Научная статья на тему 'ABU RAYHON BERUNIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI (973-1048 YY)'

ABU RAYHON BERUNIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI (973-1048 YY) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yunon klassik ilmi / astronomiya / «Ma’mun akademiyasi» / matematika va astronomiyaga oid / o‘quvchiga bilim berish.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Tursunbayeva Yulduz Radj Qizi

Maqolada qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning ta’lim-tarbiyaga oid pedagogik qarashlari, fan-madaniyat, jamiyat taraqqiyoti, yoshlarni komil inson etib tarbiyalash kabi o‘ta dolzarb masalalarga qo‘shgan hissasi to‘g‘risida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABU RAYHON BERUNIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI (973-1048 YY)»

ABU RAYHON BERUNIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI

(973-1048 YY)

Tursunbayeva Yulduz Radj qizi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Pedagogika fakulteti "Maktab menejmenti" kafedrasi

o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11214041

Annotatsiya. Maqolada qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning ta'lim-tarbiyaga oid pedagogik qarashlari, fan-madaniyat, jamiyat taraqqiyoti, yoshlarni komil inson etib tarbiyalash kabi o'ta dolzarb masalalarga qo'shgan hissasi to 'g'risida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: yunon klassik ilmi, astronomiya, «Ma'mun akademiyasi», matematika va astronomiyaga oid, o'quvchiga bilim berish.

Аннотация. В статье рассматриваются педагогические взгляды энциклопедиста Абу Райхана Беруни на образование, науку и культуру, развитие общества, а также его вклад в такие актуальные вопросы, как воспитание молодежи как совершенных человеческих существ.

Ключевые слова: греческая классическая наука, астрономия, «Академия Мамуна», математика и астрономия, студенческое образование.

Annotation. The article discusses the pedagogic views of the encyclopedist Abu Rayhan Beruni on education, science and culture, the development of society, and his contribution to such topical issues as educating young people as perfect human beings.

Key words: Greek classical science, astronomy, "Academy of Ma'mun", mathematics and astronomy, student education.

Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (Muhammad ibn Ahmad al Beruniy)

X asrning ikkinchi yarmi va IX asrning boshlarida, g'oyat murakkab tarixiy davrda yashagan va ijod etgan. Beruniy ( milodiy 973 yil 4 sentyabr) Xorazmning Qiyot ( Kot) shahrida dunyoga keladi. "Berun" so'zining ma'nosi «tashqari» degan ma'noni anglatadi. Sayohatchi Yoqut Hamaviyning aytishicha, vatanidan tashqariga ketgan har bir kishini xorazmliklar «Beruniy» laqabi bilan atashgan. «Abu Rayhon» esa «marhamatli », «rahmdil» degan ma'noni anglatadi. Abu Rayhon Beruniy boshlang'ich ta'limni tugatgach, o'sha davrda fan-madaniyat taraqqiy etgan Xorazmning peshqadam olimlaridan saboq oladi. Beruniy Xorazm tili bilan birga suryoniy, forsiy, so'g'diy yunon, qadimgi yaxudiy tillarini, hatto qadimgi hind tili - sanskritni ham o'rgangan.

U yunon klassik ilmi, astronomiya, geografiya, botanika, matematika, geologiya, tarix, etnografiya falsafa va filologiyadan ham chukur bilim oladi. Beruniy yirik olim Abu Nasr ibn Iroqdan Yevklid geometriyasi, Ptolemeyning astronomik ta'limotlaridan dars olgan. 995 yilgacha Beruniy astronomiya, geografiya, geodeziyaning amaliy masalalarini hal etish bilan birga, Sharqda birinchi bo'lib Yer va Osmon globusini yasadi va astronomiyaga oid bir necha kitob yozdi («Kartografiya», «Globus yasash kitobi», «Erdagi joylarning uzunlama va kenglamalarini aniqlash haqida maqola » va boshqalar). Beruniy hali juda yosh olim bo'lishiga qaramay, Kot shahrida 994— 995 yillarda astronomik kuzatishlar o'tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o'zi astronomik asboblar ixtiro etgan.

