Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARDA ESSE YOZISH MALAKASINI SHAKLLANTIRISH ZARURATI'

O‘QUVCHILARDA ESSE YOZISH MALAKASINI SHAKLLANTIRISH ZARURATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
445
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yozma nutq / matn / matn tuzish / ijodiy matn yaratish / bayon / insho / esse. / written speech / text / composing a text / creating a creative text / statement / essay / essay.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Avezova, Dilnura

Mazkur tezisda ona tili ta’limida yozma nutqni shakllantirish metodikasi sohasida olib borilgan tadqiqot ishlari mazmuni, ularning esse yozishga o‘rgatishga oid ta’lim mazmunini ishlab chiqishdagi imkoniyatlari hamda o‘zbek tilini o‘qitish metodikasida esse yozish malakalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish zarurati mavjudligi xususida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

O‘QUVCHILARDA ESSE YOZISH MALAKASINI SHAKLLANTIRISH ZARURATI

In this article, the contents of the research work carried out in the field of the methodology of the formation of written speech in mother tongue education are highlighted. There is talk about their possibilities in developing the educational content for teaching essay writing and the need to improve the methodology of forming essay writing skills in the methodology of teaching the Uzbek language.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARDA ESSE YOZISH MALAKASINI SHAKLLANTIRISH ZARURATI»

www.onens.uz

O'QUVCHILARDA ESSE YOZISH MALAKASINI SHAKLLANTIRISH

ZARURATI

Dilnura Avezova,

TDPU o'qituvchisi

Annotatsiya. Mazkur tezisda ona tili ta'limida yozma nutqni shakllantirish metodikasi sohasida olib borilgan tadqiqot ishlari mazmuni, ularning esse yozishga o'rgatishga oid ta'lim mazmunini ishlab chiqishdagi imkoniyatlari hamda o'zbek tilini o'qitish metodikasida esse yozish malakalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish zarurati mavjudligi xususida so 'z boradi.

Kalit so'zlar: yozma nutq, matn, matn tuzish, ijodiy matn yaratish, bayon, insho,

esse.

Abstract. In this article, the contents of the research work carried out in the field of the methodology of the formation of written speech in mother tongue education are highlighted. There is talk about their possibilities in developing the educational content for teaching essay writing and the need to improve the methodology of forming essay writing skills in the methodology of teaching the Uzbek language.

Key words: written speech, text, composing a text, creating a creative text, statement, essay, essay.

O'quvchilarning yozma nutq malakalarini shakllantirish masalasi ona tili ta'limining eng asosiy maqsadlaridan biri sanaladi. Ona tili ta'limida yozma nutq malakalarini shakllantirish jarayoni turli uslubdagi matnlarni yaratish bilan bog'liq holda olib borilib, ular orasida aynan esse yozish, o'quvchilarni ushbu jarayonga tayyorlash, yozilgan esselarni muayyan mezon asosida baholash masalasi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

Bunda tadqiqotchilarning asosiy e'tibori esse yozishning pedagogik va psixologik tamoyillarini o'rganish, esse yozish metodikasini ishlab chiqishga oid yondashuv va tamoyillarni tahlil qilish, ular asosida yangi ta'lim mazmuni(egallanadigan bilim, ko'nikma va malakalar, uni shakllantirish jarayoni, mashq va topshiriqlar tizimi, baholash)ni yaratishga qaratilishi lozim.

