Научная статья на тему 'BOSHLANG'ICH SINFLARDA O'QISH FANIDAN UMUMLASHTIRUVCHI DARSLARNI TASHKIL ETISH'

BOSHLANG'ICH SINFLARDA O'QISH FANIDAN UMUMLASHTIRUVCHI DARSLARNI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

2946
241
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
adabiy ta‟lim / metodika / integratsiya / badiiy-estetik tafakkur qonuniyatlari / san‟at hodisasi / didaktika / uzviylik va uzluksizlik. / literary education / methodology / integration / laws of artistic and aesthetic thinking / phenomenon of art / didactics / continuity and continuity

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Х Gulyamova

Ushbu maqolada boshlang‟ich sinflarda o‟qish metodikasi umumiy o‟rta ta‟lim maktablarida adabiy ta‟limning boshlang‟ich bosqichi hisoblanib, unda o`qishdan umumlashtiruvchi darslarni zamonaviy o`qitish usullaridan foydalangan holda tashkil etish yuzasidan so‟z yuritiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORGANIZATION OF GENERAL LESSONS ON READING IN PRIMARY SCHOOLS

In this article, the methodology of reading in primary school is the initial stage of literary education in general secondary schools, in which the generalization of reading lessons is still taught

Текст научной работы на тему «BOSHLANG'ICH SINFLARDA O'QISH FANIDAN UMUMLASHTIRUVCHI DARSLARNI TASHKIL ETISH»

BOSHLANG'ICH SINFLARDA O'QISH FANIDAN UMUMLASHTIRUVCHI

DARSLARNI TASHKIL ETISH

X. Gulyamova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda o'qish metodikasi umumiy o'rta ta'lim maktablarida adabiy ta'limning boshlang'ich bosqichi hisoblanib, unda o'qishdan umumlashtiruvchi darslarni zamonaviy o'qitish usullaridan foydalangan holda tashkil etish yuzasidan so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: adabiy ta'lim, metodika, integratsiya, badiiy-estetik tafakkur qonuniyatlari, san'at hodisasi, didaktika, uzviylik va uzluksizlik.

ORGANIZATION OF GENERAL LESSONS ON READING IN PRIMARY

SCHOOLS

H. Gulyamova

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region

ANNOTATION

In this article, the methodology of reading in primary school is the initial stage of literary education in general secondary schools, in which the generalization of reading lessons is still taught.

Keywords: literary education, methodology, integration, laws of artistic and aesthetic thinking, phenomenon of art, didactics, continuity and continuity.

KIRISH

Umumlashtiruvchi o'qish darslari qurilishi jihatidan o'qish darslarining boshqa turlaridan farqlanadi. Bunday dars bo'lim materiallari o'rganib bo'lingach tashkil etiladi. Yangi dastur va metodik qo'llanmalarda tavsiya qilinganidek, har bir o'qish darsida o'quvchilar tasavvuri va bilimini umumlashtirish, malakalarini mustahkamlashga alohida ahamiyat beriladi. SHuning uchun umumlashtiruvchi darsning qurilishi umumlashtirishning maqsad va xarakteriga qarab belgilanadi.

O'qishdan o'tkaziladigan umumlashtiruvchi dars o'quvchilar bilimini bir tizimga solish, o'rganilganlarni takrorlab umumlashtirish maqsadiga xizmat qiladi. Umumlashtiruvchi dars odatda o'qish dasturidagi u yoki bu muhim mavzu yuzasidan

o'tkaziladi. Umumlashtiruvchi dars dastuming butun bir bo'limini yakunlashga xizmat qilishi ham mumkin.

Umumlashtiruvchi dars bolalar tasuvvuri va tushunchalarini kengaytirishga yordam beradi; bunday darslarda o'quvchilar egallagan bilimlarining sinf va maktab jamoasi hayotida, har bir o'quvchi hayotida qanday ahamiyatga ega ekanini tushunadilar. Bu darsda o'qituvchi bolalar bilimini bo'yitadigan shu mavzuga oid qo'shimcha materiallar ham beradi.

