ACTING SKILL IS THE MAIN PROFESSIONAL FACTOR OF AN ACTOR
Aydos Janabaevich Otepbergenov Uzbekistan State Institute of Arts and culture Nukus branch
Abstract: The article emphasizes that the science of acting is the main factor of the acting profession. The process of teaching this subject requires improving the integration of such elements as practical assimilation of theoretical knowledge and education of the actor.
Keywords: acting skill, student, actor, creativity, professional skill, experience
AKTYORLIK MAHORATI - AKTYORNING KASBIY BOSH OMILI
Aydos Janabaevich Otepbergenov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali
Annotatsiya: Maqolada aktyorlik mahorati fani aktyorlik kasbining asosiy omili ekanligiga alohida urg'u berilgan. Mazkur fanni o'qitish jarayoni nazariy bilimlarni amaliy jihatdan о'zlashtirish hamda aktyor shaxsni tarbiyalash kabi unsurlarni bir-biri bilan uzviy bog'liklikda olib borishni takomillashtirishni talab etadi.
Kalit so'zlar: aktyorlik mahorati, talaba, aktyor, ijodkorlik, kasbiy mahorat, tajriba
Aktyor barcha ijodkorlar kabi, o'z ijodi bilan hayotning har qanday muammosini yoki kamchiligini, uni qiynayotgan dardni jamiyat va zamondoshlariga yetkazishga harakat qiladi. Aktyor - sahna ijodkori. U, o'zini o'rab turgan butun borliqni chuqur, zavq-shavq bilan qabul qilib, o'zi talqin qilayotgan timsollar hayotini xuddi o'zinikiday his qila oladi, ularning dardi va baxtini o'z zimmasiga olib, hayotlarini kechiradi. Aktyorning yuksak mahorati, uning boy, ta'sirchan qobiliyati, asablarining sozlanganligi, chuqur his - tuyg'ulari hayotni to'la qabul qila bilishidadir. Sahna ijodkorlarini tarbiyalab, voyaga yetkazishda pedagogning ko'plab qiyinchiliklarni yechishiga to'g'ri keladi. Bu har bir talabaning o'ziga xos ijod iy qirralarini ochish, faolligini oshirish, hazil-mutoyiba tuyg'ularini, ta'sirchanlik qobiliyatini uyg'otish va rivojlantirish, ijodiy taassurotini ochish, voqelikni chuqur va badiiy qabul qilish, dunyoqarashlarini boyitish, bilimlarini kengaytirish va shu bilan birga aktyorlik mahorati texnikasining asoslarini singdirishdir.
Albatta, bularning hammasi o'zaro bog'liq ekanligini ko'ramiz. Aktyorlik mahorati texnikasini o'rgata turib, talabaning ichki dunyosini boyitish, dunyoqarashini kengaytirish, sahnaning bor imkoniyatlaridan to'g'ri foydalanishga
o'rgatish mumkin. Shu bilan birga pedagogdan ta'lim berishda har bir tarbiyaviy jihatga alohida uslubiy yondoshish talab etiladi. Serqirra aktyorni tarbiyalashda muhim bo'lgan murakkab jarayonni belgilab olish lozimdir. Bu muhim jarayon -ahloqan barkamol, o'z xalqi va san'at oldida yuksak javobgarlikni shakllantirishdadir.
Aktyorlik kasbida aktyorning ahloqiy ta'limi, dunyoqarashi muhim ahamiyatga ega, chunki aktyor o'z ish faoliyatida o'zgalarga taqlid qilib, faqat sxemalardan foydalanadigan hunarmandga aylanib qolishi yoki birovga o'xshamasdan mustaqil izlanishlar natijasida o'zining betakror rollari orqali sahnada yaratgan timsollarini maromiga yetkazishi mumkin.
Shu bilan aktyor o'zining kim ekanligini, tor doirada fikrlaydigan meshchan yoki o'z zamondoshlari oldida burchini to'liq his etuvchi vatanparvar inson ekanligini namoyon etadi[1:5].
