Научная статья на тему 'AHMAD POSHONING “TARIXI JAVDAT” ASARINING ISLOM MANBASHUNOSLIGIDAGI AHAMIYATI'

AHMAD POSHONING “TARIXI JAVDAT” ASARINING ISLOM MANBASHUNOSLIGIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
25
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ahmad Javdat / Tarixi Javdat davlat / Tabariy asari / Qo‘lyozma va toshbosma asarlar / ziyolilar jamoa. / Ahmad Javdat / History of Javdat state / work of Tabari / Manuscript and lithographic works / community of intellectuals.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ismoilova Xumora Jamoliddin qizi

Ushbu maqolada Ahmad poshoning “Tarixi Javdat” asarining islom manbashunosligidagi ahamiyati xususiyatlari mavzusiga bag‘ishlangan. Shuningdek, maqolada Ahmad Javdatning “Tarixi Javdat” asari Turkiya va unga qo‘shni, qardosh xalqlar tarixi uchun muhim manbalardan biri sanalishi va boshqa jihatlari kabi masalalarga to’xtalib o’tkanmiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF AHMAD PASHA'S “HISTORY OF JAWDAT” IN ISLAMIC SOURCES

This article deals with the importance of Ahmad Pasha's "History of Javdat" in Islamic source studies. Also, in the article, we touched on issues such as the fact that Ahmed Javdat's work "History of Javdat" is considered one of the important sources for the history of Turkey and its neighboring, brotherly nations, and other aspects.

Текст научной работы на тему «AHMAD POSHONING “TARIXI JAVDAT” ASARINING ISLOM MANBASHUNOSLIGIDAGI AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(9), September, 2023

AHMAD POSHONING "TARIXI JAVDAT" ASARINING ISLOM MANBASHUNOSLIGIDAGI AHAMIYATI

Ismoilova Xumora Jamoliddin qizi

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA kafedrasi xodimi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Ahmad poshoning "Tarixi Javdat" asarining islom manbashunosligidagi ahamiyati xususiyatlari mavzusiga bag'ishlangan. Shuningdek, maqolada Ahmad Javdatning "Tarixi Javdat" asari Turkiya va unga qo'shni, qardosh xalqlar tarixi uchun muhim manbalardan biri sanalishi va boshqa jihatlari kabi masalalarga to 'xtalib o 'tkanmiz.

Kalit so'zlar: Ahmad Javdat, Tarixi Javdat davlat, Tabariy asari, Qo 'lyozma va toshbosma asarlar, ziyolilar jamoa.

ABSTRACT

This article deals with the importance of Ahmad Pasha's "History of Javdat" in Islamic source studies. Also, in the article, we touched on issues such as the fact that Ahmed Javdat's work "History of Javdat" is considered one of the important sources for the history of Turkey and its neighboring, brotherly nations, and other aspects.

Key words: Ahmad Javdat, History of Javdat state, work of Tabari, Manuscript and lithographic works, community of intellectuals.

KIRISH

Ahmad Javdatning "Tarixi Javdat" asari Turkiya va unga qo'shni, qardosh xalqlar tarixi uchun muhim manbalardan biri sanaladi. Bekir Kutuk o'g'li asarning ahamiyatini quyidagi so'zlar bilan ifodalaydi:

"Javdat Posho "Tarixi Javdat" asarini talif etarkan, 1188-1241-yillarda rasmiy davlat tarixchilarining matnlaridan olib, ularni mazmuni jihatidan bir-biri bilan solishtirish mumkin bo'lgan boshqa materiallarni ham olib,bir-biri bilan taqqoslab baholadi, sodir bo'lgan voqealarni tasvirlashni emas, balki ularning sababi va samarasini aniqlashni asosiy maqsad qildi.U davlat odami va ziyolilar jamoaning a'zosi bo'lgani uchun ham barcha voqea-hodisalarni tahlil qilishga harakat qildi, ular juda muhim nuqtalarini diqqat bilan tanlab oldi.Tadqiqotchi Javdatning bu asari nihoyatda qimmatlidir, xuddi, islom tarixida Tabariy asari yagona murojaat etuvchi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