Umumlashtiruvchi darsda takrorlash ilgari o'qilganlar mazmunini o'quvchilar yodida qayta tiklash emas, balki umumlashtiruvchi xarakterda bo'lishi, bolalar bilimini ma'lum bir tizimga solishga, ayrim tasavvur va tushunchalarni tartibga solishga yordam berish lozim. SHunday ekan, bunday darslar uchun kitobdan o'qiganlarnigina emas, balki bolalarning kuzatishlari natijasida bevosita idrok qilingan tabiatdagi predmetlar va hodisalar, ijtimoiy hayot voqealari, shaxsiy tajribalari ham material bo'ladi. Maktab hayoti, oila mavzusiga yoki tabiatshunoslikka oid mavzuga bag'ishlangan umumlashtiruvchi darsning vazifasi kitob materialini o'quvchilarning kuzatishlari, ekskursiyalar jarayonida olgan bilimlari bilan bog'lash hisoblanadi.

METODOLOGIYA

Umumlashtiruvchi darslarda ish turlari xilma-xil bo'lib, ko'rilgan va kechirilganlar yuzasidan, illyustrativ materiallarni (rasmlar, misollar) ko'rsatish va tahlil qilish, o'quvchilarning ayrim asarlardan parchalar o'qishi, ekskursiya va kuzatishlar asosida o'quvchilarning og'zaki hikoyasi kabilardan foydalaniladi.

Umumlashtiruvchi dars uchun ish turi darsning aniq maqsadidan kelib chiqib tanlanadi.

O'quvchilar muayyan mavzu ustida ishlab, o'qiganlari, ko'rganlari, eshitganlari, kuzatganlari haqida o'z fikr-mulohazalarini dadil va erkin aytish imkoniyatiga ega bo'lsinlar. Masalan, ma'lum bir mavzuni yakunlab o'tkazilgan umumlashtiruvchi darsda bolalar kitobdan shu mavzuga oid o'qigan hikoya va maqollardan qaysi biri qiziqarliroq ekanini, shuningdek, u yoki bu qikoya yoki maqolda qatnashuvchi shaxslar, ularning xulq-atvorlari haqida o'z fikrlarini aytadilar, ayrim zaruriy hollarda o'qilgan asar mazmunini qisqa bayon qiladilar. Agar mavzuni o'rganish jarayonida o'quvchilar bilan ekskursiya o'tkazilgan bo'lsa, ular ekskursiyada ko'rganlaridan nimalar qiziqarli bo'lganini, qaysilari kuchli taassurot qoldirganini aytib berishlariga o'qituvchi yordam beradi. Bular o'quvchilar tafakkurini faollashtiradi, ularni mustaqil fikrlashga o'rgatadi, o'stiruvchi talimning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

4 - sinfda Vatan haqida bo'lim beradigan "Ulug' va aziz Vatanim, mangu bo'l omon" "Mangulikka tatigulik kun" ( Safar Barnoyev) "Iqboli buyuksan" (Abdulla Oripov), "Qodir boboning orzusi" (T.Xayit), "Namatak haqida qo'shiq" (T. Ilhomov), "Xarita" ( N. Qobil), "Kichik Vatan" (A.Jo'rayev) she'r va hikoyalari o'qilgandan keyin o'tkaziladigan umumlashtiruvchi darsning vazifasi o'quvchilarning o'qiganlarini, Vatan bo'ylab qilgan sayohatlari jarayonida ko'rganlari, kuzatganlari bilan bog'lab umumiy xulosa chiqaradilar. Bunda o'quvchilarning shaxsiy tajribasi, oila va maktab, shahar hayoti haqidagi bilimlari katta ahamiyatga ega. Bunday darslarda umumiy xulosani o'qituvchining yordamisiz o'quvchilarning o'zlari mustaqil ravishda chiqarishlari juda muhim bo'lib, bu ularning kelajakka ishonchlarini shakllantirish uchun mustahkam asos hisoblanadi.