Garchand "Aktyorlik mahorati" darslari asosan "ustoz-shogird" tizimiga tayansada, talabalarning mustaqil tayyorgarlik ko'rishlari, rol ustida mustaqil ishlashi uchun, badiiy adabiyotlar o'qish bilan birgalikda mashhur rejissyor va aktyorlarning ijodiy tajribasiga tayanib, ular haqidagi kitoblardan muntazam ravishda foydalanib borishlari zarur. Hozirgi kunda zamon talablaridan kelib chiqib, kino, televidenie, radio, ommaviy teatrlashtirilgan tomoshalar keng rivojlanib, to'laqonli ijodiy faoliyat ko'rsataoladigan san'atkor aktyorlarga talab ortib bormoqda. Mazkur talablardan kelib chiqqan holda, keng qamrovli ijodiy faoliyat yurita oladigan aktyorlarni tarbiyalash dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Bo'lajak aktyor o'z shahsiyatini qanchalik chuqurroq bilsa, eng yaxshi aktyor bo'lishi mumkin. Aktyorlik mahorati elementlaridan dastlabkisi - vazifani eshitish va aniq bajarish ko'nikmasi ilk bosqichdanoq katta e'tibor bilan guruh bo'lib amaliy bajarishga o'rgatiladi. Bu ko'nikma shakllangach diqqat, erkinlik, tasavvur, ko'rish, xis qilish, baholash va munosabat bildirish kabi unsurlarni o'zlashtirishga navbatma-navbat o'tiladi.
Bo'lajak aktyorlar o'zlariga kuch beradigan narsalarni juda yaxshi tushunishinlari kerak. Aktyorlik kasbini o'rganishda yaratayotgan obrazlarining qorong'u tomonlarini, qalb jarohatlarini, e'tiqodlarini, ustuvorliklarini, qo'rquvlarini nima boshqarayotgani, ularni sharmanda qiladigan narsa va mag'rurlik bilan to'ldiradigan narsa har bir ijrolarining tomoshabin tomonidan aktyor sifatida jalb qiladigan bo'yoqlardir.
Aktyorlik kasbi bu shunchaki mashhurlik niyatida yengil yelpi orzularni amalga oshirish uchun toptaladigan maydon emas. Bu san'at turi juda murakkab va o'rganib tamomlanadigan sahradlardan tashkil topgan cheksiz olamdur. Agar talabalarda o'z kasbiga muhabbat va sadoqatni shakllantirmas ekanmiz, ularni to'g'ri yo'lga sola olmaymiz.
Yoshlarni to'g'ri yo'lga boshlashda pand-nasihat bilan kifoyalanib bo'lmaydi.
Ezgulikni, yurtparvarlikni, insoniy fazilatlarni kamol toptirishga xizmat qiladigan amaliy ishlar qilish kerak.
Ana shunday amaliy tarbiya omillaridan biri san'atdur.
Aktyorlik - murakkab va nozik san'at. Uni egallamoqchi bo'lgan ijodkor butun qalb-qo'rini, hayotini bag'ishlashi kerak. San'at kishilarini tarbiyalashda juda katta kuch darkor. Endigina pedagogika yo'liga kirib kelgan nazariy jihatdan pishiq va yangi bilimlarga ega bo'lgan pedagog qanchalik bilimli va shijoatli bo'lmasin unga tajriba va malaka kerak. To'g'ri bazi bir o'ziga va bilimiga ishongan yosh pedagoglar buni rad etishlari mumkin ammo tajriba va malakasiz san'at kishisini tarbiyalash anchayin mushkul ish.
- Avvalo tajriba. (amaliy va nazariy bilimlar uyg'unligida) Tajriba pedagogni sayqallaydi va qaysi bir yo'lni tanlasam to'g'ri bo'lar ekan? Degan savolga javob topaman deb talabalarni tajriba quyoniga aylantirmaydi. Amaliy jihatdan kuchli pedagog bo'lajak aktyorlarga amalda ko'rsatgan holda darslarni tushuntira boshlaydi va talaba juda tez anglab oladi. Biroq bu holatda talabada taqlid tushunchasi paydo bo'ladi. Bu esa o'z navbatida hatolarni va kamchiliklarni keltirib chiqaradi. Bunga sabab talaba ustozi qanday ko'rsatib tushuntirib bergan bo'lsa shunday qabul qiladi va o'zidagi qobiliyatni ortga tashlab ustozidan ko'rganini qabul qiladi. Shu o'rinda savol tug'uladi. Nima ustozlar amalda ko'rsatib ijro qilib bermasligi kerakmi? Yo'q buni rad etib bo'lmaydi lekin, talabaga avvalo nazariy jihatini tushuntirib berish va talaba qanday tushuncha olgan bo'lsa shunday ijro qilishiga sharoit yaratib berish kerak ana undan so'ng amaliy jihati tushuntirilsa talabadagi ijodiy o'sish ko'zga yaqqol tashlanadi.
