Научная статья на тему 'O`QISH SAVODXONLIGI DARSLIKLARIDAGI ASARLARNI O`QITISH USUL VA VOSITALARI'

O`QISH SAVODXONLIGI DARSLIKLARIDAGI ASARLARNI O`QITISH USUL VA VOSITALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
23
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O`qish savodxonligi / qisqartirib hikoyalash / tanlab hikoyalash / ijodiy hikoyalash / ertak.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — I.V.Xoldarova, M.T.Yuldasheva

Maqolada o`qish savodxonligi darslarida keltirilgan asarlarni o`quvchi tomonidan yaxshi o`zlashtirilishida yuqori samara beradigan usul va vositalar haqida hamda ularning o`quvchilar tafakkurini, nutqini rivojlantirishdagi ahamiyati to`g`risida so`z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O`QISH SAVODXONLIGI DARSLIKLARIDAGI ASARLARNI O`QITISH USUL VA VOSITALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

OQISH SAVODXONLIGI DARSLIKLARIDAGI ASARLARNI OQITISH USUL VA

VOSITALARI 1I.V.Xoldarova, 2M.T.Yuldasheva

1filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori, PhD, 2FarDU magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11052038

Annotatsiya. Maqolada oqish savodxonligi darslarida keltirilgan asarlarni oquvchi tomonidan yaxshi o'zlashtirilishida yuqori samara beradigan usul va vositalar haqida hamda ularning o 'quvchilar tafakkurini, nutqini rivojlantirishdagi ahamiyati togrisida soszyuritilgan.

Kalit so^zlar: O qish savodxonligi, qisqartirib hikoyalash, tanlab hikoyalash, ijodiy hikoyalash, ertak.

Аннотатция. В статье рассматриваются высокоеффективные методы и средства помогающие хорошо усваивать материалы на уроках читательской грамотности, а также о роли етих методов в развитии мышления и речи учащихся.

Ключевые слова: Читателской грамотности, краткий пересказ, выборочный пересказ, творческий пересказ, сказка.

Abctract. This article is about the methods and ways which are more beneficial for learning and understanding of pupils in Reading classes and the role of these methods in developing pupils' outlook and spuck.

Keywords: Reading classes, telling stories in a short ways, to tell choosing story, creative telling stories, fairy tail.

Bugungi kunda talim sohasiga juda katta e'tibor qaratilmoqda. Jumladan umumtalim fanlarini o'qitishning uzluksizligi va izchilligini ta minlash maqsadida bir qator qaror va buyruqlar ishlab chiqilmoqda. Ozbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirining 2021-yil 17-dekabrdagi 406-sonli buyrug'i ham sifatli ta'lim berishga qaratilgan bo'lib, uning 2-ilovasida malaka talablari belgilab berilgan. Bulardan maqsad ma'naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdir. Kichik yoshli o'quvchilar ma'naviyatini sog'lomlashtirishda o'qish darslarining o'rni muhim ahamiyatga molik. Davlat ta lim standartlarida boshlang'ich sinflar uchun o qish savodxonligi fanidan quyidagi talablar belgilab qo'yilgan:

Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og'zaki bayon qilish, o'qish, fikrni yozma bayon qilish):

A1 ixcham matn asosida yaratilgan audiomatn, videotasvirlarni tinglab tushuna oladi; ertak, topishmoq, maqol, tez aytish, rivoyat, hikoyat, masal, xalq qo'shiqlari, hikoya, she'rlarni o'qib tushunadi va mazmunini qayta so'zlab bera oladi; yozma va bosma harflarni, ular ifodalaydigan tovushlarni to'g'ri talaffuz eta oladi; matnni gap ohangiga rioya qilgan holda aniq, ravon o'qiy oladi; bir daqiqada 50 — 55 so'zni o'qiy oladi; monologik va dialogik nutqda o'z fikrini aniq ifodalay oladi; o'rganilgan mavzular doirasida 5-6 gapdan iborat kichik ijodiy matn yoza oladi; maktab kutubxonasidan foydalana oladi; kichik hajmdagi 8 — 10 ta she'rni yoddan aytib bera oladi.