"O'qish kitobi" darsliklarida berilgan savol va topshiriqlar bolalar qiziqishlariga yaqin, ularning yosh xususiyatlariga mos, shuning uchun ular yuzasidan bolalar to'g'ri yakun va umumiy xulosa chiqara oladilar. Mustaqil xulosa chiqarish tarbiyalovchi talimda muhim ahamiyatga ega.

NATIJALAR

Umumlashtiruvchi darsni muvaffaqiyatli o'tkazish unga o'qituvchining qanday tayyorgarlik ko'rganiga bog'liq. Bunday darsda juda ko'p material yuzasidan umumiy xulosa chiqarishni rejalashtirish mumkin emas; bu darsga ko'p material yuklash o'quvchilar diqqatini tarqatib yuboradi, idrok etish qobiliyatlarini pasaytiradi va faol fikrlash imkonini chegaralaydi. O'qituvchi umumlashtiruvchi darsda o'quvchilardan nimalarni so'rashni, mavzu yuzasidan yana nimalarni umumlashtirishni belgilab oladi; darsning maqsadi haqida o'ylab, bolalar tafakkuri va faoliyatini faollashtirishga tasir etadigan ish turlaridan foydalanishni rejalashtiradi.

Umumlashtiruvchi darsni o'qish dasturidagi har bir mavzu o'rganilgandan so'ng o'tkazish shart emas. Uni faqat o'qish darsining muhim va katta bo'limi materiallari o'rganilgandan keyin o'tkazish maqsadga muvofiq. Mavzularni o'rganish davrida foydalanilgan ko'rgazmali qo'llanmalardan, savol va topshiriqlardan, ekskursiya, kuzatish, uchrashuv va suhbat materiallaridan umumlashtiruvchi darslarda shundayligicha - bir xilda foydalanish tavsiya etilmaydi.

Umumlashtiruvchi dars oldiga qo'yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o'qituvchi kundalik mashg'ulotlarda foydalanilgan juda ko'p materiallardan har bir mavzu uchun juda muhim va xarakterlilarni tanlashi, o'quvchilar mustaqil xulosa chiqara olishlariga va o'z fikr-mulohazalarini mustaqil ravishda bayon etishga imkoniyatni ekskursiya va kuzatishda yozgan xotiralarni (agar

bo'lsa) o'qib chiqishlari, ilgari tayyorlangan rasmlarini yig'ishlari, kitobdagi materiallarni ko'zdan kechirib, qiziqarli o'rinlarini belgilashlari, u yoki bu asardan ayrim parchani yodlashlari yoki matnga yaqin bayon etishga tayyorlanishlari lozim. "Ulug' va aziz Vatanim, mangu bo'l omon" bo'limi yuzasidan umumlashtiruvchi darsni tashkil qilishda darsga quyidagicha maqsad qo'yish mumkin:

1. O'quvchilarning "Ulug' va aziz Vatanim, mangu bo'l omon" bo'limi yuzasidan olgan bilimlarini aniqlash va hayot bilan bog'lash ko'nikmalarini o'stirish.

2. O'quvchilarga "Ulug' va aziz Vatanim, mangu bo'l omon" bo'limida o'qilgan asarlarning mavzu yuzasidan umumiyligi va xususiy tomonlarini aniqlatish orqali umumlashtirish qobiliyatlarini rivojlantirish.

3. Bo'lim yuzasidan egallagan bilimlarning hayotdagi ahamiyatini anglashlariga erishish.

MUHOKAMA

Darsning maqsadidan kelib chiqib, suhbat, tarmoqlash, mustaqil ish metodididan, metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.

Darsda sinf o'quvchilari bir necha guruhga bo'linadi. Har bir guruhga asarlar janriy xususiyatga ko'ra bo'lib beriladi. Masalan:

1-guruh ilmiy-ommabop asarlar ustida ishlaydi. Guruh nomi: «Mangulikka tatigulik kun» deb nomlanadi.

2-guruh sahna va she'riy asarlar ustida ishlaydi. Guruh nomi "Iqboli buyuksan" deb nom berish mumkin.

3- guruhning nomi - "Qodir boboning orzusi - bu mening orzuim"

4- guruhning nomi - "Mening uyim - mening kichik Vatanim".

