Научная статья на тему 'TA’LIM MENEJMENTI: RAQAMLI IQTISODIYOT, AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI, INTERAKTIV TA’LIM MUHITINING AFZALLIKLARI VA IMKONIYATLARI'

TA’LIM MENEJMENTI: RAQAMLI IQTISODIYOT, AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI, INTERAKTIV TA’LIM MUHITINING AFZALLIKLARI VA IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
20
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’lim / ta’lim tizii / ta’limni boshqarish / raqamli iqtisodiyot / axborot kommunikatsiya texnologiyalari / interaktiv ta’lim muhiti / raqamli texnologiyalar.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Saidaxmedova N.I, Otabaeva L.F

Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot, axborot kommunikatsiya texnologiyalari va interaktiv ta’lim muhitining mazmuni hamda ularni zamonaviy ta’lim boshqaruvidagi afzalliklari va imkoniyatlari ifodalangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM MENEJMENTI: RAQAMLI IQTISODIYOT, AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI, INTERAKTIV TA’LIM MUHITINING AFZALLIKLARI VA IMKONIYATLARI»

TA'LIM MENEJMENTI: RAQAMLI IQTISODIYOT, AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI, INTERAKTIV TA'LIM MUHITINING

AFZALLIKLARI VA IMKONIYATLARI 1Saidaxmedova N.I., 2Otabaeva L.F.

1Nizomiy nomidagi TDPU, Ta'lim menejmenti kafedrasi, i.f.d.(DSc), professor 2Nizomiy nomidagi TDPU, Maktab menejmenti ta'lim yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10806005

Annotatsiya. Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot, axborot kommunikatsiya texnologiyalari va interaktiv ta'lim muhitining mazmuni hamda ularni zamonaviy ta'lim boshqaruvidagi afzalliklari va imkoniyatlari ifodalangan.

Kalit so'zlar: Ta'lim, ta'lim tizii, ta'limni boshqarish, raqamli iqtisodiyot, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, interaktiv ta'lim muhiti, raqamli texnologiyalar.

Abstract. This article describes the content of digital economy, information and communication technologies and interactive educational environment, as well as their advantages and opportunities in modern educational management.

Keywords: Education, educational system, educational management, digital economy, information communication technologies, interactive educational environment, digital technologies.

Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy ustunligini belgilaydigan meynstrim -raqamli iqtisodiyotdir. Bu yutuq aynan ilm-fan va ma'rifat taraqqiyotining mevasidir. Globallashuv sharoitida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish nafaqat alohida iqtisodiy tizimlar, balki umumdavlat darajasidagi vazifaga aylandi. Shuni hisobga olgan holda O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta'lim va sog'liqni saqlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo'yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Respublikada raqamli industriyani jadal rivojlantirish, milliy iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktabrda «Raqamli O'zbekiston - 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni qabul qilindi.

Raqamli iqtisodiyotga o'tish O'zbekiston uchun nafaqat vaqtni tejash va shuning hisobiga ishlab chiqarish intensivligi va samaradorligini oshirish uchun zarur. Qolaversa, raqamli iqtisodiyot xufyona iqtisodiyot darajasini, ma'muriy buyruqbozlikni pasaytirish uchun ham dolzarb. Ba'zi sohalarda byurokratiya chuqur tomir otayotganligining ildizi ham shu yerda. Raqamli iqtisodiyot odatda raqamli va hisoblash texnologiyalari (AKT) va IT asosida amalga oshiriladigan infrutuzilma hamda aloqa tizimi bo'lib, barcha iqtisodiy jarayonlarni qamrab oladi. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ning rivojlanish darajasi bilan to'g'ridan to'g'ri bog'liq.

