Научная статья на тему 'AHOLI MOLIYAVIY SAVODXONLIGI O‘SISHINING TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA DAROMADLAR DARAJASINING OSHISHIGA TA’SIRI'

AHOLI MOLIYAVIY SAVODXONLIGI O‘SISHINING TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA DAROMADLAR DARAJASINING OSHISHIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
19
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tadbirkorlik / daromad / aholi / savodxonlik / ulush / Entrepreneurship / income / population / literacy / share

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Kushakova M.N.

Moliyaviy savodxonlikning aholi daromadlariga ta’sirini baholash uchun mazkur holat bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan aholi daromadlarining muayyan davr mobaynidagi o‘zgarishini kuzatish maqsadga muvofiq, buning uchun avvalo moliyaviy savodxonlik ta’siri ahamiyatli bo‘lgan aholi daromadlarining umumiy daromadlardagi ulushini aniqlash muhimdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EFFECT OF INCREASE IN FINANCIAL LITERACY OF THE POPULATION ON THE INCREASE IN BUSINESS ACTIVITY AND THE LEVEL OF INCOME

In order to assess the impact of financial literacy on the income of the population, it is appropriate to monitor the change in the income of the population over a certain period of time, which is inextricably linked with this situation, for this, first of all, the share of the income of the population in the total income, which is significantly affected by financial literacy important to identify.

Текст научной работы на тему «AHOLI MOLIYAVIY SAVODXONLIGI O‘SISHINING TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA DAROMADLAR DARAJASINING OSHISHIGA TA’SIRI»

Kushakova M.N.

Korporativ boshqaruv kafedrasi dotsent v.b. Toshkent davlat transport universiteti

Mamatkulov X.

BHT-2 guruh 4-bosqich talabasi Toshkent davlat transport universiteti

AHOLI MOLIYAVIY SAVODXONLIGI O'SISHINING TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA DAROMADLAR DARAJASINING

OSHISHIGA TA'SIRI

Annotatsiya. Moliyaviy savodxonlikning aholi daromadlariga ta'sirini baholash uchun mazkur holat bilan uzviy bog'liq bo 'lgan aholi daromadlarining muayyan davr mobaynidagi o'zgarishini kuzatish maqsadga muvofiq, buning uchun avvalo moliyaviy savodxonlik ta'siri ahamiyatli bo'lgan aholi daromadlarining umumiy daromadlardagi ulushini aniqlash muhimdir.

Kalit so'zlar: Tadbirkorlik, daromad, aholi, savodxonlik, ulush.

Kushakova M.N. associate professor Department of Corporate Management Tashkent State Transport University

Mamatkulov Kh.

BHT-2 group 4th grade student Tashkent State Transport University

THE EFFECT OF INCREASE IN FINANCIAL LITERACY OF THE POPULATION ON THE INCREASE IN BUSINESS ACTIVITY AND

THE LEVEL OF INCOME

Abstract. In order to assess the impact of financial literacy on the income of the population, it is appropriate to monitor the change in the income of the population over a certain period of time, which is inextricably linked with this situation, for this, first of all, the share of the income of the population in the total income, which is significantly affected by financial literacy important to identify.

Key words: Entrepreneurship, income, population, literacy, share.

Mikromoliyalashtirish sohasini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi "Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5614-son Farmoni bilan belgilangan vazifalarga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan moliyaviy ommaboplik

sohasidagi ^'ог xalqaro tajribani hisobga о^ап holda tarkibida moliyaviy xizmatlar оттаЬор^т kengaytiгishni, aholi va tadbiгkoгlik sub'ektlaгining moliyaviy savodxonlik daгajasini oshiгishni, moliyaviy xizmatlaг iste'molchilaгi huquqlarini himoya qilishni nazarda tutuvchi Moliyaviy ommaboplikni osЫrishnmg milliy strategiyasini (keyingi o'гinlaгda - Milliy strategiya) ishlab chiqishga Jahon bankining texnik ko'magi jalb ейМ^

