Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH KELAJAK MASʼULIYATI'

O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH KELAJAK MASʼULIYATI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
7
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Conferences
Область наук
Ключевые слова
Ijtimoiy tadbirkorlik / Oʻzbekistonfa ijtimoiy tadbirkorlik jamiyati / yosh oila / ijtimoiy uylar / Social entrepreneurship / social entrepreneurship in Uzbekistan / social projects / young family / social houses

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Gulchiroy A. Tursunova, Dilorom Abdumoʻminova Abduxamidova, Nafisa Burikulovna Gulyamova

Ma’lumki mamlakatimizda “Ijtimoiy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi qonunni qabul qilishga zarurat tugʻilmoqda. Uning asosiy maqsadi — aholining ijtimoiy zaif qatlami turmush darajasini yaxshilash, ularni ish bilan taʼminlash, ijtimoiy tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatishdan iborat.Umuman olganda Oʻzbekistonda ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbolli va rivojlanayotgan soha boʻlib, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli taʼsir koʻrsatish imkoniyatiga ega.Bugungi kunda mamlakatimizdagi ijtimoiy muamolar ichida yosh oilalarni ijtimoiy moliyaviy qoʻllab-quvvatlovchi loyihalar amaliyoti sezilarli darajada ortda qolgan.Ushbu tadqiqotda aynan yosh oila bekalarini yani ayollarni imkoniyatlarini kengaytirish: Taʼlim, malaka oshirish va tadbirkorlik imkoniyatlari orqali ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan loyihani ishga tushish masalalarini hal etishga qaratilgan yosh oila bekalarini zamonaviy kasblarga oʻqitish va ularni onlayn ish faoliyati bilan taʼminlashga qaratilgan faoliyatni tashkil etish borasida soʻz boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF SOCIAL ENTREPRENEURSHIP IN UZBEKISTAN IS THE RESPONSIBILITY OF THE FUTURE

It is known that there is a need to adopt the law "On Social Entrepreneurship" in our country. Its main goal is to improve the living standards of the socially vulnerable population, provide them with work, produce social goods and provide services. In general, the development of social entrepreneurship in Uzbekistan is a promising and developing field that has the potential to significantly influence the country's socio-economic development. Among the social problems in our country today, the practice of projects that provide social financial support to young families is significantly lagging behind. In this study, it is precisely the empowerment of young housewives, i.e. women: the project aimed at solving the issues of launching a project aimed at expanding the opportunities of women through education, training and entrepreneurship opportunities. it is about organizing activities aimed at training housewives in modern professions and providing them with online work.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH KELAJAK MASʼULIYATI»

DOI: https://doi.org/10.24412/cl-36892-2024-30-231-238

Pages: 231-238

SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS

4th INTERNATIONAL CONFERENCE

O'ZBEKISTONDA IJTIMOIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH KELAJAK

MAS'ULIYATI

Gulchiroy A. Tursunova

Mustaqil ilmiy tadqiqotchi O'zbekiston E-mail: academicaget6767@,gmail. com

Dilorom Abdumo'minova Abduxamidova

Magistratura talabasi Toshkent Xalqaro Universiteti Toshkent, O'zbekiston

Nafisa Burikulovna Gulyamova

Tashkilot rahbari Toshkent shahar 410-Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti Toshkent, O'zbekiston

