Научная статья на тему 'ABU RAYHON BERUNIYNING ILMIY MEROSI'

ABU RAYHON BERUNIYNING ILMIY MEROSI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

2734
275
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
falakiyot (astronomiya) / geodeziya / sanskrit / suryoniy / riyoziyot (matematika) / jug'rofiya / muhojirlik.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Shaxriyor Abduraxmanov

Bu maqolada buyuk olim va mutaffakir Abu Rayhon Beruniyni bir qancha fanlarni negizida yangilik va ihtirolar qilganligi haqida gapirib o‟tilgan. Beruniyni Xorazmning hukmdori Abu Abbos Maʼmun II ibn Maʼmun tomonidan tashkil etilgan akademiyasida olib brogan xizmatlari haqida izoh berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABU RAYHON BERUNIYNING ILMIY MEROSI»

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

ABU RAYHON BERUNIYNINGILMIY MEROSI

Shaxriyor Abduraxmanov

Toshkent tibbiyot akademiyasi Menejment: sog'liqni saqlash menejmenti

yo'nalishining 2-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Bu maqolada buyuk olim va mutaffakir Abu Rayhon Beruniyni bir qancha fanlarni negizida yangilik va ihtirolar qilganligi haqida gapirib o'tilgan. Beruniyni Xorazmning hukmdori Abu Abbos Ma'mun II ibn Ma'mun tomonidan tashkil etilgan akademiyasida olib brogan xizmatlari haqida izoh berilgan.

Kalit so'zlar: falakiyot (astronomiya),geodeziya,sanskrit, suryoniy,riyoziyot (matematika), jug'rofiya ,muhojirlik.

O'rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy zamonasining bir qator fanlari: astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, tarix kabilarni chuqur o'rgandi. U Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tug'ildi va yoshligidanoq ilm-fanga qiziqishi orta bordi. Beruniy keyinchalik mashhur olim Abu Nasr Mansur ibn Iroq qo'lida ta'lim oldi. Ibn Iroq astronomiya, geometriya, matematikaga oid bir qancha asarlar yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bag'ishlaydi. Beruniy ona-tilidan tashqari yana bir qancha tillarni: arab, so'g'diy, fors, suryoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini, keyinchalik Hindistonda Sanskrit tilini o'rganadi.

Beruniy falakiyot, riyoziyot, geodeziya, jug'rofiya va mineralogiya va tabiiy fanlarni yaxshi bilgan, shuningdek, tarixchi, xronolog va tilshunos sifatida ham ajralib turardi. U o'z davrining deyarli barcha fanlarini mukammal o'rgangani sabab qomusiy alloma deb nomlanadi va ko'plab ilm sohalarida tinimsiz izlanishlari uchun mo'l-ko'l mukofotlangan.

O'z ilmiy asarlaridan birida yozishicha, u Xorazmda yashagan davrida, 990 yillardan boshlab Kot shahrida muhim astronomik kuzatishlar o'tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o'zi astronomik asboblar ixtiro etgan. Xorazm zodagonlari orasida taxt uchun boshlangan kurashlar olimning bu ilmiy ishlarini davom ettirishga imkon bermaganligi bois 22 yoshida vatanini tashlab chiqib ketishga majbur bo'ldi va bir qancha vaqt Kaspiy dengizining janubi-sharqiy sohilidagi Jurjon shahrida muhojirlikda yashadi. Beruniy "Osor al-boqiya an alqurun al-xoliya" ("Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar")

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

101

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

asarini Jurjonda muhojirlik davrida yoza boshlagan va 1000 yilda tamomlagan. "Osor al-boqiya" Beruniyga juda katta shuhrat keltirdi, uni fanning hamma sohasiga qiziquvchi buyuk olim ekanini ko'rsatdi. Bundan tashqari Beruniy Jurjonda astronomiya, netrologiya tarixiga oid 10 dan ortiq asar yozdi. Beruniy Xorazmning yangi hukmdori Abu Abbos Ma'mun II ibn Ma'mun tomonidan mamlakatning yangi poytaxti Urganchga chaqirtirildi. Xorazmshoh tomonidan juda katta izzat-ikrom bilan qabul qilingan. Beruniy Urganchda Ma'munning bevosita rahnamoligida vujudga kelgan ilmiy markazda faoliyat ko'rsatadi.

