Научная статья на тему 'ABULQOSIM FIRDAVSIYNING “SHOHNOMA” ASARIDA ONTOLOGIK VA GNOSEOLOGIK QARASHLAR TAVSIFI'

ABULQOSIM FIRDAVSIYNING “SHOHNOMA” ASARIDA ONTOLOGIK VA GNOSEOLOGIK QARASHLAR TAVSIFI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
67
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Shohnoma” / ontologiya / gnoseologiya / ijtimoiy borliq / inson borlig’i / olam va odam evolutsiyasi / ilmiy muammo / tasavvur / metafizika / sinergetika / sezgi. / “Shahnoma” / ontology / epistemology / social existence / human existence / universe and human evolution / scientific problem / imagination / metaphysics / synergetics / intuition.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Xalilov, Alisher Abdumannonovich

Mustaqillikka erishganimizdan so’ng barcha jabhalar qatori tarix va falsafa kabi ijtimoiy gumanitar fanlar tizimida ham o‘ziga xos yangilanishlar va o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Mustabid sho‘ro tuzumi davrida tuzumga mos ravishda mafkuralashtirilgan tarix va falsafa sohasida qayta yangiliklar amalga oshirildi. Ushbu sohalarning asl mohiyatini xalqimizga yetkazish ziyolilarimizga dolzarb vazifa sifatida yuklatildi. Maqolada “Shohnoma” asaridagi Abulqosim Firdavsiyning borliq va bilish falsafasi falsafiy tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DESCRIPTION OF ONTOLOGICAL AND GNISEOLOGICAL VIEWS IN "SHOHNOMA" BY ABULQASIM FIRDAVSI

After our independence, along with all aspects, the system of social and humanitarian sciences like history and philosophy has undergone unique updates and changes. During the period of the Mustabid Shura system, new innovations were made in the field of history and philosophy, which were ideologically based on the system. Our intellectuals have been assigned the urgent task of conveying the true nature of these fields to our people. In the article, the philosophy of existence and knowledge of Abulqasim Firdausi in the work ";Shahnoma" is analyzed.

Текст научной работы на тему «ABULQOSIM FIRDAVSIYNING “SHOHNOMA” ASARIDA ONTOLOGIK VA GNOSEOLOGIK QARASHLAR TAVSIFI»

ABULQOSIM FIRDAVSIYNING "SHOHNOMA" ASARIDA ONTOLOGIK VA GNOSEOLOGIK QARASHLAR TAVSIFI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.12189217

Xalilov Alisher Abdumannonovich

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti (TIFT) "Pedagogika va ijtimoiy gumanitar fanlar" kafedrasi katta o'qituvchisi.

ANNOTATSIYA

Mustaqillikka erishganimizdan so'ng barcha jabhalar qatori tarix va falsafa kabi ijtimoiy gumanitar fanlar tizimida ham o'ziga xos yangilanishlar va o'zgarishlar sodir bo 'ldi. Mustabid sho 'ro tuzumi davrida tuzumga mos ravishda mafkuralashtirilgan tarix va falsafa sohasida qayta yangiliklar amalga oshirildi. Ushbu sohalarning asl mohiyatini xalqimizga yetkazish ziyolilarimizga dolzarb vazifa sifatida yuklatildi. Maqolada "Shohnoma" asaridagi Abulqosim Firdavsiyning borliq va bilish falsafasi falsafiy tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: "Shohnoma", ontologiya, gnoseologiya, ijtimoiy borliq, inson borlig'i, olam va odam evolutsiyasi, ilmiy muammo, tasavvur, metafizika, sinergetika, sezgi.

DESCRIPTION OF ONTOLOGICAL AND GNOSEOLOGICAL VIEWS IN "SHOHNOMA" BY ABULQASIM FIRDAVSI

ABSTRACT.

After our independence, along with all aspects, the system of social and humanitarian sciences like history and philosophy has undergone unique updates and changes. During the period of the Mustabid Shura system, new innovations were made in the field of history and philosophy, which were ideologically based on the system. Our intellectuals have been assigned the urgent task of conveying the true nature of these fields to our people. In the article, the philosophy of existence and knowledge of Abulqasim Firdausi in the work "Shahnoma" is analyzed.

Key words: "Shahnoma", ontology, epistemology, social existence, human existence, universe and human evolution, scientific problem, imagination, metaphysics, synergetics, intuition.

ОПИСАНИЕ ОНТОЛОГИЧЕСКИХ И ГНИСЕОЛОГИЧЕСКИХ ВОЗЗРЕНИЙ В «ШОХНОМЕ» АББУЛКАСИМА ФИРДАВСИ

АННОТАЦИЯ.