MAQOLA HAQIDA

Kalit so'zlar: Ijtimoiy tadbirkorlik, O'zbekistonfa ijtimoiy tadbirkorlik

jamiyati,yosh oila, ijtimoiy uylar

Annotatsiya: Ma'lumki mamlakatimizda "Ijtimoiy tadbirkorlik to'g'risida"gi qonunni qabul qilishga zarurat tug'ilmoqda. Uning asosiy maqsadi — aholining ijtimoiy zaif qatlami turmush darajasini yaxshilash, ularni ish bilan ta'minlash, ijtimoiy tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatishdan iborat.Umuman olganda O'zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbolli va rivojlanayotgan soha bo'lib, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega.Bugungi kunda mamlakatimizdagi ijtimoiy muamolar ichida yosh oilalarni ijtimoiy moliyaviy qo'llab-quvvatlovchi loyihalar amaliyoti sezilarli darajada ortda qolgan.Ushbu tadqiqotda aynan yosh oila bekalarini yani ayollarni imkoniyatlarini kengaytirish: Ta'lim, malaka oshirish va tadbirkorlik imkoniyatlari orqali ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan loyihani ishga tushish masalalarini hal etishga qaratilgan yosh oila bekalarini zamonaviy kasblarga o'qitish va ularni onlayn ish faoliyati bilan ta'minlashga qaratilgan faoliyatni tashkil etish borasida so'z boradi.

DEVELOPMENT OF SOCIAL ENTREPRENEURSHIP IN UZBEKISTAN IS THE

RESPONSIBILITY OF THE FUTURE

Gulchiroy A. Tursunova

Independent scientific researcher Uzbekistan E-mail: academicaget6767@,gmail. com

Dilorom Abdumominova Abdukhamidova

Master's student Tashkent International University Tashkent, Uzbekistan

Nafisa Burikulovna Gulyamova

The head of the organization Tashkent city 410-State pre-school education organization Tashkent, Uzbekistan

ABOUT ATRICLE_

Abstract: It is known that there is a need to adopt the law "On Social Entrepreneurship" in our country. Its main goal is to improve the living standards of the socially vulnerable population, provide them with work, produce social goods and provide services. In general, the development of social entrepreneurship in Uzbekistan is a promising and developing field that has the potential to significantly influence the country's socio-economic development. Among the social problems in our country today, the practice of projects that provide social financial support to young families is significantly lagging behind. In this study, it is precisely the empowerment of young housewives, i.e. women: the project aimed at solving the issues of launching a project aimed at expanding the opportunities of women through education, training and entrepreneurship opportunities. it is about organizing activities aimed at training housewives in modern professions and providing them with online work._

РАЗВИТИЕ СОЦИАЛЬНОГО ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА В УЗБЕКИСТАНЕ -

ОТВЕТСТВЕННОСТЬ БУДУЩЕГО

Гульчирой А. Турсунова

Независимый научный исследователь

Узбекистан E-mail: Academicaget6767@,gmail. com

Дилором Абдумоминова Абдухамидова

студент магистратуры Ташкентский международный университет Ташкент, Узбекистан

Key words: Social entrepreneurship, social

entrepreneurship in Uzbekistan, social projects, young family, social houses

Нафиса Бурикуловна Гулямова

Руководитель организации Ташкентская городская 410-Государственная организация дошкольного образования

Ташкент, Узбекистан

_О СТАТЬЕ_

Ключевые слова: Аннотация: Известно, что в нашей стране

Социальное существует необходимость принятия закона «О

предпринимательство, социальном предпринимательстве». Его основная цель -

общество социального повышение уровня жизни социально уязвимого

предпринимательства в населения, обеспечение их работой, производством

Узбекистане, молодая семья, социальных товаров и оказанием услуг.В целом развитие социальные дома социального предпринимательства в Узбекистане

является перспективной и развивающейся сферой, которая имеет потенциал существенно повлиять на социально-экономического развития страны.Среди социальных проблем в нашей стране сегодня существенно отстает практика проектов по оказанию социальной финансовой поддержки молодым семьям.В данном исследовании речь идет именно о расширении прав и возможностей молодых домохозяек, то есть женщин: проект, направленный на решение вопросов запуска проекта, направленного на расширение возможностей женщин через образование, обучение и возможности предпринимательства. Речь идет об организации мероприятий, направленных на обучение домохозяек современным профессиям и предоставление _им онлайн-работы._