Buning uchun, albatta, axborot kommunikatsiyalari tarmoqlari (AKT)ni rivojlantirish va mazkur tarmoqqa investitsiya oqimini kuchaytirish lozim. Bu nafaqat innovatsion rivojlanishni rag'batlantirish orqali mamlakat iqtisodiy salohiyatining rivojlanishiga olib keladi, mehnat unumdorligini oshiradi, xarajatlarni kamaytiradi, yangi faoliyat turlarining paydo bo'lishiga olib keladi, shu bilan birga, aholi yashash sifatini oshiradi. AKTning rivojlanishi va uning YaIMdagi hissasining oshishi unga muvofiq keladigan raqamli infratuzilmaning rivojlanish darajasi bilan to'g'ridan to'g'ri bog'liq. Raqamli infratuzilmaning rivojlanishi darajasin belgilaydigan

ko'rsatkichlar bo'lib internet tezligi, unga kirish qulayligi va albatta, uning bahosi hisoblanadi. So'zsiz, bu borda mamlakatimizda sezilarli siljishlar ro'y bermoqda.

1995 yilda amerikalik olim Nikolas Negroponte (Massachusets universiteti) "raqamli iqtisodiyot" atamasini muomalaga kiritdi. Raqamli iqtisodiyot - axborotni generatsiya qilish, qayta ishlash, saqlash va uzatishning yangi usullari, shuningdek, raqamli kompyuter texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan iqtisodiyotdir. Raqamli iqtisodiyotning asosiy texnologiyalari katta ma'lumotlar (ular bilan ishlashning o'ziga xos malumotlar va usullari), sun'iy intellekt, blokchain texnologiyasi, bulutli hisobot, kvant texnologiyalari, robototexnika, virtual xaqiqat va boshqalar. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishining muhim natijasi mavjud biznes modellarini o'zgartirish, mahsulotni yaratish, uni sotishda va xizmatlar ko'rsatishda vositachilarning rolini kamaytirishdir. Raqamli texnologiyalar bevosita yetkazib beruvchilar va mijozlarni ulash imkonini beradi, bu esa mahsulot va xizmatlarni shakllantirishga individual yondashishn rivojlantirishga yordam beradi.

Ma'lumki, so'nggi yillarda Sharq mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ko'plab sohalarida yuksak natijalar namoyish etmoqda. Xususan, Yaponiya, Janubiy Koreyani butun dunyo raqamli texnologiyalarni joriy etish va ulardan samarali foydalanish namunasi sifatida e'tirof etsa, Xitoy Xalq Respublikasi, Hindiston yuqori texnologiyali tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmi va sur'atlari bo'yicha jahonning eng oldingi mamlakatlari qatoridan o'rin olgan. Yaqin Sharq mamlakatlari, xususan, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar muqobil energiya ishlab chiqarish, axborot texnologiyalarini joriy etish, kosmik tadqiqotlar sohasida jiddiy muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritmoqdalar.

Janubi-Sharqiy Osiyoning qatormamlakatlari raqamli iqtisodiyotni joriy etish ko'rsatkichlari bo'yicha jahonning yetakchi mamlakatlari hisoblanadi. G'arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika, Skandinaviya mamlakatlari, Yaponiya, Isroil, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Finlyandiya kabi postindustrial jamiyatga erishgan davlatlar raqamli iqtisodiyotni shakllantirish bo'yicha dadil qadamlarni allaqachon qo'yib bo'lishgan va bu yo'nalishda katta natijalarni qo'lga kiritishga erishganlar, hattoki, savodsizlik darajasi 75 foiz bo'lgan aholi jon boshiga to'g'ri keladigan YaIM 87 AQSh dollariga teng Janubiy Koreya qoloqlikdan chiqishning kafolati, barqaror iqtisodiy o'sishning kaliti - sifatli va raqobatli ta'lim deb hisobladi. Bosh vektor sifatida mamlakatni barcha darajalarda (ishlab chiqarish, aholi, davlat boshqaruvi) axborotlashtirish tan olindi.