Aslida o'zbek tili o'qitish metodikasida o'quvchilarni yozma nutq bilan bog'liq malakalarini shakllantirish masalasi doimiy tarzda metodist olimlarning diqqat-markazida bo'lib, shu kungacha amalga oshirilgan tadqiqotlarning asosiy mazmuni o'quvchilarda insho, bayon va ijodiy matn yaratishga oid bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish metodikasini ishlab chiqishga qaratilgan. Xususan, mazkur mavzuda tadqiqot olib borgan T.Ziyodovaning tadqiqot ishi[1]da matn va uni yaratish

www.onens.uz

texnologiyasi to'g'risida so'z boradi. Tadqiqotchi o'z izlanishlari davomida yozma ish mazmunining mavzu va uning nomlanishi bilan uyg'unligini ta'minlashga, matn yaratishda reja tuzishga, unga qo'yiladigan asosiy talablar, matn mazmunining izchilligini ta'minlashga oid metodik tavsiyalarni ishlab chiqishga e'tiborni qaratgan. Bunda tavsiya etilgan usullarning aksariyati ijodiy matn yaratish bilan bog'liq bo'lib, bugungi kunda o'quvchilar doimiy ravishda yozib kelayotgan yozma ish turlari insho, bayon yoki matn yaratish jarayoni uchun samarali usullar hisoblanadi. Biroq, tavsiya etilgan usullar esse janriga tegishli bo'lgan ko'nikmalar: tanqidiy, kreativ, ijodiy fikrlash, ularni yozma shaklda ifodalash bilan bog'liq ko'nikmalarni shakllantirish uchun yetarli hisoblanmaydi.

"Boshlang'ich sinflar ona tili darslarida o'quvchilarni matn yaratishga o'rgatish metodikasi" mavzusidagi ilmiy ishda ona tili ta'limi mazmuni nuqtayi nazaridagi matn qurilishiga oid nazariy talqin, ona tili darslarida matn tuzilishini o'rgatish bilan bog'liq yondashuv va tamoyillar, ona tili ta'limida o'quvchilarga matn yaratishni o'rgatish mazmuni va metodlari haqida so'z boradi [2]. Bundan anglash mumkinki, ushbu tadqiqot ishi ham yozma nutqqa xos bo'lgan 2010-yillardagi ta'lim dasturlarida ifodalangan ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan bo'lib, ularni zamon talablariga moslashtirish bugungi kun ona tili ta'limini o'qitish sohasida taqiqot olib borayotgan soha mutaxassislarining vazifasidir.

Matn tuzishga o'rgatishning psixologik va metodik asoslari masalasi M.Rixsiyevaning tadqiqot ishida alohida o'rganilgan bo'lib, ushbu tadqiqot ishida matn tuzishni o'rgatishga oid namunaviy mashqlar keltirilganini ko'rish mumkin [3]. Shuningdek, bunday mazmundagi metodik ko'rsatmalar bilan ushbu muallif bilan hamkorlikda tayyorlangan "Insholardagi matniy xatolar, ularni tuzatish metodikasi" mavzusida yozilgan monografiya[4]da yanada kengroq mazmunda tanishish mumkin. Mazkur qo'llanma bilan tanishar ekanmiz, unda matnning funksional-semantik turiga xos kompozitsion qurilishi, ularga oid xususiyatlar, ona tili darsliklarini matn tuzishga o'rgatishga oid mashq va topshiriqlar bilan to'ldirishga oid zarur tavsiyalar berilganligining guvohi bo'ldik.

Yozma nutqni hosil qilish bevosita o'quvchilarning tafakkur darajasi bilan bog'liqligini, ayniqsa, esse yozishda buning ahamiyati kuchli ekanligini alohida ta'kidlagan holda mazkur mavzu doirasida olib borilgan tadqiqot ishlaridagi yozma nutq ko'nikmalarini shakllantirishga oid lingvodidaktik asoslar bilan tanishish muhim sanaladi. Aynan X.Bakiyevaning boshlang'ich sinf o'quvchilarida nutq va tafakkurni o'sitirish yuzasidan olib borgan ilmiy tadqiqoti[5]da boshlang'ich sinf ona tili ta'limida mustaqil ishlar orqali o'quvchilarning nutqi va tafakkurini rivojlantirish texnologiyalari takomillashtirilgan bo'lib, unda og'zaki va yozma nutqqa oid lug'at boyligini oshirishning samarali usullari ishlab chiqilgan.

www.oriens.uz

O.Yeshimbetovning boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'zbek tilidan bog'lanishli nutqini rivojlantirish metodikasi mavzusida yozilgan ilmiy tadqiqotida o'quvchilarning nutq o'sitirsh, so'z boyligini rivojlantirish hamda bog'lanishli nutqini rivojlantirish usullari o'rganilgan [6].

