Научная статья на тему 'РАЗВИТИЕ РЕЧИ НА УРОКАХ ЧТЕНИЯ'

РАЗВИТИЕ РЕЧИ НА УРОКАХ ЧТЕНИЯ Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
51
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
УРОК ЧТЕНИЯ / РЕЧЬ / РАССКАЗ / ЧИТАТЕЛЬ / АНАЛИЗ / СИНТЕЗ / МЫШЛЕНИЕ
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «РАЗВИТИЕ РЕЧИ НА УРОКАХ ЧТЕНИЯ»

ISSN 2223-4047

Вестник магистратуры. 2020. № 2-6 (101)

УДК 002:001.4

Д.Х. Рахимова, Ф.М. Мирзоева РАЗВИТИЕ РЕЧИ НА УРОКАХ ЧТЕНИЯ

В статье представлен обзор о важности развития речи на уроках чтения.

Ключевые слова: урок чтения, речь, рассказ, читатель, анализ, синтез, мышление.

Ma'lumki, nutq tafakkur bilan bog'liq, shuning uchun u tafakkur bilan uzviy bog'liq holda o'stiriladi. Darsda o'qilgan asarni o'quvchilar ongli tushunishi, asosiy mazmunini, g'oyasini anglab etishi uchun analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish kabi logik priyomlar qo'llanadi. O'qilgan asarni analiz qilishda har xil ish usullaridan foydalaniladi. Bolalar hikoyadagi asosiy qatnashuvchi shaxslarni aytadilar, o'qituvchi rahbarligida asarning sxematik rejasini tuzadilar (tugun, kulminasiya, yechim). Masalan, bolalar O'. Usmonovning - Chumchuq bola hikoyasida qatnashuvchi shaxslar sifatida Boboxonni, chumchuq bolani, Tal'atni aytadilar; Laqma it ertagida qatnashuvchilarni: laqma it, echki, mushuk, xo'roz, olaqashqani aytadi. Qatnashuvchi shaxslarni o'quvchilar har xil tartibda aytishlari mumkin. Ammo, o'qituvchi ularni asarda qatnashgan tartibda aytishni so'raydi. Natijada o'qituvchi rahbarligida hikoyaning jadvali tuziladi. O'qituvchi bergan savoli yordamida bolalar Boboxon chumchuq bolani bug'doyzordan tutib olgani, uni qiynagani, ko'chada o'rtog'i Tal'atni ko'rib qolgani, Boboxonning ishidan Tal'atning xafa bo'lgani, chumchuq bolani qizil qalam va o'chirg'ichga almashib olgani va uchirib yuborgani (qutqargani), Boboxon esa uyalganidan dovdirab qolganini aytib beradilar. Hikoyaning mazmuni shunday aniqlanadi. Shunday qilib, hikoya mazmuni bilan birinchi tanishish o'quvchilardan ongli ishlashni, ya'ni voqealarni, qatnashuvchilar sostavini analiz qilishni talab qiladi. O'qish bilan bog'liq holda bajari-ladigan bunday logik ishlar asta-sekin murakkablasha boradi.