5- guruhning nomi - "Sayohatchilar - Vatan bo'ylab"

O'qituvchi har bir guruhni savol-topshiriqlar bilan ta'minlaydi. Savol-topshiriqlar dars vaqtida konvertda guruh sardoriga beriladi. Topshiriqlarni o'quvchilar darsda jamoa bo'lib bajaradilar. 1-tur topshiriq.

1-guruh uchun «Mangulikka tatigulik kun» asari yuzasidan savollar tuzing va 2-guruh a'zolaridan javob oling.

2-guruh uchun "Iqboli buyuksan" mavzusini yoritish uchun bo'limda o'rganilgan asarlar yuzasidan savol-topshiriqlar tuzing va 1-guruh a'zolaridan javob oling.

3- guruh uchun - "Qodir boboning orzusi - bu mening orzuim" mavzusini yoritish uchun bo'limda o'rganilgan asarlar yuzasidan savol-topshiriqlar tuzing va 4-guruh a'zolaridan javob oling.

4- guruhning nomi - "Mening uyim - mening kichik Vatanim" mavzusini yoritish uchun bo'limda o'rganilgan asarlar yuzasidan savol-topshiriqlar tuzing va 3-guruh a'zolaridan javob oling.

5- guruhning nomi - "Sayohatchilar - Vatan bo'ylab" mavzusini yoritish uchun bo'limda o'rganilgan asarlar yuzasidan savol-topshiriqlar tuzing va barcha guruhga berishi aytiladi.

O'quvchilar taxminan quyidagicha savollar tuzadilar:

1-guruh:

1. 1991 yil 31 avgust nima uchun «Mangulikka tatigulik kun» deyiladi?

2. Mustaqillik sharofati bilan biz qaysi allomalarimizni tanib oldik?

3. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda nimalar rivojlandi?

4. Mustaqillikka erishgach, O'zbekistonda paxtadan tashqari nima ekila boshlandi?

5. Asakada qanday zavod qurilgan? U nimalar ishlab chiqarmoqda?

6. Siz qaysi allomalarimiz ijodiga qiziqasiz? Ular haqida bilganlaringizni so'zlab bering.

Tarixiy obidalar saqlanib qolgan shaharlar nomini yozing.

2- guruh:

1. "Iqboli buyuksan" degan birikmaning manosini misollar bilan tushuntirib bering.

2. Baxtli, omadli, muvaffaqiyatli kelajakka erishish uchun nimalar qilish kerak?

3. "Iqboli buyuksan" she'ri muallifi siz haqingizda nimalar degan?

4. Siz yoshlardan Vatanimiz nimalarni umid qilmoqda? Bu haqda qaysi asarda oz ifodasini topgan? Fikringizni asardan misollar keltirib asoslang.

3- guruh:

1. Qodir bobo nimalarni o'ylab qayg'urdi? Qodir boboning orzusiga munosabatingizni bildiring.

2. Siz nimalarni orzu qilyapsiz? Bunga nima sabab bo'ldi?

3. Hamma ham orzusiga erishadimi? Orzuga erishish uchun nimalar qilish kerak deb o'ylaysiz?

4. "Qodir boboning orzusi" asaridagi qahramonlarining kasbi nima edi? Bu kasb egalari nima bilan shug'ullanadi?

5. Hozirgi kunda asardagi qahramonlarning kasbiga ehtiyoj bormi?

6. Kasb tanlashda nimalarga e'tibor berish kerak? Inson o'zining moddiy manfaatingizni ko'zlaysizmi? Kasb tanlashda yana qaysi tomonlarni hisobga olish kerak deb o'ylaysiz?

7. Kasb bilan vatanparvarlik o'rtasida qanday bog'liqlik bor? 4- guruh:

1. Biz o'rgangan bo'limga qaysi asarlar "Mening uyim - mening kichik Vatanim" mavzusiga tegishli?

2. Vatan mavzusidagi qaysi asar sizning hissiyotingizga kuchli ta'sir ko'rsatdi? Nima uchun?

3. O'zingizning kichik Vataningizga bo' lgan munosabatingiz so'zlab bering.

4. Siz Vataningizning nimalari bilan faxrlanasiz?

Vatanimizdagi hozirgi bunyodkorliklarga 1 -2ta misol keltiring.

