Научная статья на тему 'ADABIYOT DARSLARIDA XXI ASR KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH'

ADABIYOT DARSLARIDA XXI ASR KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
she’riy roman / kollaboratsiya / kommunikativlik / kreativ fikrlash / kritik (tanqidiy) fikrlash / innovatsion.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sabirova Nasiba Ergashevna

A.S.Pushkinning “Yevgeniy Onegin” she’riy romanini o‘rganish mavzusi yuzasidan tavsiyalar berilgan. Muallif yashagan tarixiy davr va bu davr muammolarining asardagi tasviriga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Asarning qisqacha mazmuni hamda darslikdagilarga qo‘shimcha ravishda topshiriqlar berilgan. Asar tahlili yuzasidan zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ishlash misollar bilan tushuntirilgan. O‘qituvchining shaxsiy ish tajribasidan yangi metod va mashqlar tavsiya etilgan. Asar va qahramonlari jahon adabiyoti hamda o‘zbek adabiyotidagi ayrim obrazlarga qiyosiy tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ADABIYOT DARSLARIDA XXI ASR KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

ADABIYOT DARSLARIDA XXI ASR KO'NIKMALARINI

SHAKLLANTIRISH

Sabirova Nasiba Ergashevna

Xorazm viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi Tillarni o'qitish metodikasi Kafedrasi mudiri, professor, filologiya fanlari doktori (DSc) https://doi.org/10.5281/zenodo.11518734

Annotatsiya. A.S.Pushkinning "Yevgeniy Onegin" she'riy romanini o'rganish mavzusi yuzasidan tavsiyalar berilgan. Muallif yashagan tarixiy davr va bu davr muammolarining asardagi tasviriga alohida to'xtalib o'tilgan. Asarning qisqacha mazmuni hamda darslikdagilarga qo'shimcha ravishda topshiriqlar berilgan. Asar tahlili yuzasidan zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ishlash misollar bilan tushuntirilgan. O 'qituvchining shaxsiy ish tajribasidan yangi metod va mashqlar tavsiya etilgan. Asar va qahramonlari jahon adabiyoti hamda o'zbek adabiyotidagi ayrim obrazlarga qiyosiy tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: she 'riy roman, kollaboratsiya, kommunikativlik, kreativ fikrlash, kritik (tanqidiy) fikrlash, innovatsion.

Аннотация. Даны рекомендации по теме изучения поэтического романа А.С.Пушкина «Евгений Онегин». В работе описаны исторический период, в котором жил автор, и проблемы этого периода. Краткий конспект работы и задания даются дополнительно к приведенным в учебнике. Работа на основе современных педагогических технологий применительно к анализу произведения поясняется на примерах. Рекомендованы новые методы и упражнения из личного опыта работы учителя. Произведения и герои мировой литературы сопоставлены с некоторыми персонажами узбекской литературы.

Ключевые слова: поэтический роман, сотрудничество, коммуникативность, творческое мышление, критическое (критическое) мышление, новаторство.

Abstract. In this methodological recommendation, recommendations are given on the topic of studying A.S. Pushkin's poetic novel "Eugene Onegin" in the 10th grade of literature. The historical period in which the author lived and the problems of this period are depicted in the work. A brief summary of the work and assignments are given in addition to those in the textbook. Working on the basis of modern pedagogical technologies in relation to the analysis of the work is explained with examples. New methods and exercises are recommendedfrom the personal work experience of the teacher. A comparative analysis of the works and characters of some images in Uzbek literature in world literature is also done.

Keywords: poetic novel, collaboration, communicativeness, creative thinking, critical (critical) thinking, innovative.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning "...farzandlarimizda yoshlik chog'idan boshlab kitobga mehr qo'yish, mustaqil fikr yuritish, murakkab hayotiy vaziyatlarda to'g'ri javob topish ko'nikmasini shakllantirishimiz, buning uchun tegishli tashkiliy ishlarni amalga oshirishimiz darkor..." degan fikrlari masalaning naqadar dolzarbligini yana bir bor ta'kidlaydi. Badiiy asar o'qishga qiziqish adabiyot darslaridan boshlanishi uchun asarlarni o'rganish va tahlil qilishning ahamiyati juda katta.

Milliy o'quv dasturiga asoslangan yangi avlod darsliklarda 4K yondashuviga alohida ahamiyat berilgan. 4Kyondashuvi o'z nomi bilan 4 ta tamoyilni o'z ichiga oladi:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

Kollaboratsiya - bu jamoada ishlash ko'nikmasini shakllantirish orqali hamkorlikda ishlash, samarali fikr almashish jarayoni.

