Научная статья на тему 'AHOLINI XAVFLI HUDUDDAN XAVFSIZ HUDUDGA KO‘CHIRISH CHORA-TADBIRLARI'

AHOLINI XAVFLI HUDUDDAN XAVFSIZ HUDUDGA KO‘CHIRISH CHORA-TADBIRLARI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Aholini ko‘chirish / ofat / cheklangan ko‘chirish / mahalliy ko‘chirish / mintaqaviy ko‘chirish / umumiy ko‘chirish / qisman ko‘chirish / transport / piyoda / aralash. / Population displacement / disaster / limited displacement / local displacement / regional displacement / general displacement / partial displacement / traffic / foot / mixed.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Nabiyev Akramjon Botirjonovich, Isroilova Muxlisa Oybek Qizi

Aholini ko‘chirish, ko‘chirish turlari, aholini ko‘chirishda yuzaga keladigan muammolar va ularning yechimlari haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MOVING THE POPULATION FROM A DANGEROUS AREA TO A SAFE AREA MEASURES

Population displacement, types of displacement, problems arising in population displacement, and their solutions have been described.

Текст научной работы на тему «AHOLINI XAVFLI HUDUDDAN XAVFSIZ HUDUDGA KO‘CHIRISH CHORA-TADBIRLARI»

UDK 574:502.1

AHOLINI XAVFLI HUDUDDAN XAVFSIZ HUDUDGA KO'CHIRISH

CHORA-TADBIRLARI

Nabiyev Akramjon Botirjonovich Namangan davlat universiteti, (PhD), akramion.nabiYev.80@mail.ru

Isroilova Muxlisa Oybek qizi Namangan davlat universiteti talabasi, muxlisaisroilovaoYbekqizi1575@gmail.com

Annostatsiya. Aholini ko'chirish, ko'chirish turlari, aholini ko'chirishda yuzaga keladigan muammolar va ularning yechimlari haqida ma'lumot berilgan.

Анностация. Дана статия о перемещении населения, видах переселения, проблемах, возникающих при переселении населения, и их решениях.

Annostation. Population displacement, types of displacement, problems arising in population displacement, and their solutions have been described.

Kalit so'zlar: Aholini ko'chirish, ofat, cheklangan ko'chirish, mahalliy ko'chirish, mintaqaviy ko'chirish, umumiy ko'chirish, qisman ko'chirish, transport, piyoda, aralash.

Ключевые слова: Переселение, катастрофа, ограниченное переселение, местное переселение, региональное переселение, общее переселение, частичное переселение, транспорт, пешеходное, смешанное.

Keywords: Population displacement, disaster, limited displacement, local displacement, regional displacement, general displacement, partial displacement, traffic, foot, mixed.

Aholini ko'chirish - ehtimoli bo'lgan yoki yuz bergan tabiiy, texnogen xususiyatli favqulodda vaziyat hududidan aholini transportda, piyoda olib chiqish va avvaldan tayyorlab qo'yilgan xavfsiz, ya'ni, favqulodda vaziyat ta'siri bo'lmagan joylarga vaqtincha joylashtirish tadbirlari majmuidir.

Aholini turli xususiyatlardagi favqulodda vaziyatlardan muhofazalash, barcha obyektlar, tashkilot va muassasalar rahbarlarini eng asosiy vazifalaridan bo'lib, ushbu "Aholi va hududlarni muhofaza qilish to'g'risida"gi Qonunning 11-moddasida bayon etilib belgilangan tartibda evakuatsiyaga oid tadbirlarni o'tkazish va odamlarni joylashtirish maqsadida oldindan bazalar tayyorlab qo'yish lozimligi qayd etilgan.

Shu sababli hozirgi vaqtda ham favqulodda vaziyatning ko'lamiga qarab muhofaza qilishni eng maqbul usullaridan biri, imkon darajasida aholini xavfli joylardan olib chiqib ketish, ya'ni evakuatsiya tadbirlarini o'tkazish hisoblanadi. Lekin ushbu tadbirlarni o'tkazish ancha murakkab bo'lib, unda barcha davlat organlarini tayyorgarligini oshirish, fuqarolarni qanday harakat qilishga o'rgatish masalalariga alohida e'tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.