5- guruh:

1. "Sayohatchilar - Vatan bo'ylab" kezganda, ularning maqsadi nima bo'lgan?

2. Bo'limdagi qaysi asarlar kishilarni sayohatga chorlaydi?

3. To'lqin Ilhomov "Na'matak haqida qo'shiq" asari orqali nima demoqchi bo'lgan?

4. Normurod Norqobilovning "Xarita" hikoyasining bo'lim bilan qanday aloqadorligi bor?

5. Sizga "Xarita" hikoyasidagi qaysi qahramon yoqdi? Nima uchun yoqdi?

Barcha guruhlar uchun o'qituvchi quyidagi turdagi topshiriqlarni berishi mumkin:

1- tur. So'z va so'z birikmalarining ma'nosini yozing.

So'z va so'z birikmalari So'z va so'z birikmalarining ma'nosi

1 istiqlol

2 zaxira

3 obida

4 o'qimishli

5 abadiy

6 qishloq xo'jaligi

7 sanoat tarmoqlari

2-tur. Notanish matnni ifodali o'qish musobaqasi. Tanlanadigan matn^ vatan mavzusida va tuñi jarnda bo'lishi lozim. Masalan:

1-guruh uchun:

Ajdodlardan meros bo'lib qolgan tuproq, Bobolaming qon va ten tomgan tuproq. Qizg'aldoqlar ochilganda qilmay kanda, Qir, adirlar gulxan bo'lib yongan tuproq, To'kin-sochin dastoxonni solgan tupraq.

(Tursunboy Adashboyev)

2-guruh uchun:

Alla bo'lib jaranglagan Ona tilim - jonu dilim. Miï Alisher bobomlaráan, Meros bo'lib qolgan tilim Bobur Mirzo she'ridan Rang va ohang olgan tilim. SHunday tildan tonar bo'lsam Yoki o'gay sanar bo'lsam, Qiyma-qiyma bo'lsin tilim. Ona tilim - jonu dilim.

(Tursunboy Adashboyev)

3-tur. «Zinama-zina» o'yini. Bunda shohsupaga birinchi chiqqan gurnh unga «O'zbekiston bayrog'ini» o'rnatadi. Savol-topshiriqlar

1. O'zbekiston Respublikasi qachon mustaqilikka erishdi?

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. O'zbekistonning rivojlanib borayotganini asoslab bering.

3. O'zbekiston Respublikasi bayrog'ini ta'riflab bering.

4. «O'zbekiston kelajagi buyuk davlat» gapini kim aytgan?

5. O'zbekistonni yuksaltiгgan buyuk shaxslami ayting.

6. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan? V. O'zbekiston Respublikasi Gerbini ta'riflab bering.

S. O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining 4 qatorini aytib bering.

4-tur. Krossvorá yechish. Baгcha guгuh yechadi. Birinchi yechgan guгuh g'olib sanaladi.

Bo'yiga

1. Mustaqillik so'ziga ma'nodosh so'z. (Istiqlol)

2. O'zbekiston ramzi. (Bayroq)

3. CHaqaloq belanadigan narea nomi. (Beshik)

4. Eng mo'otabar zot. (Ona)

5. Farzandiga ona aytgan qo'shiq. (Alla)

6. O'zbekiston ramzi. (Madhiya) Eniga

7. O'zbekiston ramzi. (Gerb)

8. Madhiyaga kuy bastalagan kompozitor ismi. (Mutal)

9. Kalendarb so'ziga ma'nodosh so'z. (Yilnoma)

10. Yulduzlar ilmi bilan shug'ullangan olim ismi. (Ulug'bek)

11. Davlat qomusi. (Konstitutsiya)

12. O'zbekiston avtomobili nomi. (Neksiya)

13. Avtomobil zavodi joylashgan shahar. (Asaka)

14. Poytaxt nomi. (Toshkent)

Javoblar to'g'ri topilsa, eniga shu bo'limda yod olingan she'r nomini o'qiysiz.