asar deb hisoblansa, mazkur "Tarihi Javdat" asari ham Usmonlilar davlati tarixida shunday maqomga egadir"1.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Asarning yozilish tarixiga nazar tashlasak, 1851-1862-yillarda Mustafo Rashid Posho tomonidan Fransuz Bilimlar Akademiyasi andozasi asosida tashkil etilgan"Anjuman-i Donish" Akademiyasi Usmoniylar imperiyasining tarixini yozish uchun qaror qabul qiladi. Usmonli tarixchisi va Akademiyaning faxriy a'zosi avstriyalik Joseph von Hammer "Usmonli imperiyasi tarixi" nomli 1774-yilgacha bo'lgan davlat tarixini aks ettirgan asar yozadi. 1827-1832 yil oralig'ida yozilgan mazkur asar 10 jildli bo'lib, unda Usmonlilar davlatining tarixi bayon etilgan edi. Endi davlatning 1774-yildan 1826-yilgacha bo'lgan tarixini yozish Ahmad Javdatga taklif etiladi. Javdat Posho esa buni bajonidil qabul qiladi. Asarni yozish uchun Sulton Abdulmajid I hijriy 1283-yil 9-muharramda (milodiy 1853-yil 12-oktabr) ruxsat beradi2.

Asar Usmoniy turk tilida bo'lib, 1774-yildan ya'ni Kichik Qaynarcha shartnomasidan ya'ni 1768-1774-yillarda bo'lgan rus-turk urushi natijasida turklarning mag'lubiyati natijasida imzolangan Kichik Qaynarcha shartnomasidan boshlanadi.

Asar 1826-yilgacha bo'lgan voqealarni, ya'ni Yanichari o'chog'ining egallanishiga qadar bo'lgan voqealar qamrab oladi. Yanichar (Yangi cherik ya'ni askar) o'chog'i bu - O'rxun G'oziy tomonidan 1362-yilda qurilgan bo'lib, Mahmud II davrida yangi nizom bilan nomi berilgan askar maydonining qurilishi bilan 1826-yilda barchasi tugatilgan. 1360-yil yanicharlar maxsus piyoda qo'shin tashkil qilingan. Unda kichik yoshdagi, asosan 8-18 yosh atrofidagi bolalar tarbiyalangan. Asirga tushgan xristian yoki boshqa din vakili bo'lgan yosh bolalardan tuzilgan armiya edi3.

Javdat Posho 1854-yilning o'zidayoq kitobning 3 jildi tayyor bo'ladi.Sulton bu ishdan mamnun bo'lganidan 1855-yilda uni davlatning rasmiy tarixchisi sifatida e'lon qiladi va mudarrislikning eng yuqori darajasi bo'lgan "Musile-i Sulaymoniy"ga ko'taradi. Asarning dastlabki 6 jildi qizg'in tugallanhan so'ng qolgan 6 jildi qoldiriladi, sababi bu vaqtda Javdat Posho "Majalla" kitobini yozishga kirishadi. Shuning uchun ham kitobning qolgan qismlarini yozish butunlay 1884-yilda yakunlanadi va asar umumiy hisobda o'ttiz yil vaqtni oldi. Asarni yozishda muallif rasmiy davlat hujjatlaridan, shartnoma matnlaridan, shuningdek arxiv hujjatlaridan,

1 Sayin Dalkiran."Tarix-i Cevdet"te islam Mezhepleri. International Journal of Social Science. VI. 2009. - B. 220.

2 Sayin Dalkiran."Tarix-i Cevdet"te islam Mezhepleri. International Journal of Social Science. VI. 2009. - B. 220

3 O'sha manba

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

voqea-hodisaga guvoh bo'lganlarning suhbatlaridan foydalanib, taqqoslab, asl haqiqatni yozishga harakat qiladi.Tanqidiy va tahliliy bir ruhda yozilgan mazkur asarda voqea-hodisalarning sabablari va yo'l qo'yilgan kamchiliklar ham yozilgan. Dastlabki jildlari 1853-1856, so'ngi jildi esa 1884-yilda (hijriy 1301-yilda) nashr ettiriladi. Dastlab o'n jild bo'lgan bu asar hijriy 1309-yilda (1892) qayta tartibga keltirilish va tasniflash chog'ida o'n ikki jildga holida yangidan nashr etildi. Asarning birinchi jildiga muqaddima ham ilova qilinadi.

Mazkur asarning dastlabki chiqarilgan 5 jildi O'zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasining "Manbalar xazinasi"ning "Qo'lyozma va toshbosma asarlar" bo'limida 213, 214. 215, 216, 217 raqamlar ostida saqlanadi.