994—995 yillarda Qoraxoiylar somoniylar davlatiga qarshi hujum kiladilar. Urganch amiri Ma'mun I tomonidan Beruniy ijod etayotgan Kot shahri zabt etilib yagona Xorazm davlati tashkil

topadi. Amir Abu Abdullo Muhammad xizmatida bo'lgan Beruniy ham boshqa olimlar kabi Qiyotni tark etib, Jurjonda, so'ng Rayda yashaydi. O'sha davrda Xorazmda va Kaspiy oldi viloyatlarida Qobus ibn Vushmagir degan taniqli olim yosh olimga xayrixohlik ko'rsatadi. «Shams al-Maoliy» («Oliy martabalar quyoshi») laqabi bilan mashhur bo'lgan bu podshohga bag'ishlab Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarini yozadi va unga taqdim etadi. Bu asar Beruniy nomini Yaqin va O'rta Sharqqa mashhur qiladi.

1004 yilda Beruniy Ma'mun II ibn Ma'mun tomonidan Xorazmga chaqirib olinadi va uning maslahatchisi bo'lib xizmat qiladi. Ma'mun davrida Urganchda «Ma'mun akademiyasi» nomli ilmiy markaz tashkil etiladi va u erda musulmon Sharqining yirik olimlari faoliyat ko'rsatadi. 1017—1018 yillarda yana taxt va hokimiyat uchun kurash boshlanib, Movarounnahrda Qoraxoniylar davlati barpo etiladi. Xuroson va Afg'onistonda Mahmud G'aznaviy (998—1030) hukmronligi o'rnatilib, qorahoniylar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq Xorazm Mahmud davlatiga tobe bo'lib qoladi. Ma'mun akademiyasidagi ko'plab olimlar qatori Beruniy ham G'aznaga olib ketiladi va u erda ko'p qiyinchiliklar bilan o'z ijodini davom ettiradi. Beruniy bu erda o'zining «Xorazmning mashhur kishilari», «Geodeziya» asarini yaratadi. Bu asarda geografiya va astronomiya fanlari bilan bir qatorda paleontologik kuzatishlarning natijalari ham bayon qilingan. Beruniyning yana bir muhim asari «Munajjimlik san'atidan boshlang'ich tushunchalar»dir. Bu asarda ham u bir qancha fanlar yuzasidan dastlabki tushuncha, ma'lumotlar bergan.

Ma'lumki, Mahmud G'aznaviy Hindistonga qarshi bosqinchilik urushlarini olib borgan. Mana shu yurishlarning birida Beruniy ham Mahmud G'aznaviyga hamroh bo'lib boradi. U sankrit (eski hind tili) ni bilganligi uchun hind xalqi madaniyati, adabiyoti va san'ati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldi va bu mehnatlari natijasida 1030 yilda o'zining Sharq va G'arbda keng e'tirof qilingan mashhur «Hindiston» asarini yaratadi. Kitobning to'liq nomi «Kitobu fi tahqiqi molil Hind min ma'qulatin maqbulatin fil aqli av marzulatin», ya'ni «Hindlarning aqlga sig'adigan va sig'maydigan ta'limotlarini aniqlash kitobi» bo'lib, aytishga qulay bo'lishi uchun qisqacha - «Taxqiqu mo-mil hind»— («Hindistonga oid tadqiqlar» yoki , Hindiston») deb yuritiladi.

Asarda Beruniyning Hindiston haqidagi barcha qarashlari o'z ifodasini topgan. O'sha yili (1030) Maxmud G'aznaviy vafot etadi. Uning kichik o'g'li Muhammad voris sifatida taxtga o'tirgan bulsa-da, ko'p o'tmay Mahmudning katta o'g'li Mas'ud (1030—1041) ukasini taxtdan ag'darib, o'zi hokimiyatni qo'lga oladi. Bilimdon va zukko, ilm ahlini qadrlovchi Mas'ud Beruniyni o'z himoyasiga olib, uning ijod qilishiga sharoit yaratib beradi. Beruniy astronomiyaga oid «al-Qonun al-Mas'udiy» («Mas'ud konuni») nomli yirik asarini shoh Mas'udga bag'ishlaydn. Olimlar bu asarni matematika va astronomnyaga oid ungacha yozilgan barcha asarlardan yuqori qo'yadilar. Beruniy yana «qimmatbaho toshlarni bilib olish bo'yicha ma'lumotlar to'plami» («Mineralogiya»), «Dorivor o'simliklar haqida kitob» («Kitob as-saydona fit-tibb») kabi asarlarni ham yozadi.

