Научная статья на тему 'KURSANTLARNI TARBIYALASHDA SHARQ MA’RIFATPARVARLARINING MA’NAVIY MEROSINI O‘RNI'

KURSANTLARNI TARBIYALASHDA SHARQ MA’RIFATPARVARLARINING MA’NAVIY MEROSINI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qurolli Kuchlar / yosh ofitser / globallashuv / tarbiya / burch / vatanparvarlik / insonparvarlik / sadoqat / odamiylik / ma’naviy salohiyat / milliy mentalitet. / Armed Forces / young officer / globalization / education / duty / patriotism / humanism / loyalty / humanity / spiritual potential / national mentality.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Mullajonov, Islomjon Yuldashevich

Ushbu maqolada yurtimizda zamonaviy harbiy mutaxassislarni tayyorlashda sharq mutafakkirlarining ilmiy merosi yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol va vatanparvar etib kamol toptirishdagi ahamiyati haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF THE SPIRITUAL HERITAGE OF EASTERN ENLIGHTENERS IN THE EDUCATION OF CADETS

This article discusses the significance of the scientific legacy of Eastern thinkers in preparing modern military specialists in our country for the upbringing of the younger generation as comprehensively developed, harmoniously developed and patriotic individuals.

Текст научной работы на тему «KURSANTLARNI TARBIYALASHDA SHARQ MA’RIFATPARVARLARINING MA’NAVIY MEROSINI O‘RNI»

Research BIB / Index Copernicus

KURSANTLARNI TARBIYALASHDA SHARQ MA'RIFATPARVARLARINING MA'NAVIY MEROSINI O'RNI

Mullajonov Islomjon Yuldashevich

Chirchiq oliy tank qo'mondonlik muhandislik bilim yurti Gumanitar fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi, dotsent

Ushbu maqolada yurtimizda zamonaviy harbiy mutaxassislarni tayyorlashda sharq mutafakkirlarining ilmiy merosi yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol va vatanparvar etib kamol toptirishdagi ahamiyati haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: Qurolli Kuchlar, yosh ofitser, globallashuv, tarbiya, burch, vatanparvarlik, insonparvarlik, sadoqat, odamiylik, ma'naviy salohiyat, milliy mentalitet.

В данной статье обсуждается значение научного наследия мыслителей Востока в подготовке современных военных кадров в нашей стране для воспитания подрастающего поколения всесторонне развитыми, гармонично развитыми и патриотичными личностями.

Ключевые слова: Вооруженные Силы, молодой офицер, глобализация, воспитание, долг, патриотизм, гуманизм, верность, человечность, духовный потенциал, национальный менталитет.

This article discusses the significance of the scientific legacy of Eastern thinkers in preparing modern military specialists in our country for the upbringing of the younger generation as comprehensively developed, harmoniously developed and patriotic individuals.

Keywords: Armed Forces, young officer, globalization, education, duty, patriotism, humanism, loyalty, humanity, spiritual potential, national mentality.

Ma'lumki, hozirgi davrda globallashuv jarayoniga taalluqli bo'lgan barcha jabhalar hayotimizga tez va chuqur kirib kelmoqda. Globallashuv - bu avvalo hayot sur'atlarining beqiyos darajada tezlashuvi jarayonida, davlatlar o'rtasida turli xil integratsiya va hamkorlikning kuchayishi, zamonaviy axborot texnologiyalari hamda ilm-fan yutuqlarining tezda tarqalishi, xalqlar o'rtasidagi muloqotning yangicha sifat kasb etishi, o'zaro hamkorlik imkoniyatlarining yuzaga kelishi - bu globallashuvning ijobiy ahamiyati, ammo globallashuv jarayonining bugungi yana bir jihati shuki, u

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Research BIB / Index Copernicus

yoshlarga mafkuraviy ta'sir o'tkazishning quroliga, har xil siyosiy, g'oyaviy kuchlarning kurash sahnasiga ham aylanib bormoqda.

