Научная статья на тему 'ОРГАНИЗАЦИЯ ОБОБЩАЮЩИХ УРОКОВ ЧТЕНИЯ'

ОРГАНИЗАЦИЯ ОБОБЩАЮЩИХ УРОКОВ ЧТЕНИЯ Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
42
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
УРОК ЧТЕНИЯ / ЧИТАТЕЛЬ / УЧЕБНИК / ШКОЛА
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ОРГАНИЗАЦИЯ ОБОБЩАЮЩИХ УРОКОВ ЧТЕНИЯ»

ISSN 2223-4047

Вестник магистратуры. 2020. № 2-6 (101)

УДК 002:001.4

М. С. Рахимова, Н.Я. Раджабова ОРГАНИЗАЦИЯ ОБОБЩАЮЩИХ УРОКОВ ЧТЕНИЯ

В статье представлена информация о том, как организовать обобщающих уроков чтения.

Ключевые слова: урок чтения, читатель, учебник, читатель,

школа.

O'qish metodikasi adabiyot nazariyasiga asoslanadi. Chunki o'quvchilar badiiy asarni amaliy tarzda tahlil qiladilar. Boshlang'ich sinflarda adabiyotshunoslikdan nazariy ma'lumot berilmaydi, ammo metodika adabiy asarning yaratilish qonuniyatlarini va uning o'quvchilarga ta'sirini ayniqsa, adabiyotshunoslikka oid mavzulardan asarning g'oyaviy mazmuni, uning mavzusi va mazmunini, qurilishi, janri, tasviriy vositalarini hisobga olish zarur.

Umumlashtiruvchi o'qish darsi qurilishi jixatidan boshqa darslardan farqlanadi. Bunday darslar har bir sinfda 4-5 marta o'tkaziladi. Har bir o'qish darsida o'qilgan asar haqidagi o'quvchilar tasavvuri va bilimini umumlashtirish, malakalarini mustahkamlashga alohida ahamiyat beriladi, shuning uchun umumlashtiruvchi darsning qurilishi umumlashtirishning maqsadi va xarakteriga qarab belgilanadi. O'qishdan o'tkaziladigan umumlashtiruvchi dars o'quvchilar bilimini sistemaga solish, o'rganilganlarni takrorlab umumlashtirish maqsadiga xizmat qiladi. Umumlashtiruvchi dars, odatda, o'qish dasturidagi biror muhim mavzu yuzasidan o'tkaziladi. Umumlashtiruvchi dars dasturning butun bir bo'limini yakunlashga xizmat qilishi ham mumkin. Umumlashtiruvchi dars bolalar tasavvuri va tushunchalarini kengaytirishga yordam beradi; bunday darslarda o'quvchilar egallagan bilimlarining sinf va maktab jamoasi hayotida, har bir o'quvchi hayotidagi ahamiyatini tushunadilar. Bu darsda o'qituvchi bolalar bilimini boyitadigan qo'shimcha materiallar berishi ham mumkin. Umumlashtiruvchi darsda takrorlash ilgari o'qilganlarning mazmunini o'quvchilar yodida qayta tiklash emas, balki umumlashtiruvchi xarakterda bo'lishi, bolalar bilimini sistemalashtirishga, ayrim tasavvur va tushunchalarni tartibga solishga yordam berishi lozim. Maktab hayoti, oila va tabiatshunoslikka oid mavzuga bag'ishlangan umumlashtiruvchi darslarning vazifasi kitob materialini o'quvchilarning kuzatishlari, ekskursiyalardan olgan bilimlari bilan bog'lashdir.

Umumlashtiruvchi darslarda ish turlari xilma-xil bo'lib, o'qilganlar, ko'rilgan-kechirilganlar yuzasidan su-hbat, illyustrativ materiallar (rasmlar, misollar)ni ko'rsatish va tahlil qilish, o'quvchilarning ayrim asarlardan par-chalar o'qishi, ekskursiya va kuzatishlar haqida bolalarning og'zaki hikoya qilishi kabilardan foydalaniladi. Umumlashtiruvchi dars uchun ish turi darsning aniq maqsadidan kelib chiqib ta'minlanadi. Umumlashtiruvchi darslarga, asosan, quyidagi pedagogik talablar qo'yiladi.