Asarning har bir jildi bilan tanishib chiqish tadqiqot ishining ahamiyatini oshiradi. Aytib o'tish kerakki, asarning islom dini va u bilan bog'liq voqealar bayoni alohida aks etmagan. Chunki bu Usmonlilar davlatining tarixini bayon etgan.

Ishni o'rganish jarayonida asar yuzasida olib borilgan ilmiy ishlarning kamligi va ularning aksariyat qismi tarixiy nuqtai nazardan yozilganligiga guvoh bo'lamiz.Lekin Anqara-Izmir yo'lidagi "Ushak" universiteti 2016-2017-yillarda rektori, professori, doktor Sayin Dalkiran tomonida 2002-yilda "Tarixi Javdatda islom mazhablari" nomli maqolasi universitet jurnalida bosib chiqarilgan. Sayin Dalkiran mazkur maqolasida islom mazhablari deb islomdagi ikki oqimni tarixini yoritadi. Bular Vahhobiylik va Durzilik4.

Barchamizga ma'lumki, islom dinida to'rtta mazhab bo'lib, bular hanafiy, hanbaliy, molikiy, shofeiy mazhablaridir. "Tarixi Javdat" asarida vahhobiylik haqida kam yoritilgan bo'lib, 6-jildida ayrim o'rinlarda so'z yuritilgan. Maqolaning adabiyotlar ro'yxati bilan tanishish jarayonida shuni bilish mumkinki, asl manbaga juda kam murojat etilgan. Shu sababli ham buni ahamiyatli deb qabul qilolmaymiz5. Asarning voqealar va unda yoritilgan mavzular haqida tanishib chiqish uchun uning mundarijasiga nazar solish kifoyadir. Qo'lyozma va toshbosma asarlarda dastlab mundarija mavjud emas, balki uning o'rnini bosuvchi fihrist deb yuritilgan qism mavjud.

Asarning birinchi jildi 1858-yili Usmoniy matbaasining "Dar Saodat" bosmaxonasida bosiladi. Dastlabki jildda voqealar 1774-yildan boshlab 1782-yilgacha bayon etiladi. Asar muqaddima bilan boshlanib, unda asarning yozilishi tarixi, bayon usuli va asarning ahamiyati haqida, shuningdek, unda o'z fikr-xulosalarining berilganligi haqida ham yozib o'tadi. Asarda mundarija emas balki, fihrist mavjud bo'lib, qadimgi qo'lyozma va toshbosma asarlarda mundarija o'rniga

4 Durzilik-diniy oqim bo'lib, alaviylikdan ajralib chiqqan.

5 Документа за борбата на македонскиот народ за самосто^ост и за национална држава, том еден, Униврзитет Кирил и Методы] - Факултет за философско - историски науки, Скопе, 1981.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

fihrist berilgan.Fihristning dastlabki mavzulari Usmonli davlatida muhim o'rin tutgan ba'zi vazirlarning ya'ni posholarning tarjimai hollari beriladi. Boshqa voqealar haqida fihristdan bilib olish mumkin. Fihristning ba'zi mavzulari quydagicha:

- Abdulhamidxon hazratlarining Shayx ul-islom qo'nog'iga tashrifi;

- Mudarris Usmon Poshoning qatli;

- Ajam safariga ruxsat berilishi;

- Azarbayj on va ajam o' rtasidagi mahorabalar;

- Bog'dod voliysi Mustafo Poshoning qatl qilinishi;

- Qrim voqealari;

- Bog'dod va Basradagi voqealar;

- Qrimga doir Rusiya (Rossiya) elchisining ma'lumotlari;

- Valiahd Sulton Sulaymon;

- Fransuz va ingliz davlatlariga berilgan taqrirlar;

- Hind elchisi va Oman hokimining taqrirlari;

- Ismoil qal'asining bino qilinishi;

- Anotoliy qoziaskarining vafoti;

- Qaynarcha ahdnomasi;

- Ispaniya davlatining ahdnomasi6.

Asar Toronto Universiteti kutubxonasiga 1971-yil 20-mayda taqdim etilgan va ro'yxatga olingan. Saqlanish raqami № 557. Shuni qayd etish kerakki, "Tarixi Javdat" asarining barcha jildi Toronto Universiteti kutubxonasining 48 -bo'limi 557-raqam ostida saqlanadi.