Aholi moliyaviy savodxonligining o'sishi ип^ o'z moliyaviy mablag'laгini гejalashtiгish, daromad va xaгajatlaгini taгtibga solish, ШгН moliyaviy instrumentlardan foydalana olish borasidagi bilim, malaka va ko'nikmalaгining kengayib va takomillashib boгishini anglataг екап, Ьи o'z navbatida mamlakatdagi tadbirkorlik faoliyati va aholi daromadlar darajasini oshiгishga o'z ta'siгini ko'гsatadi (1-jadval).

Jadval ma'lumotlaгidan ko'гinadiki, tahlil qilinayotgan davгda aholining nominal umumiy daгomadlaгi 2014 yildagi 117,9 tгln. so'mdan 2020 yilda 401,5 tгln. so'mga qadaг, ya'ni 3,4 maгta o'sgan. Aholi umumiy daгomadlaгining nominal o'sish suг'ati biг tekisda boгmay, Ьи ко'ркЬ omillaг, jumladan, daromadlar uchun qulay shart-shaгoitlaг, naгxlaг umumiy daгajasining o'zgaгishi kabi omillaming ta'siгida го'у beгgan.

l-jadval. O'zbekistonda аЬоН итиппу (1аготас11ап (Ппагткаэ!

Курсаткич 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020

Ах,олининг номинал умумий 117,9 132,0 151,7 183,0 286,3 344,7 401,5

даромадлари, трлн. сум

А \,оли умумий 116,0 112,0 114,9 120,6 156,4 120,4 115,9

даромадлари нинг номинал усиш суръати, фоиз

А \,олининг реал умумий 110,8 125,1 143,7 167,1 243,6 301,0 355,5

даромадлари,трлн. сум

Ах,оли умумий 109,0 106,1 108,8 110,2 110,3 106,5 102,6

даромадларининг реал усиш суръати, фоиз

Ах,оли жон бошига номинал 3,8 4,2 4,8 5,6 8,7 10,3 11,7

умумий даромадлар, млн. сум

Л.х,олн жон бошига умумий 114,0 110,1 112,9 118,6 155,3 118,4 113,7

даромадларнинг номинал усиш суръати, фоиз

А \,оли жон бошига реал 3,6 4,0 4,5 5,2 7,4 9,0 10,4

умумии даромадлар, млн. сум

Ах,оли жон бошига умумий 107,1 104,3 106,9 108,4 108,4 104,5 100,7

даромадларнинг реал усиш суръати, фоиз

Ayniqsa, Ьи ko'гsatkichning 2020 yilda nisbatan past Ьо'ШЫ ma'lum darajada jahondagi koronovirus pandemiyasi oqibatida kelib chiqqan iqtisodiy pasayisЫammg ta'siгi natijasi hisoЫanadi. Bu aholining real umumiy

daromadlari dinamikasida yaqqol namoyon bo'ladi. Tahlil davгida ushbu ko'гsatkich 3,2 maгta o'sgan. Aholi umumiy daгomadlaгining гeal o'sish suг'ati 2019 yilga qadaг o'гtacha 6 - 10 foiz atrofida bo'lsa, 2020 yilga kelib 2,6 foizga qadar pasaygan.

1-rasm. Aholi umumiy daromadlari tarkibi

Umumiy daromadlarning aholi jon boshiga nisbatan tahlili yana bir muhim omil - aholining tabiiy o'sishi doirasidagi o'zgarishlarni ifodalaydi. Tahlil davrida aholi jon boshiga umumiy daromadlar 3,1 marta o'sgan bo'lsa, real umumiy daromadlar 2,9 marta o'sgan. Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning real o'sish sur'ati 2019 yilga qadar o'rtacha 4 - 8 foiz atrofida bo'lsa, 2020 yilda 0,7 foiz darajasiga qadar pasaygan. Bu esa, yuqorida ta'kidlangan global pandemiyaning aholi daromadlari darajasiga salbiy ta'siri ahamiyatli bo'lganidan dalolat beradi.