Shu sabab yosh avlod tarbiyasi davlatimizning doimo diqqat markazida bo'lib, bu jarayon Mustaqillik yillarida uzluksiz davom etmoqda. Umuman mamlakatimizda qabul qilingan yoshlarga oid qonunlarning barchasida yoshlarimizning puxta bilim olishi bilan bir qatorda xalqaro maydondagi faolligi va ishtirokini ta'minlash, voyaga yetmagan, boquvchisini yo'qotgan, ko'p bolali oilalarni ijtimoiy-iqtisodiy tomondan himoyalash, iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo'llab-quvvatlash kabi masalalar doimiy nazorat ostida bo'lmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Asrlar davomida jahon falsafasi, xususan Sharq falsafasi qadriyatlari asosida oliy harbiy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan kursantlarda falsafiy mushohada, tafakkur etish ko'nikmalarini shakllantirishni uzluksiz ta'lim tizimiga kiritish, nazarimizda, milliy mentalitetimizning milliy taraqqiyot g'oyasi asosida yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar jarayonida professional milliy armiyamiz uchun yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlashga jiddiy ahamiyat berilayotganini ta'kidlash farz va qarz, deb o'ylaymiz. Shu maqsadda yurtimizdagi oliy harbiy ta'lim muassasalari moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, kursantlar uchun barcha sharoit yaratilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "Tarixiy merosni asrab-avaylash, o'rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish ham davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo'nalishlaridan biridir"[1]. Sharqning buyuk alloma va mutafakkirlarining kashfiyotlari zamonaviy fan va taraqqiyotning asosidir. Jamiyat taraqqiyotidagi har qanday o'zgarish va yangilanishlar, ayniqsa, insoniyat taraqqiyotiga katta turtki beradigan jarayonlar va kashfiyotlar o'z-o'zidan sodir bo'lmaydi. Buning uchun, avvalo, azaliy an'analar, munosib sharoitlar, tafakkur maktabi, madaniy-ma'naviy muhit bo'lishi kerak.

Markaziy Osiyo xalqlari tomonidan yaratilgan yuksak darajadagi ma'naviy-madaniy meros nafaqat ushbu mintaqada, balki butun Sharq va G'arb falsafasining shakllanishida muhim manba bo'lib xizmat qildi. Chunki jahon sivilizatsiyasining eng qadimiy markazlaridan biri sifatida e'tirof etilgan Vatanimiz hududida falsafiy-ilmiy fikr va g'oyalarning rivojlanish tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi.

Musulmon mamlakatlaridagi olimlar avlodiga ta'sir ko'rsatgan fanlar tasniflaridan biri Abu Nasr Forobiyning "Ihso al-ulum" ("Ilmlarni tasniflash") [2] asarida bayon qilingan, keyinchalik Yevropa va lotin tiliga o'girilgan fanlar tasnifi edi. Forobiy tasnifiga muvofiq, barcha fanlar besh sinfga taqsimlangan: "til haqidagi

Research BIB / Index Copernicus

ilm", mantiq, matematika, fizika(naturfilosofiya), ijtimoiy fanlar (yurisprudensiya, ritorika).

Abu Nasr Forobiy matematikaga: arifmetika, geometriya, astronomiya, musiqani olib kiritgan. Xuddi shu sinfga mexanika ham kiritilib, u ham o'z navbatida ikkiga bo'lingan: og'irlik haqidagi ilm ya'ni nazariy muvozanat, murakkab qurilmalar haqidagi ilm ya'ni amaliy muvozanat. Forobiyning fanlar tasnifidagi o'ziga xos jihatiga e'tibor beradigan bo'lsak, birinchi bo'lib, "Murakkab usullar haqidagi ilm"ga musulmon mamlakatlari matematikasida rivojlangan bir necha sof matematik sohalar: "sonlarning mohir usullari", "geometrik mohir usullar" va hakozolarni qo'shadi. Musiqa asboblarining qurilishi, ko'zgu haqidagi ilm, "tarozining tuzilish usullari", me'morchilik va hatto duradgorlik ishi ham shu yerga kiritganligini ko'rishimiz mumkin.

Keyinchalik esa Abu Nasr Forobiyning tasnifi uncha katta bo'lmagan o'zgarish, qo'shimchalar bilan Ibn Sino, Ibn Rushd, Abu Homid G'azzoliy kabi yirik olimlar tomonidan qabul qilingan va rivojlantirilgan edi. "Ihso al-ulum"ning arab tilli mualliflar asarlarining mashhur tarjimoni Gerardo Kremenskiy tomonidan lotinchaga qilingan tarjimasi O'rta asr Yevropasida keng tarqalgan. Yana bir muslumon faylasuf olimi Ibn Sino tibbiyot bilan birgalikda fanlar tasnifi muammolarini ishlab chiqishga katta hissa qo'shgan edi. Uning fanlar tasnifi muammolarini ishlab chiqishga qaratilgan asari "Risala fi aqsam al-ulum" ("Ilmlarning bo'linishi haqida risola") deb nomlanadi. Bu faylasuf ham Forobiyga ergashib, o'zining tasnif sida, o'z davrining barcha asosiy ilmlarining kelib chiqish sabablarini tushuntirishga uringan. Jumladan, u har bir ilmning "shahobchalar"i ostida unga tegishli amaliy usullar majmuini tushunib, "mohir usullar haqidagi ilm" ya'ni o'z davridagi amaliy mexanikani ilm sohasiga olib borib taqaydi. Geometriya shahobchasiga u masalan, odatda "ilm al-xiyal" (muvozanat) tarkibiga kirganlarning asosiy qismni kiritadi.

