Научная статья на тему 'AHOLINI XAVFLI HUDUDDAN XAVFSIZ HUDUDGA KO’CHIRISH CHORA-TADBIRLARI'

AHOLINI XAVFLI HUDUDDAN XAVFSIZ HUDUDGA KO’CHIRISH CHORA-TADBIRLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1398
94
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
AHOLINI KO'CHIRISH / OFAT / CHEKLANGAN KO'CHIRISH / MAHALLIY KO'CHIRISH / MINTAQAVIY KO'CHIRISH / UMUMIY KO'CHIRISH / QISMAN KO'CHIRISH / PIYODA / ARALASH

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nabiyev A.B., Turdaliyev R.T.

Aholini ko’chirish, ko’chirish turlari, aholini ko’chirishda yuzaga keladigan muammolar va ularning yechimlari haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MEASURES TO TRANSFER THE POPULATION FROM DANGEROUS AREAS TO SAFE AREAS

Information is provided on resettlement, types of resettlement, problems in resettlement and their solutions.

Текст научной работы на тему «AHOLINI XAVFLI HUDUDDAN XAVFSIZ HUDUDGA KO’CHIRISH CHORA-TADBIRLARI»

Nabiyev A.B., PhD Namangan davlat universiteti Turdaliyev R. T. talabasi

Namangan davlat universiteti

AHOLINI XAVFLI HUDUDDAN XAVFSIZ HUDUDGA KO'CHIRISH

CHORA-TADBIRLARI

Annostatsiya. Aholini ko'chirish, ko'chirish turlari, aholini ko'chirishda yuzaga keladigan muammolar va ularning yechimlari haqida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar. Aholini ko 'chirish, ofat, cheklangan ko'chirish, mahalliy ko'chirish, mintaqaviy ko'chirish, umumiy ko'chirish, qisman ko'chirish, transport, piyoda, aralash.

Nabiyev A.B., PhD Namangan State University Turdaliyev R.T. student

Namangan State University

MEASURES TO TRANSFER THE POPULATION FROM DANGEROUS

AREAS TO SAFE AREAS

Annotation. Information is provided on resettlement, types of resettlement, problems in resettlement and their solutions.

Keywords. Population relocation, disaster, limited relocation, local relocation, regional relocation, general relocation, partial relocation, transport, pedestrian, mixed.

Aholini ko'chirish-ehtimoli bo'lgan yoki yuz bergan tabiiy, texnogen xususiyatli favqulodda vaziyat hududidan aholini transportda, piyoda olib chiqish va avvaldan tayyorlab qo'yilgan xavfsiz, ya'ni, favqulodda vaziyat ta'siri bo'lmagan joylarga vaqtincha joylashtirish tadbirlari majmuidir.

Axolini turli xususiyatlardagi favqulodda vaziyatlardan muhofazalash, barcha ob'yektlat, tashkilot va muassasalar rahbarlarini eng asosiy vazifalari dan bo'lib, ushbu "Aholi va hududlarni muhofaza qilish to'g'risida"gi Qonunning 11-moddasida bayon etilib belgilangan tartibda evakuatsiyaga oid tadbirlarni o'tkazish va odamlarni joylashtirish maqsadida oldindan bazalar tayyorlab qo'yish lozimligi qayd etilgan.

Shu sababli hozirgi vaqtda ham favqulodda vaziyatning ko'lamiga qarab muhofaza qilishni eng maqbul usullaridan biri, imkon darajasida aholini xavfli

joylardan olib chiqib ketish, ya'ni evakuatsiya tadbirlarini o'tkazish xisoblanadi.Lekin ushbu tadbirlarni o'tkazish ancha murakkab bo'lib, unda barcha davlat organlarini tayyorgarligini oshirish, fuqarolarni qanday harakat qilishga o'rgatish masalalariga alohida e'tibor qaratish muhim ahamiayt kasb etadi.

Chunki, ofat yuz bergan joyga maxsus xizmatlarni yetib kelguncha bir muncha vaqt kerak bo'ladi. Tezlik bilan harakat qilinmasa, favqulodda vaziyatlar ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Misol uchun 1999-yil Turkiyada sodir bo'lgan zilzila tufayli 30 ming odam halok bo'lgan. Yoki bo'lmasa 1995-yilda Yaponiya davlatini Kobe shahrida bo'lgan zilzila oqibatida 6 mingdan ortiq odam nobud bo'lgan, ko'rilgan moddiy zara 100 mlrd.AQSh dollariga teng deb baholangan, Ruminiyaning Baya-Borla shahri yaqinida joylashgan yarim metal tog' jinslarini qayta ishlash korxonasida sodir bo'lgan favqulodda vaziyat tufayli 20 ming tonna o'ta kuchli zaharlovchi moddalar Visheu va Tisa daryolari irmog'iga oqib ketgan. Braziliya, Indoneziya, Rossiya davlati, Yevropaning bir qator davlatlarida sodir bo'lgan suv toshqinlari, o'rmonlarning yonishi, kuchli shamollar ham, ko'lami har xil bo'lgan favqulodda vaziyatlarni sodir bo'lishiga olib kelgan.

