"FALSAFA VA INSONIYAT: O'TMISH, HOZIRGI (E)ISSN: 2181-1784 ZAMON, KELAJAK" ILMIY-NAZARIY ANJUMAN 4(26), Nov., 2024
ALFRAGANUS UNIVERSITY www.0riens.uz
AHMAD TOSHKO'PRIZODANING ISLOM ILMLARI TASNIFI d https://doi.org/10.5281/zenodo.14544340
Ergashev Urolbek Berkinovich
falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti,
Annotatsiya: Maqolada Ahmad Toshko prizodaning islom ilmlari tasnifi tahlil qilingan. Ilmlar orasidagi iyerarxik munosabatlar ko'rsatib berilgan. Muallif asari asosida o 'rta asrlarda Usmoniylar imperiyasidagi ilmiy hayot tasvirlangan.
Kalit so'zlar: Ahmad Toshko'prizoda, ilmlar tasnifi, islom ilmlari, ilmlar orasidagi iyerarxik munosabatlar, ilmiy hayot.
XVI asrda Usmoniylar imperiyasida yashab ijod qilgan mashhur qomusiy olim Isomiddin Ahmad Toshko'prizodaning "Mavduot al-ulum" asari fanlar tasnifiga oid eng nodir manbalardan biri. Toshko'prizodaning "Mavduot al-ulum" asarida alohida ilm sifatida tasniflangan ayrim fanlar hozirgi kunga kelib o'z ahamiyatini yo'qotgan yoki ist'emoldan chiqqan. Lekin asarda tasniflangan Islom diniga oid ilmlar bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan.
XI asrning ikkinchi yarmi — XIII asrlarda yaratilgan tasniflar ko'proq, diniy ilmlarga bag'ishlangan va bu vaqtlarda ijod qilgan ba'zi mualliflar faqatgina diniy ilmlarni tan olganlar va ular tasnifi bilan shug'ullanganlar. Ammo ular orasida ham moddiy borliqni bilish, ya'ni moddiy borliqni turli tomonlardan o'rganish tarafdorlari ham bo'lgan. Lekin, XIV-XVII asrlar davomida yaratilgan tasniflar esa alohida bosqichni tashkil etadi va o'z navbatida ilmlarni yanada batafsilroq o'rganish, avvallari ilgari surilgan nazariyalarni qo'llab-quvvatlash va kengaytirish yoki tanqid qilish bilan ajralib turadi. Ular tasnifiga qo'shilgan yangi ilmlar hisobiga kengaytirildi (Toshko'prizoda, Kotib Chalabiy, al-Makkiy va boshqalar). Tasniflar hajm jihatidan o'zgarsa ham tuzilishi jihatidan deyarli o'zgarishsiz qoldi. Bu esa, tabiiyki, ilmlar tasnifini saqlanib qolishi va yanada rivojlanishiga zamin yaratdi.
Uzoq davr mobaynida bilim, ilm, fan, mavzu, san'at tushunchalari aynilashtirildi. Bunga eng avvalo misol sifatida Toshko'prizodaning "Mavduot al -ulum" asarini ko'rsatishimiz mumkin1.
Aslida bu asar Toshko'prizoda Isomiddin Ahmadning "Miftoh as-sa'ada va misboh as-siyoda" ("Saodat kaliti va qo'llanma chirog'i") nomli asarining o'g'li
1 Elçibey Ebülfez. (Cev: Muhammet Kemaloglu). ilimlerin tasnifi tarihi. Tarih kültür ve sanat araçtirmalari dergisi. Karabuk Üniversitesi. 2014. -B. 126.
Toshko'prizoda Kamoliddin Mahmud tomonidan ba'zi ilovalar bilan arabchadan usmonli turkchasiga qilingan tarjimasining nomidir2. Asarning nomi "Mavduot al-ulum" tarzida o'zgartirilishining sababi esa asarni xalq orasida turkcha nom bilan mashhurlashtirish bo'lgan. Toshko'prizoda Kamoliddin Mahmud nafaqat asarni turk tiliga tarjima qilgan balki, o'zi ham asarning ba'zi qismlariga muhim qo'shimchalar va izohlar qo'shgan3. Asarda turli ilm sohalari, ilmlar tasnifiga oid asarlar yozgan olimlar va ularning tadqiqotlari to'g'risida ham ma'lumotlar keltirilgan.