Ikkinchi jildi 380 sahifadan iborat bo'lib, u 1782-yildan (hijriy 1196-1200)1786-yilgacha bo'lgan eng muhim voqealar bayoni berilgan. Asar Toronto universitetining kutubxonasida 1971-yil 2-iyunda qayd etilgan. Kitobfihristining asosiy mavzularishunday:

- Qrim ihtilofi;

- Qrimga doir Rusiya (Rossiya) elchisining mavjud bo'lgan ma'lumoti;

- Voqei mashvarati Qrim;

- Ba'zi tahqiqotlar;

- Qrim masalasida Rusiya (Rossiya) va Nimcha elchilarining taqrirlari;

- Mazkur taqrirlarning tarjimalari;

- Bolada mazkur taqrirlar bo'yicha majlisi mashvarat;

- Tarafi Davlati Oliyda berilgan taqrirlar;

- Rusiyaning Qrim istilosila bayonnoma nashr etdigani;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

- Shayx ul-islom Ibrohim Afandining vafoti va Atoalloh Afandining mashixati;

- Fors elchisi bilan savol-javob;

- Fors hokimiga jo'natilgan nomai humoyun;

- Rusiya (Rossiya) bilan tijorat masalasi;

- Xazina va Sadri a'zam;

- Valeahd shahzoda Sulton Murod;

- Amriqo (Amerika) jumhuriyatining tashkili;

- Eron hodisasi;

- Erklixonning Rusiya (Rossiya) himoyasiga o'tishi;

- Saloh Afandining vafoti;

- Hakim Posho Orif Afandining vafoti;

- Shom volisining vafoti (Umar Vohid Afandi);

- Rusiyaning (Rossiya) Qrimga doir istagi;

- Shayx ul-islom qo'nog'ida majlis kelishuvi;

- Qopudon Poshoning ingliz elchisi bilan muloqoti;

- Majlisi Umumiy kelishuviga ko'ra sodir bo'lgan xatti humoyun;

- Majlisi Umumiyning muzokara va qarori;

- Sulaymon Poshoning zilziladan haloki;

- Talimi askarga doir Fransiyadan maktub kelgani;

- Ispaniya qo'mondoni va Fransiya elchisining Sadri A'zam bilan muloqotlari;

- Ispaniya va Fransiya elchilarining muloqotlari;

- Fors hokimidan noma kelgani;

- Istanbul qozisining asli;

- Tatar xonligiga doir voqe bo'lgan muzokaralar;

- Shahzoda Sulton Muhammad;

- Muhammad Sodiq Afandining vafoti;

- Abdulg'affor og'aning qatli;

- Prussiya qiroli mashhur Fridrixning vafoti;

- Xotima7.

Asarning uchinchi jildi ikkinchi nashr bo'lib, Usmoniy Matbaasining "Dar Saodat" bosmaxonasida 1891-yil bosiladi. Xronologik jihatdan ikkinchi jilddagi ba'zi voqealar takrorlanishi sababli 1784-yildan to 1787-yilgacha bo'lgan voqealar bayon etiladi.Fihristning asosiy mavzulari:

- Prussiyalikning taqriri;

- Majlisi mashvaratning kelishuvi;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- Majlisi Umumiyning muzokarasi;

- Jazoir G'arb o'chog'ining Nimcha bilan sulhga rozi bo'lishi;

- Rais ul-kitob Mustafo Afandining vafoti;

- Rauf Po shoning tarj imai holi;

- Hoji Ali Poshoning vafoti;

- Shahzoda Sulton Mahmudning tug'ilishi;

- Arabistondagi ba'zi hodisalar;

- Hindistondagi ba'zi hodisalar;

- Sug'ujaq devonining tartibi;

- Anapoda ziyofat bo'lishi tartibi;

- Kurjiston va Dog'istonning ba'zi ahvoli;

- Abdulrazzoq Afandining qatli;

- Daftardor Afandining asli va ba'zi Moliya nizomlari;

- Prussiya Qirolining vafoti;

- Iroq ahvoli;

- Misrdagi voqealar;

- Muhammad Poshoning Misr voliysi bo'lganligi;

- Prussiya ittifoqiga doir Abdulrazzoq Afandining taqriri;

- Qrimga doir Fransiyaning munosabati8.

