Научная статья на тему 'ABU-RAYHON BERUNIYNING ILMIY-PEDAGOGIK QARASHLARI'

ABU-RAYHON BERUNIYNING ILMIY-PEDAGOGIK QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
302
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
uchinchi renensans / fazo / kengayish / issiqlikning tarqalishi / nurning qaytishi va sinishi / odam anatomiyasi / gigiena / pedagogik texnologiyalar / ixtiloflar / munozaralar / kuzatishlar va umumlashtirishlar / ziddiyat / markazdan qochma kuch. / третий ренессанс / пространство / расширение / распространение тепла / отражение и преломление света / анатомия человека / гигиена / педагогические технологии / противоречия / споры / наблюдения и обобщения / конфликт / центробежная сила.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — X.D.Abdullaev, S.X.Durdiev, Sh Do‘schanov

mashhur fors olimi Abu Rayhon Beruniy (973-1048) turli sohalarga, jumladan, matematika, astronomiya, geografiya va tarixga katta hissa qo‘shgan. Uning ilmiy-pedagogik qarashlari ham islom, ham jahon intellektual an’analariga doimiy ta’sir ko‘rsatdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SCIENTIFIC AND PEDAGOGICAL VIEWS OF ABU-RAYHAN BERUNI

знаменитый персидский ученый Абу Райхан Беруни (973–1048) внес значительный вклад в различные области, включая математику, астрономию, географию и историю. Его научно-педагогические взгляды оказали длительное влияние как на исламские, так и на мировые интеллектуальные традиции.

Текст научной работы на тему «ABU-RAYHON BERUNIYNING ILMIY-PEDAGOGIK QARASHLARI»

Nmiy-nazariyvametodikjumal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© X.D.Abdullaev1B, S.X.Durdiev2 B, Sh.Do'schanov3^_

1Xorazm arxitektura va qurilish texnikumi, Urganch, O'zbekiston. 2Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, Urganch, O'zbekiston. 3Urganch Davlat universiteti, Urganch, O'zbekiston.

Annotatsiya

KIRISH: mashhur fors olimi Abu Rayhon Beruniy (973-1048) turli sohalarga, jumladan, matematika, astronomiya, geografiya va tarixga katta hissa qo'shgan. Uning ilmiy-pedagogik qarashlari ham islom, ham jahon intellektual an'analariga doimiy ta'sir ko'rsatdi.

MAQSAD: ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlarini tadqiq qilishdir.

MATERIALLAR VA METODLAR: ushbu tadqiqotda tarixiy-tahliliy yondashuv qo'llaniladi, jumladan, Beruniyning asosiy asarlari, ikkinchi darajali adabiyotlar va tarixiy hujjatlarni ko'rib chiqish.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: topilmalar Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlarining bir qancha asosiy jihatlarini ochib beradi. Beruniy empirik kuzatish va tajribaning muhimligini ta'kidlagan.

XULOSA: Mazkur tadqiqot Abu Rayhon Beruniyning salmoqli ilmiy-pedagogik xizmatlarini yoritib beradi. Uning empirik metodologiyasi, fanlararo yondashuvi, madaniy relyativizmi, pedagogik innovatsiyalari va axloqiy qadriyatlari zamonaviy ta'lim va ilmiy izlanishlarda dolzarb bo'lib qolmoqda.

Kalit so'zlar: uchinchi renensans, fazo, kengayish, issiqlikning tarqalishi, nurning qaytishi va sinishi, odam anatomiyasi, gigiena, pedagogik texnologiyalar, ixtiloflar, munozaralar, kuzatishlar va umumlashtirishlar, ziddiyat, markazdan qochma kuch.