После нашей независимости, наряду со всеми аспектами, система социальных и гуманитарных наук, таких как история и философия, претерпела уникальные обновления и изменения. В период существования системы Мустабид Шуры в области истории и философии были внесены новые новации, идеологически основанные на этой системе. Перед нашими интеллектуалами была поставлена неотложная задача - донести до нашего народа истинную природу этих полей. В статье анализируется философия существования и познания Абулкасима Фирдоуси в произведении «Шахнома».

Ключевые слова: «Шахнома», онтология, гносеология, социальное существование, человеческое существование, вселенная и эволюция человека, научная проблема, воображение, метафизика, синергетика, интуиция.

KIRISH.

Abulqosim Firdavsiy yashagan davrning asosiy xususiyatlari sifatida Somoniylar hukmronligi davrida shakllangan bag'rikenglik tamoyilini keltirish mumkin. Bu davrda jamiyat ma'naviy hayotida islom dini, nasroniylik va zardushtiylik birgalikda faoliyat yuritganligini guvohi bo'lishimiz mumkin. Mazkur davrda aqliy bilish va falsafaning eng taraqqiy etgan bosqichi real voqelikda o'z aksini topdi. Aflotun, Arastu, yangi aflotunchilik, stoiklar va yangi pifagorchilik kabi qadimgi yunon falsafasi namoyandalari va oqimlarining ta'limotlari arab-musulmon olamida keng yoyildi. Mazkur davrda Ibn Ravandiyning falsafiy tizimlari, "Ihvon as-Safo" maktabining ta'limotlari, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Abu Bakr ar-Roziy kabi mutafakkirlarning faoliyatlarini kuzatish mumkin edi.

ASOSIY QISM. Firdavsiy "Shohnoma" asarining birinchi satrlaridayoq yakkaxudolikni ta'kidlab o'tadi va Alloh nomini tilga olib tavhidni tasdiqlaydi. Shuning uchun "Shohnoma" asarining asosiy mavzusini dunyoni Alloh tomonidan yaratilganligiga bo'lgan e'tiqod va iymon tashkil etadi, deb ta'kidlab o'tish joiz. Borliqning tuzilishi masalasiga keladigan bo'lsak, Firdavsiyning o'simliklarni Alloh tomonidan hayvonlardan avval yaratilganligini ta'kidlab o'tishiga e'tibor berish kerak. Firdavsiyning bunday yondashuvidan kelib chiqadigan bo'lsak, xoliq tomonidan yaratilgan istalgan maxluqotda tadrijiy o'zgarish va genezis masalasi mavjud ekanligini ta'kidlashimiz lozim. Firdavsiy xoliq hayvonlar oziqlanib rivojlanishi uchun o'simliklarni avvalroq yaratganligiga e'tibor beradi [1, 63]. Firdavsiyning falsafiy qarashlarida barcha ezgu amallar va ishlar Allohga asoslangan holda kelib