Toshko'prizodaning ilmlar tasnifi masalasidagi tadqiqoti o'rta asr Sharq namoyandalari ishini to'ldirdi. U nafaqat o'zidan oldin o'tgan olimlarning yutuqlarini o'zlashtirdi, balki ilmiy tafakkur rivojlanishiga munosib va sezilarli hissasini qo'shdi. Ilmlar tasnifining Toshko'prizoda tomonidan tadqiq qilinishi, to'ldirilishi, atroflicha tahlil qilinishi birinchidan, shu sohaning yanada rivojlanishiga qulay imkoniyat yaratgan bo'lsa, ikkinchidan, Sharq ilk o'rta asr olimlari bilan keyingi asrlar olimlar ijodini bog'lovchi ko'prik vazifasini bajargan.
"Mavduot al-ulum" asarida Toshko'prizoda ilmlarni 7 ta asosiy guruhga ajratgan: I.Yozuv ilmi (2 qismga bo'lingan bo'lib, jami 9 ta ilm); II. So'z ilmi (3 qismga bo'lingan bo'lib, jami 42 ta ilm); III. Xatolardan saqlanish ilmi (jami 7 ta ilm); IV. Nazariy falsafa (3 qismga bo'lingan bo'lib, jami 121 ta ilm); V. Amaliy falsafa (jami 6 ta ilm); VI. Shariat (din) ilmi (7 qismga bo'lingan bo'lib, jami 110 ta ilm); VII. Botiniy ilm (3 qismga bo'lingan bo'lib, jami 31 ta ilm). Tasnifda umumiy 326 ta ilm keltirilgan. Asarda islomiy (shariat) ilmlar 6-guruhdan joy olgan bo'lib, 7 ta qismga ajratilgan holda tasniflangan va quyidagi tartibda shakllantirilgan:
1. O'qish (Qur'on) haqidagi ilm: 1) Istisnolarni bilish va ularning haqiqiysidan farqlash ilmi; 2) Harflarni to'g'ri talaffuz qilish haqidagi ilm; 3) So'zlarni to'g'ri talaffuz qilish haqidagi ilm; 4) Qur'onni o'qishdagi to'xtalishlar haqidagi ilm; 5) Qiroat qilishdagi nuqsonlar haqidagi ilm; 6) Qur'onni to'g'ri ko'chirib yozish haqidagi ilm; 7) Quronning qo'lyozma nushalarini bilish haqidagi ilm.
2. Hadis hikoya qilish haqidagi ilm: 1) Hadislar sharhi haqidagi ilm; 2) Hadisning paydo bo'lish sabablari, ularning kelib chiqishi va o'rni haqidagi ilm; 3) Yangi va bekor qilingan hadislar haqidagi ilm; 4) Payg'ambar so'zlarining ma'nolari haqidagi ilm; 5) Payg'ambarning ko'rsatma (nazarda tutgan) so'zlari haqidagi ilm; 6) Hadisning noyob yozuvi haqidagi ilm; 7) Payg'ambar ko'rsatmalari haqidagi ilm; 8) Hadis tilining noyobligi haqidagi ilm; 9) Hadis hikoya qiluvchining holati haqidagi ilm; 10) Payg'ambarning tibbiyot haqidagi ilmi.
2 Ip§irli Mehmet. Ta§koprizade Kemaleddin Efendi, TDV islam Ansiklopedisi, Ankara: Türkiye Diyanet Vakfi, 2011. -B. 153.
3 Duman Ali. Ta§köprüzade Ahmed efendi ve MevzuatuKulumda yer alan usul ve fikh ile ilgili ilimler, Gazi Üniversitesi Corum ilahiyat Fakültesi Dergisi, 2004. -B. 63.