To'rtinchi jild 1787-yildan boshlanib1790-yilgacha bo'lgan voqealar bayoni haqidadir. Uchinchi jild kabi bu qism ham qayta tartiblanib 1891-yil qayta bosiladi.Fihristining asosiy mavzulari quydagilar:

- 1787-yildagi ba'zi voqealar;

- Rusiya (Rossiya) va Nimcha mahorabalarining muqaddimasi;

- Mustafo va Bazol Posholar bilan Shahboz Qaroy xonning ma'muriyati;

- Erdu qozisining asli va nasabi;

- Mahodiya havolisining geografik holati;

- Iroq voqeasi;

- Misr voqeasi;

- Rusiya (Rossiya) hududining holati;

- Mulk va moliya ahvoli;

- Sulton Abdulhamidning vafoti va Sulton Salim Illning taxtga o'tirishi;

- Sulton Abdulhamidxon hazratlarining tarjimai holi;

- Qalos voqeasi;

- Armiyaning ba'zi ahvoli;

- Ba'zi yangi nizomlar;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

- Fuqshon voqeasi;

- Rusiya (Rossiya) safariga doir xatti humoyun;

- Avstriya generalining e'lonnomasi;

- Nimcha safariga doir bayonnoma;

- Abdiy Poshoning tarjimai holi;

- Saforatnoma vasfi;

- Isvaj ittifoqnomasi;

- Surati Nasaq (Nasq) podshohi;

- Surati xatti humoyun9.

Asarning beshinchi jildi 1790-yildan boshlanib 1792-yilda tugaydi. Yangi tartib

etilgan har bir bosmaga shunday yozilgan "Maorif nazorati jalilasining ruxsati bilan" deb pastki qismiga "Ikkinchi bosma" deb yozilgan. Mazkur beshinchi jild Toronto Universiteti kutubxonasidan 1969-yil 4-yanvarda ro'yxatga olingan.10 Asar fihristining ba'zi mavzulari quydagilar:

- Xamidiyzodaning mashixati;

- Qozi Xasan Poshoning sadorati va ba'zi boshqa voqealar;

- Prussiya bilan ittifoq bo'lishi;

- Qora Mahmud Poshoning vazuroti;

- Arabiston ahvoli;

- Qora dengiz mahorabasi;

- Baxsi Xarab va sulh;

- Ota qal'asining istelosi;

- Keli qal'asi va Sinh bo'g'ozining istelosi;

- Asmoiylning istelosi;

- Ismatbek Afandining Ardu qozisi bo'lishi;

- Tufuq afandining mashixati va vafoti;

- Batol Poshohodisasi va Anopa istelosi;

- Bahri Sayoh hodisasi;

- Rusiya (Rossiya) materigi;

- Suvriya (Suriya) o'choqlarida isyon harakatlari;

- Xasan Afandining tarjimai holi;

- Istanbuldagi ba'zi voqealar;

- Yusuf Poshoning asli va Malik Poshoning sadorati;

- Tarsona nizomi

- Prussiya ittifoqnomasi;

9 Ahmad Javdat. "Tarix-i Javdat" 4-jild. "Dar Saodat"bosmasi. Matbaa Usmoniy. - B. 3-4.

10Ahmad Javdat. "Tarix-i Javdat" 5-jild. "Dar Saodat"bosmasi. Matbaa Usmoniy. - B. 2.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

- Prussiya elchisining loyihasi;

- Ingliz marxasining muqaddimasi;

- Nimcha (Nemicha) va Davlati Oliyning marxasining muqaddimalari;

- Bag'don bekligi haqinda taqrirlar;

- Buxoro Xonining nomasi;

- Buxoro nomasining taqriri;

- Azmi Afandining safar nomasi;

- Xazina ahvoli11.

Shuningdek, asar so'ngi sahifalarida davlatda mavjud bo'lgan devonlarning holati haqida bayon etilgan.