Havfni oldini olishga tayyorgarlik, aloqa va axborot vositalarining doimiy shayligini nazorat qilishga, takomillashtirishga, evakuatsiya rejalarini o'z vaqtida o'tkazishga tibbiy yordamni ko'rsatishga chorlaydi.

Bundan tashqari aholini, ma'sul shaxslarni tayyorlash va malakalarini oshirish, qutqaruv kuchlarini halokat o'chog'lariga tezlik bilan etib kelishi, to'g'ri harakat qilishiga o'rgatish tayyorgarlikni yuqori saviyaga ko'tarishga olib keladi.

2005-yilda Amerika Qo'shma Shtatlarining Novo-Orlean shtatida kuchli shamol oqibatida 450 ming aholi xavfsiz joyga ko'chirilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 9-fevraldagi PQ-279-sonli Qarori asosida, joriy yilning bahor-yoz oylarida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan geologik va gidrometeorologik jarayonlar bilan bog'liq favqulodda vaziyatlardan aholini va hududlarni muhofaza qilish borasida sel kelishi, yer ko'chishi havfi mavjud bo'lgan hududlardan 1251 ta xo'jalikdagi 6277 nafar fuqarolar havfsiz hududlarga ko'chirilgan. Tadbir o'tkazilish vaqti va muddatiga qarab, aholini ko'chirish 2 turga ajratiladi;

-oldindan o'tkaziladigan ko'chirish;

-shoshilinch (kechiktirib bo'lmaydigan) ko'chirish.

Oldindan o'tkaziladigan ko'chirish -_favqulodda vaziyat (havfli

ob'ektlardagi falokatlar yoki tabiiy ofatlar) yuzaga kelish ehtimoli yuqori darajada ekani haqida, ishonchli ma'lumot olinganda o'tkaziladi. Bunga bir necha o'n daqiqadan bir necha sutkagacha davr ichida favqulodda vaziyat sodir bo'lishi mumkinligi haqidagi oldindan taxminlash asos hisoblanadi.

Shoshilinch (kechiktirib bo'lmaydigan) ko'chirishlar - odamlarning hayoti va salomatligiga havf tug'iladigan darajada texnogen yoki tabiiy tusdagi favqulodda vaziyat yuzaga kelgan, aholining risoladagidek kun kechirishi buzilgan taqdirda o'tkaziladi.

Favqulodda vaziyat rivojlana borishi va favqulodda vaziyat zonasidan olib chiqiladigan aholi soniga qarab, ko'chirishning 3 xil turi bo'ladi: -cheklangan (lokal) ko'chirishlar; -mahaliy ko'chirishlar; -mintaqaviy ko'chirishlar.

CHeklangan (lokal) ko'chirishlar-favqulodda vaziyat manbai shikast omillarining ehtimol bo'lgan ta'sir zonasi shahar kichik tumani yoki qishloq aholi yashash joyi chegarasi ichidan chiqmay, ko'chiriladigan aholi soni bir necha ming kishidan oshmagan taqdirda o'tkaziladi. Bunday hollarda ko'chirilgan aholi, odatda, favqulodda vaziyat zonasiga tutash aholi yashash joylariga yoki shaharning shikastlanmagan tumanlariga (favqulodda vaziyat manbaining shikastlovchi omillari ta'sir zonasidan tashqarida) joylashtiriladi.

Mahalliy ko'chirishlar - o'rtacha kattalikdagi shaharlar, yirik shaharlarning alohida tumanlari, qishloq tumanlari favqulodda vaziyat zonasiga tushib qolgan hollarda o'tkaziladi. Bunda ko'chiriladigan aholi soni bir necha mingdan o'nlab ming kishigacha etishi mumkin bo'lib, ular, odatda, favqulodda vaziyat zonasi bilan yondosh havfsiz joylarga joylashtiriladi.