Fanlar tasnifidagi bunday xilma-xillik islom ilmi doirasidagi konseptual yondashuvlarda ham aks etgan. Ma'lumki, IX-X asrlarda arab tilida so'zlashuvchi mamlakatlarda Arastuning fanlar tasnifini o'rganish keng tarqalgan. Chunki Arastu asarlarining arab tiliga tarjimasi o'rta asrlar Yaqin va O'rta Sharq musulmonlari olamida batafsil tadqiq qilingan. Ilmiy-amaliy faoliyat yo'lga qo'yilib, fanlar tasnifining alohida ko'rinishlari ishlab chiqildi. Masalan, dastlabki fanlar tasnifini birinchilardan bo'lib, Kindiy ishlab chiqqan. U ilmiy bilishning uch bosqichi haqidagi ta'limotni shakllantirdi. U 1-bosqichni, mantiq va matematika; 2-bosqichni, fizika (aniq fanlar); 3-bosqichni esa metafizika bilan bog'liq bilim, deb hisobladi [3].

Research BIB / Index Copernicus

R.Kamayevaning ta'kidlashicha, yuqorida sanab o'tilgan qadimgi davr olimlarining qarashlari asosida bunday fan sohalariga mualliflar tomonidan alohida ahamiyat berilgan diniy va sof falsafiy sohalar ham qo'shilgan edi [4].

Tadqiqotimizda ma'lum bo'lishicha, fizikani Kindiy bilishning quyi bosqichiga kiritadi. Chunki, uning fikricha, bu fanning materiya bilan bevosita aloqasi bor, ya'ni u hissiy bilishga asoslanadi. Shuningdek, sezgi va hissiyot bu ilmning tabiiy yo'li hisoblanadi. Tajribasiz hech narsa yo'q. Bilishning oraliq bosqichi materiyaga aloqador emas. U tajriba chegarasidan tashqariga chiqadi. Matematika ratsional materiyadan ajratib qo'yilgan. Shuning uchun bilishning oliy darajasi materiya bilan aloqada bo'lmaydi. Mutlaqo nazariya. Unda aqldan o'zga narsa yo'q [5].

Islom falsafasida fanlar tasnifi ishlab chiqilishining metodologik va ijtimoiy asoslari dastlab quyidagicha mazmun-mohiyatga ega bo'lgan: Nazariy ilmlar mantiq, fizika(naturfilosofiya), matematik fanlar va metafizika(falsafa va ilohiyot)ga bo'lingan. Amaliy ilmlarga etika, iqtisod va siyosat kirgan. Xususan, fizika, ximiya, geografiya, minerologiya, botanika, zoologiya, meditsina, va psixologiyani o'z ichiga oladi. Matematik fanlarning asosiy qismini kvadrium - arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa nazariyasi tashkil etadi. Unga algebra, etika, "og'irlik haqidagi ilm" va ilm al-xiyal ham kiritilgan. Masalan, geometriya bo'limi ko'proq arifmetikaga oid Yevklid "Ibtido"sining qisqacha bayonini, Nikomaxning "Arifmetikaga kirish"i, astronomiyaga oid Ptolemeyning "Almagest"i va "ilm al-xiyal"ga taalluqli Geronning "Mexanika" sini o'zida aks ettirgan.

Yana bir islom qomusiy olimlaridan biri Abu Abdulloh al-Xorazmiyning "Miftah al-ulum"("Ilmlar kaliti") asarida "ilm al-xiyal" sakkiz fundamental sohalarning tarkibida, falsafa, mantiq, meditsina, arifmetika, astronomiya, musiqa qatorida ko'rib chiqilgan.

Olimning dunyoqarashi o'sha davrda keng tarqalgan qadimgi yunon falsafasi va madaniyati, Sharq namoyandalari Yoqub ibn Ishoq Kindiy, Abu Nasr Forobiy hamda Abu Bakr Roziy ta'siri ostida shakllandi.

Abu Abdulloh Xorazmiyning bizgacha yetib kelgan, ko'pchilik asarlari singari o'sha davrning ilm tili - arab tilida bitilgan, yagona ma'lum asari - "Mafotih al-ulum"("Ilmlar kalitlari")dir. Asarning qo'lyozma nusxalari juda ko'p emas. Yaqin-yaqingacha uning to'rt nusxasi bor deb hisoblanib kelinar edi. Ana shu to'rt nusxadan uchtasi Buyuk Britaniya muzeyida hamda Berlin kutubxonasida saqlanadi. XX asrning 60-yillarida ushbu asarning yana olti nusxasi Istanbul kutubxonalarida borligi aniqladi. Barcha olti nusxa Istambul shahridagi kutubxonalardadir.