Umumiy holda, aholining moliyaviy savodxonligi darajasi yuqorida sanab o'tilgan barcha turdagi daromadlarga muayyan darajada ta'sir qilsada, shu bilan birga, ular orasidan ahamiyatliroq ta'sirga ega bo'lganlarini ham ajratib ko'rsatish mumkin. Buning uchun, mazkur bog'liqlikni yanada yaqqolroq namoyon etish maqsadida aholi umumiy daromadlari tarkibining chizma ko'rinishida tasvirlab olamiz (1-rasm).

2-jadval. Aholining asosiy turdagi daromadlarining moliyaviy savodxonlik

bilan bog'liqlik darajasi

Даромад турлари Кискача ма un ни Молнявнй саводхонлнкка Гюгликлик даражаси

Ёлланма ишчиларнинг даромади мехнатга хдктулашнинг яширин (яыш, бирламчи ва бухгалтерия хисобида акс эттирилмасдан нш берувчи томонидан амалга оширилган туловлар) кисмини кушган холда пул ва натура (товарлар ёки X из мат; iap кури ниши да) шаклида мехнатга хак тулаш курннишидагн даромадлар. Наст

Мустакил равишда банд булишдан олинган даромад мустакил равншда ташкиллаштирилган ва уй хужалнги аъзолари ж an б килинган мехмат жараёни натнжасида олинган даромадлар. Юкори

Шахсий нстеъмол учун ути да ишлаб чикарилган хизматлардан олинган даромадлар бозор учун мулжалланмаган ва уй-жой эгалари томонидан фойдаланнлаётган турар-жой хизматларишшг шартли равишда хисобланган киймати. Паст

Мол-мулкдан олинган даромадлар (мулкий даромадлар) мулкий эгалик килиш хукуки булган молияпий ва номолияпий активларни бошка шахсларга фойдаланиш учун беришдан уй хужаликларига тушган тушумлар. Юкори

Трансфертлардан олинган даромадлар уй хужаликларига бошка уй хужаликларидан, давлат томонидан, юридик шахслардан, чет элдан келиб тушадиган хамда келгусида кайтарилиши шарт булмаган товарлар, хизматлар ва активлар. У рта

Rasmdan ko'rinadiki, aholining asosiy turdagi daromadlari tegishli raqamlar bilan ajratib ko'rsatilgan. Ularning moliyaviy savodxonlik bilan bog'liqlik darajasini aniqlash uchun quyidagi jadvaldan foydalanamiz (2-jadval).

Jadval ma'lumotlaridan ko'rinadiki, daromad turlari ichida mustaqil ravishda band bo'lishdan olingan daromad hamda mol-mulkdan olingan daromadlar aholi moliyaviy savodxonligi darajasiga nisbatan yuqori bog'liq hisoblanadi. Chunki, mehnat jarayonini mustaqil ravishda tashkillashtirish hamda mulkni boshqa shaxslarga foydalanish uchun berishdan daromad olish nisbatan ko'proq moliyaviy savodxonlikni taqozo etadi. O'zbekistonda aholi umumiy daromadlari tarkibi va o'tgan yilning mos davriga nisbatan o'sish sur'atini quyidagi jadval orqali ko'rish mumkin (3-jadval).