Bundan tashqari, esse yozishning o'zbek tili ta'limi jarayoniga so'nggi yillarda olib kirilganligini hisobga olgan holda aytish mumkinki, bugungi kunda yosh tadqiqotchi va amaliyotchi o'qituvchilarning ham mazkur mavzu bilan bog'liq o'ziga xos qarashlari mavjud. Xususan, X.Erkinovaning "O'quvchilarda mulohaza (agree or disagree) mazmunidagi esselar yozish ko'nikmasini shakllantirish" [7], N.Yuldashevaning "Yozma nutqni rivojlantirishda badiiy asarlardan foydalanish", D.Nurmuhamedovaning "Nutqiy kompetentlikni rivojlantirishda tanqidiy fikrlashning o'rni", M.Qurbonboyevaning "Ona tili va adabiyot fanlaridan milliy test topshiriqlarining validligiga doir" [8] kabi mavzulardagi maqolalarida esse yozish makalarini shakllantirishga oid ayrim tavsiyalarni uchratish mumkin.

Umuman olganda, yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan anglash mumkinki, bugungi kungacha o'zbek tilini o'qitish metodikasida o'quvchilarning yozma nutqqa xos ko'nikmalarini shakllantirish masalasi, ularning nutqi va tafakkurini rivojlantirish, so'z boyligini oshirish hamda matn yaratish bilan bog'liq mavzularda bir qancha tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Ammo, barchamizga ma'lumki, esse yozishga o'rgatishga oid ta'lim mazmuni biz odatlangan matn yozishga oid bilim, ko'nikma va malakalarni hosil qilish jarayonidan o'ziga xos jihatlari bilan farqlanadi. Shu sababli, o'zbek tilini o'qitish metodikasi sohasida ona tili ta'limida esse yozish malakasini shakllantirish mavzusida maxsus tadqiqot ishi olib borish, jarayonda umumta'lim maktablarining ona tili darslarida esse yozish malakasini shakllantirish imkoniyatlarini kengaytirishga oid tavsiyalar ishlab chiqish, esse yozishga oid malakalarni shakllantirish jarayonini tashkil etish texnologiyalarini o'rganish va ular asosida metodik tavsiya ishlab chiqish, ona tili ta'limida o'quvchilarning esse turlarini farqlab yozish ko'nikmasini shakllantirishga oid metodik ishlarning mazmuni va metodlarini ishlab chiqish, metodik tavsiyalar tayyorlash zarurati mavjud.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. napgaeBa H. AHÖap OTHH nnpHKacnga öagHHH^CTeTHK ngean Macanacn. -XOPA3M MALMYH ÄKA^EMH^CH AXBOPOTHOMACH. XnBa. 2023. № 8/4.

2. Qodirova M. Husainova F. Sharq klassiklari merosidan. Toshkent: 1981. O'zbek Fanlar akademiyasi.

3. Qodirova M. XIX asr o'zbek shoiralari ijodida inson va xalq taqdiri. -T. : Fan. 1977.

www.onens.uz

4. Xudoynazarova D. XIX asr shoiralar ijodida badiiy san'atlar jilosi. "Pedagogika" jurnali №2. 2002.

5. Зиёдова Т.У. Матн яратиш технологияси. Монография. - Т.: Фан, 2008. -160 б.

6. Bekniyazova N.I. Boshlang'ich sinflar ona tili darslarida o'quvchilarni matn yaratishga o'rgatish metodikasi. Monografiya. - T., 2012.