Boshlang'ich sinflar o'qish darslarida o'quvchilar nutqini o'stirish vositalaridan biri to'g'ri uyushtirilgan qayta hikoyalashdir. Maktab tajribasida to'liq, qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoya qilish turlari mavjud. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun matnni to'liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash ancha oson, boshqa turlari esa nisbatan qiyinroqdir. Qayta hikoyalashda o'qilgan hikoya mazmuni yuzasidan o'qituvchining savoli o'quvchilarni hikoyaning detallari haqida, ayrim voqealar o'rtasidagi bog'lanishning sabab-natijalari haqida fikrlashga qaratilishi lozim. Asar syujetining rivojlanishida qatnashuvchi shaxslar, ularning xatti-harakati asosiy rol o'ynaydi. Bolalar asar mazmunini unda ishtirok etuvchi shaxslar va ularning xatti-harakati, harakterli xususiyatlarini tahlil qilish yordamida yaxshi anglab etadilar. O'qituvchining savoli asar qahramonlari nima qilgani, ularning u yoki bu xatti-harakatlari qaerda va qanday sharoitda yuz bergani haqida so'zlab berishga, voqealarning izchil bayon qilinishiga va o'zaro bog'liqlikni yoritishga yo'naltirilishi lozim. O'quvchi o'qilgan asar mazmunini o'qituvchi savoli yordamida aytib berishida faqat analizdan emas, sintezdan ham foydalanadi: ayrim faktlarni o'zaro bog'laydi (sintezlaydi), bir-biriga taqqoslaydi, ular yuzasidan muhokama yuritadi va xulosa chiqaradi. O'qilgan asar mazmunini izchil ravishda qayta hikoyalash uning rejasini tuzishga yordam beradi. Reja tuzishda o'quvchi hikoyani tarkibiy qismlarga bo'ladi va har qaysi qismdagi asosiy fikrni aniqlaydi. Bularning hammasi analitik ish hisoblanadi. Keyin sintetik ishga o'tiladi, ya'ni bolalar hikoya qismlariga sarlavha topadilar. O'quvchilar o'qituvchi rahbarligida reja tuzish jarayonida o'qilgan hikoyaning har bir qismida bosh va ikkinchi darajali masala nimalardan iboratligi haqida, qanday qilib fikrni qisqa va aniq ifodalash haqida o'ylaydilar. Sarlavha topish ustida ishlash, o'quvchilar topgan sarlavhani jamoa bo'lib muhokama qilish, reja tuzish jarayonining o'zi bolaning fikrlash qobiliyatini faollashtirishi, unda o'z mulohazasini isbotlash, asoslash odatlarini tarbiyalashi lozim. Asarni o'qish va tahlil qilish jarayonida tuzilgan reja doskaga yozilsa, hikoya mazmunini izchil qayta hikoya qilishga yordam beradi. Reja asosida hikoya qilishning vazifasi mazmunni berilgan izchillikda o'zlashtirishdir. Reja asosida qayta hikoyalash o'qituvchi savoligi javob berishga nisbatan asar mazmunini aytib berishning hiyla mustaqil formasidir. O'qilgan asar mazmunini o'zlashtirish ustida ishlashdagi keyingi bosqich, qisqartirib hikoyalash hisoblanadi. Qisqartirib hikoyalash uchun 2-3 qismga bo'linadigan, bu bo'limlar yaqqol ajralib turadigan, mazmuni sodda asarlar tanlanadi. Qisqartirib hikoyalashga o'rgatish quyidagicha uyushtiriladi: o'qituvchi hikoyaning oldindan belgilab qo'yilgan birinchi qismini o'qiydi va o'quvchilar bilan birgalikda eng muhim, asosiy fikr aniqlanadi. Bunda o'quvchilar ba'zan asardagi so'zlardan foydalanadilar. Bu o'quvchilarga qiyinlik qilsa, bo'limdagi asosiy fikrni o'z so'zlari bilan aytib berishlari mumkin. Keyin o'quvchilar o'qituvchi bilan bu qismni qisqartirib hikoyalashda nimalar haqida gapirmaslik kerakligini, qaysilar ikkinchi darajali yoki kam ahamiyatli fikr ekanini aniqlaydilar. Asarning boshqa qismlari yuzasidan ham shunday ish olib boriladi va o'quvchilar asarni qisqartirib qayta hikoya qiladilar. O'qilgan asarni qisqartirib hikoya qilishga 3-sinfdan boshlab

© Рахимова Д.Х., Мирзоева Ф.М., 2020.

Вестник магистратуры. 2020. № 2-6 (101)

ISSN 2223-4047

o'rgatiladi. Tanlab hikoyalash ham bolalarning tafakkuri va nutqini o'stirish vositalaridan biridir. Tanlab hikoyalashda o'quvchi: 1) o'qigan matndan bir qismini, uning chegarasini ongli ravishda ajratib so'zlab beradi; 2) hikoyadan faqat bir voqeani aytib beradi; 3) hikoya mazmunini faqat bir syujet yo'nalishida so'zlab beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

l.G'aybullaev N., Yodgorov R., Mamatqulova R. Pedagogika. Oliy o'quv yurtlari uchun qo'llanma.-T.: 2005.

РАХИМОВА ДИЛАФРУЗХАМИТОВНА - учитель начального обучения, школа № 3 Вабкентского района Бухарской области, Узбекистан.

МИРЗОЕВА ФЕРУЗА МУХАМЕДОВНА - учитель начального обучения, школа № 26 Гиждуванского района Бухарской области, Узбекистан.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.