3-jadval. O'zbekiston Respublikasida aholi umumiy daromadlari tarkibi va o'tgan yilning mos davriga nisbatan o'sish sur'ati

KvpcaTKH'i Mu.uiap ßyiiii'ia yKaviiira HucoaiaH, 4>otniia O.iiuiHru iiii.ii a nurd ¡mil,

4io nma

2018 2019 2020 2019 2020

ÜHJ1 ÜI1.1 iin.i ttui ii lui

YMyMHÖ aapoMajnap - »ratnn (I+II) 100,0 100,0 100,0 121,9 115,9

L BnpnaM4n flapoMajmap 76,1 74.9 74.5 119,7 115,3

1.1, HuiJiaS HHKapmuaaH ojiHHraH 73,0 72.0 71,5 118,9 115,0

napowanJiap

l.l.l. MexHar ijjaonnflTiijaH ojiHHraH 71,0 69.8 69,3 118,7 115,1

aapoMajnap

1.1.1.1. Ejuiamia HiuHHJiapmiHr 26,4 28,7 28.8 125,1 116,3

aapoMa^napn

1.1.1.2. MycTaKHJi paEHLuaa Satia 44,6 41,1 40.5 114,9 114,2

fiyanm^aH ojranraH ,aapoMa;uiap

1.1.2. llIaxcHii HCTeiMOJi ynyH ymiaa 2,0 2,2 2,2 124,6 112,1

nwjia6 HHKapmiraH xn3MaTJiapaaH

ojiHHraH aapoMa^nap

1.2. Moji-MyjiK^aH oatiHraH .aapoMaanap 3,1 2,9 3,0 137,6 123,6

II. TpaHc4>epTJiapaaH ojiHHraH 23,9 25,1 25,5 129,1 117,6

aapoMajnap

Jadval ma'lumotlaridan ko'rinadiki, tahlil davrida umumiy daromadlar tarkibidagi birlamchi daromadlarning ulushi pasayib, transfertlardan olingan daromadlarning ulushi o'sib bormoqda. Shuningdek, moliyaviy savodxonlik ta'siri ahamiyatli bo'lgan mustaqil ravishda band bo'lishdan olingan daromadlar hamda mol-mulkdan olingan daromadlarning ulushida ma'lum darajada beqarorlik kuzatilmoqda.

Fikrimizcha, moliyaviy savodxonlikning aholi daromadlariga ta'sirini baholash uchun mazkur holat bilan uzviy bog'liq bo'lgan aholi daromadlarining muayyan davr mobaynidagi o'zgarishini kuzatish maqsadga muvofiq. Buning uchun avvalo moliyaviy savodxonlik ta'siri ahamiyatli bo'lgan aholi daromadlarining umumiy daromadlardagi ulushini aniqlash muhim bo'lib, uni quyidagi formula orqali amalga oshirish mumkin:

bu yerda:

DUms - moliyaviy savodxonlik ta'siri ahamiyatli bo'lgan aholi daromadlarining umumiy daromadlardagi ulushi, foizda;

DUmb - mustaqil ravishda band bo'lishdan olingan daromadlar summasi;

DUm - mol-mulkdan olingan daromadlar summasi;

DUt- transfertlardan olingan daromadlar summasi;

UD- umumiy daromadlar summasi;

i - moliyaviy savodxonlik ta'siri ahamiyatli bo'lgan daromad turlari.

Shundan so'ng, moliyaviy savodxonlik ta'siri ahamiyatli bo'lgan daromadlar aholi umumiy daromadlaridagi ulushining muayyan davr mobaynidagi o'zgarishi quyidagi formula orqali aniqlanadi:

bu yerda:DUO'ms - moliyaviy savodxonlik ta'siri ahamiyatli bo'lgan daromadlar aholi umumiy daromadlaridagi ulushining muayyan davr mobaynidagi o'zgarishi, foiz punktida;

DUO'msj- joriy davr uchun moliyaviy savodxonlik ta'siri ahamiyatli bo'lgan aholi daromadlarining umumiy daromadlardagi ulushi, foizda;

DUO'msb-bazis davr uchun moliyaviy savodxonlik ta'siri ahamiyatli bo'lgan aholi daromadlarining umumiy daromadlardagi ulushi, foizda.

Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, moliyaviy savodxonlik ta'siri ahamiyatli bo'lgan aholi daromadlari manbalaridan biri bu mustaqil ravishda band bo'lishdan olingan daromadlar hisoblanadi. Chunki, o'z shaxsiy mehnatiga asoslangan va mustaqil ravishda tashkil etilgan mazkur faoliyat turiga keyingi yillarda e'tibor kuchayib bormoqda.

Jumladan, "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyun kuni "Tadbirkorlik faoliyati va o'zini o'zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish choratadbirlari to'g'risida" [4] gi qarori qabul qilindi. Unga ko'ra, 2020 yil 1 iyuldan boshlab o'zini o'zi band qilgan shaxslar shug'ullanishi mumkin bo'lgan faoliyat turlari kengayib, ular soni 67 taga yetdi. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 iyuldagi 566-son qarorida o'zini o'zi band qilgan fuqarolar faoliyat (xizmatlar, ishlar) turlari 24 ta etib belgilangan edi.

5-jadval. Hududlar bo'yicha mustaqil ravishda band bo'lishdan olingan daromadlarning 1% ga o'sishini aholi umumiy daromadlari hajmining

o'sishiga ta'siri, foizda [2]

Х.УДУДлар 2018 йил 2019 йил 2020 йил

Жиззах 0,61 0,62 0,59

Бухоро 0,53 0,52 0,49

Сурхондарё 0,54 0,52 0,48

Сирдарс 0,52 0,50 0,48

Андижон 0,53 0,49 0,47

Кашка даре 0,50 0,49 0,47

Наманган 0,51 0,48 0,46

Самарканд 0,53 0,50 0,46

Тошкснт 0,50 0,49 0,45

Павоий 0,46 0,46 0,43

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Хоразм 0,47 0,46 0,42

Фаргона 0,46 0,47 0,42

Коракалпогистон Рссп 0,36 0,37 0,35

Тошкснт ш. 0,20 0,17 0,15

Ushbu hujjatda 2020 yil 1 iyulga qadar Davlat soliq qo'mitasiga o'zini o'zi band qilgan shaxslarni masofadan ro'yxatga olish uchun maxsus mobil ilova ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq etish vazifasi yuklatildi".

Moliyaviy savodxonlikning aholi daromadlariga ta'sirini tahlil qilishda aholi umumiy daromadlari tarkibida mustaqil ravishda band bo'lishdan olingan daromadlarning ulushini ham baholash muhim hisoblanadi (5-jadval).

Jadvalda mamlakatimiz hududlari bo'yicha mustaqil ravishda band bo'lishdan olingan daromadlarning 1% ga o'sishini aholi umumiy daromadlari hajmining o'sishiga ta'siri ifodalangan. Ma'lumotlardan ko'rinadiki, aksariyat hududlarda daromadlarning o'sishi ta'siri qiymati izchil ravishda pasayib bormoqda. Faqat Jizzax, Farg'ona viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasida ushbu ko'rsatkich o'zgarishida biroz noizchillik kuzatiladi.

Mazkur ko'rsatkichning pasayib borishi aholi moliyaviy savodxonligini oshirish orqali mustaqil ravishda band bo'lishdan olingan daromadlar salmog'ini ko'paytirish zaruratini vujudga keltiradi.

6-jadval. Mol-mulkdan olingan daromadlar bilan bog'liq ko'rsatkichlar

Курсаткичлар 2018 йил 2019 йил 2020 йил

Мол-мулкдан олинган даромадларнинг умумий х,ажми, трлн. сум 10,0 11,9 12,2

Олдинги йилга нисбатан усиш суръати, % 133,5 137,6 123,6

Ахолининг умумий даромадпари таркибидаги улуши, % 3,5 3,5 3,0

Мол-мулкдан олинган даромадлар таркиби, % да:

Фоизлар ва муаллифлик хаки 11,6 13,8 20,1

Дивидсндлар 25,9 23,3 35,1

Бошка мулкий даромадлар 62,5 62,9 44,8

Yuqorida ta'kidlanganidek, aholi moliyaviy savodxonligi darajasi bevosita ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan daromad turlaridan biri mol-mulkdan olingan daromadlar hisoblanadi. Mazkur daromadlar bilan bog'liq ko'rsatkichlarni quyidagi jadval orqali kuzatish mumkin (6-jadval).

