ABU RAYXON BERUNIYNING "ASOR AL-BOQIYA" ASARIGA DINIY-PSIXOLOGIK YONDASHUV
Feruza Rasulova
O'zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi
dot.v.b.
Sobirova Firuzabonu
1-kurs magistranti
O'rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy zamonasining qator fanlari: astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, tarix, teologiya kabilarni chuqur o'rgandi. U Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tug'ildi va yoshligidanoq ilm-fanga qiziqishi orta bordi. Beruniy keyinchalik mashhur olim Abu Nasr Mansur ibn Iroq qo'lida ta'lim oldi. Beruniy ona tilidan tashqari yana bir qancha tillarni: arab, so'g'diy, fors, suryoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini, keyinchalik Hindistonda sanskrit tilini o'rganadi. Xorazmda yashagan davrida xalqlarni diniy qarashlari va hayot tarzini o'z asarlarida yetarlicha yoritib berdi.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) yashagan X asrning oxirgi choragi XI asrning birinchi yarmi yaqin va O'rta Sharq xalqlarining madaniy va siyosiy hayotidagi muhim bir davr edi. Mamlakatimizda, ulug' ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan tarixiy merosni tiklash, saqlash, o'rganish va kelajak avlodning ma'naviy mulkiga aylantirish bugungi kunda davlat siyosati darajasiga ko'tarildi.
Taniqli olim tarix fanlari doktori, professor Ashraf Ahmedov tomonidan nashrga tayyorlagan. Abu Rayhon Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asari, istiqlolimizga munosib tuhfa bo'ldi.
Jannatmakon ona diyorimizni tom ma'noda buyuk allomalar yurti deya e'tirof etilishi ham bejiz emas. Abu Rayhon
https://ares.uz/
May 21
Republican Scientific and Practical Conference
276
Beruniy esa ana shunday buyuk allomalardan bin, jahon tan olgan qomusiy olim sanaladi.
Beruniy yashagan X asrning oxirgi choragi XI asrning birinchi yarmi yaqin va O'rta Sharq xalqlarining madaniy va siyosiy hayotidagi muhim bir davr edi. U IX asr oxiridan boshlanib, deyarli to XIII asr boshlarigacha davom etgan bo'lib, bir vaqtlar arab xalifaligi tarkibiga kirgan mamlakatlarda yuksak madaniy taraqqiyot va katta siyosiy o'zgarishlar yuz bergan. Bu taraqqiyot va o'zgarishlar shu qadar keskin hamda olamshumul ediki, uni, hatto islomning ilk asrlardagi rivojlanishi bilan ham solishtirib bo'lmas edi. XIX asrda yashagan shveysariyalik sharqshunos va tarixchi Adam Mes bu davrni har tomonlama tahlil qilib, "Musulmon Renessansi" davri deb atadi. Abu Rayhon Beruniy ana shu "Musulmon Renessansi" ning faol qatnashchilaridan va uni shakllantiruvchilaridan biri edi.
Abu Rayhon Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" («Osor al-Boqiya») asari arab tilidan o'zbek tiliga tarjima qilingan bo'lib, «Osor al-boqiya»da izohlar yangidan ishlanib, ko'rib chiqilib, o'rganilib, ularda tarixiy masalalar, aniq fanlarga oid muammolar keng yoritildi. Kitobda, qadimgi xalqlarning, xususan vatanimiz hududidagi sug'dlar, xorazmliklar va undan tashqari musulmonlar, xristianlar, yahudiylarning etnik kelib chiqishi, yashash tarzi, psixologiyasi, urf-odatlari, bayramlari, turli mamlakatlarda hukm surgan podshohlar, imperator sulolalari haqida qimmatli ma'lumotlar keltirilgan. "Davlatning vazifasi insonlarni baxt-saodatga olib borishdir, bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qo'lga kiritadi", -deb yozadi. Beruniy davlatni yetuk shaxs boshqarishi lozim deydi, ya'ni jamoani idora etuvchi adolatli, dono bo'lishi, qonunlarga rioya etishi va qonunlar yarata olishi, kelgusini oldindan ko'ra bilishi, boshqalarga g'amxo'r bo'la oladigan fel-atvorga ega bo'lishi xalqi baxt va saodatga erishuvi uchun ularni baxtli-saodatli qila oladigan jamoa rahbari bo'lishi kerak deydi.
Ma'lumki, qadimiy madaniyat va sivilizatsiyalar chorrahasi bo'lgan yurtimiz zaminidan, o'rta asrlarda minglab olimu ulamolar, buyuk mutafakkir va shoirlar, aziz-avliyolar yetishib chiqqan. Ularning aniq fanlar va diniy ilmlar sohasida qoldirgan bebaho merosi, butun insoniyatning ma'naviy mulki hisoblanadi. Abu Rayhon Beruniyning mazkur asaridagi keltirilgan xalqlar madaniyati , psixologiyasi o'ziga xos ko'rinishga ega bo'lib, o'sha davrda yashagan xalqlarning dunyoqarashi, xalq ongini va xalqnig ruhiy mohiyatini o'rganish, ruhiyat qonunlarini, o'ziga xos xususiyatlarini va toifalanishlarini tushuntirib berganlar. Tajriba usulida o'rganib bo'lmaydigan barcha oliy ruh holatlarini xalqlar psixologiyasi o'rganadi, chunki undagi o'rganish usullari o'ziga
May 21
https://ares.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
277
xosdir va shuni bu buyuk mutafakkirimiz madaniy mahsullardan hisoblangan til, afsonalar, odatlar, san'at asarlari, inson tafakkurining muгakkab tomonlarini, гuhiy jarayonlaгini e'tiгofli ochib beradi.