INTRODUCTION

Jahon ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining hozirgi bosqichi aholi daromadlari va turmush darajasining sezilarli darajada tabaqalanishi, asosiy ijtimoiy va infratuzilma xizmatlaridan foydalanish darajasi bilan tavsiflanadi. Ushbu asimmetriya global makromintaqalar darajasida ham, milliy iqtisodiyotlar darajasida ham, turli davlatlarning alohida hududlari darajasida ham o'zini namoyon qilib bormoqda. Aholi o'rtasidagi bunday tabaqalanishning yechimi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni vaqtinchalik rag'batlantirish emas balki muammoni hal qilishning eng istiqbolli yo'nalishlaridan biri bu ijtimoiy tadbirkorlik konsepsiyasi bo'lib, u milliy iqtisodiyotning nodavlat va notijorat tadbirkorlik sub'ektlari vakili bo'lgan uchinchi sektorini rivojlantirishni nazarda tutadi.

Ushbu konsepsiyaning shakllanishi va rivojlanishi ko'p jihatdan dunyoning aksariyat mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishida bir qator muhim qarama-qarshiliklarning mavjudligi tufayli ko'plab qiyinchiliklarga duch kelmoqda.Xususan, iqtisodiy rivojlanishning liberal modeli doirasida ijtimoiy tabaqalanishning chuqurlashishi va davlatlarning aholini ijtimoiy dasturlar, xizmatlarni kengaytira olmaslik; bozor mexanizmlarining ijtimoiy maqsadlar uchun resurslarni

qayta taqsimlash va ijtimoiy xizmatlarning asosiy yo'nalishlarini (ta'lim, sog'liqni saqlash, ijtimoiy ta'minot va boshqalar) tijoratlashtirish jarayonlarini amalga oshira olmasligi; korporativ ijtimoiy mas'uliyat modellarini ishlab chiqishdagi inqiroz va shaxslarning ijtimoiy ahamiyatga ega ijtimoiy muammolarni hal qilishda mustaqil ishtirok etishga bo'lgan talabning yo'qligu; liberal bozor iqtisodiyoti doirasida fuqarolarning ijtimoiy yo'naltirilgan o'zini o'zi tashkil etishi va birlashishining iqtisodiy jihatdan samarali zamonaviy shakllarining yo'qligi samarali, rivojlanishga qodir tadbirkorlik sub'ektlarini yetishmasligi shular jumlasidandir.

MAVZU YUZASIDAN ADABIYOTLAR TAHLILI

Ijtimoiy tadbirkorlik va uning mohiyati

Iqlim inqirozi haqidagi muhokamalar kuchayganidan beri ekologik muammolar, balki iqtisodiyotda ijtimoiy mas'uliyatni o'z zimmasiga olish keng jamoatchilikning diqqat markaziga bo'lishiga olib keldi. Bugunga kelib ijtimoiy tadbirkorlikka qiziqish ortib bormoqda. Bu, birinchi navbatda, foydani optimallashtirish bilan bog'liq bo'lmagan, balki ijtimoiy muammolarni hal qilish, ijtimoiy mas'uliyat va jamiyatdagi muammolarni hal qilishga qaratilgani faoliyat turidir.

Dunyoning turli makromintaqalarida va alohida mamlakatlarda ijtimoiy tadbirkorlik kontseptsiyasi allaqachon ma'lum rivojlanishga erishgan. Biroq, har bir mamlakatda iqtisodiyotning uchinchi sektorini rivojlantirishni rag'batlantirish bo'yicha davlat siyosati, shuningdek, ijtimoiy yo'naltirilgan biznes modellari sezilarli darajada farqlanadi. Bu farqlar turli xil: ijtimoiy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan (uni davlat tomonidan tartibga solish va qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari, tadbirkorlik funktsiyalarini amalga oshirishning biznes modellari va iqtisodiy faoliyatning ijtimoiy yo'naltirilgan turlari)foydalanishda namoyon bo'ladi.[1]