НАУЧНО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ВОЗЗРЕНИЯ АБУ-РАИХАНА БЕРУНИ

© Х.Д.Абдуллаев1Н, С.Х.Дурдиев2 н, Ш.Дусчанов3Н Хорезмский техникум архитектуры и строительства, Ургенч, Узбекистан. 2Ургенчский филиал Ташкентской медицинской академии, Ургенч, Узбекистан. 3Ургенчский государственный университет, Ургенч, Узбекистан._

Iqtibos uchun: X.D.Abdullaev, S.X.Durdiev, Sh.Do'schanov Abu-Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari .// Inter education & global study. 2024. №5(1). B.211- 218.

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: знаменитый персидский ученый Абу Райхан Беруни (973-1048) внес значительный вклад в различные области, включая математику, астрономию, географию и историю. Его научно-педагогические взгляды оказали длительное влияние как на исламские, так и на мировые интеллектуальные традиции.

ЦЕЛЬ: основной целью данного исследования является исследование научно-педагогических взглядов Абу Райхана Беруни.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании использован историко-аналитический подход, включающий обзор основных произведений Беруни, вторичной литературы и исторических документов.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: полученные данные раскрывают несколько ключевых аспектов научно-педагогических взглядов Беруни. Беруни подчеркивал важность эмпирических наблюдений и опыта.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: Данное исследование проливает свет на важные научные и педагогические заслуги Абу Райхана Беруни. Его эмпирическая методология, междисциплинарный подход, культурный релятивизм, педагогические инновации и этические ценности остаются актуальными в современном образовании и исследованиях.

Ключевые слова: третий ренессанс, пространство, расширение, распространение тепла, отражение и преломление света, анатомия человека, гигиена, педагогические технологии, противоречия, споры, наблюдения и обобщения, конфликт, центробежная сила.

Для цитирования: Х.Д.Абдуллаев, С.Х.Дурдиев, Ш.Дусчанов. Научно-педагогические воззрения Абу-Райхана Беруни.// Inter education & global study.2024. №5(1). С. 211- 218.

SCIENTIFIC AND PEDAGOGICAL VIEWS OF ABU-RAYHAN BERUNI

© Xayitbay D. Abdullaev1^, Sarvarbek H. Durdiev2^, Sherzod Duschanov3H

1Khorazm Technical College of Architecture and Construction, Urganch, Uzbekistan.

2Urganch Branch of Tashkent Medical Academy, Urganch, Uzbekistan.

3Urganch State University, Urganch, Uzbekistan._

Annotation

INTRODUCTION: the famous Persian scholar Abu Rayhan Beruni (973-1048) made significant contributions to various fields, including mathematics, astronomy, geography, and history. His scientific-pedagogical views had a lasting impact on both Islamic and world intellectual traditions.

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

AIM: the main purpose of this study is to research the scientific and pedagogical views of Abu Rayhan Beruni.

MATERIALS AND METHODS: this study uses a historical-analytical approach, including a review of Beruni's primary works, secondary literature, and historical documents.

DISCUSSION AND RESULTS: the findings reveal several key aspects of Beruni's scientific and pedagogical views. Beruni emphasized the importance of empirical observation and experience.

CONCLUSION: this study sheds light on the important scientific and pedagogical services of Abu Rayhan Beruni. His empirical methodology, interdisciplinary approach, cultural relativism, pedagogical innovations, and ethical values remain relevant in contemporary education and research.

Key words: the third renaissance, space, expansion, diffusion of heat, reflection and refraction of light, human anatomy, hygiene, pedagogical technologies, contradictions, debates, observations and generalizations, conflict, centrifugal force.

For citation: Xayitbay D. Abdullaev, Sarvarbek H. Durdiev, Sherzod Duschanov. (2024) Scientific and pedagogical views of Abu-Rayhan Beruni. // Inter education & global study, (5(1)), pp. 211- 218. (In Uzbek).

Abu -Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy o'rta asrning eng ulug' olimlaridan biridir. Beruniy o'z zamonasining barcha fanlarini-matematika, fizika va tabiiy tarixiy fanlarni mukammal egallagan ensiklopedist olim, zamonasining ko'zga ko'ringan siyosiy arboblardan biri edi.

