Научная статья на тему 'MAMLAKATIMIZDA AHOLINI TADBIRKORLIKKA JALB QILISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH VA TADBIRKORLIK SOHASIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISHNING AHAMIYATI'

MAMLAKATIMIZDA AHOLINI TADBIRKORLIKKA JALB QILISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH VA TADBIRKORLIK SOHASIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
62
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kredit / aktiv / tadbirkorlik / mahallabay / fond / biznes / mikromoliyalash / bank / ishsizlik / iqtisod.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Qayumov Shohzod Erkin O‘G‘Li

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-sonli “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida aholini, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng ko‘lamda jalb qilish ishsizlik muammosini hal qilishning va aholi turmush farovonligini oshirishning muhim omili ekanligi qayd etilgan1. Dunyo mamlakatlarida, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari davlatning moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi orqali tadbirkorlik sohasiga jalb etiladi. Buning sababi shundaki, aholining mazkur qatlamida boshlang‘ich kapitalni shakllantirish uchun pul mablag‘lari va moddiy aktivlar yetarli emas. Bundan tashqari, ularning to‘lovga qobilligi juda past bo‘lib, tijorat banklaridan kredit olish imkonini bermaydi. Hozirgi davrda respublikamizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini tadbirkorlik sohasiga jalb etish uchun ularni bepul tarzda tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish, ularga davlat mablag‘lari hisobidan imtiyozli kreditlar berish yo‘lga qo‘yilgan. Buning ustiga, mahallabay ishlash tizimi joriy etilgan bo‘lib, ushbu tizim aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga manzilli moliyaviy yordam ko‘rsatish, ularni tadbirkorlik sohasiga jalb etish imkoniyatlarini aniqroq baholash imkonini beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAMLAKATIMIZDA AHOLINI TADBIRKORLIKKA JALB QILISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH VA TADBIRKORLIK SOHASIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISHNING AHAMIYATI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

MAMLAKATIMIZDA AHOLINI TADBIRKORLIKKA JALB QILISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH VA TADBIRKORLIK SOHASIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISHNING AHAMIYATI

Annotatsiya: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-sonli "Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorida aholini, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng ko'lamda jalb qilish ishsizlik muammosini hal qilishning va aholi turmush farovonligini oshirishning muhim omili ekanligi qayd etilgan1.

Dunyo mamlakatlarida, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari davlatning moliyaviy qo'llab-quvvatlashi orqali tadbirkorlik sohasiga jalb etiladi. Buning sababi shundaki, aholining mazkur qatlamida boshlang'ich kapitalni shakllantirish uchun pul mablag'lari va moddiy aktivlar yetarli emas. Bundan tashqari, ularning to'lovga qobilligi juda past bo'lib, tijorat banklaridan kredit olish imkonini bermaydi.

Hozirgi davrda respublikamizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini tadbirkorlik sohasiga jalb etish uchun ularni bepul tarzda tadbirkorlik ko'nikmalariga o'qitish, ularga davlat mablag'lari hisobidan imtiyozli kreditlar berishyo'lga qo'yilgan. Buning ustiga, mahallabay ishlash tizimi joriy etilgan bo'lib, ushbu tizim aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga manzilli moliyaviy yordam ko'rsatish, ularni tadbirkorlik sohasiga jalb etish imkoniyatlarini aniqroq baholash imkonini beradi.

Kalit so'zlari: Kredit, aktiv, tadbirkorlik, mahallabay, fond, biznes, mikromoliyalash, bank, ishsizlik, iqtisod.

Avstriyalik iqtisodchi olim Y.Shumpeterning fikriga ko'ra, innovatsiya tadbirkorlik ruhi bilan yo'g'rilgan ishlab chiqarish omillarining yangi ilmiy-tashkiliy uyg'unligidir va davlat tomonidan innovatsion jarayonlar qo'llab-quvvatlanishi lozim2.

Bangladeshning Graminbankini tashkil qilgan, Nobel mukofotining sohibi, taniqli iqtisodchi olim M.Yunus aholini kreditlash sohasida o'ziga xos bo'lgan inqilobiy

1O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktyabrdagi PQ-4862-sonli qarori. Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida //www.lex.uz.

2Шумпетер Й. Основы предпринимательства. Пер. с нем. - М.:Дело, 1974. - С. 132.

Qayumov ShohzodErkin o'g'li

Biznes va Tadbirkorlik oliy maktabi Loyiha boshqaruvi fakulteti 2-kurs magistri E-mail: shakh0778@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.7538194

JOl 1RNA L-RESEA RCHS. COM

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

o'zgarishlarni amalga oshirdi. Xususan, uning tashabbusi va taklifi bilan aholini guruh javobgarligi asosida kreditlash shakli, garovsiz kreditlash turi «Graminbank» amaliyotiga joriy etildi.