Kommunikativlik - savol-topshiriqlar va mashg'ulotlar orqali fikrni aniq, ravshan ifodalash, suhbatdoshni tinglash va tushunish, ma'lumotni yetkazish paytida til vositalaridan unumli foydalanish.

Kreativfikrlash - innovatsion yechimlarni ishlab chiqsh va ijodiy muammolarni hal qilish ko'nikmalariga ega bo'lish jarayoni.

Kritik (tanqidiy) fikrlash - axborotni tanqidiy baholash, o'z fikri va mulohazalarini shakllantirish ko'nikmalarini rivojlantirish, muammolarga tahliliy nuqtayi nazardan yondashish va mantiqiy fikrlash asosida o'z nuqtayi nazarini shakllantirish.

Yangi innovatsion yondashuv natijasini o'quvchining dunyoqarashi, kreativ fikrlashi, nutqini sharoitga mos tarzda ifodalay olishida ko'rish mumkin bo'ladi. Innovatsion yondashuvni qo'llashdan asosiy maqsad o'quvchilarga nafaqat bilim berish, balki olgan bilimlarini hayotda qo'llay olishga o'rgatishdan iborat. Yangi 10-sinf adabiyot o'quv dasturida rus adabiyotining atoqli namoyandasi A.S.Pushkinning "Yevgeniy Onegin" she'riy romanini o'rganish jarayonida 4K modeli ko'nikmalarini shakllantirishga yo'naltirilgan topshiriqlar dars samaradorligini oshirishga bevosita yordam beradi. Asarni o'rganishning 3-darsida metod va mashqlar ustida ishlanadi.

Kollaboratsiya. Asarni o'rganish jarayonida sinf o'quvchilari darajasi va saviyasidan kelib chiqib "FSMU" texnologiyasidan foydalanish ham samara beradi. Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, bahs-munozaralar o'tkazishda qo'llanilishi mumkin, chunki bu texnologiya o'quvchilarni o'z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o'z fikrini boshqalarga o'tkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan qatorda o'quvchilarning, o'quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishda, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda bahslashish madaniyatiga o'rgatadi. Ushbu texnologiya o'quvchilarga tarqatilgan oddiy qog'ozga o'z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarini bayon etishga yordam beradi.

Har bir tinglovchiga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qog 'ozlar tarqatiladi:

F - fikringizni bayon eting.

S - fikringizni bayoniga sabab ko'rsating.

M - ko'rsatgan sababingizni isbotlab misol (dalil) keltiring.

U - fikringizni umumlashtiring.

FSMU texnologiyasi

Fikr: Yevgeniy Onegin - samimiy inson, u dilidagi gaplarni Tatyananing qalbini jarohatlab bo'lsa-da bayon etadi, ehtimol, uni ayaydi.Uning pok sevgisiga ishonadi-yu, o'ziga ishonolmaydi.

Sabab: Onegin soxtalikdan jirkanadi, o'zi yashab turgan jamiyat hayotidan bezgan, lekin shu jamiyat qonun-qoidalari bilan yashashga mahkum.

Misol:

Bo'lsaydi ilk xayol-u havas, Jami go'zalliklarga evaz -

Faqat sizni tanlardim, xolos... Etmoq kerak o'zni idora;

Sizni har kim tushunmas bizdek; G'amga yo'llar tajribasizlik".

Uniunilashtirish: Onegin o'zi yashab turgan jamiyatning ipsiz bog'langan tutquni, u bu iplarni uzolmaydi, uzishga harakat qilmaydi va oxir-oqibat baxtsizlikka yuz buradi. Qishloqda ko'rgani Tatyanaga bo'lgan mubham tuyg'ular muhabbat ekanligini juda kech anglaydi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

"Svetofor" mashqi. Bu mashqni amalga oshirish uchun o'quvchilar soniga teng yashil, qizil va sariq kartochkalar bo'lisahi kerak. Oldindan mavzuga oid tezislar tayyorlanadi. Tezis bilan rozi bo'lgan o'quvchi yashil, rozi bo'lmagan - qizil, ikkilangan o'quvchi - sariq kartochkani yuqoriga ko'taradi. Tezis yuzasidan farqli fikrlar yuzasidan munozara kelib chiqadi. O'quvchilarga o'z fikrini asoslash taklif etiladi.

1-tezis

Onegin aqlli, bilimdon, lekin xudbin shaxs

2-tezis

Onegin Tatyanani sevadi, biroq uning muhabbatini rad etadi, chunki u oila qursa, tez bu hayotdan bezishi oqibatida uni baxtsiz qilib qo'yishdan qo'rqadi

Ushbu mashq o'quvchilarning mustaqil fikrini bilib olishga imkon beradi. O'quvchilarda

o'z fikrini asoslash, o'z nuqtai nazarini himoya qilish, asoslash qobiliyati rivojlanadi. Kritik (tanqidiy) fikrlash. "Qabul qildim, rad etdim" mashqi

Bu mashq asarni o'rganib bo'lgandan so'ng tahlil jarayonida tashkil qilinadi. O'quvchi asar qahramonlaridan ibrat olish mumkin bo'lgan yoki saqlanish joiz bo'lgan jihatlariga to'xtalib o'tadi.