Hozirgi vaqtda ta'lim siyosati va ta'lim tizimida jiddiy o'zgarishlarni zaruratini belgilab beruvchi jahon rivojlanishidagi quyidagi umumiy tendensiyalarni e'tiborga olishi lozim: jamiyat rivojlanishi sur'atlarining tezlashuvi; axborotlashgan jamiyatga o'tish, global muammolarning vujudga kelishi va o'sishi; malakasiz va past malakali mehnat sohasining qisqarishi, bandlik sohasida chuqur tuzilmaviy o'zgarishlar; jamiyatning iqtisodiy rivojlanishida inson kapitali rolining oshib borishi. Ta'lim tizimi - asosiy ijtimoiy institutlardan biri, shaxs shakllanishining muhim sohasi, ta'lim muassasalari va ularni boshqaruv organlarining tarixiy shakllangan tizimi bo'lib, o'sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, mustaqil hayotga va kasbiy faoliyatga tayyorlash hamda ularning ta'limga bo'lgan individual ehtiyojlarini qondirish maqsadlariga xizmat qiladi. Ta'lim tizimini modernizatsiya qilishning ustuvor yo'nalishlaridan biri va muhim vazifa bo'lib - mazkur tizimni boshqarish modelini modernizatsiya qilish hisoblanadi. Zamonaviy sharoitlarda ta'limni boshqarish - bu birinchi navbatda ta'limni rivojlanish jarayonini boshqarish hisoblanadi.

Ta'lim tizimida AKTning joriy etilishini ta'lim jarayonida va ta'lim faoliyatini boshqarishda ko'ramiz. Jumladan, ta'lim muassasalarini kompyuterlashtirilishi, tarmoqqa ulanishi, elektron hujjat aylanishi, mustaqil ta'lim olish tizimlari, virtual laboratoriya va simulyatorlar, elektron kutubxonalar va resurslar jamlanmasi, ta'lim jarayoning interaktiv qurilmalari, multimediya vositalari va mahsulotlari, darsliklar va o'quv qo'llanmalar bilan ta'minlanganligi, turli mavzularga oid veb portallar va tarmoq elektron resurslari, turli dasturiy ta'minotlar, ma'lumotlar va bilimlar bazalari joriy etilmoqda. Erishilayotgan yutuqlar bilan chegaralanib qolmasdan ta'limni globallashtirish va bu sohani yanada isloh qilish lozim.

Oliy ta'lim muassasalari (OTM) boshqarish jihatdan murakkab, bir biriga bog'liq turli funksiyalarga ega ichki ob'ektlar hamda turli darajadagi ko'p foydalanuvchilarga ega majmua hisoblanadi. Hozirgi kunda OTM faoliyati to'lig'i bilan AKT joriy etilishiga qaramasdan, uni tashkil qiluvchi ichki ob'ektlaridan ayrimlarigina avtomatlashtirilgan xolos. Misol uchun xodimlar va talabalar ma'lumotlar bazasi, elektron kataloglashtirilgan resurslar jamlanmasi va hujjatlar aylanishi kabi elementlarni kiritish mumkin. Bugungi kunda mazkur yaratilayotgan ta'limdagi xizmatlar ko'rsatish axborot tizimlar turli texnologiya va tuzilmaviy xarakterga ega bo'lib, ularni kengaytirish, ma'lumotlarni integratsiyalash, umumlashtirish hamda yagona axborot makoniga aylantirish dolzarb muammolardan hisoblanadi. AKTni ta'lim tizimiga joriy etishi nafaqat tizimni boshqaruv va mahsulot sifatini yaxshilash balki, iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikni ham ta'minlaydi. Ta'lim sohasidagi axborot tizimlarni tom ma'noda elektron yoki interaktiv ta'lim muhiti deyish mumkin. Interaktiv ta'lim muhiti (ITM) murakkab muhit bo'lganlikdan, dastlab muhit asosini tashkil etuvchi muhim tushuntirishlarini qarab o'tamiz.

