Научная статья на тему 'AKADEMIK XAYRULLAYEV – MA’NAVIYATIMIZ DARG’ASI (1931 – 2004)'

AKADEMIK XAYRULLAYEV – MA’NAVIYATIMIZ DARG’ASI (1931 – 2004) Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
183
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sharq Renessansi / tarixiy ma’naviy me’ros / Muzaffar Xayrullayev / Forobiyshunos. / Eastern Renaissance / historical and spiritual heritage / Muzaffar Khairullayev / Farobi scholar

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Qodirov, Muhammadjon

Akademik Muzaffar Muhiddinovich Xayrullayev 1931 – yil 17-noyabrda Qo’qon shahrida tug’ilgan. 2004-yil 2-martda Toshkentda vafot etgan. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Akademigi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan Arbobi, falsafa fanlari doktori, professor.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ACADEMIC KHAIRULLAYEV THE LEADER OF OUR SPIRITUALITY (1931 2004)

Academic Muzaffar Muhiddinovich Khairullayev was born on November 17, 1931 in the city of Kokand. He died on March 2, 2004 in Tashkent. Academic of the Academy of Sciences of Uzbekistan, Honored Scientist of Uzbekistan, Doctor of Philosophy, Professor.

Текст научной работы на тему «AKADEMIK XAYRULLAYEV – MA’NAVIYATIMIZ DARG’ASI (1931 – 2004)»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

AKADEMIK XAYRULLAYEV - MA'NAVIYATIMIZ DARG'ASI (1931 -

2004)

Muhammadjon Qodirov

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti "Sharq falsafasi va madaniyati" kafedrasining dotsenti.

ANNOTATSIYA

Akademik Muzaffar Muhiddinovich Xayrullayev 1931 - yil 17-noyabrda Qo'qon shahrida tug'ilgan. 2004-yil 2-martda Toshkentda vafot etgan. O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Akademigi, O 'zbekistonda xizmat ko 'rsatgan fan Arbobi, falsafa fanlari doktori, professor.

Kalit so'zlar: Sharq Renessansi, tarixiy ma 'naviy me'ros, Muzaffar Xayrullayev, Forobiyshunos.

ABSTARCT

Academic Muzaffar Muhiddinovich Khairullayev was born on November 17, 1931 in the city of Kokand. He died on March 2, 2004 in Tashkent. Academic of the Academy of Sciences of Uzbekistan, Honored Scientist of Uzbekistan, Doctor of Philosophy, Professor.

Keywords: Eastern Renaissance, historical and spiritual heritage, Muzaffar Khairullayev, Farobi scholar.

АННОТАЦИЯ

Академик Музаффар Мухиддинович Хайруллаев родился 17 ноября 1931 года в городе Коканде. Ушёл из жизни 2 марта 2004 года в Ташкенте. Академик Академии наук Узбекистана, заслуженный деятель науки Узбекистана, доктор философских наук, профессор.

Ключевые слова: Восточное Возрождение, историко-духовное наследие, Музаффар Хайруллаев, ученый-фароби.

KIRISH

Omonulla Fayzullayev Muzaffar Xayrullayev haqida shunday yozganlar: "Muzaffar Muhiddinovich Xayrullayev fanimiz va madaniyatimiz sohasida ko'zga yalt etib ko'ringan iqtidorli shaxs. Uning nomisiz XX asr ikkinchi yarmida falsafamiz rivojini tasavvur qilib bo'lmaydi. Axir, 40 yildan ortiq ikkita oliy dargoh -I.Mo'minov nomidagi Falsafa va huquq hamda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutlari rahbari, shuningdek, Markazqo'mda bo'lim boshlig'i bo'lib ishlashga hamma ham muyassar bo'la olmaydi, hammaning qo'lidan ham kelmaydi.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Abu Nasr Forobiyni qaytadan kashf qilgan faylasuf ham shu zotdir. Dunyoning yarmida bo'lib o'tgan ilmiy kongresslarda O'zbekiston falsafasi yutuqlarini targ'ib qilgan vakilimiz ham shu kishi."1

Omonulla Fayzullayev akademik Muzaffar Muhiddinovich Xayrullayevni istedodli olim, tadbirkor jamoat va davlat arbobi, toza qalbli, samimiy inson sifatida eslatdilar.2

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Forobiyshunos olim3

O'zbekistonda falsafa fani tarqqiyotiga katta hissa qo'shgan olimlardan biri akademik Muzaffar Muhiddinovich Xayrullayevdir. Olim akademik Ibrohim Mo'minov rahbarligida Abu Nasr Forobiyning ulkan ilmiy merosini tahlil etib, alloma yashagan davrni Markaziy Osiyo fani tarixida o'ziga xos uyg'onish davri sifatida baholaydi.