Aholi umumiy daromadlari hajmining o'zgarishiga mol-mulkdan olingan daromadlarning ta'siri juda kam. Davlat statistika qo'mitasining ma'lumotiga ko'ra, 2020 yilda mol-mulkdan olingan daromadlar aholi umumiy daromadlari hajmining 0,7%ga o'sishini ta'minlagan.

Jadval ma'lumotlaridan ko'rinadiki, mol-mulkdan olingan daromadlarning umumiy nominal hajmi 2018-2020 yillarda oldingi yilga nisbatan (tegishli ravishda 133,5, 137,6, 123,6 foizga) o'sib bormoqda.

Ma'lumotlardan ko'rinadiki, tahlil qilinayotgan davrda aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridan tashqari barcha hududlarda izchil ravishda pasayib bormoqda. Bu, bir tomondan, keyingi yillarda umumiy daromadlar tarkibida tadbirkorlik bilan bog'liq bo'lmagan tavsifdagi daromadlarning nisbatan ko'payishi orqali izohlansa, boshqa tomondan, koronavirus pandemiyasining salbiy ta'siri kichik tadbirkorlikdan olingan

daromadlarga nisbatan ahamiyatli bo'lganini ifodalaydi. Shunga ko'ra, fikrimizcha, aholining moliyaviy savodxonligini oshirishda tadbirkorlik faoliyati daromadlarini ko'paytirish hamda turli risklarda n himoya qilish borasidagi chora-tadbirlarni kuchaytirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Xulosa. Aholi moliyaviy savodxonligiga ta'sir etuvchi omillarni baholash hamda ularni rivojlantirish muammolarini hal etish tizimiga mualliflik yondashuvining asosiy g'oyasi - yondashuvning pragmatik tavsifi, ya'ni omillarni baholash ta'sir ko'rsatish ob'ektlari va jihatlaridan kelib chiqqan holda, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish bilan yakunlanishi hisoblanadi. Rasmiy statistikada keltirilgan asosiy turdagi aholi daromadlarining moliyaviy savodxonlik bilan bog'liqlik darajasi tahlili daromad turlari ichida mustaqil ravishda band bo'lishdan olingan daromad hamda mol-mulkdan olingan daromadlar aholi moliyaviy savodxonligi darajasiga nisbatan yuqori bog'liq hisoblanishi aniqlandi.

Adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi "Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishning qo'shimcha choratadbirlari to'g'risida"gi PF-5614-son Farmoni.

2. Kushakova, M. N. (2020). Main directions of credit policy during the COVID-19 PANDEMY. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(2), 18361839.

3. Kushakova, M. N. (2020). Financial planning problems in enterprises. EPRA International Journal of Economic Growth and Environmental Issues, 8(5), 2021.

4. Dzhumanova, A. B., Kushakova, M. N., Khodzhaeva, N. A. (2019). Formation of accounting management information in the control system of enterprises of JSC «Uzbekistan Railways. International Journal of Advanced Science and Technology, 28(14), 32-36.

5. Кушакова, M. H. (2022). Анализ и методология управления осблуживающего персонала железнодорожного транспорта в республике. Экономика и социум, 1(92), 593-596.

6. Salimov, I. I., Kushakova, M. N. (2022). Analysis of the Problems of Innovative Development of the National Economy and Financial Stability of the Republic of Uzbekistan. International Journal of Innovative Research in Science Engineering and Technology, 11(2), 1603-1605.

7. Kushakova, M. N. (2022). Increasing the Efficiency of Logistics Management in Railway Transport. ACADEMICIA An International Multidisciplinary Research Journal, 12(2), 342- 346.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.