A1+ bir daqiqada 55 — 60 so'zni o'qiy oladi; asar qahramonlari, tabiat tasviri haqida 7-8 gapdan iborat kichik ijodiy matn yoza oladi; kichik hajmdagi 10 — 12 ta she'rni yoddan aytib bera oladi.

Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi:

A1 matndagi so'z va gaplarning ma'nolarini tushuna oladi; asar mazmunidan ta'sirlana oladi; xalq og'zaki ijodi namunalarini (ertak, topishmoq, maqol, masal, tez aytishni) farqlay oladi;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

o'rganilgan asarlarning nomi, muallifi, mazmuni va qahramonlarini ajrata oladi; asar qahramonlariga munosabat bildira oladi; o'qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi.

A1+ mustaqil o'qish uchun tavsiya etilgan asarlarda tasvirlangan voqea-hodisalar mazmunini tushunib, qayta hikoya qila oladi, asar qahramonlariga munosabat bildira oladi.

O'qish savodxonligi doirasida o'quvchida to'g'ri, tez, ongli, ifodali o'qish malakalarini shakllantirish, ularni oddiy kitob o'quvchisidan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarish; o'qish orqali tevarak-atrof, borliq haqidagi bilimlarini kengaytirish, ularning dunyoqarashini boyitish; tafakkurida elementar adabiy tushunchalarni shakllantirish; har qanday uslubdagi matnni o'qish va uni anglash, tanqidiy va kreativ fikrlash ko'nikmasini oshirish nazarda tutilganligi ko'rsatib o'tilgan. O'qish savodxonligi - jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma tilning shakllarini idrok etish va amaliyotda qo'llay olish qobiliyatidir. O'qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma'no hosil qila olish qobiliyati hamdir.

O' qish savodxonligida koplab matnlar berilgan.Har qanday matn turli shaklga ega bo'lishi mumkin. Bular an'anaviy kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar, shuningdek, raqamli ko'rinishdagi yozma shakllarni ham o'z ichiga oladi. Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda o'quvchiga matnni sharhlashga yordam beradi" deganda ko'proq o'quvchining o'qish strategiyasini nazarda tutmoq muhim. Matn turiga hikoya, ertak, she'r, maqolni kiritsak, shakli kitob, gazeta, jurnal, telefon va boshqa narsalarni hisoblash mumkin. Demak, o'quvchilarning individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ehtiyojlari, qiziqishlari, o'rgangan narsalari muhim ahamiyat kasb etib qolaveradi. Xalqaro tadqiqotlarda matnni tushunish to'rtta jarayonga asoslanib baholanadi. Bular: diqqatni jamlash va aniq ma'lumotni topish, to'g'ridan to'g'ri xulosalar chiqarish, g'oyalar va axborotni talqin qilish, uyg'unlashtirish, kontekst va matn elementlarini baholash hamda tanqid qilish jarayonlaridir. Shunday qilib, tushunish jarayoni bir etap bilan cheklanib qolmasdan, bir necha sathlar bilan ishlash jarayoni hamdir. O'quvchi matn ichidagi aniq ma'lumotlarni ko'ra olsagina xulosa chiqara olishi, xulosa natijasida ma'lumotlarni talqin qila olishi va e'tirof etish yoki tanqid qilish hukmini ham o'zida paydo qilishi mumkin bo'ladi.

Boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida garchi ilmiy jihatdan bo'lmasa-da, amaliy jihatdan turli janrga mansub asarlar o'qib o'rganiladi. O'qish darsliklariga, asosan, hikoya, she'r, ertak, masal, maqol, doston, rivoyat va topishmoq kabi janrdagi asarlar kiritilgan. Bulardan tashqari, ilmiy-ommabop asarlar ham o'qitiladi. Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ularning o'quvchilarga ta'siri ham har xil bo'ladi. Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham o'ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, she'riy asarlar matni hikoya matnidan, ertak matni she'r matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal janriga taaluqli asarlar matnidan tubdan farq qiladi. Topishmoqlar predmet, voqea-hodisalar o'rtasidagi o'xshashlikni taqqoslash orqali o'zlashtirilsa, maqollar mazmuni hayotiy misollar vositasida sharhlashni taqozo etadi. SHunga ko'ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o'qishda o'qituvchidan unga mos usullar tanlash talab etiladi . O'qilgan asar mazmunini izchil ravishda qayta hikoyalash uning rejasini tuzishga yordam beradi. Reja tuzishda o'quvchi hikoyani tarkibiy qismlarga bo'ladi va har qaysi qismdagi asosiy fikrni aniqlaydi. Bularning hammasi analitik ish hisoblanadi. Keyin sintetik ishga o'tiladi, ya'ni bolalar hikoya qismlariga sarlavha topadilar. O'quvchilar o'qituvchi rahbarligida reja tuzish jarayonida o'qilgan hikoyaning har bir

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

qismida bosh va ikkinchi darajali masala nimalardan iboratligi haqida, qanday qilib fikrni qisqa va aniq ifodalash haqida o'ylaydilar. Sarlavha topish ustida ishlash, o'quvchilar topgan sarlavhani jamoa bo'lib muhokama qilish, reja tuzish jarayonining o'zi bolaning fikrlash qobiliyatini faollashtirishi, unda o'z mulohazasini isbotlash, asoslash odatlarini tarbiyalashi lozim. Asarni o'qish va tahlil qilish jarayonida tuzilgan reja doskaga yozilsa, hikoya mazmunini izchil qayta hikoya qilishga yordam beradi. Reja asosida hikoya qilishning vazifasi mazmunni berilgan izchillikda o'zlashtirishdir. Reja asosida qayta hikoyalash o'qituvchi savoligi javob berishga nisbatan asar mazmunini aytib berishning hiyla mustaqil formasidir. O'qilgan asar mazmunini o'zlashtirish ustida ishlashdagi keyingi bosqich, qisqartirib hikoyalash hisoblanadi. Qisqartirib hikoyalash uchun 2-3 qismga bo'linadigan, bu bo'limlar yaqqol ajralib turadigan, mazmuni sodda asarlar tanlanadi. Qisqartirib hikoyalashga o'rgatish quyidagicha uyushtiriladi: o'qituvchi hikoyaning oldindan belgilab qo'yilgan birinchi qismini o'qiydi va o'quvchilar bilan birgalikda eng muhim, asosiy fikr aniqlanadi. Bunda o'quvchilar ba'zan asardagi so'zlardan foydalanadilar. Bu o'quvchilarga qiyinlik qilsa, bo'limdagi asosiy fikrni o'z so'zlari bilan aytib berishlari mumkin. Keyin o'quvchilar o'qituvchi bilan bu qismni qisqartirib hikoyalashda nimalar haqida gapirmaslik kerakligini, qaysilar ikkinchi darajali yoki kam ahamiyatli fikr ekanini aniqlaydilar. Asarning boshqa qismlari yuzasidan ham shunday ish olib boriladi va o'quvchilar asarni qisqartirib qayta hikoya qiladilar. O'qilgan asarni qisqartirib hikoya qilishga 3- sinfdan boshlab o'rgatiladi. Tanlab hikoyalash ham bolalarning tafakkuri va nutqini o'stirish vositalaridan biridir.

Tanlab hikoyalashda o'quvchi: 1) o'qigan matndan bir qismini, uning chegarasini ongli ravishda ajratib so'zlab beradi; 2) hikoyadan faqat bir voqeani aytib beradi; 3) hikoya mazmunini faqat bir syujet yo'nalishida so'zlab beradi. Bolalar tanlab qayta hikoyalash malakasini hosil qilishga boshlang'ich sinf izohli o'qish darsida keng qo'llanadigan metodik usullar yordam beradi: 1) hikoya qismiga chizilgan rasm asosida hikoyalash; 2) hikoyadagi bir voqeani tasvirlovchi rasm asosida hikoyalash; 3) tanlab qayta hikoyalashni talab etadigan savollarga javob berish.