Mintaqaviy ko'chirishlar - shikastlovchi omillar anchagina keng maydonga yoyilib, yirik shaharlarni ham o'z ichiga olgan, aholisi juda zich joylashgan bitta yoki bir necha mintaqa hududini qamrab olganda amalga oshiriladi. Mintaqaviy ko'chirishda favqulodda vaziyat zonasidan transportda (piyoda) olib chiqiladigan aholi doimiy yashab turgan joylaridan anchagina uzoqqa ko'chirilishi mumkin.

Favqulodda vaziyat zonasiga tushib qolgan aholining qanchasi ko'chirish tadbirlari bilan qamrab olinganiga qarab, ko'chirishning ikki turi (varianti) bo'lishi mumkin;

-umumiy ko'chirish;

-qisman ko'chirish. Umumiy ko'chirish -favqulodda vaziyat zonasidan hamma toifa aholi olib chiqilishini nazarda tutadi.

Qisman ko'chirish -favqulodda vaziyat zonasidan mehnatga layoqati bo'lmagan aholi, maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab, kasb-hunar, texnika bilim yurtlari o'quvchilari olib chiqilishi zarur bo'lganda o'tkaziladi.

Aholini ko'chirishning ko'rsatilgan variantlari havfning yoyilish ko'lami va tavsifiga, uning amalga oshishining oldindan taxminlashni qanchalik ishonchliligiga, shuningdek favqulodda vaziyat manbai shikastlovchi omillarining ta'sir zonasidagi ishlab chiqarish ob'ektlaridan xo'jalikda foydalanish istiqboliga qarab tanlanadi.

Odamlar hayoti va salomatligiga havf borligi aholini ko'chirish haqida qarorga kelish uchun asos hisoblanadi.

Aholini ko'chirish haqida qarorga kelish huquqi O'zbekiston Respublikasi sub'ektlarining hududida favqulodda vaziyat yuzaga kelgan yoki favqulodda vaziyat havfi oldindan taxmin qilinayotgan hokimiyat idoralarining mahalliy o'zini-o'zi boshqarish tashkilotlarining rahbarlarida (fuqaro muhofazasi boshliqlarida) bo'ladi.

Fuqaro muhofazasi ko'lamiga va ko'chirishning qanchalik shoshilinchligi talablariga qarab, mahalliy yoki mintaqaviy ko'rinishdagi shoshilinch (kechiktirib bo'lmaydigan) yoki oldindan o'tkaziladigan ko'chirish, tegishli fuqaro muhofazasi boshliqlarining ko'rsatmalari yoki farmoyishlariga binoan amalga oshiriladi.

Kechiktirmay qarorga kelish talab qilinadigan hollarda cheklangan harakterdagi shoshilinch ko'chirish potensial havfli ob'ektning navbatchi-dispetcherlik xizmati boshlig'ining ko'rsatmasiga binoan o'tkazilishi mumkin.Boshqaruvning hududiy, idoraviy, ob'ekt idoralari fuqaro muhofazasi boshliqlari ko'chirishga umumiy rahbarlik qiladi. Aholini ko'chirish tadbirlarini bevosita tashkil etish va o'tkazishga esa viloyat, shahar, tumanlar ma'muriyati va iqtisodiyot ob'ekti boshqaruv organlari tashkil etadigan aholini ko'chirish komissiyalari (guruhlari) rahbarlik qiladi.

Aholini ko'chirish tadbirlari yaxshilab o'ylab rejalashtirishni hamda transportai, yo'llarni, ko'chiriladigan tashkilotlarni, aholi boradigan havfsiz joylarni oldindan tayyorlab qo'yishni, shuningdek aholining favqulodda vaziyat sohasida har tomonlama tayyorgarlik ko'rishini talab qiladi.

Bunday tayyorgarlikni mahalliy hokimiyat idoralarining va iqtisodiyot ob'ektlari boshqaruv tashkilotlarining fuqaro muhofazasi boshlig'i bo'lgan rahbarlari tashkil etadi va o'tkazadi.

Aholini ko'chirish ishlab chiqarish-hududiy yoki hududiy asosda rejalashtiriladi, tashkil etiladi va amalga oshiriladi.

Ishlab chiqarish-hududiy tartibi favqulodda vaziyat zonalaridan ishchilar, xizmatchilar, talabalar, o'quvchilarni, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, o'quv yurtlari bo'yicha, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohasida ishlamaydigan boshqa aholini esa turar joydan foydalanish organlari orqali turar joylari bo'yicha transportda (piyoda) olib chiqishni nazarda tutadi.

Muayyan hollarda ko'chirishni hududiy tartibida, ya'ni aholini ko'chirish e'lon qilingan paytda bevosita aholi yashab turgan joyidan amalga oshirilishi mumkin.