Chunki, ofat yuz bergan joyga maxsus xizmatlarni yetib kelguncha bir muncha vaqt kerak bo'ladi. Tezlik bilan harakat qilinmasa, favqulodda vaziyatlar ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Misol uchun 1999-yil Turkiyada sodir bo'lgan zilzila tufayli 30 ming odam halok bo'lgan. Yoki bo'lmasa 1995-yilda Yaponiya davlatini Kobe shahrida bo'lgan zilzila oqibatida 6 mingdan ortiq odam nobud bo'lgan, ko'rilgan moddiy zarar 100 mlrd. AQSh dollariga teng deb baholangan, Ruminiyaning Baya-Borla shahri yaqinida joylashgan yarim metal tog' jinslarini qayta ishlash korxonasida sodir bo'lgan favqulodda vaziyat tufayli 20 ming tonna o'ta kuchli zaharlovchi moddalar Visheu va Tisa daryolari irmog'iga oqib ketgan. Braziliya, Indoneziya, Rossiya davlati, Yevropaning bir qator davlatlarida sodir bo'lgan suv toshqinlari, o'rmonlarning

yonishi, kuchli shamollar ham, ko'lami har xil bo'lgan favqulodda vaziyatlarni sodir bo'lishiga olib kelgan.

Xavfni oldini olishga tayyorgarlik, aloqa va axborot vositalarining doimiy shayligini nazorat qilishga, takomillashtirishga, evakuatsiya rejalarini o'z vaqtida o'tkazishga tibbiy yordamni ko'rsatishga chorlaydi.

Bundan tashqari aholini, ma'sul shaxslarni tayyorlash va malakalarini oshirish, qutqaruv kuchlarini halokat o'chog'lariga tezlik bilan yetib kelishi, to'g'ri harakat qilishiga o'rgatish tayyorgarlikni yuqori saviyaga ko'tarishga olib keladi.

2005-yilda Amerika Qo'shma Shtatlarining Novo-Orlean shtatida kuchli shamol oqibatida 450 ming aholi xavfsiz joyga ko'chirilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 9-fevraldagi PQ-279-sonli Qarori asosida, joriy yilning bahor-yoz oylarida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan geologik va gidrometeorologik jarayonlar bilan bog'liq favqulodda vaziyatlardan aholini va hududlarni muhofaza qilish borasida sel kelishi, yer ko'chishi xavfi mavjud bo'lgan hududlardan 1251 ta xo'jalikdagi 6277 nafar fuqarolar xavfsiz hududlarga ko'chirilgan. Tadbir o'tkazilish vaqti va muddatiga qarab, aholini ko'chirish 2 turga ajratiladi; -oldindan o'tkaziladigan ko'chirish; -shoshilinch (kechiktirib bo'lmaydigan) ko'chirish.

Oldindan o'tkaziladigan ko'chirish -favqulodda vaziyat (xavfli ob'ektlardagi falokatlar yoki tabiiy ofatlar) yuzaga kelish ehtimoli yuqori darajada ekani haqida, ishonchli ma'lumot olinganda o'tkaziladi. Bunga bir necha o'n daqiqadan bir necha sutkagacha davr ichida favqulodda vaziyat sodir bo'lishi mumkinligi haqidagi oldindan taxminlash asos hisoblanadi.

Shoshilinch (kechiktirib bo'lmaydigan) ko'chirishlar - odamlarning hayoti va salomatligiga havf tug'iladigan darajada texnogen yoki tabiiy tusdagi favqulodda vaziyat yuzaga kelgan, aholining risoladagidek kun kechirishi buzilgan taqdirda o'tkaziladi.

Favqulodda vaziyat rivojlana borishi va favqulodda vaziyat zonasidan olib chiqiladigan aholi soniga qarab, ko'chirishning 3 xil turi bo'ladi: -cheklangan (lokal) ko'chirishlar; -mahaliy ko'chirishlar; -mintaqaviy ko'chirishlar.

Cheklangan (lokal) ko'chirishlar-favqulodda vaziyat manbai shikast omillarining ehtimol bo'lgan ta'sir zonasi shahar kichik tumani yoki qishloq aholi yashash joyi chegarasi ichidan chiqmay, ko'chiriladigan aholi soni bir necha ming kishidan oshmagan taqdirda o'tkaziladi. Bunday hollarda ko'chirilgan aholi, odatda, favqulodda vaziyat zonasiga tutash aholi yashash joylariga yoki shaharning shikastlanmagan tumanlariga (favqulodda vaziyat manbaining shikastlovchi omillari ta'sir zonasidan tashqarida) joylashtiriladi.