M.Yunusning xulosasiga ko'ra, endi ish boshlayotgan aholini sub'ektlarini kreditlashda asosiy e'tibor kreditlashning ijtimoiy samarasiga qaratilishi kerak. Tadbirkorlik sub'ektlarining moliyaviy imkoniyatlari kengaygandan so'ng, ular bozor stavkalarida beriladigan kreditlarga bo'lgan talabning oshishiga sababchi bo'lishadi3.

Fransuz iqtisodchi olimlari J.Shanel-Reyno va E.Bluaning xulosasiga ko'ra, aholini tadbirkorlikka jalb qilishning nisbatan samarali usuli bo'lib, kichik va o'rta korxonalar tashkil etish hisoblanadi4.

J.Shanel-Reyno va E.Bluaning ushbu xulosasi taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasining tahliliga asoslangan va shu jihatdan ishonchli hisoblanadi.

S.Fedorovning tadqiqotlari natijalari ko'rsatadiki, kichik biznes sub'ektlarida operatsion chiqimlarning katta ekanligi va inflyatsiya darajasining yuqori ekanligi ularni tijorat banklari va mikromoliyalash tashkilotlari tomonidan kreditlashni rivojlantirishga to'sqinlik qiladi.

S.Fedorovning mazkur xulosasi O'zbekiston amaliyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Buning sababi shundaki, inflyatsiya darajasining yuqori ekanligi kichik biznes sub'ektlarini kreditlash amaliyotiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

N.Figurovskayaning fikriga ko'ra, qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilarini mikromoliyalash jarayoni davlat tomonidan moliyaviy qo'llab-quvvatlanishi lozim. Bunda asosiy e'tibor davlat budjetidan resurslar ajratish va bonifikatsiyaga qaratilishi kerak5.

Fikrimizcha, N.Figurovskayaning fikri ahamiyatga molik. Chunki, qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilarining mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarining cheklanganligi davlatning ushbu jarayonga aralashuvini zaruriy holatga aylantiradi.

D.Tadjibaevaning ilmiy ishlarida mikromoliyalashning nazariy va metodologik asoslari tadqiq qilingan va bir qator ilmiy xulosalar shakllantirilgan, takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

D.Tadjibaeva haqli ravishda e'tirof etadiki, mikromoliyalash tashkilotlarining tijorat banklari bilan hamkorligi nafaqat tijorat banklariga, balki ushbu tashkilotlarning o'zlari uchun ham foydalidir. Bu birinchi navbatda, moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish imkonini beradi. Ayrim mamlakatlarda qonun yo'li bilan depozitlar jalb qilish, qimmatli qog'ozlarni chiqarish va fond birjalarida joylashtirishni ta'qiqlab qo'yilganligi, fond bozorining yetarli rivojlanmaganligi kabi iqtisodiy cheklovlar mavjud bo'lgan sharoitda,

3 Мухаммад Юнус, Алан Жоли. Создавая мир без бедности: социальный бизнес и будущее капитализма. Пер. сангл. - М.: АльпинаПаблишерз, 2010. - 307 с.

4Chanel-Reynaud G., Bloy E. La Banque et le risqué PME. - Presses Universitaires de Lyon, 2001. - P. 39-40. 5Фигуровская Н. Современное состояние сельского хозяйства требует результативных действий государства//Экономист. - Москва, 2009. - №8. - С. 43.

JOl 1RNA L-RESEA RCHS. СОМ

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

mikromoliyalash tashkilotlariga moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish imkonini bermaydi6.

J.Isakovning xulosasiga ko'ra, Qoraqalpog'iston Respublikasi tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub'ektlariga xizmatlar sohasini rivojlantirish maqsadlariga berilgan kreditlar hajmining 2015-yilda 2007-yilga nisbatan yuqori darajada oshganligi quyidagi sabablar bilan izohlanadi:

a) so'nggi yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasi tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub'ektlarini kreditlashga katta e'tibor qaratilayotganligi;

b) respublikaning qator tumanlarida xizmatlar sohasini kreditlash amaliyotining takomillashmaganligi natijasida mazkur sohaga tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar hajmining kichik bo'lganligi.

Ta'kidlash joizki, tahlil qilingan davr mobaynida Qoraqalpog'iston Respublikasi tijorat banklari tomonidan xizmatlar sohasida band bo'lgan kichik biznes sub'ektlariga xizmatlar sohasini rivojlantirish maqsadlariga berilgan kreditlar miqdorining o'sish tendensiyasi saqlanib qoldi. Biroq, xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun berilgan kreditlar miqdori va darajasining tuman va shaharlar o'rtasida keskin farqlanishi kuzatilmoqda7.