Interaktiv ta'lim muhiti deganda ta'lim sohasiga doir barcha ehtiyoj murojaatlarni qanoatlandiradigan elektron xizmatlarning dasturiy majmualari tushuniladi. Yoki ITM ta'lim tizimini to'liq qamrab olgan integratsiyalashuvchi turli axborotlar makonida qo'shimcha modullarni qo'llabquvvatlash imkoniyatiga ega hamda ta'limga yo'naltirilgan ehtiyojlari bo'yicha elektron xizmatlarni ko'rsatishga mo'ljallangan dasturiy ta'minotlar majmuasi. Umumiy holda ta'lim muhitida xizmat ko'rsatish deganda asosan unga bog'liq bo'lgan va bo'lmagan, muhit ichidagi va tashqarisidagi shaxslar ko'rsatiladigan xizmatlar tushuniladi. ITM bir tizimga keltirilgan, maqsadli axborot va ta'lim beradigan portal, sayt, axborot tizimi yoki axborot-ta'lim tizimi kabilar bo'lishi mumkin. Agar muhit axborotlari berilgan vaqt oraliqda o'zgarmasa, bunday axborot muhitini statik muhit, aks holda qaralayotgan vaqt oralig'ida axborotlar doimo o'zgarib tursa, bunday axborot muhiti dinamik deyiladi. Har qanday mnteraktiv axborot muhiti (ITM) to'liq dinamik muhitida faoliyat ko'rsatib, foydalanuvchi - tizim tamoyiliga amal qiladi. Misol tariqasida ta'lim sohasini oladigan bo'lsak ota-ona - tizim, talaba - tizim, ishchi-xodim - tizim, o'qituvchi - tizim va h.k. Dinamik muhitlarni tor ma'noda interaktivlik deyish ham mumkin.

Ta'lim tizimi texnik, texnologik va dasturiy vositalar bilan ta'minlangan sharoitda elektron xizmatlar kamida quyidagi ob'ektlar uchun yaratilishi lozim bo'ladi (1-rasm):

1. Ichki ob'ektlar (ta'lim muassasasi tarkibiga kiruvchi ob'ektlar: rektorat, fakultetlar, kafedralar, bo'limlarda faoliyat olib boruvchi xodimlar va talabalar);

2. Tashqi ob'ektlar (ta'lim muassasasi tarkibiga kirmaydi, lekin u bilan uzviy aloqada bo'lgan ob'ektlar: ota-ona, tashkilotlar va h.k.). Ta'lim muassasasi (TM) faoliyati bilan bog'liq ichki va tashqi ob'ektlarni tizim ob'ektlari deb ataymiz.

1-rasm.Ta'lim muassasasi faoliyati bilan bog'liq ichki va tashqi ob'ektlar

ITMda ob'ektlariga ko'rsatiladigan umumlashgan elektron xizmat turlari quyidagilardan

iborat:

- ta'lim faoliyatida sodir bo'layotgan voqealarni tasvirlash, hujjatlami standartlar asosida shakllantirish;

- professor-o'qituvchilar tarkibi (PO'T), ishchi xodimlar va talabalarga faoliyati yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan xizmatlar;

- tashqi muhitga ma'lumotlarni elektron taqdim etish;

- ma'lumotlarni tahlil etish va ehtiyojlar asosida xisobot jadvallarini shakllantirish;

- foydalanuvchilar bilan interaktiv muloqotda bo'lish;

- ITMda xizmatlarni taqdim etuvchi virtual kabinet tashkil etish;

- elektron resurslar bazasidan tezkor izlash xizmatlari;

-muhit ob'ektlarini va foydalanuvchilari faoliyatini turli me'zonlar asosida baholash, reytingi aniqlash va h.k xizmatlari.

Ushbu xizmatlarni tashkil qilishdagi - ma'lumotlarni markazlashgan holda saqlash, talab-ehtiyojlar asosida har xil modellar bilan shakllantirish, ko'p foydalanuvchili tizimni boshqarish, qarorlarni qabul qilish, xizmatlardan samarali foydalanishi kabi elementlari birgalikda ITM mohiyatini aniqlaydi.

Ta'lim ob'ektlariga xizmatlar ko'rsatish uchun minimal talablari:

- TMlar kompyuter tarmoqlariga ulangan bo'lishi;

- boshqaruv tizimini tashkil etuvchi ob'ektlarning vazifa va darajalariga ko'ra o'zaro uzviy bog'liqligining aniqlanishi;

- ob'ektlar bir-biriga ma'lumotlararo bog'liqligini ko'rsatilishi;

- tizimda faoliyat ko'rsatayotgan foydalanuvchilar AIJiga ega bo'lishi;

- real vaqtda faoliyatdagi ma'lumotlardan ichki va tashqi ehtiyojlar uchun axborotlarni shakllantirilishi;

- Zamonaviy tezkor ma'lumotlar almashinuvi vositalari.