Bu davr bir tomondan Markaziy Osiyoda shakllangan isom madaniyati ta'sirida ilm fan taraqqiyotida e'tiborning kuchaygan davri bo'lsa, ikkinchidan yurtimizda buyuk mutaffakkirlar merosining qadimgi xalqlar, jumladan, inson falsafasi ananalari bilan chatishib ketganligi hamda mazkur merosni arabchaga tarjima qila oladigan yuqori malakali olimlarning yetishib chiqganligi bilan alohida ahamiyatga ega edi.

Abu Nasr Forobiyning o'zi ham juda ko'p qadimiy tillarni yaxshi egallagan, xotirasi nihoyatda kuchli shaxs bo'lgan. M. Xayrullayevning ta'kidlashicha, "arab madaniyati, arab fani, arab falsafasi nomi ostida dunyoga tanilgan mutafakkirlarning aksariyati Markaziy Osiyodan bizning yurtimizdan chiqqan olimlar edi. Ularning alohida bir xususiyati xotirasining kuchliligida edi." Bu hodisaning sababini Abu Rayhon Beruniyning "Osori al-Boqiya" ("Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar") asarida ham uchratamiz.

Markaziy Osiyoga bostirib kelgan bosqinchilar har safar ajdodlarining bilimlarini egallagan olimlarni qilichdan o'tkazishgan, yozma manbalarini esa gulxanga tashlashgan. Natijada qimmatli fikrlar bayon qilingan asarlar yo'qolib ketmasligi uchun odamlar ularni xotirada saqlashga majbur bo'lishgan. Shu tariqa Markaziy Osiyoda yod olish san'ati vujudga kelgan. Butun boshli yirik epik asrlarni yoddan aytadigan baxshilar (masalan, Firdavsiyning "Shohnoma"sidan, Bedil

1 Qarang: Fayzullayev O. F. "XX asr ziyolilari: ustozlarim va safdoshlarim" -T: Falsafa va huquq, 2008.

2 Fayzullayev O.F. Ko'p bilib kam gapiradigan faylasuf / M.M. Xayrullayev haqida // O'zbekiston ovozi, 16 -noyabr 1991-yil.

3 To'rayev B.O. Forobiyshunos olim. // O'zbekiston adabiyoti va san'ati. No 46. Toshkent: 2011-yil 11-noyabr.

14

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

asarlaridan "Alpomish" va "Manas"dan) ham paydo bo'lgan. Qimmatli fikrlarni sherga solib hikoya qilish rasmga aylangan. Shu sababli xotirasi kuchli kishilar vujudga kela boshlaydi. Kuchli xotira ko'p tillarni oson egallashga imkon beradi. Shu bois qadimgi ajdodlarimiz kamida uch-to'rt tilda erkin gaplasha olgan. Bu ilm-fan taraqqiyotiga, ayniqsa, tarjima sohasida juda qo'l kelgan.

Ota-bobolarimiz qadimgi suriyon, yahudiy, yunon, sanskrit va boshqa unutilib ketayotgan tillardan ham qimmatli asarlarni o'z tillariga tarjima qilishgan. Ayniqsa bu odat Markaziy Osiyoga islom dini kirib kelib, Quroni Karimni yod olish ehtiyoji vujudga kelgan davrlarda, hamda shu din orqali ilm ma'rifatni egallashga keng yo'l ochilgandan so'ng nihoyatda keng ommalashdi.

Bu davrda ko'plab asarlar, jumladan, qadimgi yunon faylasuflari Suqrot, Aflotun, Arastu, Arximed, Yevklid, Gipparx, Gippokrat (Buqrot xakim), Ptolemey va boshqalarning asarlari ham arab tiliga tarjima qilina boshlandi. Bu bir tomondan islom diniga etiqod qiluvchi mamlakatlarda ilm-fanning rivojlanishiga, ikkinchi tomondan, keyinchalik Yevropa mamlakatlarida ilm-fanning rivojlanishiga antik davr fan va madaniyatining qayta jonlanishiga zamin yaratdi.