Mahalliy ko'chirishlar - o'rtacha kattalikdagi shaharlar, yirik shaharlarning alohida tumanlari, qishloq tumanlari favqulodda vaziyat zonasiga tushib qolgan hollarda o'tkaziladi. Bunda ko'chiriladigan aholi soni bir necha mingdan o'nlab ming kishigacha yetishi mumkin bo'lib, ular, odatda, favqulodda vaziyat zonasi bilan yondosh xavfsiz joylarga joylashtiriladi.

Mintaqaviy ko'chirishlar -shikastlovchi omillar anchagina keng maydonga yoyilib, yirik shaharlarni ham o'z ichiga olgan, aholisi juda zich joylashgan bitta yoki bir necha mintaqa hududini qamrab olganda amalga oshiriladi. Mintaqaviy ko'chirishda favqulodda vaziyat zonasidan transportda (piyoda) olib chiqiladigan aholi doimiy yashab turgan joylaridan anchagina uzoqqa ko'chirilishi mumkin.

tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar (keyingi o'rinlarda — favqulodda vaziyatlar) — muayyan hududda odamlar qurbon bo'lishiga, odamlarning sog'lig'iga yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talofatlarga hamda odamlarning hayot

faoliyati sharoitlari buzilishiga olib kelishi mumkin bo'lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy ofat yoxud boshqa ofat natijasida, karantinli va inson uchun xavfli bo'lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi natijasida yuzaga kelgan vaziyatlar;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish — favqulodda vaziyatlar ro'y berganda o'tkaziladigan hamda odamlarning hayotini asrab qolish va sog'ligini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talofatlar miqdorlarini kamaytirishga, shuningdek, favqulodda vaziyatlar zonalarining kengayishiga yo'l qo'ymaslikka hamda xavfli omillar ta'sirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va kechiktirib bo'lmaydigan ishlar majmui;

favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish — aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo'yicha tadbirlar majmui, vositalar hamda usullar tizimi;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish — oldindan o'tkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar ro'y berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro'y bergan taqdirda esa — odamlarning hayotini asrab qolishga va sog'lig'ini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorlarini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar majmui;

FVDTning funksional quyi tizimi — aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo'yicha belgilangan funksiyalarni bajaruvchi vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlarni o'z ichiga olgan quyi tizim;

FVDTning hududiy quyi tizimi — tegishli hududda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish bo'yicha belgilangan funksiyalarni bajaruvchi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini o'z ichiga olgan quyi tizim;

fuqaro muhofazasi — harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan O'zbekiston Respublikasi aholisini, hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish maqsadida o'tkaziladigan tadbirlar davlat tizimi.

Favqulodda vaziyat zonasiga tushib qolgan aholining qanchasi ko'chirish tadbirlari bilan qamrab olinganiga qarab, ko'chirishning ikki turi (varianti) bo'lishi mumkin;

-umumiy ko'chirish;

-qisman ko'chirish.

Umumiy ko'chirish -favqulodda vaziyat zonasidan hamma toifa aholi olib chiqilishini nazarda tutadi.

Qisman ko'chirish -favqulodda vaziyat zonasidan mehnatga layoqati bo'lmagan aholi, maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab, kasb-hunar, texnika bilim yurtlari o'quvchilari olib chiqilishi zarur bo'lganda o'tkaziladi.

Aholini ko'chirishning ko'rsatilgan variantlari havfning yoyilish ko'lami va tavsifiga, uning amalga oshishining oldindan taxminlashni qanchalik ishonchliligiga, shuningdek favqulodda vaziyat manbai shikastlovchi omillarining ta'sir zonasidagi ishlab chiqarish ob'ektlaridan xo'jalikda foydalanish istiqboliga qarab tanlanadi.

Odamlar hayoti va salomatligiga xavf borligi aholini ko'chirish haqida qarorga kelish uchun asos hisoblanadi.

Aholini ko'chirish haqida qarorga kelish huquqi O'zbekiston Respublikasi sub'ektlarining hududida favqulodda vaziyat yuzaga kelgan yoki favqulodda vaziyat xavfi oldindan taxmin qilinayotgan hokimiyat idoralarining mahalliy o'zini o'zi boshqarish tashkilotlarining rahbarlarida (fuqaro muhofazasi boshliqlarida) bo'ladi.