Xorazmning Mahmud G'aznaviy tomonidan bosib olinishi Beruniy hayotini xavf ostiga qo'yadi. U Xorazmshoh saroyidagi barcha olimlar bilan birga G'azna shahriga asir qilib olib ketiladi. Beruniyning 1017-1048 yillarda G'aznada kechirgan hayoti, bir tomondan nihoyat og'ir kechgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, uning ilmiy faoliyati uchun eng mahsuldor davr bo'ldi. Beruniyning "Xorazmning mashhur kishilari" asari ham shu davrda yaratilgan. Uning muhim astronomik-geografikasari "Tahdid nihoyot al-amoniya li tas'hidimasofat al-masokin" ("Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash" - "Geodeziya") 1025 yilda yozib tugatilgan. Beruniyning "Munajjimlik san'atidan boshlang'ich tushunchalar" asari ham 1029 yil G'aznada yozilgan. Asarning forscha, arabcha nusxalari bizgacha yetib kelgan. Unda o'sha zamon astronomiyasi bilan bog'liq bo'lgan bir qancha fanlar haqida muhim ma'lumotlar berilgan. Beruniyning "Hindiston" nomli mashhur yirik asari "Tahqiqmolil-Hind min ma'-qudamaqbulafil-aqlavmarzula" ("Hindlarning aqlga sig'adigan va sig'maydigan ta'limotlarini aniqlash kitobi") 1030 yilda yozilgan bo'lib, bu shoh asar G'arb va Sharq olimlari, shu jumladan, hozirgi zamon hind olimlari tomonidan yuksak baholangan. Mahmud G'aznaviyning Hindistonga qilgan yurishlaridan birida shohga hamroh bo'lgan Beruniy, u yerda Sanskrit tilini puxta o'rganishi hind madaniyati, adabiyoti va Hindistonning o'sha davr olimlari bilan yaqindan tanishishga hamda bu mamlakat haqida o'lmas asar yaratishga imkon berdi. "Hindiston" asari yozib tugatilgan yili Mahmud G'aznaviy vafot etdi va uning o'rniga taxtga o'g'li Mas'ud o'tirdi. Bu davrda Beruniyning ahvoli ancha yaxshilandi. Astronomiyaga oid "Mas'ud qonuni" asarini sulton Mas'udga bag'ishladi. O'sha asr olimlaridan biri Yoqutning yozishicha: "Mas'ud qonuni" kitobi matematika va astronomiya bo'yicha ungacha yozilgan hamma kitoblar izini o'chirib yuborgan" Beruniy o'z asarlari ro'yxatini tuzgandan keyin yana ikkita muhim kitobini yozgan. Bulardan biri "Mineralogiya" dir. Bu risola o'z zamonasi uchun Markaziy Osiyova Yaqin Sharq, hatto Ovro'poda ham mineralogiya

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

102

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

Volume 3 j TMA Conference j 2G22 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

taraqqivotidagi o'rni

'.qytyonda^

sohasida eng yaxshi, tengi yo'q asar hisoblanadi. Beruniyning oxirgi asari - "Dorivor o'simliklar haqida kitob" ining qo'lyozmasi XX asrning 30-yillarida Turkiyada topildi. Asar "Saydona" nomi bilan mashhur, unda Beruniy Sharq, ayniqsa Markaziy Osiyoda o'sadigan dorivor o'simliklarning to'la tavsifini beradi. Beruniy shogirdi Abul Fadl as-Seraxsiy ma'lumoti bo'yicha 11 dekabr 1048 yilda vafot etgan.

Beruniy so'nggi avlodlarga katta ilmiy meros qoldirdi. Beruniyning o'z davri ilm-fanining turli sohalariga oid 160 dan ortiq tarjimalari, turli hajmdagi asarlari, yozishmalari qolganligi bizga ma'lum. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan katta hajmdagi asarlaridan tashqari astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, geografiya, arifmetika, tibbiyot, farmakologiya, tarix, filologiya masalalariga oid qator risolalar yaratdi va sanskit tilidan arabchaga, arab tilidan Sanskrit tiliga tarjimalar qildi, badiiy ijod bilan ham shug'ullanib she'rlar yozdi. "Astrologiyaga kirish", "Astronomiya kaliti", "Jonni davolovchi quyosh kitobi", "Ikki xil harakatning zarurligi haqida", "Ko'paytirish asoslari", "Ptolemey "Almagesti" ning Sanskritchaga tarjimasi", "Foydali savollar va to'g'ri javoblar", "Farg'oniy "Elementlariga tuzatishlar", "Turklar tomonidan ehtiyotkorlik", "Oq kiyimlilar" va karmatlar haqida ma'lumotlar", "She'rlar to'plami", "Al-Muqanna haqidagi ma'lumotlar tarjimasi", "Ibn Sino bilan yozishmalar" shular jumlasidandir.

XIII asrda yashagan suriyalik tarixchi va tabib Xristian Ioanni Bar Ebrey (1226-1286) Beruniyga shundaybaho beradi: "O'sha o'tgan yillarda yunon va hind falsafasi dengizini kechib o'tgan Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o'tmish ilmlarda shuhrat qozondi. U matematika ilmlarida mutaxassis bo'lib, bu sohada qator muhim kitoblar yaratdi. Hindistonga borib, u yerda bir necha yil yashadi, hind faylasuflaridan ularning san'atini o'rgandi va ularga yunon falsafasini o'rgatdi. Uning asarlari nihoyatda ko'p, yetuk va nihoyatda ishonchlidir. Bir so'z bilan aytganda, o'z davrida, undan so'ng va hozirga qadar hamkasblari orasida astronomiya ilmida bunday bilimdon va bu limning asosini hamda nozik tomonlarini chuqur biladigan olim bo'lmagan".

REFERENCES

1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Abu Rayhon Beruniy

2. https : //arboblar.uz/uz/people/abu-rai khan-beruni

3. http://xorazmiy.uz/oz/pages/view/453

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferenc«

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.