I.Raxmonov o'zining ilmiy-tadqiqot ishida mamlakat tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatish amaliyotini tahlil qilgan va ushbu amaliyotni takomillashtirish maqsadida respublika Markaziy bankining tijorat banklarining bir yilgacha muddatga jalb etilgan muddatli depozitlariga nisbatan belgilangan majburiy zaxira stavkalarini 50 foizga pasaytirish va mikromoliyalash tashkilotlarining tijorat banklaridagi muddatli depozitlarini Markaziy bankning majburiy zaxira talabnomasidan ozod qilish yo'li bilan tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash va shu orqali banklar tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga ko'rsatiladigan mikrolizing va mikrokredit xizmatlari hajmini oshirishni taklif qilgan8.

Fikrimizcha, I.Raxmonovning Markaziy bankning tijorat banklarining bir yilgacha muddatga jalb qilingan muddatli depozitlariga nisbatan belgilangan majburiy zaxira stavkalarini 50 foizga pasaytirish yo'li bilan banklarning resurs bazasini mustahkamlash xususidagi taklifi O'zbekiston bank tizimi rivojlanishining zamonaviy, innovatsion rivojlanishga o'tish bosqichida ham o'zining amaliy ahamiyatini yo'qotmagan. Chunki, hozirgi davrda ham O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy zaxira stavkalarini yuqori ekanligi tijorat banklarining resurs bazasi barqarorligiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Albatta, Markaziy bankning tijorat banklarining muddatli depozitlariga nisbatan belgilangan majburiy zaxira stavkalarini pasaytirilishi banklar resurs bazasining mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

6Таджибаева. Д.А, Муминов. И.О. Микрофинансирование: руководство для микрофинансовых организаций//Тошкент: Молия, 2009. - С. 203.

7Исаков Ж.Я. Хизмат курсатиш со^асини ривожлантиришда кредит самарадорлигини ошириш. И.ф.д. илм. дар. ол.уч. такд. эт. дисс. автореф. - Тошкент, 2016. - Б. 19-20.

8Рахмонов И.Х. Узбекистан Республикасида микромолиявий хизматларни такомиллаштириш йуллари. И.ф.н. илм. дар. ол. уч. такд. эт. дисс. автореф. - Тошкент, 2011. - Б. 16.

JOl 1RNA L-RESEA RCHS. СОМ

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Chunki, banklarning jalb qilingan muddatli depozitlarga foiz to'lash imkoniyati bevosita majburiy zaxira stavkalarining darajasiga bog'liq.

Biroq, I.Raxmonovning mikromoliyalash tashkilotlarining tijorat banklaridagi muddatli depozitlarini Markaziy bankning majburiy zaxira talabnomasidan ozod qilish yo'li bilan tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash xususidagi taklifi munozaralidir. Buning sababi shundaki, birinchidan, muallif mikrokredit tashkilotlarining tijorat banklaridagi muddatli depozitlari xususidagi amaliy ma'lumotlar tahlilini ilmiy-tadqiqot ishida keltirmagan; ikkinchidan, mikrokredit tashkilotlaridan depozitlar jalb qilish imkoniyatiga majburiy zaxira talabnomalarining salbiy ta'siri asoslab berilmagan.

E'tirof etish joizki, mamlakat iqtisodchi olimlaridan N.Urmanova tijorat banklari va nobank kredit tashkilotlari o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish yo'li bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini hamda aholini moliyalashtirishning tijoriy manbalaridan foydalanishni oshirish muammosini hal qilish mumkinligini ilmiy jihatdan asoslab bergan.

Foydalanilga adabiyotlar ro'yxati:

1.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktyabrdagi PQ-4862-sonli qarori. Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida //www.lex.uz.

2.Шумпетер Й. Основы предпринимательства. Пер. с нем. - М.:Дело, 1974. - С. 132.

3.Мухаммад Юнус, Алан Жоли. Создавая мир без бедности: социальный бизнес и будущее капитализма. Пер. сангл. - М.: АльпинаПаблишерз, 2010. - 307 с.

4.Chanel-Reynaud G., Bloy E. La Banque et le risqué PME. - Presses Universitaires de Lyon, 2001. - P. 39-40.

5.Фигуровская Н. Современное состояние сельского хозяйства требует результативных действий государства//Экономист. - Москва, 2009. - №8. - С. 43.

6.Таджибаева. Д.А, Муминов. И.О. Микрофинансирование: руководство для микрофинансовых организаций//Тошкент: Молия, 2009. - С. 203.

7.Исаков Ж.Я. Хизмат курсатиш сохдсини ривожлантиришда кредит самарадорлигини ошириш. И.ф.д. илм. дар. ол.уч. такд. эт. дисс. автореф. - Тошкент, 2016. - Б. 19-20.

8.Рахмонов И.Х. Узбекистон Республикасида микромолиявий хизматларни такомиллаштириш йуллари. И.ф.н. илм. дар. ол. уч. такд. эт. дисс. автореф. - Тошкент,

2011. - Б. 16.

JOl 1RNA L-RESEA RCHS. СОМ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.