Fuqaro muhofazasi ko'lamiga va ko'chirishning qanchalik shoshilinchligi talablariga qarab, mahalliy yoki mintaqaviy ko'rinishdagi shoshilinch (kechiktirib bo'lmaydigan) yoki oldindan o'tkaziladigan ko'chirish, tegishli fuqaro muhofazasi boshliqlarining ko'rsatmalari yoki farmoyishlariga binoan amalga oshiriladi.

Kechiktirmay qarorga kelish talab qilinadigan hollarda cheklangan xarakterdagi shoshilinch ko'chirish potensial xavfli ob'ektning navbatchi-dispetcherlik xizmati boshlig'ining ko'rsatmasiga binoan o'tkazilishi mumkin.Boshqaruvning hududiy, idoraviy, ob'ekt idoralari fuqaro muhofazasi boshliqlari ko'chirishga umumiy rahbarlik qiladi. Aholini ko'chirish tadbirlarini bevosita tashkil etish va o'tkazishga esa viloyat, shahar, tumanlar ma'muriyati va iqtisodiyot ob'ekti boshqaruv organlari tashkil etadigan aholini ko'chirish komissiyalari (guruhlari) rahbarlik qiladi.

Aholini ko'chirish tadbirlari yaxshilab o'ylab rejalashtirishni hamda transportni, yo'llarni, ko'chiriladigan tashkilotlarni, aholi boradigan xavfsiz joylarni oldindan tayyorlab qo'yishni, shuningdek aholining favqulodda vaziyat sohasida har tomonlama tayyorgarlik ko'rishini talab qiladi.

Bunday tayyorgarlikni mahalliy hokimiyat idoralarining va iqtisodiyot obyektlari boshqaruv tashkilotlarining fuqaro muhofazasi boshlig'i bo'lgan rahbarlari tashkil etadi va o'tkazadi.

Aholini ko'chirish ishlab chiqarish-hududiy yoki hududiy asosda rejalashtiriladi, tashkil etiladi va amalga oshiriladi.

Ishlab chiqarish-hududiy tartibi favqulodda vaziyat zonalaridan ishchilar, xizmatchilar, talabalar, o'quvchilarni, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, o'quv yurtlari bo'yicha, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohasida ishlamaydigan boshqa aholini esa turar joydan foydalanish organlari orqali turar joylari bo'yicha transportda (piyoda) olib chiqishni nazarda tutadi.

Muayyan hollarda ko'chirishni hududiy tartibida, ya'ni aholini ko'chirish e'lon qilingan paytda bevosita aholi yashab turgan joyidan amalga oshirilishi mumkin.

Aholini ko'chirish usullariga qarab, 3 ta ko'chirish usuli bo'ladi:

-transportda;

-piyoda tartibda;

-aralash usulda.

Aralash usul eng samarali va eng maqbul usul hisoblanadi, u mavjud transport yordamida iloj boricha eng ko'p ishlovchilar bilan bir vaqtda aholini qolgan qismini birga qo'shib olib chiqishga asoslanadi. Bunda, asosan piyoda tartibda yura olmaydigan aholini transportda olib chiqish rejalashtiriladi.

Aralash usul FV zonalaridan aholini ko'chirish tadbirlarini eng qisqa muddatda o'tkazish talablariga juda mos keladi.

Ko'chirilgan aholi xavfsiz joylarda maxsus buyruq bo'lgancha joylashtirib turiladi.

Tegishli davlatlararo kelishuvlar bo'lsa, O'zbekiston Respublikasining ko'chirilgan aholisi mustaqil davlatlar hamdo'stligi qatnashchilari bo'lgan mamlakatlar va boshqa qo'shni davlatlar hududlarida joylashtirilishi mumkin. O'z navbatida O'zbekiston Respublikasi hududi ham boshqa davlatlardan ko'chirib keltirilgan aholi uchun berilishi mumkin. Bunda hamkorlik qiladigan davlatlar vakolatli idoralarining birgalikda ish tutishi halqaro huquq me'yorlariga, ikki tomonlama va ko'p tomonlama davlatlararo kelishuvlarga, O'zbekiston Respublikasi va boshqa mamlakatlar qonunlariga asoslanadi.

Ko'chirish tadbirlarining hajmi ko'pligi, tashkil etish va o'tkazishdagi murakkabliklari ko'chirishni o'tkazuvchi organlarini tuzishga hamda ular aholini ko'chirishi vaqtida va tayyorgarlik ko'rishiga oshirilgan talablar qo'yadi.