Beruniy 323 yil zulhijjada o'sha davrda Qadimiy Xorazmning poytaxti Kot shahrida tug'ilgan. Kot shahri X asrda Xorazmshohlar davlatining poytaxti va O'rta Osiyoning eng yirik savdo markazlaridan biri edi. Xorazm bilan Xitoy, Hindiston, Yaqin Sharq davlatlari, Kavkaz va Sharqiy Yevropaning savdo-sotiq aloqalari rivojlangan edi. Xorazm savdogarlari qoramol. mo'yna va baliq bilan savdo qilib uzoq yurtlarga safarga chiqar edilar. Kot shahrida hunarmandchilik, kulolchilik, zargarlik, to'quvchilik rivojlangan edi. Bu esa ilm fanning rivojlanishiga ham ta'sir ko'rsatdi.

Kot shahrida turli mamlakatlardan kelgan xalqlar sharq mamlakatlaridan, Sharqiy Yevropadan kelgan xalqlar, hatto suriyaliklar va rumliklar ham yashar edi. O'sha davrda Xorazmda mashhur olimlar yashagan va Beruniy ulardan ta'lim olgan edi. Beruniyning ustozlaridan biri mashhur olim Abu Nasr Iroq bo'lgan. Beruniy fanning barcha sohalari bilan shug'ullandi.

Beruniyning muvaffaqiyatli ilmiy faoliyat olib borishida uning ona tili xorazm tilidan tashqari sug'diy, fors, suryoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini mukammal egallaganligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. 400/1010 - yilda

Xorazmshoh Abul Abbos Ma'mun olimni shu davrda mamlakat poytaxti Urganchga taklif

©intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE5(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №5(1)

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

etadi. Urganchda Beruniy Ma'mun akademiyasida Al-Xorazmiy, Abu-Sahl al

Masihiy, Abu-Nasr Iroq, Ibn-Sino kabi mashhur olimlar bilan birga faoliyat olib boradi. Beruniy Urganchda yashagan davrda Ibn-Sino bilan yozishmalarida fazo, issiqlikning tarqalishi, jismlarning issiqlikdan suvning muzlashdan kengayishi, nurning qaytishi va sinishi kabi masalalar bo'yicha fikr yuritadi. Yozishma mazmuniga ko'ra Beruniy o'z kuzatishlari va tajribalariga asoslanib Aristotel qarashlarini tanqid qilganini yozishmalar tasdiqlaydi.

