Научная статья на тему 'ADABIY TA‟LIMDA INSHONING AHAMIYATI'

ADABIY TA‟LIMDA INSHONING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ADABIY TA‟LIMDA INSHONING AHAMIYATI»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

ADABIY TA'LIMDA INSHONING AHAMIYATI

K. P. Normetov

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti Tillar va maktabgacha ta'limi kafedrasi

o'qituvchisi, O'zbekiston komiljon_normetov.1204@mail.ru

Yozma nutq adabiy ta'limda ko'proq insho o'tkazish yo'li bilan rivojlantirilgani maqsadga muvofiqdir. Adabiyot fani bo'yicha o'rta ta'lim bitiruvchilariga qo'yilgan malaka talablarida CÍAdabiy-nutqiy kompetensiyalar manbalar asosida turli mavzularda insho va ijodiy matnlar (5-8 sahifa) yoza olish" talabi qo'yilganligi ona tili va adabiyot fani o'qituvchilariga yaxshi ma'lum [1:12]. Negaki, yozma ishlarning bu turida o'quvchida erkin fikrlash, narsa-hodisalarga mustaqil munosabat bildirish imkoni kengroq bo'ladi. Boshqa yozma ish turlarida bu imkoniyat bir qadar cheklangan bo'ladi. Masalan, bayon asosan matnni eslab qolish va qayta yozma hikoyalashga yo'naltirilgan bo'ladi. Bayon yozdirilganda, o'quvchilarning matnga munosabat bildirish va ijodiy yondashuviga o'rin qolmaydi. Nutq esa munosabat jarayonidagina o'ziga xoslik, ijodiylik va ta'sirchanlik kasb etadi. Shu ma'noda inshoning ahamiyati beqiyosdir. U o'quvchilarning bog'lanishli nutq malakalarini oshirishda eng muhim didaktik vosita hisoblanadi.

Insho so'zi arabcha bo'lib, "yozish", "belgilab qo'yish", "ijod qilish" ma'nolarini bildiradi. Insho - o'quvchining muayyan mavzu yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini tilning grammatik qoidalariga muvofiq tarzda mustaqil yozma bayon qilish usuli.

Bugungi kun adabiyot o'qitish metodikasi ilmida insho quyidagicha tasnif qilinadi:

I. Shakliga ko'ra:

a) og'zaki insho; b) yozma insho.

II. Pedagogik maqsadiga ko'ra:

a) ta'limiy insho; b) nazorat insho.

III. Yo'nalishiga ko'ra:

a) adabiy insho; b) erkin insho; v) adabiy-ijodiy insho.

IV. Janriga ko'ra:

a) rivoya insho; b) tasviriy insho; d) muhokama insho; ye) taqriz insho; f) munozara insho; g) tadqiqiy insho v.h.k.

Inshoning muvaffaqiyatli yozilishi to'lig' icha unga yaxshi tayyorgarlik ko'rishga bog'liq. O'quvchi inshoda yoritilishi lozim bo'lgan mavzuni atroflicha

343

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

bilishi kerak. Buning uchun u mavzuga tegishli materiallarni to'plab, saralab, eng keraklilaridan foydalangan holda o'z qarashlarini yozma shaklda ifodalashni uddalay olishi zarur.

Mashhur metodist olim S. Dolimovning: CiSinfda o'qituvchi rahbarligida analiz etilgan asar muhokama tarzida insho yozish uchun o'quvchilarga tayyor material beradi. Bu tayyor material tezis shaklida bo'lib, buni o'quvchi mustaqil ravishda kengaytirishi, faktlar bilan o'z fikrini isbotlashi va ...mustaqil ravishda tsitatalar kiritishi lozim", - deya berilgan tavsiyasi [2:12] ta'limiy insho yozish bosqichlarini tayin etishi, unda o'qituvchi va o'quvchilar amalga oshiradigan ishlar ko'lamini ko'rsatishi nuqtayi nazaridan g'oyat muhimdir.

Inshoni mazmunli yozish va berilgan mavzuni chuqur yoritishga erishish uchun o'quvchi oldin inshoga tegishli bo'lgan mavzu, epigraf, reja, tezis, dalil, kirish, asosiy qism, xulosa kabi tushunchalarni puxta o'zlashtirib olishi zarur.

Mavzu - inshoning nima haqda yozilishini belgilaydi va u umumlashma xarakterda, o'quvchi fikriga aniq yo'nalish berishni ko'zda tutadi.

