Научная статья на тему 'АHOLI BANDLIGINI TA‟MINLASH VA UNING DAROMADINI OSHIRISHDA IJTIMOIY TADBIRKORLIKNING AHAMIYATI'

АHOLI BANDLIGINI TA‟MINLASH VA UNING DAROMADINI OSHIRISHDA IJTIMOIY TADBIRKORLIKNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ijtimoiy tadbirkorlik / aholining turmush darajasi / ijtimoiy xizmatlar / aholini ijtimoiy himoya qilish / samarali ijtimoiy o'zgarish / ijtimoiy rivojlanishining asosiy ustuvor yo'nalishlari / aholi bandligi.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Nargiza Baxriddinovna Talapova

Maqolada ijtimoiy tadbirkorlik va uning bugungi kundagi ahamiyatiga to'xtalib o'tilgan. Shuningdek, aholini bandligini ta'minlashda ijtimoiy tadbirkorlarning o'rni, ijtimoiy tadbirkorlik tushunchasi va ularning xususiyatlari, aholini qo'llab-quvvatlash mezonlari, ijtimoiy tadbirkor maqomiga ega bo'lish mezonlari, xizmatlarni taqdim etish doirasi masalalari o'rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «АHOLI BANDLIGINI TA‟MINLASH VA UNING DAROMADINI OSHIRISHDA IJTIMOIY TADBIRKORLIKNING AHAMIYATI»

Tashkent State University of Economics

AHOLI BANDLIGINI TA'MINLASH VA UNING DAROMADINI OSHIRISHDA IJTIMOIY TADBIRKORLIKNING AHAMIYATI

Nargiza Baxriddinovna Talapova

Namangan davlat universiteti Menejment kafedrasi katta o'qituvchisi

ANOTATSIYA

Maqolada ijtimoiy tadbirkorlik va uning bugungi kundagi ahamiyatiga to'xtalib o'tilgan. Shuningdek, aholini bandligini ta'minlashda ijtimoiy tadbirkorlarning o'rni, ijtimoiy tadbirkorlik tushunchasi va ularning xususiyatlari, aholini qo'llab-quvvatlash mezonlari, ijtimoiy tadbirkor maqomiga ega bo'lish mezonlari, xizmatlarni taqdim etish doirasi masalalari o'rganilgan.

Kalit so'zlar: Ijtimoiy tadbirkorlik, aholining turmush darajasi, ijtimoiy xizmatlar, aholini ijtimoiy himoya qilish, samarali ijtimoiy o'zgarish, ijtimoiy rivojlanishining asosiy ustuvor yo'nalishlari, aholi bandligi.

Bugungi kunda dunyo miqyosida tez tarqalayotgan faoliyat turlaridan biri ijtimoiy tadbirkorlik hisoblanadi. Ijtimoiy sohalarda ijtimoiy tadbirkorlik - bu yuridik shaxslar yohud yakka tartibdagi tadbirkorlarning muayyan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishga yoki ularning oqibatlarini yengillashtirishga qaratilgan faoliyati hisoblanadi. Butun dunyo tajribasida tashkilotlar davlat organlari bilan xalqni bog'lab turadigan, aholi o'rtasida mavjud bo'lgan eng dolzarb muammol arni olib chiqadigan alohida bir sektor hisoblanadi. Ijtimoiy tadbirkorlik biznes va xayriya kesishmasidagi tushuncha bo'lib, jamiyatning muhim ijtimoiy va madaniy vazifalarini hal qiladi, shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy himoyaga muhtojlarni hayotga moslashish va daromadlarini oshishiga imkon beradi. Shu bilan birga, ushbu turdagi biznes o'z egalariga ham foyda keltirishi mumkin.

