Tashkent Medical Academy
The significance of the scientific, cultural
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in
Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan
ABU RAYHON BERUNIYNING PSIXOLOGIK QARASHLARI VA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Go'zal Allaberganova
Ma'mun-Universiteti NTM Tarix va psixologiya kafedra o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada falsafiy fikrlarida Forobiy va Ibn Sino kabi insonning ruhiy jarayonlar haqidagi qarashlarga e'tibor bergani haqida.
Kalit so'zlar: psixologik, ruh va ruhiyat, ruhiy jarayonlar, inson xotirasi, ilm sohalari.
Ilm-fan taraqqiyoti uchun ozining salmoqli hissasini qoshgan buyuk allomalarimizdan Abu Rayhon Beruniyning psixologik qarashlariga doir masalalar bugungi kungacha keng miqyosda qollanib kelinmoqda. SHarq allomalaridan biri Abu Rayhon Beruniy buyuk qomusiy alloma va mashhur mutafakkir bo'lgan. U o'zining falsafiy fikrlarida Forobiy va Ibn Sino kabi insonning ruhiy jarayonlar haqidagi qarashlarga e'tibor berdi. U ham ular kabi to'rtta narsani -suvni, olovni, havoni, yerni moddiy olamning asosi deb ko'rsatadi. Abu Rayhon Beruniy ruh va ruhiyat masalalariga qiziqish bilan qaraydi. Buning sababi bor albatta, chunki olim o'zidan oldin o'tgan Yunon, Rim, Sharq olimlari, jumladan, M.Xorazmiy, Forobiy va boshqa mutafakkirlarining asarlarini qunt bilan o'rgangan va ruhiyatga doir qarashlarning ahamiyatini tushunib yetgan. Qolaversa, insonni o ' qitishda va tarbiyalashda inson ruhiyatini bilish zarurligini anglagan. Bulardan tashqari insonlar bilan o'zaro munosabatlarda ruhiy jarayonlarni bilish lozim ekanligini yaxshi tushungan.
Beruniy ruhiy jarayonlarni barcha hayvonlarga va insonlarga xos deb bildi.Hayvon ruhiyati ongsiz xarakterda, insonda esa ongli. inson mantiqiy fikrlashga, mantiqiy xulosalar chiqarishga qodir, insonda faol nerv xizmatlari mavjud deb ko'rsatadi.Beruniy ruhiyat qarashlarini ruh olimi sifatida emas, balki yirik faylasuf sifatida talqin etgan. Uning "Hindiston", "Mineralogiya" kabi kitob va risolalarida o „zining ruh haqidagi qarashlari, ruhiyatning ba'zi muhim masalalarini bilish va tafakkur jarayonlari haqida juda ko„p, g „oyat qimmatli fikr-mulohazalar mavjud.
Olim ruhiyat masalalarini alohida to'plab yozgan emas, bu masalalar uning asarlarida sochma holda uchraydi. Olim insondagi ruhiy jarayonlarni, avvalo, tabiatda oliy mavjudot-insonning bilish jarayonini, inson bilimlarini boyitish, ma'rifatli bo'lishidagi roli jihatidan o'rganishga va talqin etishga harakat qildi. SHu sababli uning yuqorida keltirilgan asarlarida
December 16
https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
9
Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science
Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan
taraqqiyotidagi o'rni
'qqtyonmg
sezgilar va aqliy bilish, o'zini tuta bilish, xotira,tasavvur, diqqat, idrok va qobiliyat kabi shaxsiy xislatlarni olamni bilish jarayonlari bilan bog'liq holda ko'rsatadi.
Beruniy insonning barcha mavjudotlardan ustunligi uning tafakkuri orqali ekanligini izohlaydi. Shuning uchun ham yerdagi barcha jonzodlar unga bo'ysunadilar, aks holda inson eng kichik hayvondan ham ojiz bo'lar edi. Beruniy fikricha, inson tafakkurining qudrati shundaki, uning yordamida voqea va hodisalarni bir-biriga solishtirish, tahlil qilish orqali rostni yolg'ondan, adolatni adolatsizlikdan, yaxshini yomondan, haqiqatni esa nohaqlikdan ajratishi mumkin. Bu psixologiya fanini rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatishini isbotlaydi. Beruniy inson xotirasini "tangrining tuhfasi" deb ta'kidlagan. Xotirasi kuchsiz kishilarda, uni tirishqoqlik va ko'p shug'ullanish bilan mustahkamlashi mumkin degan g'oyani ilgari suradi.Beruniy inson ruhiyati haqida so'z yuritar ekan, uning bir-biriga aks ta'sir ko'rsatadigan qismlardan iborat tanaga ega ekanini, bu qismlar bo'ysunuvchi kuch sifatida birlashganini, ruh esa ko'p hollarda tana haroratiga tobe bo'lishini va shu sababli unda xilma-xil holat vujudga kelishini aytadi.[1]
Beruniy o'z davridagi deyarli hamma ilm sohalarini egallaydi va ularga oid o'zi ham ko'plab asarlar yozadi. Natijada, u o'zidan keyingi avlodlarga katta va boy ilmiy meros - 160 dan ortiq asarlar, tarjimalar, yozishmalar qoldiradi. Beruniyning ijtimoiy-siyosiy qarashlari insonparvarlik g'oyalari bilan sug'orilgan. U insonni eng sharafli borliq sifatida tushuntiradi. Inson faqat o'zi uchun yashamasligi, insonlar bir-birlariga yordam berishlari kerakligini ta'kidlaydi. Uningcha, insonlar o'rtasidagi tafovut ko'proq tashqi jihatdan mavjud bo'lib, ular ichki tuzilishi va tashkil topishi jihatdan bir umumiylikka ega. Lekin inson maymunga o'xshasa ham, ular o'rtasida tub farqlar mavjud. U «Hindiston» asarida insonlarda tillarning turlicha ekanligi to'g'risida to'xtalar ekan: «Tillarning turlicha bo'lishiga sabab-odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir-birlaridan uzoqda yashashlaridir»,-deydi.
Demak, Abu Rayhon Beruniyning yozgan asarlari,psixologik qarashlari talim-tarbiya,axloq tushunchalari boyicha shakllangan.Beruniyning inson hayvondan onggi,tafakkuri bilan farq qilishi, aynan shu orqali voqea va hodisalarni bir-biriga solishtirish, tahlil qilish orqali rostni yolg'ondan, adolatni adolatsizlikdan, yaxshini yomondan, haqiqatni esa nohaqlikdan ajratishi mumkin degan fikrlari psixologiya fanini rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatishini isbotlaydi.
REFERENCES
1. HAYDAROV F.I JO 'RAEV N.S "Psixologiya tarixi "(o 'quv
https://tma.uz/
qo'llanma)38b
Republican Scientific and Practical Conferenc«
December 16