Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI INSHO YOZISHGA O‘RGATISH ORQALI YOZMA NUTQINI SHAKLLANTIRISH'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI INSHO YOZISHGA O‘RGATISH ORQALI YOZMA NUTQINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
22
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
insho / insho yozishga o‘rgatish / yozma nutqni shakllantirish / husnixat / imlo qoidalari / yozma nutq.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Jalilova Dilshoda Ural Qizi, Mardonova Nozimaxon Baxrom Qizi, Sharifova Zuhra Komil Qizi

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan holda insho yozishga o‘rgatish, ularning yozma nutqini shakllantirish haqida so‘z boradi. Shuningdek, o‘quvchilarni chiroyli yozishga o‘rgatish va so‘z boyligini o‘stirish orqali erishiladigan samaradorlik borasida ham fikrlar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI INSHO YOZISHGA O‘RGATISH ORQALI YOZMA NUTQINI SHAKLLANTIRISH»

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI INSHO YOZISHGA O'RGATISH ORQALI

YOZMA NUTQINI SHAKLLANTIRISH Jalilova Dilshoda Ural qizi, 2Mardonova Nozimaxon Baxrom qizi, 3Sharifova Zuhra

Komil qizi

1Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'limda ona tili va uni o'qitish metodikasi kafedrasi

o'qituvchisi

2,3Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'lim fakulteti 2-bosqich talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.11085039

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarini zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan holda insho yozishga o'rgatish, ularning yozma nutqini shakllantirish haqida so'z boradi. Shuningdek, o'quvchilarni chiroyliyozishga o'rgatish va so'z boyligini o'stirish orqali erishiladigan samaradorlik borasida ham fikrlar bildirilgan.

Kalit so'zlar: insho, insho yozishga o'rgatish, yozma nutqni shakllantirish, husnixat, imlo qoidalari, yozma nutq.

XXI asrga kelib butun dunyoda ilm-fanni o'rganishga bo'lgan ehtiyoj jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, maktablardagi ta'limga bo'lgan e'tibor ham kundan kunga oshmoqda. Sababi fan va texnologiyalar takomillashib borayotgan bu davrda eng zamonaviy va yangi bilimlardan yosh avlodni boxabar qilish o'ta mas'uliyatli vazifa hisoblanadi. Bu borada olib borilayotgan chora-tadbirlar o'quvchilarning bilimini yanada oshirish, ularning savodxonlik va kitobsevarlik qobiliyatlarini namoyon qilishga turtki bo'lmoqda. Endilikda olib borilayotgan dars mashg'ulotlarida ham o'quvchilarni bilim olishda susaytirib qo'ymaslik, ularni darslarga qiziqtirish uchun hattoki, chet el ilg'or pedagogik texnologiyalaridan ham foydalangan holda dars jarayonini tashkil etish zamonaviy ta'limning yuqori darajali talabiga aylanib ulgurdi. Shunga monand bugungi kunda mamlakatdagi umumta'lim maktablarida faoliyatda bo'lgan darsliklarda ham o'zgarishlar, yangiliklar kiritilib kelinyapti. Shu bilan birga muhtaram Prezident tashabbuslari bilan ta'lim-tarbiyaga oid ko'plab farmonlar ishlab chiqilmoqda. Xususan, Prezident Sh.M.Mirziyoyevning «O'zbekistonnig yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»1gi farmonida o'quvchilarni kelgusi hayotga tayyorlash va ularga o'z bilim va ko'nikmalaridan amaliyotda foydalanishni o'rgatuvchi malaka talablarini sinflar kesimida ishlab chiqish; fanlararo o'zaro aloqadorlik va sinflar kesimida davriylikka to'liq rioya qilgan holda o'quv dasturlari o'rtasida uzviylikni ta'minlash; yangi avlod darsliklarini o'qituvchining metodik qo'llanmasi, o'quvchining mashq daftari va multimedia ilovasi bilan birga kompleks tarzda yaratish va nashr etish; o'quvchilarning fan bo'yicha egallagan bilimlari bilan bir qatorda savodxonlik, kompetensiya va shaxsiy sifatlarini baholash hamda kasblarga bo'lgan qiziqishini aniqlash tizimini joriy etish haqida bir qator fikrlar aytib o'tilgan.