Beruniy pedagogik va ilmiy qarashlarini Mineralogiya va Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar asarlari asosida tahlil qilinganda quyidagilar ma'lum bo'ladi. Mineralogiya asari qimmatbaho javohirlarga bag'ishlangan bo'lsada asarda biologiya va odam anatomiyasi to'g'risida ma'lumotlar beriladi. Jumladan o'simliklarning oziqlanishi to'g'risidagi qarashlar hozirgi biologiya fanidagi qarashlar tasdiqlaydi. Beruniy inson gavdasi murakkab tuzilishga ega ekanligini, qarama-qarshi qismdagi harakatdagi qismlardan iborat deb tasvirlaydi. Gavda bo'ysundiruvchi kuch ta'sirida harkatlanadi. Inson o'zining yalong'ochligi va ojizligi, hayvonlardagidek himoya organlari yo'qlgi sababli har doim o'zini saqlaydigan narsaga ehtiyoj bildiradi, bu esa insonda ehtiyojlarni qondirishga muhtoj bo'lishini ta'kidlaydi. Mineralogiyada qimmatbaho oltin va kumush to'g'risidagi ma'lumotlar bilan bir qatordp insoniy fazilatlar muruvvat va futuvvat -muruvvatning oliy darajasi to'g'risidagi fikrlarni oldinga suradi. Beruniyning quyidagi ta'kidi bugun ham o'z qimmatini yo'qotmagan deb aytsak xato bo'lmaydi: "Mashhur nasabli bir kishi Ismoil ibn Ahmad Samoniyga o'z ajdodi nomidan yordam so'rab murojaat qilgan. Ismoil uning xatiga bunday javob yozgan " Sen ajdodlaring ulug'ligi bilan emas o'zing kuching bilan sharaf qozonadigan odam bo'l" Beruniyning ushbu yozib qoldirgan hikmatli so'zlari uchinchi renensans yaratuvchilari bo'lgan hozirgi yosh avlodga asrlar osha sado berib turibdi. Mineralogiya asarining 18-betida gigienik tarbiyaga bag'ishlangan quyidagi ma'lumotlar keltirilgan : "Odam har doim terlaydi, yon atrofdagi havoning issiqligidan, yana o'z ishi bilan band bo'lib kuchli harakatlar qilganda ham shunday bo'ladi." Shu joyda boshni zararli ta'sirlardan saqlashda bosh kiyimidan foydalanish to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan. Beruniy gigienik tarbiyaga oid fikrlarini davom ettirib: ...inson tanasidagi dastlab ko'zga tashlanuvchi uning terisi va tashqi ko'rinishidir. garchi inson o'z tashqi ko'rinishini o'zgartirmoqdan ojiz esada terisini toza saqlamoqqa kuchi yetadi.... Odamlarning tozalikka intilishlari asosida yuvinmoq uchun ishlatiladigan suv yotadi.. Hech narsa iflosliklardan taraluvchi nafratli ko'rinishlarni va hidlarni suv yoki unga o'xshashlar singari tozalay olmaydi. Beruniy inson tanasidan keyin uning uchun eng yaqin narsa kiyim ekanligi, kiyimni tozalagi va rangi ham muhim ekanligini ta'kidlab, issiq o'lkada yashaganligidan kelib chiqib oq rangli kiymni tavsiya etadi.Kiyim silliq bo'lsin, o'shanda unga chang va g'ubor yig'ilmaydi deb ta'kidlaydi.

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Inson tanasi, kiyimi uyi va ish joyi toza bo'lishi to'g'risidagi fikrlar Beruniyning kuchli salohiyatini yana bir karra tasdiqlaydi.

Beruniy gigienik tarbiyaga oid ma'lumotlarni quyidagi so'zlar bilan yana bir bora quvvatlaydi: Kiyimning ozodaligi, usti boshning va kuylaklarning tartibli bo'lishi yuksak darajada ahamiyatga ega ekanligi va qalbning ozodaligidan nishonadir deb yozadi.

Xorazmda arxelogik tadqiqotlar olib borgan olim S.P.Tolstov Xorazm IX

asrda qurilish, irrigatsiya va savdoda rivoj topgan davlat edi deb yozgan.

Beruniy insonlarga ilmni yetkazish, bilim berishda o'z davrida jadvallar va grafik usuldan samarali foydalangan. Bu Osor-al boqiyada tarixiy faktlar qayd etilgan jadvallar o'ta aniqligini bugungi ilmiy tadqiqotlar yana bir bora tasdiqlaydi.

Beruniy o'z aasarlarida o'quvchini zeriktirmaslik uchun tabiatda kam uchraydigan hodisasalar qiziqarli afsonalarni yozadi.