Ijtimoiy tadbirkorlik quyidagilarga yo'naltirilgan: fuqarolarning ijtimoiy himoyalanmagan va himoyaga muhtoj toifalarini ish bilan ta'minlash masalalarini hal etish; ijtimoiy yo'naltirilgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish; aholi uchun ijtimoiy xizmatlar; kichik biznesni mikromoliyalashtir va boshqalar.[2]

Ijtimoiy tadbirkorlik - bu jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilishga qaratilgan tadbirkorlik turi hisoblanadi. Amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, aholining ijtimoiy zaif qatlamlari uchun ish o'runlarini yaratish, nogironligi bo'lgan shaxslar uchun mahsulot va asbob-uskunalar ishlab chiqaradigan korxonalar uchun soliq va boshqa turdagi imtiyozlar belgilangan. Lekin ijtimoiy tadbirkorlikning huquqiy tushunchasi va unga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish mexanizmlari aniq nazarda tutilmagan[3].

NATIJA VA MUHOKAMA

O'zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish tendensiyalari Mamlakatimizda "Ijtimoiy tadbirkorlik to'g'risida"gi qonunni qabul qilishga zarurat tug'ilmoqda. Uning asosiy maqsadi — aholining ijtimoiy zaif qatlami turmush darajasini yaxshilash, ularni ish bilan ta'minlash, ijtimoiy tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatishdan iborat.

Bu borada AQSH, Buyuk Britaniya, Polsha, Belgiya, Italiya va boshqa davlatlar qonunchiligi o'rganilganda, ushbu tadbirkorlik faoliyatining yo'lga qo'yilishi natijasida aholining ijtimoiy zaif qatlamlari ish bilan ta'minlanishi bilan birga, ijtimoiy tovarlar ishlab chiqarish va ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish borasida yuqori natijaga erishilganini ko'rish mumkin.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yaqinda bo'lib o'tgan navbatdagi majlisida qizg'in baxs-munozaralarga sabab bo'lgan hujjatlardan biri ham "Ijtimoiy tadbirkorlik to'g'risida"gi qonun loyihasi bo'ldi. Ta'kidlash joizki, bugun ijtimoiy tadbirkorlik institutini yaratish va uni rivojlantirish uchun davlat tomonidan to'laqonli qo'llab-quvvatlash tizimini amaliyotga joriy etish eng asosiy masala hisoblanadi. Agar ularga subsidiyalar va grantlar ajratilmasa, imtiyozlar va preferetsiyalar taqdim etilmasa, kelgusida bir martalik yordam va boshqa chora-tadbirlarga undanda ko'proq mablag' sarf etilishi mumkin. Shu jihatdan qonun loyihasini ishlab chiqishda amaldagi qonunchilikda belgilangan o'z resurslarini ijtimoiy sohaga yo'naltirgan korxonalarni aniqlash mezonlari, ijtimoiy sohaga investitsiya jalb qilganlik uchun taqdim etiladigan imtiyoz va preferetsiyalar hisobga olingan. Qolaversa, ijtimoiy korxonani aniqlash mezonlarining va ijtimoiy tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning yangi shakllari o'z aksini topgan. Bugungi kunda boshqa har qanday mamlakatda bo'lgani kabi, O'zbekistonda ham hal qilinishi kerak bo'lgan ijtimoiy muammolar borligi hech kimga sir emas. Ijtimoiy tadbirkorlik esa bu muammolarni yumshatish va hal qilishning eng samarali usullaridan biri bo'lishi mumkin. Har qanday biznes kabi ijtimoiy tadbirkorlik ham byudjetga daromad keltiradi hamda mamlakatdagi ijtimoiy muammolarni hal qilishda ishtirok etadi.