Qabul qildim Rad etdim

Oneginga xos samimiyatni Oneginga xos xudbinlikni

Tatyanaga xos vafodorlikni Oneginga xos beqarorlikni

Kreativ fikrlash. "Taxayyul" mashqi. Mashq shartiga ko'ra o'quvchilarga asarni mantiqan davom ettirish topshiriladi. O'quvchilarga 2 mavzudan birini tanlash va yozish topshiriladi.

1. Onegin va Tatyananing qishloqdagi uchrashuvini eslang, Onegin qizning muhabbatini rad qilgan o'rindan sal oldinroqqa o'tib, asarni qayta yozishga urinib ko'ring. Onegin baxtli bo'la olarmikan?

2. Asarning davomini yozishga urinib ko'ring. Asar qahramonlari taqdiri baxtli yakun toparmikan?

Kritik (tanqidiy) fikrlash.Bahs-munozara darsi

Asar matni ustida ishlab, muhokama jarayoni yakunlangach, asar yuzasidan bahs-munozara tashkil etiladi. Bu jarayonda quyidagi savollar ustida ishlanadi:

1. Asar yakunida sizda kanday kayfiyat paydo bo'ldi? Nega, buning sababchisi kim?

2. Asar yakunidagi Tatyananing harakatlariga qanday baho berasiz? Tatyana Oneginni sevganini tan olgan holda, uning muhabbatini rad etadi. Tatyana endi baxtli yashay oladimi? Onegin bilan ketish haqidagi fikrga qanday qaraysiz, axir Onegin Tatyananing birinchi va sof muhabbati edi-ku.

3. Qishloqdagi Tatyana va kibor jamiyat xonimi Tatyana. Onegin nega o'z muhabbati haqida ikkinchisiga so'zlamoqda? Oneginni tushunishga urinib ko'ring.

4. Tasavvur qiling. Sizda Tatyanaga maslahat berish imkoniyati bor. Eng so'nggi lahzalarda unga qanday maslahat bergan bo'lar edingiz? Oneginga-chi?

5. "Qaytar dunyo" iborasi Onegin taqdiriga qay darajada mos tushadi. Bu unga erilgan jazo (Tatyananing ko'z yoshlari, Yosh lenskiyning bevaqt xazon bo'lgan umri uchun) desak xato bo'lmaydimi?

Kollaboratsiya. "Qiyoslash" mashqi. Mashq guruhda ishlash asosida tashkil etiladi va mohiyati shundan iboratki, o'rganilgan adib ijodi asari yoki qahramonlarini jahon va o'zbek

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" 4 JUNE, 2024

adabiyoti namunalari bilan qiyoshlash va xulosa qilish (o'quvchilar qiynalgan o'rinlarga yo'nalish berish, misollar topishga ko'maklashish, to'g'ri xulosalay olishiga yordamlashish maqsadga muvofiq).

Erkin Vohidovning "Ruhlar isyoni" dostoni A.Oripovning "Jannatga yo'l" dostoni A.S.Pushkin "Yevgeniy Onegin"

Bosh qahramon Nazrul Islom o'z vatani ozodligi, mustaqilligi uchun kurashga otlangan chin vatanparvar, davr muammosini o'z vaqtida anglaydi, insonlarni ogohlikka chorlaydi, biroq... Bosh qahramon Yigit shoir edi.Biroq jannatga ikki paysa savobi yetmay e'tiroz bildirganida Alloh bergan iste'dodidan unumli foydalana olmagani, ya'ni xalq dardini kuylay olmaganini aytganlarida so'zsiz tan oladi Adabiy tanqidchi Vissarion Belinskiy bu asarni "rus tarixining ensiklopediyasi" deb ataydi. "Yevgeniy Onegin" romani syujeti uchun muhabbat mavzusi asos bo'lib xizmat qilsa ham Pushkin unda jamiyat muammolarini tasvirlaydi. Romanda oddiy kundalik muammolarga to'la qishloq dvoryanlarining zerikarli va poytaxt aslzodalarining mazmunsiz hayoti aks ettirilgan

Shoirlik - bu shirin jondan kechmakdir, limmo-lim fidolik mayin ichmakdir. Bu satrlar Erkin Vohidovning ustoz shoir Mirtemir xotirasiga bag'ishlangan she'ridan olingan. Lekin ular, ayni paytda, jamiki shoirlarning asl mohiyatini, shoirlikning mohiyatini ochishga safarbar etiladi. Shirin jondan faqat so'z, ohang, bo'yoq, mavzu topish uchungina kechilmaydi. Balki birinchi navbatda xalq manfaatini himoya qilish, ulug' g'oyalarga, adolat va haqiqatga qalqon bo'lish uchun kechiladi.