Beruniyning pedagogikasida hozirgi pedagogik texnologiyalar, jumladan o'quvchini zeriktirishni oldini olish maqsadida fanning bir turidan ikkinchi turiga o'tish (fanlararo bog'lanish) orqali qiziqtirish usuli bayon etiladi. Osori al boqiyaning 301 betidagi Beruniyning fikrlari zamonaviy termolinamika fanining issiqlikni to'lqin (nur) shaklida tarqalishi nazariyasinigng o'ziga xos ko'rinishi va isboti ekanligiga amin bo'lamiz. Asarda bilimning deyarli hamma sohalari haqida hikoya qilinadi, fandan fanga o'tib turiladi. Bu haqda Beruniy bunday deydi:" ... Maqsad gapni cho'zish emas balki o'quvchini zeriktirmaslik, chunki doimo bir xil narsaga qaray berish malollik va sabrsizlikka olib keladi. O'quvchi fandan fanga o'tib tursa, turli bog'larda yurganga o'xshaydi. Birini ko'rib ulgurmay boshqasi boshlanadi va u kishi har bir narsada o'ziga xos lazzat bor deyilganidek, ularni ko'rishga qiziqadi va ko'zdan kechirishni istaydi. Bir xil narsa charchatadi va malol keltiradi". Beruniy ushbu ta'kididan ko'rinib turibdiki olim ming yillar oldin pedagogikaning fanlararo bog'lanish tamoyilini, mavzuni o'quvchiga qiziqarli qilib bayon etish usullarini muvaffaqiyatli qo'llagan

Beruniy ilmiy bilimlarni bayon etishda:

- ixtiloflar:

- munozaralar;

- kuzatishlar;

- umumlashtirishlar metodlaridan foydalanadi.

Ushbu metodni quyidagicha ko'rsatish mumkin:

№ O'rganilayotgan Ixtilof,qo'yilayotg kuzatishlar umumlashtirish

ob'ekt, voqea yoki an fikr yoki

hodisa ma'lumotga

ziddiyatli

ma'lumot

1

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

2

tabiiy hodisalarni bayon etishda esa:

- ziddiyat; -harakat;

- rivojlanish usullarini qo'llaydi.

№ O'rganilayotgan ob'ekt, voqea yoki hodisa ziddiyat harakat rivojlanish

1

2

Shuningdek ilmiy g'oyalarni bayon etishda

- mantiq ikki tomonning qarama-qarshi fikrlari va ularning dalillariga asoslanish usulini bayon etadi.

№ Mantiq Qarama-qarshi fikr dalil Qarama- dalil

qarshi fikr

1

2

3

Asarning 307-308 betlaridagi suvlar va ularning harakati to'g'risidagi masalalar bayonini tahlil qilinsa ... yoki ular tabiat ilmini o'rganib suvning markazga yoki markazga yaqin joyga borishini bilsalar degan ma'lumotlar zamonaviy fizikaning Kariolis kuchi to'g'risidagi tushunchalarni isboti hisoblanadi. Beruniy tabiatda suvning harakatini izohlashi Beruniy yashagan davrda irrigatsiya ilmining rivojini yana bir bora tasdiqlaydi. Beruniy buloq suvlaarini fontan kabi otilishi, suvni pastlikdan tepalikka chiqishi to'g'risidagi noyob hodisalarni sodda va ilmiy faktlar bilan bayon qiladi. Agar pastga oqayotgan suv to'siqqa duch kelsa suvning kuchi uni tepalikka harakatlantirishi ham mumkinligini bayon qiladi. Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib quyidagi xulosalarga kelamiz:

I.Ulug' bobomiz Al-Beruniyning fanning ko'plagan sohalarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borganining asoslaridan biri uning xorijiy tillarni mukammal bilishi, Yangi O'zbekiston yoshlari uchun ham bugungi kundagi vazifalardan biri kamida ikkita xorijiy tilni bilish g'oyasida Beruniy bobomizning tajribasi muhim namuna hisoblanadi.

©intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE5(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)

HayHHO-TeopeTMnecKMM u MeToguiHecKHM wypHan 2024, №5(1)

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

2. Beruniyning " Sen ajdodlaring ulug'ligi bilan emas o'z kuching bilan sharaf qozonadigan odam bo'l" deb yozib qoldirgan hikmatli so'zlari uchinchi renensans yaratuvchilari bo'lgan hozirgi yosh avlodni ilm va kasb o'rganishda kuch va g'ayrat bilan harakat qilishga undaydi.