chiqadi va hukmdorlar hamda pahlavonlarning muvaffaqqiyatlariga erishish ramziga aylanadi. Mutafakkirning borliq haqidagi qarashi qudratli, yagona va yaratuvchan Allohga asoslangan. Bundan kelib chiqadigan bo'lsak, Firdavsiy "Shohnoma"sining asosiy mazmuni dunyoning yaratilganligiga va xoliqning qudratiga hamd keltirishdan iborat. Bu holatni "Shohnoma" dostonining kirish qismida an'anaviy hamdlarning ko'psonligidan bilishimiz mumkin. Firdavsiy borliq tizimi qudratli Alloh ishtirokida jamiyat bilan muvozanatda mavjud bo'lishini ta'kidlab o'tadi. Firdavsiy "Shohnoma" asarida iroda erkinligi masalasiga to'xtalib o'tar ekan, Alloh amallarning eng oliy va tuban darajalarini belgilab berganligini ta'kdlab o'tadi. Uning mazkur mulohazasidan Alloh yaratgan ezgulik va yovuzlik insonga o'z taqdirining yaratuvchisi bo'lishiga imkon yaratadi, inson ushbu jarayonni aql-idroki va tafakkuri vositasida bajaradi. Inson ezgulikdan ijobiy natijaga va aksincha, yovuzlikdan salbiy natijaga erishishini tushungan holda faoliyat yuritadi. Mazkur jarayonga Alloh o'z hukmini o'tkazadi, deb biladi mutafakkir [2, 47]. 224 Firdavsiy zardushtiylik an'analariga va falsafasiga tez-tez murojaat qilib turadi. Mutafakkirning ta'kidlashicha, istalgan din insonga o'z borlig'ini go'zallikka burkashini buyuradi, yerdagi hayot esa farovonlik asosida bo'lishini ilgari suradi. Firdavsiy xudoning irodasi bilan inson va dunyo yaratilgan ekan, yer yuzasida yolg'onga va gunohga joy yo'qligini, inson yer yuzasini mavjud ne'matlaridan foydalangan holda farovon makonga aylantirishini, bu bilan yovuzlikka qarshi kurashib, xudoning irodasini bajarish lozimligini ta'kidlaydi. Firdavsiy aqlni buyuk ilohiy mukofot deb, biladi va insonning asosiy boyligi aql idroki va ruhi ekanligini ta'kdlab o'tadi. Firdavsiyning fikricha, Allohning o'z bandasiga uni yaratganidan so'ng bergan birinchi va asosiy mukofoti aql, ong va tafakkurdir. Ong va aql insonga o'zini mukammallashtirishi uchun berilgan, deb hisoblaydi Firdavsiy. Mutafakkir aql va ong insonning ruhiy xotirjamligi va o'zini nazorat qila olish omili, hayotda farovonlikka va baxtga erishishning asosi ekanligini ta'kidlaydi. Aql va ongga tayanmagan hukmdor va davlat arbobi o'z mavqeidan foydaga erisha olmaydi. Aqlga tayanmagan hukmdor o'z faoliyatlarida ko'plab xatolarga yo'l qo'yadi va o'z maqsadlariga erisha olmaydi [3, 67]. Aqlli va ma'rifatli inson doimo omadli va muvaffaqqiyatga erishadi, chunki aql idrok mag'lubga umid berib, g'oliblikka yo'llaydi, yo'ldan adashganni to'g'ri yo'lga qaytaradi va himoya qiladi. Firdavsiy aql inson ruhini tarbiyalaydi, deb ta'kidlaydi. Aqlli inson mulohazalarga tayangan holda, borliqning sirlarini kashf qiladi va o'zlashtiradi, jamiyatni o'zgartiradi va o'z insoniy mohiyatini anglab boradi. Aql inson o'zligini anglashning bepoyon va tugamaydigan vositasi hisoblanadi [1, 68]. Firdavsiy zardushtiy kohinlarining mulohazalarini keltirgan holda, inson yashayotgan dunyo yaratuvchiga muhtoj ekanligini ta'kidlaydi. Xoliq maxluqotlari yashashi uchun dunyoni yaratgan va tartibga solgan. Shu sababli, Xudo yerning, vaqt va fazoning

yaratuvchisi hisoblanadi. Dunyodagi barcha maxluqotlar Xudoning mavjudligini va qudratini isbotlaydi, deb biladi mutafakkir. Dunyo yaa'lum yaratilgan qoidalar uyg'unligida rivojlanadi. "Shohnoma"da Firdavsiyning dinlar falsafasi bo'yicha bildirgan mulohazasiga ko'ra, din, donishmandlik va haqiqat bir butundir, shuning uchun inson dinni hurmat qilishi zarur hamda dindan chiqadigan qoidalarga amal qilishi lozim. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqadigan bo'lsak, Firdavsiy zardushtiylikning otashin kuychisi hisoblanadi. Mutafakkirning borliq va insonga bo'lgan munosabati bilan bir qatorda zardushtiylik ta'limoti kohinlarining dunyo va inson yaratilishi masalalalari bo'yicha qarashlariga murojaat qilish lozim. Firdavsiyning fikricha, Zardushtiylik falsafiy diniy ta'limoti yaratilish ibtidosidagi borliq, noborliq, mavjudlik, nomavjudlik holatlarini Xudoning ilk namoyon bo'lish shakli sifatida ilgari suradi. Mavjudlik insonni mukammallikka yo'naltiruvchi asosiy omildir [3, 67]. Zardushtiy mubadlarning fikricha, inson yovuzlikka qarshi ayovsiz jangga kirishi lozim va ezgulikdan o'z hayotini tartibga solish uchun va farovon yashashi uchun foydalanishi kerak. Firdavsiyning "Shohnoma" asarida mubadlarning savol javoblarini tahlil qilgan holda zardushtiylikning dunyo va inson haqidagi falsafiy tafakkurini tiklash mumkin. Firdavsiy Xudo olamni to'rt unsur - olov, suv, shamol va yerga 225 asoslangan holda yaratgan deb biladi. Xudo o'z aqli va tabiiy donishmandligi bilan insonga ruhni ato etgan. Mutafakkir xudo yaratgan yuqorida qayd qilingan unsurlarni insonning kamolotga yetishishi uchun zarur ne'mat deb baholaydi. Jumladan, quyoshning yaratilishi ham zaruriyat, chunki barcha jonzotlarning yashashi uchun hayotiy issiqlik beradigan energiya manbai hisoblanadi. Firdavsiyning olam va inson yaralishi falsafasi Xudo va uning cheksiz imkoniyatlari birligi tasdig'i sifatida ilgari suriladi. Mutafakkir dunyoda mavjud barcha jonzotlar yaratuvchiga muhtoj va barcha mavjudlikning yaratuvchisi qudratli Xudodir, deb ta'kidlaydi [1, 72]. Mutafakkir "Shohnoma" asarida bevaqt o'lim bilan yuzlashgan barcha shohlar va shahzodalalarning hayotiy yo'lini tavsiflar ekan, dunyo haqida tafakkur yuritadi va uning foniyligiga e'tibor qaratadi. Qadimiy an'analarga ko'ra Firdavsiy o'zini u yoki bu buyuk insonlarning (asar qahramonlarining) o'limiga doir donishmandon mulohazalar uchun ma'suliyatli hisoblab, ushbu holatni kelajakda yashovchi avlodlar uchun tajribu bo'lishini ta'kidlaydi. Shundan kelib chiqqan holda, o'lim va hayotning mohiyati haqida o'zining falsafiy mulohazalarini bildirib o'tadi. Firdavsiy dunyoni abadiy o'zgarishlarga mustahiq bo'lgan foniy, o'tkinchi tizim deb, baholaydi va inson kundalik o'tkinchi tashvishlardan ozod bo'lishi kerakligini ilgari suradi. Mutafakkir dunyo abadiy afsuslardan iborat, hayot esa yolg'ondan va beqarorlikdan tashkil topgan, qanchalik muddatga cho'zilmasin hayotning so'ngida hammani o'lim kutadi, deb ta'kidlaydi [1, 63]. Firdavsiy dunyoni ma'rifat bilan ham, jaholat bilan ham bilish mumkin emas, yovuzlik va ezgulik bilan ham bilib