3-sinf o'qish savodxonligi darsligining I qismida "Chorining qobiliyati" nomli asar berilgan. Bu asar PIRLS xalqaro tadqiqotlarida keltirilgan asarlar ichidan tanlab olinib, darslikka kiritilgan. Bu asarni o'qitish davomida tanlab hikoylash usulining hikoyadagi bir voqeani tasvirlovchi rasm asosida hikoyalash turidan foydalanish mumkin.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 26, 2024

Darslikda hikoyadagi voqealar bilan bog'liq 3ta rasm keltirilgan. O'quvchiga ana shu rasmlardan birini tanlab, undagi voqeani hikoya qilib berish topshirig'ini berish ularda ziyraklikni, ijodiy tasavvurni, nutqiy qobiliyatni rivojlantirishda ancha yaxshi samara beradi. O'quvchi tanlab hikoya qilishga tayyorlanganda o'qilgan matnni tahlil qiladi. Bunday tahlil bolalar tafakkurini, ular nutqidagi mustaqillikni o'stiradi va o'qilgan matn mazmunini o'zlashtirishga yordam beradi.

Hikoyani o'qish bilan bog'liq holda o'tkaziladigan ijodiy ishlar ham o'quvchilar nutqini, tafakkurini o'stiradi. Bular: 1) ijodiy qayta hikoyalash; 2) inssenirovka qilish; 3) o'qilgan asarga rasm chizish; hikoyani davom ettirish. 1. Ijodiy qayta hikoyalashda o'qilgan hikoyaning sharoitini, yo formasini o'zgartirib hikoya qilinadi, yoki hikoyani yangi epizodlar bilan to'ldirib hikoya qilinadi. 2. Inssenirovka yoki sahnalashtirishda o'quvchilar o'qilgan hikoyani sahnabop qilib o'zgartiradilar. Buning uchun ular hikoyaga ssenariy haqida, kostyum, qatnashuvchilarning imo-ishorasi haqida o'ylaydilar, monologik nutqni dialogik nutqqa aylantiradilar (bu tilni o'rgatish nuqtai nazaridan eng muhim ish hisoblanadi).

4-sinf o'qish savodxonligi darsligining I qismida Nasiba Erxonovaning "Qarg'a va paxta" hikoyasi berilgan bo'lib, bu asar sahnalashtirish uchun juda mos.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 26, 2024

Bu asarda qarg'a, tikuvchi, dehqon bobo, ip yigiruvchi, to'quvchi, gul bosuvchi, pahtakorlar va qoshnilar kabi qahramonlar mavjud. Asarni sahnalashtirish topshirig'ini berishdan oldin, sinfni 3 guruhga bolib olgan ma'qul. Shunda bir guruh o'quvchilari uchun qahramonlar soni yetarli boladi. Bu holatda har bir guruhga asarni sahnalashtirish topshirig'ini berish orqali sinfdagi barcha o'quvchi bilan ishlay olishga erishiladi va topshiriqlarni baholashda taqqoslashdan ham foydalanish mumkin boladi.