Ta'limda xizmat turlari va ularning amalga oshirilish talablari hamda foydalanuvchilarning huquqlari aniqlanishi o'z-o'zidan ularning amalga oshirilish bosqichlarini aniqlab beradi.

ITMni yaratish, sifatli ta'lim berish, talab va ehtiyojlarni hisobga olgan holda ta'lim jarayoni tashkil etish va boshqarishdan iboratdir. ITM xizmatlarni tashkil etish quyidagi bosqichlarni nazarda tutadi:

- identifikatsiyalangan ma'lumotlar bazasini tashkil etish;

- ichki va tashqi ob'ektlararo bog'liqlikni yangi tizimini tashkil etish;

-ma'lumotlar uzluksiz ravishda shakllantirish, uzatish va qabul qilish;

- ma'lumotlarni himoyalash tizimini ishlab chiqish;

- ITMni ishlab chiqish;

- ma'lumotlarni intellektual tahlili;

- turli bosqich va pog'onadagi ta'limiy axborot tizimlarini integratsiyalash;

- foydalanuvchilarga extiyojlar bo'yicha ma'lumotnomalarni turli tizim va bo'g'inlardan avtomatik shakllantirib berish.

"Elektron hukumat" tizimining asosiy bo'g'inlaridan biri bo'lgan ta'lim sohasining komplek axborot tizimini yo'lga qo'yilishi, jumladan, ta'lim tizimi va tegishli muassasalarni boshqarishda interaktiv ta'lim muhiti tuzilmasini yagonalikga intiltirish, integratsiyalash va undagi axborotlar oqimini boshqarish hamda ularni o'z egalariga vaqtida yetkazish, elektron xizmatlarni shakllantiruvchi intellektual dasturiy tizimni yaratish va mavjud elektron xizmatlarni samarali tanlashga ko'maklashuvchi axborot muhitlarni amaliyotga joriy etish bugungi kundagi dolzarb masalalar qatorida bo'lib qolmoqda hamda "Ma'lumotlar bazasi" kabi axborot texnologiyalar sohasi uchun yangi yo'nalishilardan biri bo'lgan "Elektron xizmatlar bazasi", "Ehtiyojlar bazasi" kabi maxsus bazalarni takomillashtirish maqsadga muvofiq.

Raqamlashtirish ilmi va ko'nikmalarining yetishmasligi iqtisodiyotimizning raqamli transformatsiyaga, shu qatorda ta'limni boshqarish samaradorligiga jiddiy to'siq bo'lishi mumkin. Mavjud muammolarning yechimi, qo'yilgan vazifalarni bajarish, rivojlanish strategiyasining har bir yo'nalishini samarali amalga oshirish uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni va ularni sifatli natijalar beradigan darajadagi mehnatini zamonaviy talablarga mos yondashuvlar va dunyoqarashni rivojlantirish zarur. Ma'naviyatli, ma'rifatli avlod yurt taraqqiyotining asosiy omilidir. Shu sababli raqamli iqtisodiyotni takomillashtirish, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va huquqiy asoslarini ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq etish davlat va jamiyat boshqaruvida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, zamonaviy bilimlarga intilish xalqimiz hayotini farovonlashuviga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 iyuldagi «O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish choratadbirlari to'g'risida»gi PQ-3832-sonli qarori. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 04.07.2018 y., 07/18/3832/1452-son.

2. Маркова В.Д. Цифровая экономика: Учебник для ВУЗ ов (Высшее образование: бакалавриат). -М: Инфра-М, 2019. -186 стр.

3. Saidaxmedova N.I., Kurbaniyazov Sh.K., Xusniddinov M.M.Boshqaruv nazariyasi. Darslik. T.:"LESSON-PRESS" nashriyoti, 2023 yil.

4. Nishanov A.X., Babadjanov E.S. Interaktiv axborot muhitida elektron xizmatlar. Toshkent. Fan va texnologiya. 2017 yil. 184 bet

5. Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar. O'quv qo'llanma//Mualliflar: B.Shafarov, U.X.Narzullayev, N.R.Zaynalov, G'.M.Porsaev; - Samarqand: SamDU nashri, 2019, 272 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.