bo'lmasligini asarning Jamshidni Zahhok omonidan taxtdan ag'darilishi haqidagi qismida ta'kidlaydi. XULOSA

Mutafakkir Ho'rmuzning taxtdan ag'darilishini shamolning esishiga qiyoslaydi, insonning esa shu qisqa davr ichida hayotning sirlarini kashf qila olmaganligini va hatto adolatni adolatsizlikdan ajrata olmaganligini ilgari suradi. Shu sababli insonning qobiliyati va layoqatiga shubha qiladi va uning uchun eng yaxshi maqom qabr deb biladi. Mutafakkir inson bunday alam va zo'ravonliklarni boshidan kechirmasligi uchun bu hayotga kelmaganligi afzal ekanligini ta'kidlaydi. Firdavsiyning "Shohnoma" asarida osmon va borliq haqida yuritgan mulohazalaridan shunday xulosaga kelish mumkin: mutafakkirning diniy ongi kattami yoki kichikmi, yengilliklar va qiyinchiliklar, xursandchilik va qayg'u - barcha muammolar qudratli Yaratuvchidan kelib chiqadi va inson axloqi va faoliyatiga taalluqli bo'ladi. Shuning uchun Firdavsiyning ijodida uning diniy-falsafiy qarashlariga hamda o'lim va hayot falsafasini ko'rsatuvchi g'oyalarda barcha jarayon Xoliqning irodasiga bog'liqligini anglab yetish mumkin. Mutafakkir dunyo va zamon almashinuvida Xoliqning irodasidan o'zga hech narsa yo'qligini, Xoliqning irodasi qanday bo'lishidan qat'iy nazar adolat ekanligini ta'kidlab o'tadi. Shuningdek, mutafakkir insonning irodasi aqlga va donishmandlikka tayangan bo'lsagina amalga oshishini ta'kidlaydi.

REFERENCES

1. Маллаев Р.К. Философско-эстетическая концепция Фирдавси в "Шахнаме". Душанбе. 2009. 2. Раджабов М. Фирдоуси и современность. Д. 1976. 3. Shomuhamedov Sh., Shoh kitob va uning muallifi, T., 1992.

2. Umarjonov, S. (2023). Analysis of the logical views of Fakhr al-Din al-Razi. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, (Special Issue), 73-80.

3. Умаржонов, С. С. У. (2022). Фахриддин Розийнинг материя ва шакл, шакл ва мазмун, сабаб ва окибат хакидаги онтологик таълимоти. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 249-258.

4. Alisher, X. (2023). Abulqosim Firdavsiyning komil inson, odil hukmdor va adolat haqidagi qarashlari tahlili. ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali, 3(10), 26-33.

5. Умаржонов, С. С. У. (2022). Онтологияда субстансия ва аксиденсияга доир таълимотнинг Фахриддин розий томонидан ривожлантирилиши. Academic research in educational sciences, 3(3), 961-968.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.