Dastlab ijtimoiy tadbirkorlik tushunchasini Gregori Diz o'zining tadqiqot ishlarida ko'rib chiqib, unga mehnat qilish jarayonida sohani o'rganish va ko'nikma xosil qilish hamda ijtimoiy missiya amalga oshirish uchun tadbirkorlik faoliyatidir deb ta'kidlaydi [1]. Keyinchalik Sara Elvord o'z ilmiy ishlarida ijtimoiy tadbirkorlik tushunchasini yanada boyib unga quyidagi ta'rifni beradi: "Ijtimoiy tadbirkorlik bu muhim ahamiyatga ega ijtimoiy muammolarni hal etishning innovatsion usullardan foydalanib, samarali ijtimoiy o'zgarishlar uchun zaruriy g'oya va resurslarni safarbar etishdir" [2].

326

^_i7-apreL_202£_

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Tashkent State University of Economics

Ijtimoiy tadbirkorlikning rivojlanishi ekologik muhitni shakllantirishga imkon beradi, bu yerda asosiy e'tibor foyda olishga emas, balki barcha mavjud resurslardan - davlat, biznes, aholining farovon hayot kechirishi uchun yaxshi sharoitlar yaratishga qaratilgan mexanizm bo'ladi. Muvaffaqiyatli ijtimoiy tadbirkor davlat uchun maslahatchi bo'lib, real hayotdan kelib chiqib ijtimoiy muammolarga favqulodda yechim topadi. Ijtimoiy tadbirkorlik faoliyati quyidagi 1-rasmda berilgan yo'nalishlarni qo'llab-quvvatlaydi. Aholining kam daromadli va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari ijtimoiy tadbirkorlar tomonidan quvvatlanayotgan yo'nalishlar xizmatidan foydalanish va o'z turmush darajalarini yaxshilash imkoniyatiga ega bo'ladilar.

1-rasm. Ijtimoiy tadbirkorlik asosida qo'llab-quvvatlashning

asosiy yo'nalishlari

Ijtimoiy tadbirkorlikka huquqiy maqom berish uni axborot makonida aniqroq aniqlash imkonini beradi. Mamlakatimiz aholisi hali ham "xayriya", "ijtimoiy tadbirkorlik" va "ijtimoiy sohadagi biznes" tushunchalarini deyarli farq qilmaydi. Kraudfanding platformasida doirasida "ijtimoiy tadbirkorlik" loyihalarini joriy etish lozim. Biroq, konsepsiyani davlat darajasida qonuniylashtirish taklif etiladi.

r

r

Ayrim jihatlarini hisobga olgan holda fuqoralarni ish bilan ta'minlash

Ishga joylashtirish 50%

r

Qonun doirasida belgilangan fuqoralarga mahsulotlarni yetkazish

Faolyat bo'yicha daromadi 50%

r

Qonun doirasida imkoniyati cheklangan fuqoralarga

\

Ijtimoiy muammolarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash va aniq maqsadlarga

Reinvestisiya 50% Daromadliligi 50%

2-rasm. "Ijtimoiy tadbirkor" maqomiga ega bo'lish mezonlari

Shuningdek, ijtimoiy sohani qo'llab-quvvatlash va aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlarini shakllari va manbalarining xilma-xilligi bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat yordam beradi. Pullik va bepul ijtimoiy xizmatlarning

327

^_17-aprel,_2024_

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Tashkent State University of Economics

oqilona nisbati prinsipi asosida ijtimoiy xizmatlami tijoratlashtirish jarayonlarini tartibga solish, imtiyozli soliqqa tortish va kreditlash mexanizmlaridan foydalanish orqali ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirish uchun iqtisodiy rag'batlantirishni yanada rivojlantirish, davlat, xususiy tuzilmalar va nodavlat tashkilotlarning samarali sherikligini rivojlantirish va nihoyat ijtimoiy muammolarni hal qilishda jadallashtirishga erishiladi. Ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ijtimoiy sohani muvaffaqiyatli modernizatsiya qilish, shu asosda aholi turmush sifatini yaxshilash va ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash uchun mustahkam moliyaviy asos yaratishi lozim.