O'zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari

O'zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish iqtisodiy o'sishga ko'maklashish bilan birga, mamlakatda ijtimoiy va ekologik muammolarni hal etish borasidagi sa'y-harakatlarning muhim qismidir. Ijtimoiy tadbirkorlik - bu ijtimoiy yoki atrof-muhitga ijobiy ta'sir ko'rsatish uchun biznes tamoyillaridan foydalanish amaliyotidir. So'nggi yillarda O'zbekiston hukumati siyosatni amalga oshirish va ijtimoiy tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash orqali ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Bunga ijtimoiy korxonalar uchun huquqiy asos yaratish, moddiy rag'batlantirish, o'qitish va murabbiylik dasturlarini taqdim etish kabi chora-tadbirlar kiradi.

Bundan tashqari, innovatsion biznes modellari orqali ijtimoiy ta'sir yaratishga intilayotgan ko'proq shaxslar va tashkilotlar O'zbekiston aholisi orasida ijtimoiy tadbirkorlikka qiziqish va xabardorlik ortib bormoqda.O'zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish xalqaro tashkilotlar va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ham qo'llab-quvvatlanmoqda, ular mamlakatdagi ijtimoiy tadbirkorlar uchun moliyalashtirish, ekspertiza va tarmoq imkoniyatlarini taqdim etmoqda.Umuman olganda, O'zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbolli va rivojlanayotgan soha bo'lib, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega.

Bizning loyiha

Yosh oilalarni qo'llab-quvvatlashga dasturi

Mamlakatimizda ijtimoiy muammolarni hal qilishga qaratilgani ijtimoiy loyihalar endigina paydo bo'la boshladi. Shu o'rinda bugungi kuning eng dolzarb masalalaridan biri mamlakatimizdagi ajrim va uysizlik muammolaridir.2022 yil statistik tahliliy natijalarga ko'ra yillik ajrim 28% bu tashkil etmoqda.Ajrim sabablarining 67,5% o'zaro kelishmovchiliklar deya e'tirof etilmoqda.O'zaro kelishmovchiliklarning asosiy sababi yosh oilalarning moliyaviy qiyinchiliklari asosiy o'rinni egallaydi.

Shu o'rinda aytish joizki mamlakatimizda yosh oilalarni ijtimoiy moliyaviy qo'llab-quvvatlovchi loyihalar amaliyoti sezilarli darajada ortda qolgan. Ayniqsa yosh oila bekalarini yani ayollarniimkoniyatlarini kengaytirish: Ta'lim, malaka oshirish va tadbirkorlik imkoniyatlari orqali ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan loyihani ishga tushish masalalari dolzarb sanaladi

Hozirda biz tatbiq etayotgan loyiha yosh oila bekalarini zamonaviy kasblarga o'qitish va ularni onlayn ish faoliyati bilan ta'minlashga qaratilgan. Bunda asosiy tashkilotchi "AGT" firmasi bo'lib uningasosiy vazifalari:

• Iqtidorli va izlanuvchan yosh oila bekalarini saralab olish

• Ularni 3 oy davomida (onlayn darslar haftasiga 14 soat)

• Shuningdek faoliyat davomida (haq to'lanadigan) 6 oy davomida qo'shimcha ravishda (haftasiga 7 soat)o'qitish

• 3 oylik o'qish davomida ularni amaliy ish ko'nikmalariga to'liq o'rgatish

• 3 oylik kurs yakunlangan kichik loyihali ishlarni topshirish va nazorat qilish ko'maklashish orqali kelgusi 6 oy davomida to'liq faoliyat ko'nikmalarini rivojlantirish malakali kadrni tayyorlash ko'zga

• 3 oylik o'qish bepul tashkil etish 6 oylik qo'shimcha o'qish haq to'lanadigan faoliyatni yo'lga qo'yish

• Umumiy 9 oylik kursni yakunlagan uy bekalari onlayn doimiy ish bilan ta'minlash.