Muzaffar Xayrullayev akademik Konrad va gruzin Jutsubidze kabi bu davrni "Sharq uyg'onish davri" deb atadi. Totalitar kommunistik mafkura O'rta Osiyo xalqlarini "Madaniyati past, qoloq turmish tarzi ibtidoiy darajadagi feodal munosabatlar tasirida qotib qolgan" tarzidagi g'ayri ilmiy baholashni zo'r berib targ'ib etayotgan bir davrda bunday atamani ishlatish haqiqatdan ham ilmiy jasorat edi. M. Xayrullayevning bu jasorati o'sha davrda keng e'tirof etilgan edi. Jumladan, o'tgan asrning yetmishinchi yillari boshida Toshkentda bo'lib o'tgan "Hozirgi zamon fanlarining falsafiy muammolari" mavzusidagi ilmiy nazariy konferensiyada Moskvada nashr etiladigan "Философские науки" jurnalining bosh muharriri V.S. Gott so'z olib, Muzaffar Xayrullayevning falsafa tarixiga, falsafiy fanlar taraqqiyotiga qo'shgan hissasi haqiqatdan ham taxsinga loyiq. U falsafa tarixida forobiyshunoslik yo'nalishini taraqqiy ettirib, fanda butun boshli ilmiy maktab yaratishga erishdi, degan edi.

M. Xayrullayev O'rta Osiyo davlat universiteti filologiya fakultetining "Mantiq" bo'limini bitirib, aspiranturada ham mantiq ilmi bo'yicha tadqiqot olib borgan va shu fanning ravnaq topishi yo'lida buyuk vatandoshuimiz Abu Nasr Forobiy katta ishlar amalga oshirganini chuqur anglab yetgan. Darhaqiqat, Abu Nasr Forobiy Arastudan keyin mantiq ilmini yuqori cho'qqiga ko'tara olgan eng yirik mutafakkirdir. Ayniqsa, Forobiyning sillogizmlar nazariyasiga qo'shgan hissasi mantiq fani tarixida alohida ahamiyatga ega.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

M. Xayrllayev Forobiyning ulkan ilmiy merosini bitta ilmiy tadqiqot instituti doirasida amalga oshirish mumkin emasligini tushunib yetib, hamkorlikka falsafa va huquq institutidan tashqari Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti (Ubaydulla Karimov, Abdusodiq Irisov, Bulgakov, Saidov va Kazberdiyev kabi arabshunoslarni), moskvalik (arabshunos Artur Sagadiyev, Butun ittifoq fan va texnika tarixi instituti direktori Mikulenskiy va boshqalarni), olmaotalik (akademiklar Qosimjonov va Bo'riboyev hamda tadqiqotchi Mutallibovlar kabi) olimlarni ham davat etadi. Forobiy asarlari qo'lyozmalarini o'rganish uchun butun boshli tarjimonlar guruhini shakllantiradi. Ular Forobiyning arab tilida yozilgan qo'lyozmalarini peshma-pesh tarjima qilib ularga sharhlar ham yozishadi.

Shu tariqa Forobiy zamondoshlari va uning haqida izlanishlar olib borgan keyingi davr olimlarining ham ilmiy merosi tadqiq etila boshladi. O'zbekistonda o'rta asrlar falsafa tarixini tadqiq etuvchi ilmiy ijodiy maktab shakllandi.

Biz Muzaffar Xayrullayevni yoshlar tarbiyasiga alohida etibor qaratgan jonkuyar ustoz va murabbiy, mas'uliyatli rahbar sifatida bilamiz. U 1970 yilning boshlarida Toshkent davlat universiteti falsafa bo'limi talabalariga "O'rta va Yaqin Sharq falsafasi tarixi" bo'yicha maxsus kursdan saboq berganlar.

Ustoz ilm yo'lida hech kimdan qimmatli maslahatlarini ayamasdi. Uning uchun laborant ham, kichik ilmiy xodim ham, akademik ham birdek edi. Shu sababli, katta-yu-kichik, ilm ahli hech tortinmasdan M.M. Xayrullayevning qabuliga kirib kelaverardi.