(Iqboli buyuksan)

Guruhlarning har bir tur topshiriqlari bo'yicha to'plagan ballari e'lon qilinadi, faol ishtirok etgan o'quvchilar rag'batlantiriladi.

Dars guruhlar faoliyatini izohlash va baholash bilan yakunlanadi.

REFERENCES

1. К. Qosimova va b. Ona tili o'qitish metodikasi. - Т.: Noshir. 2009.

2. S. Matchonov. Adabiyot darslarida tahlil va talqin uyg'unligi. Til va adabiyot ta'limi. 7-son, 2020.

3. H. Bakiyeva. 4- sinf o'qish darslarida adabiy tahlil ko'nikmalarini shakllantirish. -T.: Nodirabegim. 2021.

4. S. Matchonov va b. 4-sinflarda o'qish darslari. -T.: Yangi yo'l poligraf servis. 2007.

5. S. Matchonov, X. G'ulomova va b. O'qish kitobi. 4-sinf uchun darslik. -T.: Yangi yo'l poligraf servis. 2020.

6. Г. Маматова. Бошлангич синфларнинг уциш дарсларида адабий-назарий тушунчалар устида ишлаш. Пед. фан. фал. док. (PhD) Тошкент. 2020.

7. Еуломова Х. Бошлангич синфда адабий таълимни ташкил этиш методикасига янгича ёндашув. Республика илмий-амалий конференция материаллари. Жиззах. 2020.

8. У. Шерматова. Чулпон ижодида табиат эстетикаси. и. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 338-345.

9. У. Шерматова. Чулпон ижодида истицлол гоялари. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 301-308.

10. Sh.Mardonov, U.Xo'jamkulov, Sh.Botirova, U.Shermatova The end to educate young people with the spirit of patriotism in the context of globalization. Journal of Critical Reviews, Malaysia, 2020, Vol.7, Issue 12, pp 166-169.

11. Jabborova Onahon Mannapovna, Jumanova Fotima Uralovna, Mahkamova Shohida Rahmatullayevna. (2020). Formation of artistic perception of future teachers. International journal of pssycological and rehabilitation, 24(4), 4087-4095.

12. Jabborova Onahon Mannapovna. (2019). Psycholocial and pedagogical foundations of the formation of the artistic perception of students in secondary schools. European journal of research and reflection in educational sciences, 7(10), 9-14.

13. Jabborova Onahon Mannapovna, Ismoilova Dilafruz Muhiddinovna. (2020, may). Optimation of primary education. ACADEMICIA: An international multidisciplinary research journal, 10(5), 1229-1232.

14. Мардонов Ш.К., Жаббарова О.М. Задачи уроков изобразительного исскуства в начальной школе. Academic research in educational sciences, Issue 3, 2020, pp 862-870.

15. Tojiboeva Gulmira Rifovna, Pulatova Dildora Turgunovna. Pedagogik kompetentlik: nazariya va amaliyot. Academic research in educational sciences, Issue 3, 2020, pp 209215.

16. Мусурмонов Рахматулла, Мусурманова Малуда. Уцитувчиларнинг касбий компетентлигини ривожлантиришда инновациялар. Academic research in educational sciences, Issue 3, 2020, pp 777-783.

17. Karimjonov Alijan, Jabborova Onakhon Mannapovna. Improvement of claster training system. Academicia An international multidisciplinary research journal, Kurukshetra (India), 2020, Issue 10, pp. 584-589.

18. Jabborova Onaxon Mannapovna, Umarova Zuhra Abduraxmanovna. Pedagogical conflicts in primary school students - as an important social-pedagogical problem. Solid State Technology, Great Britain, 2020, Issue 6, pp.235-241.

19. Мардонов Шукурулло ^улдошевич, ^уттибекова Гулжан Тулепбаевна. Structure and Mechanisms of Action of The Educational Cluster. International journal of Psychosocial Rehabilitation, United Kingdom, 2020, Issue 07, pp. 8104-8111.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.