«Mineralogiya» Sharqdagina emas, Yevropada ham qimmatbaho toshlarni ishlash usullari va ular bilan savdo qilish, konlarni o'rganish, er osti boyliklarini tekshirish haqida ma'lumot bersa, «Saydona» nomi bilan mashhur bo'lgan keyingi asarda Sharqdagi dorivor o'simliklarning tavsifi bayon qilingan. Beruniy «Saydona» kitobida o'zining 80 yoshdan oshganligini yozadi, shunga ko'ra uni 1050—1051 yillarda vafot etgan deb taxmin etish mumkin. Ba'zi manbalarda esa uning vafotining sanasi 1048 yil 13 dekabr deb ko'rsatiladi. Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo'llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir [3].

O'quvchiga bilim berishda:

— o'quvchini zeriktirmaslik;

— bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o'rgatavermaslik;

— uzviylik, izchillik;

— yangi mavzularni qiizikarli, asosan, ko'rgazmali bayon etish va hokazoga e'tibor berish kerakligini uqtiriladi.

Beruniy fan sohasidagi yodgorliklarni, ilmiy bilimlarga oid qoldirilgan barcha boyliklarni qunt bilan o'rganishga da'vat etadi. Olim ilm toliblariga qalbni yomon illatlardan, inson o'zi sezishi mumkin bo'lmagan holatlardan, qotib qolgan urf-odatlardan, hirsdan, behuda raqobatdan, ochko'zlikdan, shon-shuhratdan saqlanishi zarurligini uqtirgan. Shuningdek, har bir xalqning o'ziga xos ta'lim usullarn yo'llari, shakllari borligini ta'kidlash bilan birga, har bir xalqning ham o'qitish tizimi alifbodan boshlanishini ko'rsatadi. Grammatika, matematika fanlarini o'qitishga oid qimmatli fikrlarni bayon etadi.

Abu Rayhon Beruniyning dunyoqarashi juda ko'p qirrali deb bejiz aytilmaydi. Uning faoliyatini quyidagi tarmoqlarga ajratish mumkin:

1.Tabiiy fanlarni o'rganish.

2. Ijtimoiy qonuniyatlarni o'rganish. 3.Inson ruhiyatini o'rganish.

Beruniy o'zining dastlabki asarlaridan bo'lmish «Yodgorliklar»da quyosh, quyosh nurlari, erning harakati haqida fikr yuritgan. Yer tog'lar, cho'llar, ularning paydo bo'lishi, daryolar, dengizlar, foydali qazilmalar, ma'danlar va ularning xususiyatlari haqida qimmatli ma'lumotlar qoldirgan. Ushbu ma'lumotlar tabiat boyliklaridan, jumladan turli xil foydali qazilmalardan foydalanish masalasiga bevosita bog'liq. Bugungi kunda xom-ashyo zahiralarini topish, ularni qayta ishlash iqtisodiy masalalar doirasining markaziy o'rnidan joy olgan [1].

Ulug' ensiklopedist olim, mutafakkir Abu Rayhon Beruniy o'z asarlari bilan jahon fani rivojida beqiyos hissa qo'shgan olim sifatida avlodlar tomonidan qadrlanadi. Uning me'rosini o'rganishda ta'lim va tarbiya masalalari, komil inson tarbiyasi muammolarini echimini topishda dasturamaldir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Ahmedov A. Beruniy va uning «Geodeziya»si haqida. Beruniy. Tanlangan asarlar. 3-tom, «Fan», 1982, 21.

2. K.Xoshimov, S.Nishonova, M.Inomova va boshqalar. Pedagogika tarixi. T.: «O'qituvchi», 1996. - 90-91 b.

3. Р.Мусурмонов ва бошкалар. Взгляды восточных мыслителей на воспитание ребёнка и семейные отношения в узбекских семях / Вестник науки и образования 2020. № 4 (82). Част 1 Российский импакт-фактор: 3,58 Научно-методический журнал.

4. Joldasovna, B. Z. (2023). MAKTAB MENEJMENTI YO'NALISHINING TA'LIM SOHASIDA TUTGAN O'RNI. PEDAGOG, 6(4), 104-109.

5. Musurmonov, R., Khimmataliev, D. O., Sultanova, D. A., qizi Tursunbaeva, Y. R., Khakimova, I. K., & Musurmonova, M. (2023). In the Conditions of New Uzbekistan the Main Issues of Science and Modern Education. Telematique, 7686-7694.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.