Aholini ko'chirishni tashkil qilishni rejalashtirish, tashkil etish va o'tkazish bevosita shahar, tuman va viloyatlarning ko'chirish tashkilotlariga, hokimiyat idoralariga, favqulodda vaziyat boshqarmalari va bo'limlariga yuklatiladi.

Quyidagilar ko'chirish tashkilotlari tarkibiga kiradi:

-aholini ko'chirish hay'atlari;

- ko'chirilganlarni qabul qilish hay'atlari;

- ko'chiriladiganlarning yig'ilish joylari;

- ko'chirilganlarni qabul qilish joylari;

- ko'chirishning oraliq joylari;

-piyoda ko'chirilganlarning yo'llaridagi boshqarish guruhlari; -ko'chiriladigan aholini transportda (piyoda) olib chiqish tezkor guruhlari. Hozirgi kunda aholini ko'chirish bo'yicha ham ko'plab muammolar mavjud. Shulardan biri evakuatsiya qiluvchi hodimlarni bilimi past. Ya'ni favqulodda vaziyat sodir bo'lgan vaqtda qanday harakat qilish kerak, nima qilish kerak, aholiga nima deyish kerak shu holatlarda hodimlarni bilim saviyasi pastlik qiladi. Shuning uchun har bir hodimni bilimini oshirib tayorgarligini tekshirib nazorat qilib turish kerak. Har bir hodimni favqulotda vaziyat sodir bo'lganda qanday harakat qilish kerakligi haqida o'qitib bilimini oshirish lozim va shart bo'ladi.

FVDTning asosiy maqsadi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida vakolatlarga ega bo'lgan yoki ushbu sohada majburiyatlar yuklangan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan tinchlik va alohida davrda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlari samarali tashkil etilishi va amalga oshirilishini ta'minlashdan iborat.

Quyidagilar FVDTning asosiy vazifalari hisoblanadi:

tinchlik va alohida davrda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ijrosini ta'minlash;

respublika hududida ro'y berishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlarni prognoz qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash;

aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish yuzasidan maqsadli va ilmiy-texnik dasturlarni hamda tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish, shuningdek, ushbu soha bo'yicha ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish;

FVDTning barcha darajadagi boshqaruv organlari va favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish uchun mo'ljallangan kuchlar va vositalarning doimiy tayyorligini ta'minlash;

aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi ma'lumotlarni yig'ish, tahlil qilish, almashish, axborot tayyorlash va berish;

aholini, FVDT boshqaruv organlarining mansabdor shaxslarini, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, shuningdek, fuqaro muhofazasi tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish;

aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat ekspertizasi, nazorati va tekshiruvini amalga oshirish; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish;

xorijiy davlatlar hududida ro'y bergan favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam ko'rsatish, shuningdek, ularni va halok bo'lganlarni evakuatsiya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

favqulodda vaziyatlardan zarar ko'rgan aholini ijtimoiy himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;

aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida fuqarolarning, shu jumladan, ularni bartaraf etishda bevosita qatnashgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini ta'minlash;

aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlik qilish;

ro'y berishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlardan sug'urta qilishning maqbul tizimini ta'minlash.

Yana asosiy muammolaridan biri bu aholini evakuatsiya qilish to'g'risidagi nizomlarning juda eskiligi. Bu nizomlarni hozirgi vaqtga moslab qayta ishlab chiqish kerak.

Favqulodda vaziyat bo'lgandan ko'ra uni oldini olsak aholiga zarari kamroq bo'ladi yoki umuman aholiga zarar yetmaydi. Shuning uchun shu va shu kabi muammolarni favqulodda vaziyat sodir bo'lishidan oldin o'rganib chiqib, oldini olsak maqsadga muvofiq bo'ladi.

ADABIYOTLAR

1. G'.Yormatov, O.R.Yo'ldashev , A.L.Hamrayeva "Hayot faoliyat xavfsizligi"

2. I.Nigmatov, M.Tojiyev "Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi" Toshkent 2011

3.A.Qudratov, T.G'aniyev, O'.Yo'ldashev, G'.Y.Yormatov, N.Habibullayev, A.D.Hudayev "Hayotiy faoliyat xavfsizligi" Toshkent 2005

5. O.Qudratov, T.G'aniyev "Hayotiy faoliyat xavfsizligi" Toshkent 2004

6. https://lex.uz/ru/docs/-6448083

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.