"Qiyoslash" mashqi

Pushkin "Yevgeniy Onegin" she'riy romani Alber Kamyu "Begona" qissasi O'tkir Hoshimov "Bahor qaytmaydi" qissasi

Onegin Merso Alimardon To'rayev

Nima uchun Onegin jamiyatda ortiqcha odam? uzoq muddatli munosabatlarni o'rnatishga qodir emas, chunki bu uni tezda zeriktirdilar. Qishloqi qo'shnilar bilan muloqot qilishni xohlamaydi, yolg'izlikni afzal ko'radi. Shaharda esa Onegin o'ziga yoqmagan jamiyatda ularga yoqish uchun harakat qilib, yashashga majbur, qaysidir ma'noda mahkum Merso esa, odamlar tomonidan o'ylab topilgan qoidalarga bo'ysunmagani uchun jamiyatdan "begona' ga aylanadi. Mersoni bir begunohni behosdan otib qo'ygani uchun emas, qoidalarga rioya qilmay yashagani uchun o'limga hukm qiladilar Alimardon juda iste'dodli, o'z do'stining muhabbatini tortib olib, unga xiyonat bilan muhabbatiga erishadi. Ammo bularning hech birining qadriga yetmaydi, oxir-oqubat shon-shuhratidan ham, oilasidan ham ayrilib, el nazaridan qolib, o'zini o'zi, yolg'izlikka mahkum etadi. Achinarlisi shundaki, unga hukmni adolatli sudya emas, o'zi o'qiydi

Xulosa: Shoir aytganidek, "Taqdirni qo'l bilan yaratur inson". Inson o'z hayot yo'lini o'zi belgilash, qaysi yo'ldan yurishni tanlash imkoniyatiga ega, faqat bu yo'l adog'i rohat-farog'atmi yoki cheksiz g'am-anduh, bu uning o'z amallariga bog'liq ekan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

Asarning Ikkinchi bobi qabr tasviri va o'lim haqidagi munozaralar bilanyakunlanadi. Muallif hamma narsa ikkinchi bobdagidek baxtli bo'lmasligidan ogohlantiribgina qolmay, qahramonlarga: hayotni qadrlang, hali yoshsiz, do'stlar qadriga yeting, bu baxtning har bir lahzasini qadrlang, o'zgalar fikri uchun o'zligingizni qurbon qilmang deb aytayotgandek tuyuladi. Kasal bo'lganimizda sog'lik, kambag'allashganimizda boylik, keksayganimizda yoshlik qadriga yetganimiz kabi biz o'zimiz uchun aziz insonlarni vaqtida qadrlay olmaymiz, afsuski, ba'zan juda kech bo'ladi. Asar qanchalik chuqur tahlil qilinsa, yozuvchining aytmoqchi bo'lgan gapi oydinlasha boradi. Asarni tahlil qilish jarayonida qahramonlar taqdiri, kechinmalari, tuyg'ularini tushunishga urinish orqali o'quvchilarda darddoshlik hissi shakllantiriladi. Bugungi muvaffaqiyat - kechagi xatolar samarasi. Qahramon taqdiri misolida kecha va bugunni tahlil qila olgan o'quvchi hayotiy vaziyatlarda hayotiy savollarga hayotiy javob, munosib javob, to'g'ri javob topa olishiga ishonamiz.

REFERENCES

1. Mirziyoyev.Sh.M.Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan quramiz. - T.: O'zbekiston, 2017.

2. Adabiyot. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 10-sinfi uchun darslik. Yangi nashr. - T., 2022.

3. Karimov N. Tarjima san'ati va jahon adabiyoti // Jahon adabiyoti. - Т., 2017. - 10-son.

4. Uzoqov А. Mustaqil davlatlar hamdo'stligi xalqlari adabiyoti : O'quv qo'llanma. - Т., 2007.

5. Qodirova G. "Yevgeniy Onegin" - boy berilgan muhabbat, tahqirlangan hislar haqida asar: kun.uz

6. Aniq va tabiiy fanlar ta'limi jarayonida qo'llanadigan interfaol metodlar. - Т.: RTM, 2016.

7. Vohidov E. She'riyat - mehr demakdir / Suhbatdosh N.Karimov // Sharq yulduzi. - Т., 1988. - 1-son.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.