3. Izohlar (Qur'on sharhi) haqidagi ilm: 1) Makka va Madinada vahiy kelgan suralarni bilish ilmi; 2) Sayohat davrida vahiy kelgan suralarni bilish ilmi; 3) Kunduzi va kechasi vahiy kelgan suralarni bilish ilmi; 4) Yozda va qishda vahiy kelgan suralarni bilish ilmi; 5) Dam olish va uyquda vahiy kelgan suralarni bilish ilmi; 6) Zaminiy va osmoniy suralarni bilish ilmi; 7) Dastlabki vahiy kelgan suralarni bilish ilmi; 8) Vahiy kelishining sababiyatini bilish ilmi; 9) Ba'zi sahobalarning vahiy kelgan suralar haqidagi so'zlarini bilish ilmi; 10) Qayta vahiy kelgan suralarni bilish ilmi; 11) Qur'on nozil bo'lishidan avval va nozil bo'lgandan keyin (hayotga) tadbiq etilishi kechikkan ilm; 12) Qisman yoki to'liq vahiy kelgan suralarni bilish ilmi; 13) Alohida va qisman vahiy kelgan oyatlarni bilish ilmi; 14) Ayrim payg'ambarlarga vahiy kelgan suralarni bilish ilmi; 15) Qur'onning holati haqidagi ilm (payg'ambar suralarni qabul qilib olgan paytida); 16) Qur'on nomlari va uning suralarini bilish ilmi; 17) Qur'onning jamlanishi va suralarning joylashuvini bilish ilmi; 18) Qur'onning sura, oyat, so'z va harflar sonini bilish ilmi; 19) Qur'on qiroatchisi va uning topshiruvchisini bilish ilmi; 20) Qur'onning tarqatilish ketma-ketligining yuqori va quyi uzatuvchilarini bilish ilmi; 21) Ishonchlilik, ma'lumlik, yagonalik, noyoblilik, soxtalik va buzib ko'rsatishlarni bilish ilmi; 22) Qiroat jarayonida (ifodani) qo'shib va ajratib o'qish ilmi; 23) "Fatxa" — unlilarda uzun va qisqa tovushlarni talaffuz qilish ilmi; 24) Yashirin harflar va ularning o'zgarishlarini yanada ko'paytirishni, aniqlashni bilish ilmi; 25) Uzaytirish (modda) va qisqartirishni bilish ilmi; 26) Unli tovushlarni to'g'ri talaffuz qilishni bilish ilmi; 27) Qur'on xabarlarining ko'rinishini (odamzotgacha) bilish ilmi; 28) Talqin etishda ruxsat etilganlarni ushbu holda nimalar yuz berishini bilish ilmi; 29) Qur'onning nodir (kam uchraydigan, noyob) so'zlarini bilish haqidagi ilm; 30) Qur'onning xijoz tiliga oid bo'lmagan tilda bayon etilgan qismini bilish ilmi; 31) Qur'onning arab yozuvida bo'lmagan qismini bilish ilmi; 32) Mazmun jihatidan matn yozish jarayonida bir xil oyatlarni bilish ilmi; 33) Mufassirga zarur bo'ladigan gapning bosh bo'laklarining ma'nolarni bilish ilmi; 34) Sintaksis bo'yicha o'zgarishlarni bilish ilmi; 35) Mufassirga zarur bo'lgan muhim oyatlarning mazmunini bilish ilmi; 36) Aniq va noaniq oyatlarni bilish ilmi; 37) Qur'onning boshlanishi va uning yakunlanishini bilish ilmi; 38) Qur'onning mushtarakligi, uning tafsilotlari, muhtasarligi va ro'yirostligi (aniqligi)ni bilish ilmi; 39) Qur'onning yangi va bekor qilingan oyatlarini bilish ilmi; 40) Qur'onning murakkabligi, uning qarama-qarshiligi va zidligini bilish ilmi; 41) Umumiy va shartli oyatlarni bilish ilmi; 42) Oyatlar ifodasi va uning mazmun-mohiyatini bilish ilmi; 43) Qur'onda murojaat turlarini bilish ilmi; 44) Qur'on so'zlarining mohiyati va ularning qochirim (shama)larini bilish ilmi; 45) Qur'onda metofora va taqqoslashlardan foydalanish ilmi; 46) Qur'onda metonimiya va kinoyalardan foylanish ilmi; 47) Qur'onda taqiqlash va o'ziga xos so'z birikmalaridan foydalanish ilmi; 48) Qur'onni