3. Beruniy fanning ko'pchilik sohalari qatori gigiena sohasida ham faoliyat olib borganini inson terisini, kiyimini, yashayotgan va faoliyat olib borayotgan muhit tozaligi to'g'risidagi yozishmalari tasdiqlaydi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

4. Beruniy pedagogik texnologiya asoschisi ham deb aytish uchun u qo'llagan quyidagi metodlar ham isbotlaydi:

- fanlararo bog'liqlik usulida mavzuni bayon etish;

- mavzuni bayon etishda jadvallar va grafik usuldan samarali foydalanish;

- ilmiy bilimlarni bayon etishda ixtiloflar, munozaralar, kuzatishlar va umumlashtirishlar, tabiiy hodisalarni bayon etishda esa ziddiyat, harakat rivojlanish usullari;

- ilmiy g'oyalarni bayon etishda mantiq ikki tomonning qarama-qarshi fikrlari va ularning dalillariga asoslanish usuli.

5. Beruniy yashagan birinchi renensans davrida yurtimizda qurilish sohasi rivojlanishi ilm fan rivojiga ta'sir etgani, ilm fan rivoji esa qurilish sohasini rivojlantirishga asos bo'lganini tasdiqlaydi.

6. Beruniyning yuksak ilmiy salohiyatini suv harakati, o'zi yasagan tajriba asbobi orqali vakuum to'g'risida ilmiy fikrlari yoki suvning harakatlanishida markazga qochma kuch to'g'risidagi, quyosh nurining issiqlikni to'lqin shaklida tarqalishi to'g'risidagi g'oyalarida yana bir bora o'z tasdig'ini topgan.

7. Beruniy tavsiya etgan pedagogik texnologiyalar va ilmiy tadqiqot usullari hozirgi ta'lim tarbiya va ilmiy tadqiqot ishlari jarayonida qo'llash yoshlarga ta'lim tarbiya berish va ilmiy ishlarni olib borishda foydali bo'lishi shubhasiz.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИС ОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Мирзиёев Ш.М. Янги Узбекистон тарак,к,иёт стратегияси. Тулдирилган иккинчи нашри. -Тошкент. "Узбекистон" нашриёти. 2021 йил. - 464 б.

2. Абу-Райх,он Беруний. к,имматбах,о жавох,ирлар х,ак,ида билимлар китоби. Китоб ал-Жавох,ир.фи маърифат Ал-Жавох,ир. Минералогия. Узбекистон миллий энциклопедияси давлат илмий нашриёти.-Тошкент. 2017 йил. - 488б.

3. Абдуллаев И., Файзуллаев О. Абу-Райх,он Беруний танланган асарлар. III-жилд. -Тошкент. 1968 йил.

4. Salayeva M.S. Umumiy pedagogika. Darslik. - Toshkent. "Nodirabegim" nashriyoti. 2021yil. - 590b.

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Abdullaev Xayitbay Durdievich, direktor, Durdiev Sarvarbek Hayitboy o'g'li,magistrant, Sherzod Do'schanov,o'qituvchi [Абдуллаев Хайитбай Дурдиевич, директор, Дурдиев Сарварбек ^айитбой yFЛи,магистрант, Шерзод Дусчанов, преподаватель] [Xayitbay D. Abdullaev, director, Sarvarbek H.Durdiev,

master student, Sherzod Duschanov, teacher]; manzil: O'zbekiston,Jizzax sh., Xorazm viloyati, Urganch shahri, P.Maxmud ko'chasi 162 uy [адрес: Узбекистан, ул. Хорезмская область, г. Ургенч, ул. П. Махмуда, 162], [address: Uzbekistan, 162 P. Makhmud street, Urganch city, Khorezm region] E-mail: [email protected] , [email protected]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.