Научная статья на тему '“ALFIYA” – ENG KO`P SHARH YOZILGAN ASAR'

“ALFIYA” – ENG KO`P SHARH YOZILGAN ASAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

316
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ism / sharh / ulamo / shayx.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Hakimjon Xojiqurbonovich Xotamov

Maqolada aslida arab tilidan o’zlashma bo’lib, bizga kirib kelgan “Alfiya “ qizlar ismining kelib chiqishi tarixi va unga berilgan sharhlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“ALFIYA” – ENG KO`P SHARH YOZILGAN ASAR»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-479-481

"ALFIYA" - ENG KOP SHARH YOZILGAN ASAR

Hakimjon Xojiqurbonovich Xotamov

Toshkent shahar Chilonzor tumani "Choshtepa" jome masjidi imom-xatibi

ANNOTATSIYA

Maqolada aslida arab tilidan o'zlashma bo'lib, bizga kirib kelgan "Alfiya " qizlar ismining kelib chiqishi tarixi va unga berilgan sharhlar berilgan.

Kalit so'zlar: ism, sharh, ulamo, shayx.

KIRISH

"Alfiya" so'zining lug'aviy ma'nosi minglik demakdir. Ulamolar diniy ilmlarni nazmga sola boshlaganlarida, nega aynan ming bayt qilib yozishgan intilishgani haqida savol tug ilishi mumkin. Tarixga nazar soladigan bo lsak, arablar biror narsaning mukammalligiga dalolat qilish yoki mubolagani ixtiyor qilishsa, buni ming soni bilan bildirishgan. Masalan, "Ming dirham berdim", "Mingta sovg'a berdim", "Ming marta aytdim" kabi. Bunda garchi sanalayotgan narsaning adadi mingga yetmasa ham. Shu bois Islom ulamolari ilmlarni nazmga solishni iroda qilganlarida, oz kitoblarining ishonchli manba ekanligiga ishora qilish maqsadida ming baytlik tizimni joriy qilishgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Hijriy oltinchi asrga kelib, "alfiya" uslubida kitob yozish va bunday manzumalarni yod olish juda ommalashdi. Xoji Xalifaning "Kashfu-z-zunun" tazkirasida "alfiya" bobida avval Ibn Mu'tining asari, so'ng Ibn Molikning manzumasi zikr qilingan. Ibn Molikning "Alfiya" asarini sharqshunos olim Bantu fransuz tiliga tarjima qilgan va 1887-yil arabcha matni bilan birga nashr qilingan.

Ibn Molik qalamiga mansub "Alfiya"ning bir necha sharhlari bor:

1. Ibn Molikning ozi yozgan sharh. Imom Zahabiy "Tarixu-l-Islom" kitobida Ibn Molikning tarjimai holida "Uning "Xulosa" nomli kitobi va unga yozgan sharhi bor" deya qayd etgan.

2. Muallifning o'g'li Badruddin Muhammad ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Molik Toiy Jayyoniy Andalusiy Dimashqiy (vafoti: hijriy 686-yil) sharhi. Bu sharh "Ibn Musannifning sharhi" nomi bilan ham tanilgan.

Bu sharhga bir necha olim hoshiyalar yozgan:

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-479-481

- shayx Izzuddin Muhammad ibn Abu Bakr ibn Jamoa Kannoniy (vafoti hijriy 819-yil);

- shayx Alloma Badruddin Mahmud ibn Ahmad Ayniy (vafoti hijriy 855-yil);

- qozi Zakariyo ibn Muhammad Ansoriy (vafoti hijriy 928-yil). Uning hoshiyasi "Durora-s-saniyya" deb nomlanadi.

- qozi Taqiyuddin ibn Abdulqodir Tamimiy (vafoti hijriy 1005-yil). Uning kitobida barcha sharhlardagi fikrlar jamlab tahlil qilgan.

- shayx Shihobiddin Ahmad ibn Qosim Ibodiy. Bu olimning hoshiyasini shayx Muhammad Shubariy (vafoti hijriy 1069-yil) qisqartirgan.