- Sodda va mukammal tushuntirish. Talabalarga biror bir mavzuni tushuntirayotganda iloji boricha sodda ammo mavzuning aniq tasavvurini bera olish. Misol uchun. Oddiy san'at so'zini olaylik, 1- san'at bu qaysidur tildan olingan bo'lib u qaysidur ma'noni anglatadi va h k. 2- San'at - bu o'zim tasavvur qilgan narsalar haqida qayg'uraman va kulaman. Va insonlarni ham shunga undayman. Sa'nat bu ishonch, san'at bu mukammallik va h k. har ikkala tushuntirish ham bir ma'noga boradi faqat boshqa boshqa tomondan. Talabaga qaysi tomodan tushunarli bo'lsa aynan o'sha yo'l to'g'ri. Soddalik va mukammalik.
- Ko'ra bilish. Talabaning qobiliyat darajasi va undagi qobiliyatni ko'proq qaysi janrga yoki uslubga tortayotganini ko'ra bilish va unga to'g'ri yo'nalishni aniq tanlay bilish. Va unga yetsihmayotgan uslublar ustida ko'proq va muntazam ishlar olib boorish. (individual tarzda)
- Tezkor tahlil. Talaba o'z nomi bilan talabchan shuning uchunham u bergan birinchi savoldan nimani hohlayotganini bila olish va pedagog jihatdan berilgan javob keyingi savolga hojat qoldirmasligi taminlash. Talabaga tushuntirilayotganda iloji boricha oldi qochdi gaplardan saqlanish.
- Hamisha talabani savollariga shay va hozirjavob bo'lish kerak. Agarda berilgan savolga pedagog javob bera olmas ekan u holda savolni unutish emas balki, talabaga bu savol haqida haqiqatdan ham tushunchaga ega emasligini takidlash va kelgusi darsda aniqlab kelishligini aytish lozim. Chunki javosiz qolgan savoli uchun talabada qayta savol bermaslik holatlari ham kuzatilishi mumkin.
Aktyorlik mahorati fanining asosiy maqsadi aktyorlik kasbiga layoqati bor yoshlarni yuksak mahoratli, zamonaviy va mumtoz dramatik asarlarda turli harakterga ega qahramonlar timsolini sahnada yarata olish solihiyatiga ega san'atkor kadrlarni tarbiyalashdan iborat. Buning uchun talabada mavjud ammo hali ochilmagan iste'dod qirralarini ochish, ovoz, plastik harakatlar, tomoshabinga ta'sir o'tkazish usullaridan sahnada foydalanaolish qobiliyatini o'stirish kabi vazifalarni belgilaydi[2:7,8].
Aktyorlik mahorati fanini o'rganish jarayonida talabalar quyidagilarni bajara olishi lozim:
• ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari va strategiyasi; g'oyaviy va chuqur mazmunli repertuar tanlash;
• badiiy obraz yaratishda tashqi va ichki harakat yaxlitligini ta'minlash;
• obrazning yetakchi xatti-harakatini aniqlash va unga amal qilish;
• obrazning ikkinchi planni aniqlash; obrazning oliy maqsadini aniqlash va maqsadga muvofiq xatti-xarakat qilish;
• rol ustida mustaqil ishlash ko'nikmasini rivojlantirish; xarakter yaratish va uning ifodaviy vositalarini topish; obrazni badiiy yaxlit xolatga olib kelish haqida.
• shaxsning ma'naviy-ahloqiy sifatlarini faol shakllantirib keyingi amaliy faoliyatida ta'lim jarayonini pedagogik texnologiya tamoyillariga mos ravishda maqsadga muvofiq tashkil etish va amalga oshirish;
• pyesani sahnaviy talqinini tahlil qilish;
• voqeaning atmosferasini aniqlash; berilgan shart - sharoitni o'zlashtirish;
• voqeaning tempo - ritmni aniqlash; rolning intilishni (istiqbolini) aniqlash;
• obrazning harakatidagi o'zgarishini aniqlash; obrazning nutq partiturasi ustida ishlash;
•janr talablari kelib chiqib matn ustida ishlash; janr talablaridan kelib chiqib xarakter yaratish; badiiy yaxlit obraz yaratish;
• o'qitish va bilimni diagnostika hamda nazorat qilishning turli vositalari va usullaridan samarali foydalanish, o'zining talablari va ta'lim standartlarining yangi talablariga mos ravishda mustaqil yangi metodik usullarni bilishi;
• badiiy adabiyotlar bilan samarali ishlash;
• dastur asosida o'quv materiallarini didaktik tuzish; sahnada she'rlar, masallar, adabiy asarlardan parchalar o'qish; asar mavzusi va g'oyasini ijroda ochish;
• sahnada o'zini obraz qiyofasida tutish; psixologik kechinmali obrazlar yaratish;
• kulguli fe'l - atvorli obrazlar yaratish; partnyor bilan muloqatga kirishish; saxnada muxit xaqiqatini yaratish va shart - sharoitga mos tabiiy xarakat qilish;
• asar g'oyasini tomoshabinga yetkazish; tomoshabin bilan muloqotdan so'ng o'z ijrosini taxlil qila bilish; har safar o'ziga xos obraz yaratishni bilish, ko'nikmalariga ega bo'lish[3:7].