Abu Rayhon Beruniy xalqlar birlashmasini madaniy-siyosiy markazlariga va iqlim belgilariga qaгab guгuЫadi, aholining xayot tarzini e'tiqodlaгida aks etgan ruhiyat olamini meros qilib qoldirib ketgan. Diniy tasavvur, diniy talimotlar rivojida diniy-axloqiy ustunligi, inson hulqi, manfaatlaгining diniy g'oyalarda yetakchi mavzuga aylanishi, ichki manaviy kamolot, Allohga yaqinlashuvga ma'naviy-ruhiy yuksalish yordamida muyassaг bo'lish haqida va kamolotga erishishdan avval o'zini hirs-havaslardan shunday tozalash lozimki, bunga xulq-axloqni faqat so'zdagina emas, balki haqiqatda (amalda) tozalash orqali erishish mumkin. Shundan so'ng xato va adashishdan saqlovchi, haqiqat yo'lini tushunib olishga boshlovchi nafsini, jonini, mhini tozalash zarurligini baгcha asaгlaгida keltirib o'tgan.
Beruniy axloqiy fazilatlar deganda bilimdonllik, donolik va mulohazali bo'lish, vijdonlilik, kamtaгlik, ko'pchilik manfaatini yuqori qo'yish, haqiqat, ma'naviy yuksaklikka intilish, adolatlilik kabi hislatlarni tushunadi. Ammo bu hislatlaming eng muhumi har biг insonning bilimli, ma'гifatli bo'lishidir. SHuning uchun ham Faгobiy axloq tushunchasiga aql bilan uzviy bog'liq holda, tafakkurga asoslangan axloq sifatida qaraydi. Bundan biz Beruniyning axloqni xulq me'yorlari ifodasi sifatidagina emas, balki kishilarning aqliy faoliyatining natijasi sifatida ham talqin etganligini ko'ramiz.
Xulosa qilib aytganda, Abu Rayhon Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" («Osor al-Boqiya») asaгi, nafaqat ushbu asar balki, barcha asarlari biz uchun o'mi beqiyosdir. Etnopsixologiyaga qo'shgan ulkan xissalari baгcha asaгlaгida yaqqol namoyon bo'ladi. Xalqlar psixologiyasining vazifasi xalq mhi mohiyatini o'гganish va ulami hamjihatlikda, sof e'tiqodda ushlab tuгish ana shu zamonning olim-u fuzalolariga bog'liq bo'ladi. Biz esa o'z zamonasining yetuk namoyondasi bo'lgan Abu Rayhon Bemniyni shu ma'rifat chiroqlaridanligini baгalla ayta olamiz. Uning fikricha inson kamolotga yolg'iz o'zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo'lish, ulaming ko'maklashuvi yoki munosabatlariga muxtoj bo'ladi. Shuningdek, tarbiya jaгayoni tajгibali pedagog, o'qituvchi tomonidan tashkil etilishi muhumdiг. Chunki har biг odam ham baxtni va naTsa hodisalarni o'zicha bila olmaydi bunga esa ilm kerak. Biz yoshlardan asosiy talab qilinadigan narsa bu shijoat va mehnatdir. Allomaning inson kamoloti haqidagi ta'limoti inson ruhiyati hamda ta'lim-tarbiya sohasida katta ahamiyatga egadir.
https://ares.uz/
■_May 21
Republican Scientific and Practical Conference
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-276-279
REFERENCES
1. Alimov Х.М. (2019). Din Psixologiya. T.:"Qaqnus mediya MCHJ", -167 б.
2. Alimov X.M., Karimova V.M., Nishanova Z.T. (2020). Etnopsixologiya va din psixologiyasi. Darslik. - T.: "Fan va texnologiyalar nashriyot -matbaa uyi", 280 b.
4. Tasavvuf ta'limoti va amaliyotini tadqiq qilishning psixologik jihatlari [matn]:diniy ijtimoiy/X.Alimov. (2019). Toshkent.: "MOVAROUNNAHR",. - 159 б.
5. Расулова, Ф. Ф. (2016). Агрессивное поведение и агрессивность личности. Путь науки, (7), 29.
6. Rasulova Miss, F. (2020). PSYCHOCORRECIONAL WORK OF A PRACTICAL PSYCHOLOGIST WITH AGGRESSIVE BEHAVIOR OF CHILDREN AND TEENAGER. The Light of Islam, 2020(1), 145-152.
7. Нишонова, З. Т., Аскарова, Н. А., & Расулова, Ф. Ф. (2011). Диагностика и психокоррекция детей с агрессивным поведением.
https://ares.uz/
Щ_May 21
Republican Scientific and Practical Conference