Tashkent Medical Academy
The significance of the scientific, cultural
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in
Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan
ABU RAYHON BERUNIYNING PEDAGOGIK - PSIXOLOGIK
QARASHLARI
Nargiza Abdivalievna Asqarova
Toshkent tibbiyot akademiyasi Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o'qituvchisi
Xolisa Boymurodova
Tibbiy profilaktika fakulteti talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola Abu Rayhon Beruniyning ilmiy bilimlarini egallash yo'llari, usullari haqidadagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbligi, talaba yoki o'quvchilarga bilim berish jarayonidagi ahamiyati, fikrlarining uzviyligi, izchilligi sabab hozirgi davr uchun kerakligi, bilim olishni axloqiy tarbiya bilan boglashi, insonning axloqiy kamolga yetishi muammosi butun talim-tarbiya tizimida markaziy masala ekanligi haqidadir.
Kalit so'zlar: metod, komil inson, talaba- o'quvchi, didaktika
Beruniyni chinakam o'rta asrlar Sharqining ilm-fan qomusiy olimi desak mubolag'a bo'lmaydi. Amerikalik tarixchi Dj.Sarton buyuk olim haqida: "Astronomiya va matematika, astrologiya va geografiya, antropologiya va etnografiya, arxeologiya va falsafa, botanika va minerologiya uning buyuk nomisiz qashshoqlashib qolgan bo'lardi" degan. O'zbekiston deb ataluvchi hudud, ya'ni bizning vatanimiz nafaqat sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo'lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar fozilu- fuzalolar, olimu- ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Ana shunday allomalardan biri buyuk vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniydir. Beruniyni yer yuzidagi barcha mamlakatlar aholisi buyuk ensiklopedist olim sifatida yaxshi bilishadi. U qomusiy olim sifatida tarix, falsafa, astronomiya, geografiya, tibbiyot, matematika, astrologiya, fizika, adabiyot kabi fanlarni mukammal o'rgandi va ilmiy izlanishlar olib bordi.
Beruniyning pedagogik tamoyillar, o'quv - tarbiya shakllari usullarning shaxsini kamolga yetkazishdagi o'rni va roli beqiyosdir. Beruniyning takidlashicha, bilim olish va insoniyat yaratgan bilimlarni egallash uchun o'quvchi - talabadan dastlab axloqiy poklikni
https://tma.uz/
December 16 Republican Scientific and Practical Conference
362
Tashkent Medical Academy
The significance of the scientific, cultural
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in
Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan
talab qiladi. Shuningdek, talim bilan tarbiyaning bir butunligini ko'rsatadi, faqat shu birlikka amal qilgan shogirdlar kamolot sari bora oladi, deb ishontiradi. Oquvchi -talabalarning yaxshi o'qishi uchun muallim rostgo'y, savodxon, shogirdlariga prinsipial muomilali bolishi kerak. Hozirgi vaqtda o'quvchi -talabaning savodli o'qishida to'rtta asosiy tarkibiy qism, ayniqsa, ahamiyatlidir. Bular ongli, ifodali, tog'ri va tez o'qishdir. Ular o'zaro ichki bog'lanish motivlariga ega. Orta asrning buyuk donishmandi Beruniy o'qish haqida ana shu o'zaro bog liqlik o'quvchi -talabalarning o'qish faoliyatini mukammallashtirishga, rivojlantirishga imkon yaratishini nazarda tutgan edi. Abu Rayhon Beruniy ilm olishda takrorlashni ustun qo'yadi.
Beruniy inson va jamiyatning paydo bolishi masalasiga to'xtalib:" Qadimgi tarixlaming eng avvalgisi eng mashhuri bashariyatning boshlanishidir", deydi.Beruniy kishilik jamiyati paydo bolishi haqida fikr yuritar ekan, insonlar o'rtasida tafovutlar bo'lsa-da, kishilarning ichki tuzilishi barchada umumiydir, degan xulosaga keladi.Beruniy fikricha , inson hayvondan aql bilan farq qiladi. Insonning hayvondan farq qiladigan bu xususiyati qanday paydo bo'lganligini tushuntirganda, xudoga murojaat qilgan. Beruniy "Podsholar oldida rost gapni gapirishda ularning savlatlaridan qo'rqmang, ular gavdangizga hukmronlik qilishlari mumkin, ammo vijdonizga tega omaydilar " deb talim bergan. Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo'llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O'quvchiga bilim berishda: o'quvchini zeriktirmaslik; bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o'rgatavermaslik; uzviylik, izchillik; tahlil qilish va taqqoslash; mahlumdan nomahlumga, yaqindan uzoqqa, soddan qiyinga qarab borish; takrorlash; yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko'rgazmali bayon etish va hokazoga e'tibor berish kerakligi o'qtiriladi. Beruniy fan sohasidagi yodgorliklarni, ilmiy bilimlarga oid qoldirilgan barcha boyliklarni qunt bilan o'rganishga da'vat etadi.Olim ilm toliblariga qalbni yomon illatlardan, inson o'zi sezishi mumkin bo'lmagan holatlardan, qotib qolgan urf-odatlardan, hirsdan, behuda raqobatdan, ochko'zlikdan, shon-shuhratdan saqlanishi zarurligini o'qtirgan.
Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta'kidlaydi. Bu hozirgi davr pedagogikasi ham ehtirof qiluvchi irsiyat, muhit, tarbiyadir. Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, Beruniyning komil insonni shakllantirishga oid bu fikrlari faqat o'z zamonasi uchun emas, hozirgi davr ta'lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishda ham katta ahamiyatga ega. Zero, uning o'zi ham haqiqiy komil insonga xos xislatlarga ega ekanligini, hayoti va ijodiy faoliyati, yozgan asarlari bilan isbotlab, kelajak avlodlarga katta ma'naviy meros
https://tma.uz/
December 16 Republican Scientific and Practical Conference
363
Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_
Volume 3 j TMA Conference j 2G22 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan
taraqqivotidagi o'rni
'.qytyonda^
qoldirdi. Mashhur Amrikalik tarixchi olim J.Sarton jahon fani tarixida XI asrning birinchi yarmini Beruniy davri deb atadi. Shuningdek, uni o'z davrining jahondagi birinchi donishmandi deb baholaydi.Beruniyning ham tabiiy, ham ijtimoiy fanlarni qamrab olgan 150 dan ortiq yiгik ilmiy asarlar yaгatganligi ham bu fikming o'rinli ekanligini tasdiqlaydi. Beгuniy kundalik trnmush masalalaгiga ham katta e'tiboг be^an. Haг biг axloqan baгkamol inson o'zining tuгmush taгzini ham uyg'un, go'zal eta oladi. uyg'unlik, go'zallik va nafosatning asosi sanaladi. Bemniy insoniy xislatlardan muhimi - ozodlik, ta^iyalilik bo'lsa, insonga eng yaqin narea uning tabiati, гuhi deydi. SHuning uchun inson o'z tabiatiga yoqadigan ishlami bajaгishi zaгuг, deb ko'reatadi. Bunda insonning ichki dunyosi bilan tashqi go'zalligi, trnmush tamdagi go'zallikning uyg'un bo'lishini talab etgan. Bunga inson kiyadigan kiyimidan tortib, kundalik turmushidagi yurish-tuгushi, so'zi, qalbi, qilgan ishi -hammasining go'zal bo'lishi ta'kidlangan.
Bemniyning inson kamolotida axloqiy tartiyaning muhim o'mini ta'kidlashini uning yuqorida qayd etilgan "O'tmish avlodlaTdan qolgan yodgoгliklaг", "Hindiston", "Mineralogiya", "Kitob as - Saidona", "al - Qonuni al - Mashudiy", "Giodeziya" va boshqa asaгlarida ko'ramiz. Beгuniy faxгlanishni yaxshi xulq ma'nosida ishlatib, "Yodgoгliklaг"da shunday deydi: "Faxrianish - haqiqatda yaxshi xulqlar va oliy fe'llarda oldin ketish, ilm-u hikmatni egallash va imkoniyat boricha mavjud nopokliklardan tozalanishdir. Kimda shunday sifatlar topilsa, hukm uning foydasiga va kimda bular yetishmasa, hukm uning zarariga bo'ladi". Demak, Beruniy insonning ma'naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlami yaxshilik va yomonlik kabi ikki tuгga bo'ladi. Bu insoniyat yaratgan pedagogik fikr taгaqqiyotida "qizil ip" bo'lib o'tganidek, shu an'anaga muvofiq Beгuniyda ham axloqiy tushunchalar axloqiy barkamollikning muhim tomonlaridir. Beruniyning yozib qoldirgan asarlariga e'tibor bersak, deyarli hamma sohalarga tegishli fikr mulohzalari bor. Pedagogika va psixologiya bo'yicha keltirilgan fikrlari, hozirgi zamon uchun ham holi hamon mos kelmoqda. Talim tarbiya berishda nimalarga e'tibor berish kerakligi, qanday usullardan foydalanish kerakligi hamma hammasi Beruniyning ilmiy merosida keltirib o'tilgan.
Beruniyning ilmiy asarlari ham ko'pgina darsliklarni yaratilishi uchun debocha rolini bajarmoqda. Uning har bir hikmatli fikrlari talim-tarbiya berishda ancha yordam beradi. Beruniy o'qitishga faqat induktiv yo'l bilan emas, balki deduktiv yo'l bilan ish tutish lozimligini takidlaydi. Bunda olim har qaysi metodni o'z joyida qo'llamoq zarurligini yaxshi bilgani
https://tma.uz/
Republican Scientific and Practical Conferenc«
December 16
Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_
Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan
taraqqiyotidagi o'rni
'.qqtyottüa^
ko'rinib turibdi. Bunday o'qish tafakkurni o'stirib , bilishning sifatini yaxshilaydi, aqliy bilimlarni boyitadi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning jamiyat taraqqiyoti va unda insonning tutgan o'rni barkamol inson talim - tarbiyasi bilan bogliq axloqiy- huquqiy qarashlari hech qachon oz qimmatini yo'qotmaydi va hozirgi davrda ham unga rioya qilish juda muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
REFERENCES
1.A.Zununov. Pedagogika tarixi. Toskkent-2004.
2.M.Qurbonov.Ijtimoiy pedagogika. - Toshkent,2003,41-b
3.J. Hasanboyev. Pedagogika,-"Noshir'Toshkent,20n, 130-b
4.B.X.Xodjayev Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Toshkent,2017
https://tma.uz/
Republican Scientific and Practical Conferena
December 16