Ushbu yaratilayotgan imkoniyatlardan ko'rinib turibdiki, ilg'or va puxta bilimga ega bo'lgan yoshlar vatan ertasidir. Shunday ekan, bu ustuvor vazifani amalga oshirishda pedagog xodimlar uchun ham ko'pgina talab va majburiyatlar yuklatilmoqda. Eng avvalo, pedagoglar eng so'nggi qonun va farmonlardan boxabar bo'lishi,zamon bilan hamnafas holda dunyoda ro'y berayotgan ilm-fanga oid yutuqlar bilan doimiy ish olib borishi,eng zamonaviy ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan ish olib borishi, ommaviy axborot madaniyati qoidalarini bilishi, boy metodik

1 O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini

rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida''gi 06.11.2020-yildagi PF-6108 sonli farmoni

zaxiraga ham ega bo'lishi lozim. Shu bilan birga o'quvchilarni darslarga qiziqtira bilishi, dars jarayonini samarali va mazmunli tashkil etish uchun turli kreativ metodlardan foydalanishi kerak.

Xususan, boshlang'ich sinflarda insho va bayon yozishga tayyorlashda o'qituvchining metodik bilim saviyasi kuchli bo'lishi o'quvchilarni tezda insho va bayon yozish ko'nikmasining shakllanishiga asos bo'ladi. Ma'lumki, yozma nutq og'zaki nutqdan birmuncha shakllanganligi, so'zlarning mohirlik bilan tanlanishi, grammatik jihatdan ham aniq, ammo murakkab tarkib topganligi, og'zaki nutqqa mansub bo'lgan ohang, qo'l harakatlari va mimikalardan bevosita holiligi bilan farqlanadi. Yozma nutq murakkab jarayon hisoblangani uchun ham u ko'p vaqt talab etadi. Bunday nutq davomida inson o'z-o'zini kuzatib borish imkoniyatiga ega bo'ladi. Yozma nutqda savodxonlik va mazmundorlik asosiy o'ringa qo'yiladi. Yozma nutqni o'stirish ham bevosita tilning grammatik qurilishi va lug'at qatlamini mukammal o'zlashtirish bilan bog'liqdir.

Yozma nutq uchun quyidagi asosiy talablar qo'yiladi:

✓ Har bir so'z, har bir jumla asosiy mazmunni va muallifning maqsadini ochish uchun xizmat qilishi, mantiqli va izchil ifodalanishi zarur;

✓ Yozma nutqdagi fikrlar ifodali, qiziqarli, uslubiy jihatdan sodda va ravon ifoda etilishi

kerak;

✓ Yozma nutq jarayonida adabiy til me'yorlariga rioya etish, til boyligidan keng va ijodiy, eng muhimi, o'rinli foydalanish maqsadga muvofiq.

Yozma nutq orqali og'zaki nutqni rivojlantirishga ham erishish mumkin. Chunki matn tuzish, asosiy fikrlarni shakllantirish inson muloqotining ajralmas qismi hisoblanadi. Boshlang'ich sinf ona tilida darslarida darslarida o'quvchilarning yozma nutqlarini o'stirish ularning fikrlash qobiliyatlarini ham rivojlantirishga yordam beradi. O'quvchilarning tafakkur doirasini kengaytirish uchun ham xizmat qiladi. Shu bois o'qituvchi o'tilgan mavzu yuzasidan o'quvchilarning nutq ko'nikmasini o'stirishga e'tibor berishi lozim.

Ko'plab kuzatishlar natijasida ham o'quvchilarning yozma nutqi ularning og'zaki savodxonligiga ijobiy ta'sir o'tkazishini aniqlangan. III-IV sinflarda o'quvchilarning yozma nutqini rivojlantirish uchun bir qancha turdagi ishlardan foydalaniladi. Jumladan, ma'lum bir grammatik qoida asosida matn mazmunini qayta hikoya qilish; rasmlar, kinofilmlarda ko'rganlari yoki shaxsiy tassurotlari va eshitganlari asosida turli mavzulardagi insholar yozish, o'qilgan badiiy asar yoki tomosha qilgin kinofilm yoki spektallari asosida ularga taqriz yozish orqali ularning yozma nutqini ma'lum bir darajada o'stirishga erishish mumkin.

O'quvchilarning yozma nutq madaniyati oshgani sayin og'zaki nutqi ham u bilan hamohang tarzda rivojlanib boradi. Buning natijasida esa boshlang'ich sinf o'quvchisi o'qigan badiiy asari, tomosha qilgan biror kinofilmi yuzasidan o'z fikrini mustaqil ravishda ifoda eta biladi.

Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, o'quvchilarning yozma nutqni shakllantirish va rivojlantirish uchun ularga ko'proq insho va bayonlar yozishni mashq qildirish samarali natija berishi mumkin.

Insho yozish uchun eng avvalo, uni yozish uchun mavzuga doir bo'lgan bilimlarni egallash zarur. To'g'ri, bir urinishdayoq o'quvchilar yaxshi natijaga erisha olmasliklari mukin. Takror va takror yozishlar natijasida esa insho yozish ko'nikmasi malakaga aylanib boradi. Ushbu malakaning zamirida esa chuqur bilim va tinimsiz izlanish hamda mehnat yotadi.

Har bir ishning tartib-qoidalari bo'lgani kabi insho va uni yozishning ham talablari bor. Insho mavzusi tanlab olingandan so'ng u ma'lum reja asosidagi ketma-ketlikda yoziladi. Puxta reja inshoning mazmunli va sifatli bo'lishiga xizmat qiladi. Insho faqatgina ma'lum asarning

mazmuni bo'lib qolmaydi, balki unda o'quvchining shu mavzu yuzasidan mustaqil fikrlari, qarashlari hamda taassurotlari o'z aksini topadi. Inshoda o'quvchining shaxsiy fikrlari va boshqa manbalardan olgan bilimlari farqlanib turishi kerak. Boshqalarning fikrini o'zinikidek ifoda etib berish salbiy baholanadi.

O'quvchilarni insho yozishga o'rgatishda ularning ijodiy va kreativ yondashuvlarini yuzaga chiqarish kerak. Buning uchun har xil metodlardan foydalanish samanli bo'ladi. Masalan, «Spektakl» metodidan boshlang'ich sinf o'quvchilariga insho yozishga o'rgatishda foydalanish mumkin. Bu metodga asoslanib, insho yozishga mo'ljallangan biror ertak yoki mavzu yuzasidan o'quvchilarga sahna ko'rinishi tashkil etib beriladi. Bu usul o'quvchilarning o'qib tushunishdan ko'ra, ko'rib tushunishlari osonroq va samaraliroq ekanligini isbotlaydi. Sahna ko'rinishi yakunlangach, o'quvchilar mavzu yuzasidan fikr va qarashlarini o'z insholarida bayon etib beradilar. Ushbu metod o'quvchilarni bir xillikdan uzoqlashtiradi va insho yozishga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshiradi. Shu bilan birga ularni mustaqil va ijodiy fikrlashga undaydi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalari zamon talablariga javob beradigan darajaga yetishini ta'minlash bugungi kun pedagoglarining qo'lida. Bu oliy vazifani amalga oshirishda esa o'qituvchilar zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda darslarga kreativ yondashishlari talab etiladi.

REFERENCES

1. ''O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida''gi 06.11.2020-yildagi PF-6108 sonli farmoni

2. Jalilova D. Ta'lim jarayonlarining samaradorligini oshirish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati. "Sifatli ta'lim — taraqqivot povdevori" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya to'plami / / Toshkent, 2023-yil 20-aprel. 282-286-betlar.

3. Nuradilova Aselxan Dilshodxo'ja qizi.O'quvchilar nutqini to'g'ri shakllantirishda pedagogik tarbiyaning ahamiyati. https://scholar.google.ru/citations?view op=view citation&hl=ru&user=n79KHFoAAAAJ &citation for view=n79KHFoAAAAJ:W7OEmFMy1HYC

4. Xadicha Jabborovna Sattorova. USE OF DIDACTIC MATERIALS IN MOTHER LANGUAGE AND READING LITERACY LESSONS. Galaxy international interdisciplinary research journal (GIIRJ) . ISSN (E): 2347-6915 Vol. 11, Issue 10, Oct.(2023) https://internationaljournals.co.in/index.php/giirj/article/view/4440

5. Qosimova Aziza Farhod qizi. Til va adabiyot ta'limida innovatsion va integratsion yondashuv. Turkiy xalqlar filologiyasida fundamental tadqiqotlar va innovatsion ta'lim texnologiyalari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. 2022-yil. 873-876-betlar. https://scholar.google.ru/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=DuLpmPQAAAAJ &citation for view=DuLpmPQAAAAJ:2osOgNQ5qMEC

6. https://vt.me/jalilova dilshoda 2292

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.