to'g'risidagi ma'lumotlar keltiriladi.

3. Fanlar bo'limi

Fanlar bo'limida o'tiladigan fan nomlari, dars soatlari, fan resurslari (kitoblar, ma'ruza matnlari, taqdimotlar, lug'atlar va hk.), talabaning fan bo'yicha o'zlashtirish ko'rsatkichlari, qayta ishlash soatlari (agar mavjud bo'lsa) hamda shu kabi ma'lumotlar beriladi.

4. Ma'lumotnomalar bo'limi

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

Ushbu bo'limda Talaba ID guvohnomasining elektron varianti, shartnomalar, reyting daftarcha, o'quv varaqasi, nazoratlar jadvali, talaba davomati to'g'risidagi umumiy ma'lumotlar, buyruqlar va boshqa tegishli ma'lumotlar keltiriladi.

5. Profil bo'limi

Bu bo'limda talabaning shaxsiy hamda ta'lim ma'lumotlari, shuningdek, mobil ilova sozlamalari joylashgan.

2-rasm. HEMIS Mobile ilovasi

Bugungi kunda HEMIS mobil ilovasidan 600 mingdan ortiq foydalanuvchi foydalanib kelmoqda.

HEMIS mobil ilovasidagi mavjud imkoniyatlar: Elektron Talaba ID guvohnomasi O'qish joyidan ma'lumotnoma olish imkoniyati To'lov shartnomasini yuklab olish imkoniyati Elektron diplom va ilovani yuklab olish imkoni Talabaga tegishli hujjatlarni yuklab olish imkoni Reyting daftarchani ko'rish hamda yuklab olish imkoni O'zlashtirish ko'rsatkichini kuzatib borish imkoni Buyruqlarni yuklab olish imkoni Davomatni ko'rib borish imkoni Dars jadvali bilan tanishish imkoni Nazorat jadvalini ko'rish imkoniyati

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

• Fanlar ro'yxatini ko'rish imkoniyati

• Fan topshiriqlarini yuklab olish hamda bajarilgan vazifalarni professor-o'qituvchilarga yuborish imkoniyati

• Fan resurslaridan foydalanish imkoni

• Unilibrary elektron kutubxonasidan foydalanish imkoni

• Boshqalar.

Bundan tashqari yuqoridagi imkoniyatlarni har bir semestr kesimida ko'rish, fan o'qituvchisi tomonidan yuborilgan topshiriqlarni bajarish, topshiriqqa qo'yilgan baho va izohlarni ko'rish hamda topshiriq muddatlari haqida ogohlantiruv olish imkoniyati mavjud. "Profil" menyusi orqali joriy kursi va mutaxassisligini ko'rishi hamda tizimga kirish parolini o'zgartirishi mumkin. Xulosa

Shunday qilib, xulosa o'rnida aytish mumkinki, HEMIS Mobile ilovasi zamonaviy axborot tizimlarining eng maqbul namunalaridan biri sifatida ta'lim jarayonlarini boshqarishda katta ko'mak berayotgan HEMIS axborot tizimidan mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini beradi. Bu bilan yuqoridagi kabi qulayliklarga erishilib, vaqt tejalishi, imkoniyatlar kengayishi va yana bir necha qulayliklarga ega bo'lish kabi sifatlarga erishish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Khamdamov U., Abdullayev A., Elov J., Sultanov D. Conceptual Model of the Education Management Information System for Higher Education Institutions. International Journal of Advanced Trends in Computer Science and Engineering, 2020, Volume 9, No.5.

2. Jamshid Elov, Utkir Khamdamov. Development of a database of higher education process management information system based on the relational model , International Conference of Information science and communications technologies applications, trends and opportunities ICISCT 2021. 3-5 November, 2021. Tashkent, Uzbekistan, 5p

3. Abdullaev A., Khamdamov U. The concept of development of information systems and services in the system of higher education of the Republic of Uzbekistan. // EU-01- 002070 "Asian Intellectual Property" LLC, 2018.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.