- Jaloliddin Abdurrohman Abu Bakr Suyutiy (vafoti hijriy 911 -yil);

- shayx Muhammad Abul Fath Abul Fazl (vafoti hijriy 709-yil);

- alloma Shamsuddin ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Jazariy (vafoti hijriy 711 -yil);

- shayx Nuriddin Ibrohim ibn Hibatulloh Asnaviy (vafoti hijriy 721-yil);

- alloma Asiruddin Abu Hayyon Muhammad ibn Yusuf Andalusiy (vafoti hijriy 745-yil). Lekin bu sharh oxiriga yetmagan;

- mashhur sharhlardan yana biri alloma Badruddin Hasan ibn Qosim ibn Abdulloh ibn Aliy Murodiy Misriy (vafoti hijriy 749-yil) qalamiga mansub sharh;

- shayx Zaynuddin Umar ibn Muzaffar Virdiy ibn Umar ibn Abul Favaris ibn Aliy (vafoti hijriy 749-yil);

- shayx Jamoluddin Abdulloh ibn Yusuf (vafoti hijriy 762-yil). Ibn Hishom nomi bilan mashhur. Uning sharhi "Avzohu-l-masolik ila Alfiyati Ibn Molik" deb nomlanadi. So ng bu kitob "Tavzih" nomi bilan tanilib mashhur bo ldi. Ibn Hishomning bu sharhiga koplab hoshiya-sharhlar yozilgan bolib, shulardan shayx Xolid ibn Abdulloh Azhariy, Izuddin Muhammad Abu Bakr ibn Jamoa (vafoti hijriy 819-yil), Badruddin Mahmud ibn Ahmad Ayniy (vafoti hijriy 855-yil), Sayfuddin Muhammad ibn Muhammad Bektemiriy (vafoti hijriy 870-yil), Muhyiddin Abdulqodir Suriy Malikiy (vafoti hijriy 880-yil), Burhonuddin Ibrohim ibn Abdurrohman Kurkiy (vafoti hijriy 890-yil), shayx Jaloluddin Abdurrohman Suyutiy, shayx Burhonuddin ibn Muhammad ibn Qoyyim ibn Javziyya (vafoti hijriy 765-yil) sharhlari ilmiy davralarda shuhrat qozongan.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Ibn Molikning sarf (morfologiya) va nahv (sintaksis)ga oid "Alfiya" asari Hamat shahrida yozilgan. Bu shaharda olim Damashqqa kelishidan oldin bolgan.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-479-481

Asarning yozilgan sanasi haqida hech qanday ma'lumot yetib kelmagan. Lekin bu "Alfiya"ning asli bo'lgan uch ming baytlik manzuma "Al-Kofiyatu-sh-shofiya" esa 625-650-yillar oralig ida yozilgani ma'lum. Bundan xulosa qilish mumkinki, "Alfiya" mazkur asarning xulosasi sifatida 650-yildan keyin bitilgan.

"Alfiya" manzumasining boblari, mavzular ketma-ketligi va ilmiy ma'lumotlar tartibi muallifning chuqur ilmiga ishora qiladi. Odatda, bunday holat ilm bilan uzoq yillar mashg'ul bolgandan keyin hosil boladi. Ibn Molik hijriy 672-yil vafot etgani hisobga olinsa, asar taxminan hijriy 650-yildan keyin yozilgan degan xulosaga kelish mumkin.

Tazkiralarda naql qilinishicha, Ibn Molikni "Alfiya"ni yozishga Ibn Mu'tining shu nomli asariga bolgan muhabbati sabab bolgan. Shogirdlariga ham ozi nahvga doir kitob yozguniga qadar Ibn Mu'tining "Alfiya"sidan saboq bergan ekan. Ibn Molikdagi shoirona tabiat ham unga juda qol kelgan. Olimning turli fanlarni nazmga solib yozgan baytlari soni o'n mingdan oshadi.

"Alfiya" asari aruzning rajaz bahrida yozilgan va shu sabab uni urjuza deb atash ham mumkin. Rajazning lugaviy manosi "zaif, tartibsiz" degani. Bu vazndagi qasidalarda ba'zan tartibsizlik va vaznning buzilishi kuzatilgani uchun shunday nomlangan. Rajazning vazni "mustafilun"ning olti marta takrorlanishidan hosil boladi.

Ulamolar nazdida, "Alfiya" yana bir boshqa nom - "Xulosa" nomi bilan ham mashhur bolgan. Hatto ba'zi ulamolar yozgan sharhlarini nomlashda ham shu nomga suyanishgan: "Maqosidu-sh-shofiya fi sharhi Xulosati-l-kofiya" (Shotibiy), "Koshifu-l-xososo an alfazi-l-Xulosa" (Ibn Jazariy), "Bulgotu zi-l-xososo fi halli-l-Xulosa" (Muhammad ibn Muhammad Asadiy), "Rof'u-l-xososo an qurroi-l-Xulosa" (Ibn Hishom Ansoriy) va hokazo.

XULOSA

Muxtasar aytganda, Ibn Molik qalamiga mansub "Alfiyya" manzumasi arab tiliga oid qimmatli manbadir. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining Asosiy qo lyozmalar fondida asarning bir necha qo lyozma nusxalari saqlanmoqda. Ularni qiyosiy o'rganish va tadqiq etish yo'lida asarga yozilgan hoshiya va sharhlar ham e'tiborga olinsa, maqsadga muvofiq boladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.