Abu Abdulloh Xorazmiy ilmlar tasnifining shakli quyidagicha:

Shariat va u bilan bog'liq ilmlar:

Research BIB / Index Copernicus

Fiqh, ya'ni musulmon huquqshunosligi.

Kalom, ya'ni din asoslari.

Grammatika.

Ish yurgizish.

She'riyat va aruz.

Tarix.

Boshqa ilmlar: (Nazariy falsafa)

a) tabiiy ilmlar - tibbiyot (tib, samoviy hodisalar - meteorologiya, mineralogiya, al-kimyo, mexanika) - quyi;

b) riyoziyot ilmlari (arifmetika, handasa, ilm an-nujum, musiqa) - o'rtancha;

v) ilohiy, ya'ni metafizika - oliy ilm;

g) mantiq.

Amaliy falsafa:

a) axloq - etika (odamni boshqarish);

b) uyshunoslik (uyni boshqarish);

v) siyosat (shaharni, mamlakatni boshqarish).

"Mafotih al-ulum"da ilmlar tasnifi har bir fanning mohiyatini aniqlash hamda ularning asosiy atamalarini qisqa va aniq bayon etish bilan birgalikda olib boriladi. Bu yerda Abu Abdulloh Xorazmiy o'z tasnifida o'sha davr an'anasi, ya'ni ilmlarni ikkiga bo'lishni qo'llab-quvvatlab, an'anaviy (shar'iy) va an'anaviy bo'lmagan (falsafiy) ilmlarga ajratadi.

An'anaviy ilmlar. Shu ilmlardan biri, fiqhda muallif islom qonunshunosligining asosi bo'lgan va islom huquqi posbonining doimiy dasturi Qur'on, payg'ambar so'zlari, hikmatli gaplari va hayotlarini aks ettiruvchi Sunnat, Hadis va uning xillari; Ijmo - islom jamoasining yakdillik bilan tan olgan qarori; shariat qonun-qoidalariga amal qilishni, ya'ni tahorat qilish, namoz o'qish, azon aytish, ro'za tutish, zakot to'lash ustida to'xtab o'tadi.

Ikkinchi bo'lim kalomda o'sha davrda Yaqin va O'rta Sharqda mavjud bo'lgan ko'pgina mazhablar haqida ma'lumotlar berilgan. Xususan, bu mazhablarning yettiga bo'lib bayon etilishi, ayniqsa, mu'taziliylar haqidagi mukammal tafsilotlar muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga, grek-xristian mazhablari, islomgacha bo'lgan davrdagi Eron va Yamandagi diniy e'tiqodlar, Hindistonda tarqalgan ba'zi dualistik mazhablar va oqimlar hamda zardushtiylik bayon etiladi. Bu ma'lumotlar Yaqin va O'rta Sharq hamda Markaziy Osiyodagi xalqlarning dinlari tarixini o'rganishda g'oyat katta ahamiyatga egadir.

Research BIB / Index Copernicus

An'anaviy bo'lmagan ilmlar. Bu ilmlar qatorida birinchi bo'lib falsafa qayd etilib, unda ushbu ilm atamalarining sharhi bilan bir qatorda ilmlar tasnifi masalasi yoritilgan.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, o'sha davr allomalarining axloq-odob va estetika borasidagi dono fikrlari madaniyatimizni yanada ravnaq toptirishda, yoshlarning ma'naviy dunyosini boyitishda, ularni yuksak axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir. Shunday ekan, bugun Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarimiz ajdodlarimizning mana shunday boy ma'naviy merosidan oziqlanishsa, o'zlarining ma'naviy, axloqiy va intellektual sifatlarini shakllantirishsa, maqsadga muvofiq bo'ladi.

Shuningdek, Sharq Renessansi davri allomalarining merosi insoniyat ijtimoiy taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega. Qomusiy allomalar tomonidan yaratilgan ilmiy asarlar hozirgi davrda ham ilmiy jamoatchilikning e'tibor markazida ekanligi, buyuk allomalarimizning ilmiy merosiga murojaat etayotgani, ajdodlarimizning nomi bilan bog'liq ilmiy markazlar, majmualar, oliy o'quv yurtlari, o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalari va maktablar tashkil etilayotgani O'zbekiston rivojlanishining yangi bosqichida innovatsion taraqqiyotning tarixiy asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi // Xalq so'zi, 2016, 19 oktabr.

2. Фараби Абу Наср Мухаммед. Математические трактаты. — Алма-Ата, 1972. - С. 27.

3. Кедров Б.М. Классификация наук. В 3-т. — М.: Мысль, 1961-1965. - С. 52.

4. Камаева Р. Развитие школ и педагогической мысли в Иране IX-XI вв. Дисс. канд. пед наук. — М.: 1986. - С. 68.

5. Lamal Maouhassel. Essai qur la classification des scinces. Damasc, 1953. - C.

20.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.