Ijtimoiy xizmatlarga muhtoj aholi qatlami

Sog'liqni nuqtayi nazardan cheklangan imkoniyatga ega bo'lgan

aholi q

Г

atlami

Ijtimoiy tadbirkorlik aholining quyidagi qatlamiga xizmatlarni amalga oshiradi

Vaqtinchalik fuqoraligi mavjud (qochqinlar)

Yetimlar uyi boquvchilari

Nafaqadagi fuqarolar

3-rasm. Xizmatlarni taqdim etishda aholi qatlami

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy yo'nalishlaridan biri ijtimoiy soha hisoblanib, yangi O'zbekistonning ijtimoiy rivojlanishining asosiy ustuvor yo'nalishlari aholining hayot sifatini yaxshilash, sog'liqni saqlash va ta'limni modernizatsiya qilish, inson o'limni kamaytirish va odamlarning umr ko'rish davomiyligini oshirishga qaratilgan. Bunda esa u bu sohada innovasion strategiyani amalga oshirish sharoitida mamlakatimizning ijtimoiy sohasini moliyaviy qo'llab-quvvatlash muammosi juda dolzarbdir, chunki respublika hozirda MDH mamlakatlari orasida jadal rivojlanayotgan hudud hisoblanadi.

Xulosa qilish mumkinki, ijtimoiy tadbirkorlik faoliyatining birlamchi maqsadi daromad olish emas, balki aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini ish o'rinlari, arzon ijtimoiy tovarlar va arzon ijtimoiy xizmatlar bilan ta'minlash hisoblanadi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamning faqat davlat tomonidan to'lanadigan nafaqaga qaram bo'lib qolmasdan, ularni mehnat bilan shug'ullanishga ruhlantirish, ularni ish bilan

328

^_17-aprel,_2024_

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Tashkent State University of Economics

ta'minlamoqchi bo'lgan tadbirkorlarga rag'bat hosil qilish hisoblanadi. Aksariyat tadbirkorlar nogironligi mavjud bo'lgan aholini ishga olishga moyillik bildiravermaydilar. Agar ijtimoiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan sub'yektlarga nisbatan imtiyozlar berilsa, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini ham ish bilan ta'minlaydilar. Buning natijasida aholining ehtiyojmand qatlamida nafaqa bilan birgalikda maosh olish imkoniyati paydo bo'lishi hamda yashashga qiziqishining oshishi ta'minlanadi, shuningdek ijtimoiy muhitga moslashish osonlashadi va ijtimoiy mavqega ega bo'lishadi.

REFERENCES

1. Dees, J.G. The Meaning of «Social Entrepreneurship» [Электронный ресурс] // Fuqua Centers. - URL: https:// centers. fuqua. duke.

edu/case/wpcontent/uploads/sites/7/2015/03/Article_Dees_Meaning of Social Entrepreneurship_2001 .pdf.

2. Alvord S.H. Social Entrepreneurship and Societal Transformation / S.H. Alvord, L.D.Brown, C.W. Letts// Journal of Applied Behavioral Science. 2004. № 3 (40). 260-282 р.

3. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining "Ijtimoiy tadbirkorlik to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuni haqida 24.08.2021-yildagi 1306-IV-son qarori. - Toshkent. 2021. https://lex.uz/

4.Alvord S.H. Social Entrepreneurship and Societal Transformation / S.H. Alvord, L.D.Brown, C.W. Letts// Journal of Applied Behavioral Science. 2004. № 3 (40). 260-282 р.

5.Dees, J.G. The Meaning of «Social Entrepreneurship» [Электронный ресурс] // Fuqua Centers. - URL: https:// centers. fuqua. duke. edu/case/wpcontent/uploads/sites/7/2015/03/Article_Dees_Meaning of Social Entrepreneurship_2001 .pdf.

329

^_i7-apreL_202£_

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.