Professional ta'limning muhim tomonlaridan biri aktyorni rol ustida mustaqil ishlashga o'rgatishdan iboratdir. aktyorni rol ustida mustaqil ishlash deganda, quyidagilarni nazarda tutish joiz:
Birinchidan, sahnada o'z ifodasini topadigan voqelikni mustaqil o'rganib, uni tahlil qila bilish kerak.
Ikkinchidan, dramaturg tomonidan berilgan rolni tahlil va tasavvur eta olish hamda tafakkur qila bilish lozim.
Uchinchidan, aktyor repetitsiya chog'ida va uyda spektakl ustida ishlay olishi kerak.
Bu xususiyatlarning har uchalasi, sahnaviy siymoni tabiiy tarzda yaratish uchun omil bo'ladigan ijodiy sharoit bo'lib, shu tariqa siymo qiyofasiga kirib borish sari yo'l ochiladi. Aktyorning rol ustida ish olib borishi uzoq ijodiy izlanishlarni taqozo etadigan jarayondir. Tayyorgarlik jarayonida olib borilgan izlanishlar samarasi o'laroq sahnada siymo qiyofasi jonlanadi.
Ijodiy izlanishlar jarayonining natijasi o'laroq siymoning ichki va tashqi qiyofasi o'z mazmun - mohiyati bilan yaqqol namoyon bo'ladi. Aktyorning rol ustida ishlashining ijodiy jarayonidagi eng muhim va mas'uliyatli damlar - bu harakatning yuzaga kelish davridir. Bu davrda xatolikka, ko'zbo'yamachilikka, ichki sezgilarning adashishiga yo'l qo'yib bo'lmaydi.
Chunki mana shu harakatning to'g'ri boshlanishi spektakl ustidagi butun ishlarning muvaffaqiyatli tugashi garovidir. Demak, aktyor o'z-o'zini harakatini to'g'ri boshqariash sari yetaklab kelishi kerak ekan. Xulosa o'rnida, teatr maktabining vazifasi ham o'z talabalarini ijodiy izlanishga o'rgatishdan iboratdir[4:28].
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Muxamedova G., Usnatov R.. Aktyorlik mahorati. - Toshkent; Navro'z nashriyoti 2020. 196 bet.
2. Akbarova M. Aktyorlik mahorati. - Qo'qon, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali. 2019. - 95 b.
3. AôgpefiMOB, M. E. (2021). KOPA^AmOK KHHEMATOrPAOH^CH^A 0B03 PE^HCCËP^HrH MYAMMO.ÏÏAPH. Oriental Art and Culture, (8), 22-25.
4. Abdreymov, M. B. (2021). QORAQALPOQ ZAMONAVIY MILLIY KINODAGI IZLANISHLAR XARAKTERI. Oriental Art and Culture, 2(4), 44-49.
5. Abdreymov, M. B. (2020). QORAQOLPOQ KINEMATOGRAFIYASIGA NAZAR: "TANKA" FILMI MISOLIDA. HrnepHayKa, (16-4), 49-50.
6. BEKPOLATOVICH, M. A. Ways of Formation of Karakalpakfilm in the Pre-independence Years. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, 7(4), 1-3.
7. Bekpolatovich, A. M. (2021). Specific Features of Sound Directing in Karakalpak National Cinema. International Journal on Integrated Education, 4(9), 103-108.
8. Ashurova M., Abdullayev D. Aktyorlik mahorati. O'UQ. - Toshkent. O'zDSMI. 2014. 247 b.
9. Dexqonov R. Aktyorlik mahorati. Qo'qon - 2020