o'rganishda qisqa va lo'ndalikka amal qilishni bilish ilmi; 49) Qur'onda buyruq va darak gaplardan foydalnish ilmi; 50) Qur'onning stilistik shakllaridan foydalanish ilmi; 51) Qur'on oyatlari oralig'idagi intervallarni qo'llay olish ilmi; 52) Boshlang'ich suralarni bilish ilmi; 53) Yakuniy suralarni bilish ilmi; 54) Oyat va suralarning o'zaro nisbatini bilish ilmi; 55) Ravshan (aniq) va noaniq suralarni bilish ilmi; 56) Qur'on mo'jizalarini bilish ilmi; 57) Qur'ondan ilm, sitata (parcha, ko'chirma) keltirishni bilish ilmi; 58) Qur'onda keltirilgan voqea-hodisalarni bilish ilmi; 59) Qur'on pora (qism)larini bilish ilmi; 60) Qur'onda yo'q bo'lishni bilish ilmi; 61) Qur'onda mavjud bo'lgan ismlar, laqablar va nom (titul)larni bilish ilmi; 62) Qur'onning noaniq momentlarini bilish ilmi; 63) Qur'onda ismlari keltirilganlarni bilish ilmi; 64) Qur'onning qadr-qimmatini bilish ilmi; 65) Ayrim oyatlarning boshqalaridan afzalliklarini bilish ilmi; 66) Oyatlarning o'ziga xos xususiyatlarini bilish haqidagi ilm; 67) Qur'on yozuvining bexatoligi va ularning to'g'riligini bilish ilmi; 68) Qur'onning sharhlari, izohlari, tushuntirishlarining qadr-qimmatini va ularning zururiyatini bilish ilmi; 69) Qur'on sharhlovchisi uchun qo'yiladigan talablar va uning etikasini bilish ilmi; 70) Boshqalaridan farq qiladigan (sifatli) izoh (sharh)larni bilish ilmi; 71) Kommentator (sharhlovchi)ning darajalarini (xronologiyaga binoan) bilish ilmi; 72) Harflarning o'ziga xos xususiyatlarini bilish ilmi; 73) To'xtalishlar kamaytirilganda, boshqa harfga urg'u berilganda va so'zlarning ko'plik shaklidan noto'g'ri foydalanilganda oyatlarning xususiyati o'zgarishini bilish ilmi; 74) Harf va ismlar bo'yicha tuslash ilmi; 75) Yorqin va xira harflar ilmi; 76) Allohning yuksak ismini tuslash ilmi; 77) Oyatda harflarni bo'lish va joyini o'zgartirish ilmi; 78) Harflar o'rnining o'zgarishini bilish ilmi; 79) Taqdirni oldindan bashorat qiluvchi oyatlarni bilish ilmi; 80) Qur'onni xatolardan saqlash haqidagi ilm; 81) Vazxonlik (voizlik) haqidagi ilm; 82) Sig'inish va ba'zi bir oyatlar, ya'ni sig'inuvchilar qaysi vaqtda ibodatda bo'lishni bilish ilmi; 83)Ajdodlar faoliyatini bilish ilmi; 84) Xudojo'ylik va xudodan qo'rqish haqidagi ilm.
4. Hadislarni yaxshi bilish (hadis haqida ko'proq bilish) ilmi.
5. Kalom haqidagi ilm.
6. Fiqhning asosiy qismi (islom yurisprudensiyasi) haqidagi ilm:
1) Fikr-mulohaza haqidagi ilm; 2) Bahs-munozara haqidagi ilm; 3) Tortushuv (bahs) haqidagi ilm; 4) Fikrlardagi tafovut (qarama-qarshilik) haqidagi ilm; 5) Mol-mulk (meros)ni taqsimlash haqidagi ilm.