Epigraf - ijodiy ishning asosiy yo'nalishini belgilab berishga xizmat qiladigan so'z, ibora, jumla, maqol yoki parcha. U biror mashhur shaxsning asaridan keltirilishi ham, o'quvchining o'z fikri bo'lishi ham mumkin.

Reja insho yozishda o'quvchining mavzu yuzasidan bilganlarini muayyan tartibga solish, ifodani chegaralash va ta'sirchanligini oshirish, fikrni tizim holiga keltirish, muhimni nomuhimdan ajratish vositasidir. Har qanday insho reja asosida yozilishi shart. Negaki, rejasiz yozilgan inshoning boshi-oxiri bo'lmaydi.

Tezis ijodiy ish mobaynida ilgari surilishi ko'zda tutilgan asosiy fikr va fikrlar yig'indisi bo'lib, o'quvchi uni oldindan tasavvur qilishi va iloji bo'lsa, qoralama qog'ozga yozib qo'yishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Dalil - o'quvchining o'z qarashlarini asoslash va bayon etilajak asosiy fikrning to'g'riligini isbotlashga xizmat qiladigan ma'lumot va vositalar yig'indisi. O'quvchi inshoda o'zi bildirgan har bir fikrga o'rganilgan asar yoki mavzuda talab etilgan hayotiy hodisadan dalil topishga o'rganishi kerak.

Kirish - yozma ishning zarurligi, mavzuning dolzarbligi va zarurligi nimadan iborat ekanligini ko'rsatishni ko'zda tutadigan, inshoda gap nima haqida borishini izohlab beradigan ijodiy unsur. "Kirish" qismining miqdori ko'pi bilan insho umumiy hajmining 10 foizidan oshmasligi maqsadga muvofiqdir.

Asosiy qism - mavzu to'liq yoritib berilishi, rejadagi asosiy bandlar ifoda etilishi lozim bo'lgan qismlar. Asosiy qism insho umumiy miqdorining 80 foizidan kam bo'lmasligi maqsadga muvofiq. Shunga erishilganda, mavzuning mohiyati to'laroq ochiladi.

344

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

Xulosa - ijodiy ish mavzusi yuzasidan chiqarilgan umumlashma to'xtam. Xulosa inshodagi asosiy umumlashtiruvchi fikr bo'lib, o'quvchining mavzu yuzasidan yozma ish faoliyati yakunini ko'rsatadi. Inshoning xulosasi umumiy mavzudan bevosita kelib chiqishi, shu vaqtga qadar keltirilgan dalillarga tayanib bildirilishi zarur fikrdir. "Xulosa" qismining miqdori insho umumiy hajmining 10 foizidan oshmasligi maqsadga muvofiq. Insho rejasida "Kirish, "Asosiy qism", "Xulosa" singari unsurlar alohida ko'rsatilmagani ma'qul ekanligini taniqli metodist olimlarimiz qayd etganlar [3:40].

Insho yozish tilning grammatik qoidalariga uzviy bo g' langan. Hozirga kelib o'quvchilar orasida savodxonlik darajasining keskin pasayib ketishiga asosiy sabablardan biri shuki, tilimizning imlo qoidalari, grammatik normalarini ishlab chiqishda hamisha ham chuqur ilmiy asoslarga tayanilmagan. Hali-hanuz ko'pgina grammatik qoidalar milliy tilning xususiyatlariga to'la muvofiq emas. Bular rus yoki ingliz tillari grammatikasidan ko'r-ko'rona nusxa ko'chirish tufayli paydo bo'lgan. Yangi yozuv va imlo qoidalaridagi bir qator sun'iyliklar ham o'quvchilarning yozma ishlarda xatoga yo'l qo'yish xavfini kuchaytirdi. Chunonchi, "-q", "-g"' tovushlari bilan tugagan so'zlardan keyin qaysi so'zlarga faqat "-ga" qo'shimchasini, qaysi so'zlarga esa "-ka" va "-qa" qo'shimchasini qo'shish kerakligi, "u" yuklama holida kelsa ham, bog'lovchi vazifasida qo'llansa ham chiziqcha (-) bilan yozilishi kerakligi kabi qoidalar o'quvchilarning savodxonligini ko'tarish yo'lidagi to'siqlarga misoldir.

Ta'limiy insholar o'qituvchi o'z oldiga qo'ygan pedagogik maqsadga ko'ra turfa ko'rinishlarda o'tkazilishi mumkin. Chunonchi, u yozma ko'rinishda bo'lganidek, og'zaki yo'sinda ham o'tkazilishi mumkin. Bir soat davomida olinganidek, bir darsning qandaydir bir qismida yozdirilishi ham mumkin. Qisqa vaqtda olishga mo'ljallangan insholar oldiga o'ziga yarasha maqsad qo'yiladi [4:63].