• Firma kurslarni tugatgan bitiruvchilarni ish haqidan undiriladigan foiz ulushi hisobiga o'quvchilarni o'qitish ish bilan bog'liq harakatlarni qoplashga yo'naltirish

• Faoliyatni faoliyati daromadga emas yosh oilalarni moddiy ma'naviy qo'llab quvvatlashga qaratish.

• Firmaning uzoq yillik faoliyati davomida to'plangan daromadlari hisobidan hududlarda yosh oilalar uchun ijtimoiy yotoqxonalar tashkil etish.

• Xizmatchi va ish beruvchi o'rtasidagi munosabatlarni aloqa, nazorat, taqdimot va to'lov amaliyotlariga bo'lgan holda amalga oshiriladi

Hozirda ushbu tashkilot quyidagi faoliyat turlarini onlayn ravishda tashkil etib yosh oila bekalarini zamonaviy kasblarga o'qitishni maqsad qilgan.

• Kopirayter

• Marketolog

• Vip dizayner

• Fullstack Javascript ishlab chiqaruvchisi

• Vip dasturchi

• SMM mutaxassisi

• Hisob mJunior web Full Stack dasturchi

XULOSA

Mamlakatimizda ijtimoiy muammolarni hal qilishga qaratilgani ijtimoiy loyihalar endigina paydo bo'la boshladi.Shu o'rinda bugungi kuning eng dolzarb masalalaridan biri mamlakatimizdagi ajrim va uysizlik muammolaridir.2022 yil statistik tahliliy natijalarga ko'ra yillik ajrim 28% bu tashkil etmoqda.Ajrim sabablarining 67,5% o'zaro kelishmovchiliklar deya e'tirof etilmoqda.O'zaro kelishmovchiliklarning asosiy sababi yosh oilalarning moliyaviy qiyinchiliklari asosiy o'rinni egallaydi.Shu o'rinda aytish joizki mamlakatimizda yosh oilalarni ijtimoiy moliyaviy qo'llab-quvvatlovchi loyihalar amaliyoti juda oz.Ayniqsa yosh oila bekalarini yani ayollarniimkoniyatlarini kengaytirish: Ta'lim, malaka oshirish va tadbirkorlik imkoniyatlari orqali ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan loyihani ishga tushish masalalari dolzarb sanaladi Hozirda biz tatbiq etayotgan loyiha yosh oila bekalarini zamonaviy kasblarga o'qitish va ularni onlayn ish faoliyati bilan ta'minlashga qaratilgan.Bunda asosiy tashkilotchi "PUBLISH-AGT" firmasi bo'lib uning asosiy vazifalari xizmatchi va ish beruvchi o'rtasidagi munosabatlarni aloqa, nazorat, taqdimot va to'lov amaliyotlariga bo'lgan holda amalga oshirishdir.Hozirda loyiha ustida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Hozirda loyihani qo'llab-quvvatlovchi homiylar ko'magiga muhtoj bizning maqsad - yosh oilalarni moddiy ma'naviy qo'llab quvvatlashga dasturini ishlab chiqish bu yo'lda o'z hissasini qo'shish istagi bo'lgan homiylarni safimizga chorlab qolamiz.

REFERENCES

1. Aray YU. N., Burmistrova T. A. Spetsifika biznes-modeley v sotsialnom predprinimatelstve // Rossiyskiy Jurnal Menedjmenta. 2014. T. 12. № 4. S. 55-78.

2. Blagov YU. YE, Aray YU. N. Sotsialnoye predprinimatelstvo: problemi tipologii (predisloviye k razdelu) // Vestnik S.-Peterb. Un-ta. Ser. Menedjment. 2010. Vip. 3. S. 109-114.

3. Blagov YU. YE., Aray YU. N. Obrazovatelnie programmi v oblasti sotsialnogo predprinimatelstva: mirovoy opit i rossiyskiye osobennosti // Vestnik S.-Peterb. Un-ta. Ser. Menedjment. 2014. Vip. 3. S. 177-197.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.