7. Fiqh ilmi: 1) Shartlar va qayd qilish ilmi; 2) Yurisprudensiya (sudlov, hukm) haqidagi ilm; 3) Shariat hukmlarini bilish haqidagi ilm; 4) Fatvo haqidagi ilm.
Bilamizki, Abu Abdulloh Al-Xorazmiy va Ibn Sino esa ilohiyotni "nazariy falsafa" guruhi tarkibida tasniflagan. Al-Farobiy va at-Tavhidiy o'z tasniflarida "fiqh ilmi" bilan cheklanib qolgan bo'lsada, Toshko'prizoda esa "o'qish", "hadis hikoya
qilish", "Qur'on sharhi", "hadislarni yaxshi bilish", "kalom", "fiqhning asosiy qismi" va "fiqh" ilmlarining ham tarkibiy qismlarigacha tasniflagan4. Bu tasnifning e'tiborli jihati shundaki, olim "shariat ilmi"ni oltinchi o'rinda alohida guruh sifatida tasniflagan. Bundan xulosa qilish mumkinki, Toshko'prizoda ilmiy tafakkurida diniy dunyoqarash ustunlik qilmaydi.
Toshko'prizoda islomiy ilmlarni o'ziga xos uslubda tasniflagan ilk olim hisoblanadi. Chunki u o'zidan oldingi islomiy ilmlar tasnifidan farqli o'laroq shar'iy ilmlarni eng quyi sohalarigacha tasniflab, har bir ilmning ta'rifi, mavzusi, maqsadi va foydali xususiyatlarini keltirib o'tgan. Bu esa madrasalarda tahsil olayotgan toliblarning shariat ilmini bosqichma-bosqich o'rganib borishlarini anchayin qulaylashtirgan. Bu jihat Sharqning boshqa mutafakkirlarida uchramaydi.
Tadqiqot davomida Toshko'prizoda davrida dunyoda narsa va hodisalarning son-sanog'i cheksiz hamda ilmlarning soni keskin oshganligiga duch keldik. Alloma har bir ilm to'g'risida o'zining ilmiy qarashlarini ilgari surib, ilmning chek-u chegarasi yo'qligi, ya'ni, hodisalar, ilmlar va jarayonlar mohiyatini o'rganish mangu davom etaverishini hamda ilm sohalarining hammasini o'rganishga bashar umri etmasligi mumkinligini ta'kidladi. O'z fikriga, shaxsiy qarashiga ega bo'lmagan, aytayotgan gapi yoki qilayotgan ishi uchun javob berish mas'uliyatini his qilmaydigan odam shaxs degan yuksak mavqega ko'tarila olmaydi. Toshko'prizodaning "Mavduot al-ulum" asarini o'rganish, uni falsafiy mushohada qilish vositasida biz birinchi navbatda olim yashab o'tgan davr ilmiy tafakkuri salohiyatini yanada teranroq anglab boramiz.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Elfibey Ebülfez. (Cev: Muhammet Kemaloglu). ílimlerin tasnifi tarihi. Tarih kültür ve sanat ara§tirmalari dergisi. Karabuk Üniversitesi. 2014.
2. Ip§irli Mehmet. Ta§koprizade Kemaleddin Efendi, TDV islam Ansiklopedisi, Ankara: Türkiye Diyanet Vakfi, 2011.
3. Duman Ali. Ta§köprüzade Ahmed efendi ve Mevzuatul-'ulumda yer alan usul ve fikh ile ilgili ilimler, Gazi Üniversitesi Qorum ilahiyat Fakültesi Dergisi, 2004.
4. Бахадиров Р.М. Из истории классификации наук на средневековом мусульманском Востоке. - Ташкент: "Академия", 2000.
4 Бахадиров Р.М. Из истории классификации наук на средневековом мусульманском Востоке. - Ташкент: "Академия", 2000. -C. 188.