O'qilgan hikoyaga rasm chizishda o'quvchi rassomlar tomonidan chizilgan rasmlardan o'qilgan asarning mazmuniga mos rasm tanlaydi yoki o'zi rasm chizadi. Agar o'quvchi rasmni yaxshi chiza olmasa, o'zi chizmoqchi bo'lgan rasmni og'zaki tasvirlab beradi, ya'ni so'z bilan rasm chizadi. 4. O'qilgan hikoyani davom ettirish usuli maktab tajribasida keng qo'llanadi. Bu usul hikoyaning mazmuni uni davom ettirishga imkon beradigan asarlarda qo'llanadi. Boshlang'ich sinflarda hikoya syujeti, kompozitsiyasi, qahramonlarini o'rganish bo'yicha turli tahlillar matn ustida ishlash asosida olib boriladi. Bunda o'quvchining ijodiy faolligi ortadi, ijodiy fikrlash doirasi kengayadi. Hikoya mazmunini o'zlashtirish bo'yicha matn asosida quyidagicha ishlar amalga oshiriladi: 1. Matn mazmuni yuzasidan o'qituvchi savollariga javob berish. 2. Hikoya matni asosidagi savol-topshiriqlarni bajarish. 3. Hikoya mazmuni yuzasidan o'quvchilarning savollar tuzishi. 4. Hikoya mazmuniga mos rasmlar chizish. 5. Hikoya matnini qismlarga bo'lish. 6. Har bir qismga sarlavha topish. 7. Hikoyaga reja tuzish. 8. Reja asosida qayta hikoyalash (to'liq, qisqartirib va ijodiy qayta hikoyalash). 9. Reja asosida bayon yozish. Tahlilda o'qilayotgan hikoya matnining tushunarliligi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tushunarlilik deganda yozuvchi yaratgan badiiy olamning o'ziga xosligi, obrazli tasvirning o'quvchi hayotiy tajribasi, bilim darajasiga muvofiqligi nazarda tutiladi. Hikoyani o'rganishda savollarni, odatda, o'qituvchi beradi, ammo asar mazmuni, qatnashuvchi shaxslarning xulq-atvorini ochish yuzasidan o'quvchilarga ham savol tuzdirish juda foydali. Bu usul bolalarga juda yoqadi va ishni jonlantiradi, asar mazmunini yaxshi tushunish, o'z fikrini izchil bayon qilish malakasini egallash, mazmun va voqealar orasidagi bog'lanishni to'liq esda saqlab qolishda o'quvchilarga yordam beradi.

Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o'qishgagina emas, balki uni aytib berishga o'rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og'zaki nutqni o'stiradi, bolalar nutqini yangi so'z va iboralar bilan boyitadi. Ertaklarda keltirilgan maqollar ustida ishlash, ularda ilgari surilayotgan g'oyalarni bolalar ongiga yetkazish, yod oldirish yo'li bilan bog'lanishli nutqni o'stirish, nutqning ta'sirchanligini oshirish lozim. Masalan 2-sinf o'qish savodxonligi darsligida "Suv va daraxt"

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

nomli adabiy ertak berilgan. Ertak yakunlanganidan so'ng "Suv keldi, nur keldi" maqoli keltirilgan. n. O'quvchilar ushbu maqol mazmunini tushunib olishsa, o'zlari ham yuqoridagi kabi ertak tuzib, hikoya qilib berishlari mumkin.

Xulosa qilib aytganda, o'qish darslarida asarlarni o'qitishda metod va usullar to'g'ri tanlansa, birinchidan, o'quvchi uchun tushunarli bo'ladi va mavzuni yaxshi o'zlashtiradi; ikkinchidan, fikrlash doirasi kengayishida, nutqiy kompetensiyasining rivojlanishida samarali xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Boshlang'ich sinf DTS Toshkent 2021.5-6-7-betlar.

2. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. // Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: SHarq, 1997.

3. Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturi // O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining axborotnomasi, 7-maxsus son. T.: SHarq, 1999.

4. O'qish savodxonligi 3-sinf, I qism./ M.E.Toirova-Toshkent.,2023.-42-43-44-45-betlar.

5. O'qish savodxonligi, 4-sinf, I qism./M.E.Toirova-Toshkent:"Novda Edutainment", 2023.-35-36-37-38-betlar.

6. Boshlang'ich ta'lim bo'yicha o'quv dasturi // Boshl. ta'l. jurnali. Toshkent, 2005. №5. 21- 33 - betlar

7. Boshlang'ich sinf DTS Toshkent 2021.5-6-7-betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.