Nazorat insholar barcha sinflarda kamida to'liq bir soat, 10-11-sinflarda esa, ehtiyojga qarab, qatorasiga ikki soat davomida olinishi maqsadga muvofiqdir. Negaki, o'quvchilarning chorak, o'quv yilining yarmi yoxud to'la o'quv yili davomida olgan bilimlarini tekshirishga qaratilgan nazorat insholarning mavzulari o'quvchilarning qamrovli fikrlashiga qaratilgan bo'lib, ularning adabiyot va ona tili bo'yicha muayyan vaqt mobaynida qanchalik o'sishga erishganliklarini ko'rsatadi.

Insholarni tekshirish faqat o'quvchilar mehnatini baholashdangina iborat bo'lib qolmay, didaktik jihatdan samarali bo'lishi uchun ulardagi xatolarning tabiatini to'g'ri belgilash muhim ahamiyat kasb etadi.

Insholarda uchraydigan xatolar ularning tabiatiga ko'ra a) uslubiy; b) imlo; v) tinish xatolar tarzida uchga bo'linadi [5:215].

345

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

Uslubiy xato insho yozish jarayonida o'quvchilar tomonidan yo'l qo'yiladigan eng jiddiy xato hisoblanadi. Negaki, uslubda o'quvchi shaxsining intellektual darajasi, fikrlash yo'sini qandayligi aks etadi. Fikrlashida chalkashlik bo'lgan shaxs grammatik qoidalarni o'zlashtirgani bilan to'la savodli bo'la olmaydi. Didaktik nuqtayi nazardan uslubiy xato qo'pol xatolar sirasiga kiradi. Uslubiy xatoga yo'l qo'yilgan inshoning mazmuni chuqur bo'lishi mumkin emas. Shuning uchun ham inshoda birorta uslubiy xatoga yo'l qo'yilgan bo'lsa ham unga "5" (besh) baho qo'yilmaydi.

Imlo xatolari o'quvchining grammatik savodxonlik darajasini anglatadi. Bu xil xatoning ko'payib ketishi o'quvchining morfologiya va sintaksisga doir grammatik qoidalarni yaxshi o'zlashtirmagani va so'zlarning yozilish holatini bilmasligidan dalolat beradi. Bu xil xatolarga yo'l qo'ymaslik uchun o'quvchi so'z, qo'shimcha, so'z birikmalari va qo'shma gaplarning yozilishiga doir qoidalarni puxta o'zlashtirib, ularni istalgan vaziyatda qo'llay biladigan bo'lishi kerak.

Tinish xatolari ham muhim ahamiyatga ega bo'lib, hamma vaqt faqat punktuatsiyani anglatib qolmay, ba'zan grammatik qoidalarni ham bildiradi. Chunonchi, ergashgan qo'shma gaplar, ko'chirma gaplar, juft va takroriy so'zlar yozilishiga doir holatlarda qo'llanilishi kerak bo'lgan qo'shtirnoq ("") va chiziqcha (-) punktuatsiyaning emas, balki grammatikaning tadqiqot manbai hisoblanadi.

Alohida ta'kidlash kerakki, o'quvchilarning savodxonlik darajasini atay ko'tarish uchun inshoga ikkita baho qo'yish tajribasidan voz kechish maqsadga muvofiqdir. Shundagina o'quvchilarning yozma savodxonlik darajasi qanday ekani aniq ma'lum bo'ladi.

References / Adabiyotlar

1. Xalq ta'limi vazirining 2017-yil 3-iyundagi "O'rta ta'limning davlat ta'lim standartlari talablari asosida takomillashtirilgan o'quv dasturlarini tasdiqlash va amaliyotga joriy etish to'g'risida"gi 190-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan "Adabiyot fani o'quv dasturi"

2. Долимов С. Таълимий баён ва иншо. - Т.: «Укитувчи», 1968.

3. К,. Йулдошев, К,. Хусанбоева, Р. Ниёзметова. Адабий таълим технологияси буйича укув-услубий мажмуа. - Т.: 2017.

4. Богданова О. Ю., Леонов С. А., Чертов В. Ф. Методика преподавания литературы. - Москва: «Academa», 2004.

5. Долимов С, ва бошкалар. Адабиёт укитиш методикаси, - Т.: «Укитувчи», 1967.

346

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.