Aholini ko'chirish usullariga qarab, 3 ta ko'chirish usuli bo'ladi:

-transportda;

-piyoda tartibda;

-aralash usulda.

Aralash usul eng samarali va eng maqbul usul hisoblanadi, u mavjud transport yordamida iloj boricha eng ko'p ishlovchilar bilan bir vaqtda aholini

qolgan qismini birga qo'shib olib chiqishga asoslanadi. Bunda, asosan piyoda tartibda yura olmaydigan aholini transportda olib chiqish rejalashtiriladi.

Aralash usul FV zonalaridan aholini ko'chirish tadbirlarini eng qisqa muddatda o'tkazish talablariga juda mos keladi.

Ko'chirilgan aholi havfsiz joylarda maxsus buyruq bo'lgancha joylashtirib turiladi.

Tegishli davlatlararo kelishuvlar bo'lsa, O'zbekiston Respublikasining ko'chirilgan aholisi mustaqil davlatlar hamdo'stligi qatnashchilari bo'lgan mamlakatlar va boshqa qo'shni davlatlar hududlarida joylashtirilishi mumkin. O'z navbatida O'zbekiston Respublikasi hududi ham boshqa davlatlardan ko'chirib keltirilgan aholi uchun berilishi mumkin. Bunda hamkorlik qiladigan davlatlar vakolatli idoralarining birgalikda ish tutishi halqaro huquq me'yorlariga, ikki tomonlama va ko'p tomonlama davlatlararo kelishuvlarga, O'zbekiston Respublikasi va boshqa mamlakatlar qonunlariga asoslanadi.

Ko'chirish tadbirlarining hajmi ko'pligi, tashkil etish va o'tkazishdagi murakkabliklari ko'chirishni o'tkazuvchi organlarini tuzishga hamda ular aholini ko'chirishi vaqtida va tayyorgarlik ko'rishiga oshirilgan talablar qo'yadi.

Aholini ko'chirishni tashkil qilishni rejalashtirish, tashkil etish va o'tkazish bevosita shahar, tuman va viloyatlarning ko'chirish tashkilotlariga, hokimiyat idoralariga, favqulodda vaziyat boshqarmalari va bo'limlariga yuklatiladi.

Quyidagilar ko'chirish tashkilotlari tarkibiga kiradi:

-aholini ko'chirish hay'atlari;

- ko'chirilganlarni qabul qilish hay'atlari;

- ko'chiriladiganlarning yig'ilish joylari;

- ko'chirilganlarni qabul qilish joylari;

- ko'chirishning oraliq joylari;

-piyoda ko'chirilganlarning yo'llaridagi boshqarish guruhlari;

-ko'chiriladigan aholini transportda (piyoda) olib chiqish tezkor guruhlari.

Hozirgi kunda aholini ko'chirish bo'yicha ham ko'plab muammolar mavjud.

Shulardan biri evakuatsiya qiluvchi hodimlarni bilimi past.Ya'ni favqulodda vaziyat sodir bo'lgan vaqtda qa nday harakat qilish kerak, nima qilish kerak, aholiga nima deyish kerak shu holatlarda hodimlarni bilim saviyasi pastlik qiladi.Shuning uchun har bir hodimni bilimini oshirib tayorgarligini tekshirib nazorat qilib turish kerak.Har bir hodimni favqulotda vaziyat sodir bo'lganda qanday harakat qilish kerakligi haqida o'qitib bilimini oshirish lozim va shart bo'ladi.

Yana asosiy muammolaridan biri bu aholini evakuatsiya qilish to'g'risidagi nizomlarning juda eskiligi.Bu nizomlarni hozirgi vaqtga moslab boshqatdan ishlab chiqish kerak.

Favqulodda vaziyat bo'lgandan ko'ra uni oldini olsak aholiga zarari kamroq bo'ladi yoki umuman aholiga zara yetmaydi.Shuning uchun shu va shu

kabi muammolarni favqulodda vaziyat sodir bo'lishidan oldin o'rganib chiqib, oldini olsak maqsadga muvofiq bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. G'.Yormatov, O.R.Yo'ldashev, A.L.Hamrayeva "Hayot faoliyat xavfsizligi"

2. I.Nigmatov, M.Tojiyev "Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi" Toshkent 2011

3. A.Qudratov, T.G'aniyev, O'.Yo'ldashev, G'.Y.Yormatov, N.Habibullayev, A.D.Hudayev "Hayotiy faoliyat xavfsizligi" Toshkent 2005

5. O.Qudratov, T.G'aniyev "Hayotiy faoliyat xavfsizligi" Toshkent 2004

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.