O'quvchilar dasturdagi muayyan mavzu ustida ishlab, o'qiganlari, ko'rgan, eshitgani, kuzatganlari haqida o'z fikr-mulohazalarini dalil va erkin aytish imkoniyatlariga ega bo'lsinlar. Masalan, ma'lum bir mavzuni yakun-lab o'tkazilgan umumlashtiruvchi darsda bolalar kitobdan shu mavzuga oid o'qigan hikoya va maqolalardan qaysi biri qiziqarliroq ekanini, shuningdek, biror hikoya yoki maqoladagi qatnashuvchi shaxslar, ularning xulq-atvorlari haqida o'z fikrlarini aytadilar, zarur bo'lsa, o'qilgan asar mazmunini qisqa bayon qiladilar. Agar mavzuni o'rgan-ish jarayonida o'quvchilar bilan ekskursiya o'tkazilgan bo'lsa, ular ekskursiyadan ko'rganlaridan nimalar qiziqarli bo'lganini, qaysilari kuchli taassurot qoldirganini aytib berishlariga o'qituvchi yordam beradi. Bular o'quvchilar tafakkurini faollashtiradi, ularni faol fikrlashga o'rgatadi, o'stiruvchi ta'limning asosiy shartlaridan biri hisobla-nadi.

O'qish kitoblarida berilgan savol va topshiriqlar bolalar qiziqishiga yaqin, ularning yosh xususiyatiga mos, shuning uchun ular yuzasidan bolalar to'g'ri yakun va umumiy xulosa chiqara oladilar. Mustaqil xulosa chiqarish tarbiyalovchi ta'limda muhim ahamiyatga ega. Umumlashtiruvchi darsning muvaffaqiyati unga o'qituvchining qanday tayyorgarlik ko'rishiga bog'liq. Bunday darsda juda ko'p material yuzasidan umumiy xulosa chiqarishni rejalashtirib bo'lmaydi; bu darsda ko'p material yuklash o'quvchilar diqqatini chalg'itadi; idrok etish qobili-yatlarini pasaytiradi va faol fikrlashlariga xalal beradi. O'qituvchi umumlashtiruvchi darsda o'quvchilardan ni-malarni so'rashini, biror narsaga oid yana nimalarni umumlashtirishini belgilab oladi; darsning maqsadi haqida o'ylab, bolalar tafakkuri va faoliyatini faollashtirishga ta'sir etadigan ish shakllaridan foydalanishni rejalashtiradi. Umumlashtiruvchi darsni dasturdagi har bir mavzu o'rganilgandan so'ng o'tkazish shart emas. Uni faqat muhim va katta bo'lim materiallari o'rganilgandan keyin o'tkazish kifoya. Umumlashtiruvchi darslarda ko'rgazma qo'llanmalar, savol va topshiriqlar, ekskursiya, kuzatish, uchrashuv va suhbat materiallaridan mavzularni o'rgan-ish davridagidek foydalanish tavsiya etilmaydi. Umumlashtiruvchi dars oldiga qo'yilgan vazifalarni muvaffa-qiyatli amalga oshirish uchun o'qituvchi kundalik mashg'ulotlarda foydalanilgan juda ko'p materiallardan har bir

© Рахимова М.С., Раджабова Н.Я.

Вестник магистратуры. 2020. № 2-6 (101)

ISSN 2223-4047

mavzu uchun muhim va xarakterlilarini tanlashi, o'quvchilar mustaqil xulosa chiqara olishlariga va o'z fikr-mu-lohazalarini bayon etishlariga imkon yaratib berishlari zarur. Buning uchun o'quvchilar o'zlarining ekskursiya va kuzatish vaqtida yozgan xotiralarini (agar bo'lsa) o'qib chiqishlari, ilgari tayyorlangan rasmlarini, kitobdagi ma-teriallarni ko'zdan kechirib, qiziqarli o'rinlarini belgilashlari, biror asardan ayrim parchani yod olishlari yoki matnga yaqin bayon etishga tayyorlanishlari lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar 3.G'aybullaev N., Yodgorov R., Mamatqulova R. Pedagogika. Oliy o'quv urtlari uchun qo'llanma.-T.: 2005.

РАХИМОВА МУХАББАТ САИДОВНА - преподаватель начального образования, школа № 3 Вобкентского района Бухарской области, Узбекистан.

РАДЖАБОВА НИЛУФАР ЯРАШЕВНА - преподаватель начального образования, школа № 26 Гиждуванского района Бухарской области, Узбекистан.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.