7. Рихсиева М. Таълим рус тилида олиб борилаётган мактабларнинг узбек тили дарсларида укувчиларга матн тузишни ургатиш методикаси. Пед.фан.номз. ...дисс. - Т., 2009.

8. Yo'ldoshev R.A., Rixsiyeva M.M. Insholardagi matniy xatolar, ularni tuzatish metodikasi. - T.: Fan va texnologiyalar, 2019.

9. Bakiyeva X.S. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida mustaqil ta'lim orqali nutq va tafakkurni rivojlantirish / H.S. Baqiyeva /Pedagogika bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati // S.: - 2019.

10. Ешимбетов О.Ж. Бошлангич синф укувчиларининг узбек тилидан богланишли нуткини ривожлантириш методикаси (таълим коракалпок тилида олиб бориладиган мактаблар мисолида). Педагогика фанлари буйича фалсафа доктори диссертацияси. - Т., 2022.

11. Erkinova X. O'quvchilarda mulohaza (agree or disagree) mazmunidagi esse yozish ko'nikmasini shakllantirish. Ona tili ta'limida o'qitish va baholash muammolari. Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. - T.: 2022.

12. Atabayeva G.F. The sign content of "Ffu" novel // Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, USA. 2022. - P.139-142. (Impact Factor - 8.0).

13. Atabayeva.G.F. "Humanizm in the novel of A. Yakubov" aктуальные проблемы тюркологии: россия и тюрко-мусульманский 2021 МИР

14. Pardaeva Nigora BILINGUALPOET - ANBAR OTIN. Актуальное в филологии. № 3 2021/6/11

15. Omanova M.A. Updating views on literary heroes and glory in the novels of the period of independence //Novateur publications JournalNX-A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal. Volume 6, ISSUE 10, Oct. 2020 - P 415-419. (Impact Factor -7.223).

16. Omanova М.А., Якубов И.А. The place of traditional motives and symbols in the plot and composition of national novels // Journal of critical reviews. Malaysiya. 2020. - P. 2903-2910.

17. Kalandarova D. "Attitude to uzbek folklore in the research of karl reichl". ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 11.5 (2021): 500-503.

www.oriens.uz

18. Kalandarova D. "Issues of Uzbek Folklore and its Research in Germany". Journal of Positive School Psychology 6.9 (2022): 4395-4398.

19. M.N.Kadirova. The Need For Improving The Methodology Of Teaching Folklore. International Scientific-Online Conference: Intellectual Educationtechnological Solutions And Innovative Digital Tools. Netherlands.

20. Mashkhura Kadirova. "The Need For Improving The Methodology Of Teaching Folklore In Distance Learning" Lecturer, Department of Uzbek language and literature of Tashkent State Pedagogical University named after Nizami, Uzbekistan,

21. Ypa36aeBa M. Aen xapaKTepnHH onnmga SagnHH HyTKHHHr ypHH. GOLDEN BRAIN. 2023, 193-199 b.

22. O'razbayeva M. XX asr ozarbayjon adabiyotida Ganjaviy obrazi tasviri. Nizomiy Ganjaviy va xamsachilik an'anasi nomli ilmiy konferensiya materiallari to'plami. - Toshkent. 2024 -yil.

23. Kahramanov K. Naim Karimov Is a literary scholar, Scholar and critic. Rivista Italiana di Filosofía Analitica Junior. 2023, Vol 14. ISSN: 2037-4445.

24. Makhbuba Urazbayeva, Burkhanova Feruza, Pardayeva Nigora, Atabayeva Gozal, Qodirova Mashhura. Issues of Distribution of Bear Image in Uzbek Novels. Journal of Advanced Zoology. 2023. 2184-2192 p.

25. Achilov, N. K. (2022). The image of a historical person and its epical interpretation. Open Access Repository, 8(05), 126-132.

26. Achilov, N. (2022). EPIC KNOWLEDGE DECLINE AND FACTORS OF THE EMERGENCE OF FAKE EPOS. Journal of Integrated Education and Research, 7(2), 192-202.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.