Asarning oltinchi jildi 334 betdan iborat bo'lib, u Toronto Universiteti kutubxonasiga 1971-yil 2-iyunda taqdim etilgan va qayd qilingan. U 1793-yildan boshlab 1799-yilgacha bo'lgan voqealarni o'z ichiga olgan. Yangi tartib qilingan oltinchi jildning dastlabki raqamsiz sahifalariga surat ishlangan bo'lib, unda majlis holati aks etgan. Sanasi "hijriy 1205-yil 23-rabbiul oxir" bu milodiy yil hisobida 1790-yil 22-dekabrga to'g'ri keladi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, asarning daslabki bosmasi va qayta tartiblanib bosilgan nashri o'rtasida mavzulanishda farqlar mavjud. Asar fihristining ba'zi mavzulari:

- Davlat nizomiga doir loyihalar va ularning taqdim etilishi;

- Loyihalarning xulosalari va ba'zi mulohazalar;

- Askar intizomining sharoiti;

- Abdulloh mullo loyihasi va ba'zi mutola;

- To'pchi va aravachi qonunlarining tanzimi va ba'zi tahqiqot;

- Yangi askar nizomining tartibi va tanzimi;

- Ba'zi xayriya ishlari;

- Xorij voqealari;

- Olmoniya (Germaniya) imperatorining toji;

- Arabiston voqealari va Jabali Libanon (Livan) ahvoli;

- Madinai Munavvara ahvoli va Xalab;

- Vahobiylarning zohir muqaddimot fasodati;

- Fayzi Poshoning vafoti va No'monbek va Xo'ja Ibrohim Afandi;

- Rashid Afandining asli va Dari Afandining rayosati va ba'zi voqealar;

- Mehrshoh Sulton imoratining bitishi;

- Moliya ishlari;

- Xorij xabarlari;

- Fransiya Jumhuriyatining tasdiqi va Rotib Afandining riyosati;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

- Puna portining qo'mondonligi;

- Avstriya hududi;

- Fransiya elchsining devoni humoyunga kirishi va Hindistondagi ba'zi hodisalar. Davlati Oliyning Fransiya Jumhuriyati bilan ittifoqi;

- Kavkaz va Erondagi hodisalar;

- Azmzodaning amri hoj bo'lgani;

- Qora dengiz bo 'g'ozi qal ' alarining nizomi;

- Xayrulloh Afandi va vafoti;

- Uch kemaning birda dengizga tushirilishi;

- Ba'zi nizomlar va islohotlar;

- Rum bilan voqealar;

- Rum va voliysi Haqi Poshoning asli;

- Aziz Afandining Prussiya Qiroli bilan muloqoti;

- Izzat Poshoning mustaqilligi va saroy to'pchilarining tartibi;

- Muftiyzodaning va Makiy Afandining tarjimai hollari;

- Abdulloh Boriy va Rashir Afandilarning tarjimai hollari;

- Shayx ul-islom Isbaq Ibrohimbekning tarjimai holi;

- Qora tog'ga doir hodisalar;

- Xorij xabarlari;

- Posponzodaning farmonli bo'lgani;

- Yasori va Aziz Afandi va Mustafo afandi, hamda G'olib Afandilarning vafoti;

- Misrga doir ma'lumotlar;

- Puna portining Aleksandriyaga istilosi;

- Puna portining Misrni istilo etgani;

- Misr Xajjojining ahvoli;

- Vazirliklar qonunnomalari;

- Jazoiri Yunoniya aholisi;

- Pospon o'g'li haqida berilgan fatvoyi sharif;

- Puna portining Misr aholisiga e'lonnomasi;

- Puna portining Misr voliysiga maktubi;

- Qora dengiz bo'g'ozida yo'qlama usulining ijrosi12.

So'ngi jild mundarijasi harflari o'chib ketganligi uchun o'qib, tarjima qilishning imkoni bo'lmadi. Xulosa qilib aytganda, asar jildlarining mundarijalaridan ham bilish mumkinki, islom dini va u bilan bog'liq voqealar bayon etilmagan. Shu sababli ham mazkur asarni manbashunoslik nuqtai nazaridan ahamiyatli deb hisoblash mumkin.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

REFERENCES

1. Sayin Dalkiran."Tarix-i Cevdef'te islam Mezhepleri. International Journal of Social Science. VI. 2009. - B. 220.

2. Sayin Dalkiran."Tarix-i Cevdef'te islam Mezhepleri. International Journal of Social Science. VI. 2009. - B. 220

3. Durzilik-diniy oqim bo'lib, alaviylikdan ajralib chiqqan.

4. Документа за борбата на македонскиот народ за самостсуност и за национална држава, том еден, Униврзитет Кирил и Методу - Факултет за философско -историски науки, Скопе, 1981.

4. Ahmad Javdat. "Tarix-i Javdat" 1-jild. "Dar Saodat''bosmasi. Matbaa Usmoniy. - B. 3-4..

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.