Ustoz haqiqiy fan fidoiylarini hurmat qilar va ularga ilm bilan shug'ullanishlari uchun sharoit yaratib berardi. Bu haqda zukko va hozir javob professor Omonulla Fayzullayev shunday degan edilar: "Muzaffar Muhiddinovichning rahbarligida ishlash rohat, ilmda muvaffaqiyatga erishsang maqtovga sazovor bo'lasan, ishlashga barcha sharoitlarni yaratib qo'yadi, kamchilikka yo'l qo'ysang, seni koyish o'rniga kamchiliklarni o'zi tuzatib qo'ya qoladi. Sen esa yo'l qo'ygan xatolaringga o'zing xijolat chekib, bunday xatoga qaytib yo'l qo'ymaydigan bo'lasan. M. Xayrullayev ana shunday bag'ri keng insondir."4

M. Xayrullayev Markaziy Osiyoda yashab o'tgan mutafakkirlarning kelib chiqishi haqida gap borganda "Ular Markaziy Osiyoning Sharq mutafakkirlaridir " degan nuqtai nazarni qattiq turib himoya qilar edi. Bu fikrni Ibrohim Mo'minov ham, Omonulla Fayzullayev ham yoqlaganlar. Lekin, o'tgan asrning 70-80-yillarida ro'y berayotgan milliy uyg'onish adabiyoti ta'sirida har bir Respublika ziyolilari "bu

4 Fayzullayev O.F. "Ko'p bilib kam gapiradigan faylasuf" / M.M Xayrullayev haqida// O'zbekiston ovozi, 16-

noyabr 1991-yil

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

bizning bobokalonimiz, bu esa seniki"qabilidagi ayirmachilik siyosatini avj oldirishgan, buning oqibatida hammamiz uchun birday qadrdon bobokalonimizni bo'lishib olish boshlangan edi. Masalan, 1970-yillarda Moskva olimlarining tashabbusi bilan O'rta Osiyo falsafasi va madaniyati bo'yicha mintaqa olimlarining o'z meroslari haqida uch tomlik tanlangan asarlarini chop etish masalasida bir guruh olimlariga rahbar sifatida KPSS markaziy qo'mitasining ijtimoiy fanlar akademiyasi rektori Iovchuk Toshkentga keldi. Tojikistondan Tojikiston Fanlar Akademiyasining prezidenti Muhammad Asimov tadqiqotchilar Ashurov va Dinorshoyevlarni olib keldi. Qirg'izistondan akademik Oltmishboyev, Turkmanistondan Choriyev va boshqalar mavzularni yozib olish rejasi bilan kelgan edilar. O'tmish mutafakkirlarini ijodini yozish bo'yicha baxs qizib ketdi. Shunda Asimov baxsga aralashib, Ibn Sino tojik ekanligini bir necha bor ta'kidlab, tojikistonlik olimlargina uni yozishi mimkinligini aytib, boshqa respublikalar masalan, Qirg'iziston va Turkmanistonning ko'pchilik aholisi ko'chmanchi ekanliklarini pesh qilib, ular ibtidoiy jamoat shakllarida ekanliklarini dangal aytishdi. Bahs uch kun davom etdi va biror murosaga kelinmadi. Iovchuk o'z guruhini olib natijasiz Moskvaga qaytdi. Asimov SSSR Oliv Sovet deputati edi.

Buni qarangki, Tojikiston mustaqillikka erishgandan keyin, u yerda fuqarolar urushi bir necha yil davom etib, o'z milliy olimlarini shiddat bilan himoya qilgan Asimov o'z uyida o'ldirildi.

Lekin shunga qaramasdan M.M. Xayrullayev: "Markaziy Osiyoda yashagan xalqlarning etnik kelib chiqishi birdir. O'tmishda o'tgan har bir mutafakkir o'zbekka ham, tojikka ham, qozoqqa ham, qirg'izga ham, turkmanga ham, qoraqalpoqqa ham birday aziz va ular har birimizning bobokalonimizdir. Biz "bo'lib tashla va ularning ustidan hukmronlik qil" degan siyosatga qarshi birlashish, hamjihatlashish yo'lidan borishimiz kerak. Shunda bizning ustimizda hukm yuritishga jurat qila olishmaydi" degan qatiy fikrda turardi.

M. Xayrullayev Markaziy Osiyo mutafakkirlari merosini tadqiq etish asnosida, mintaqamizda bundan ming yillar ilgari ham taraqqiy etgan yaxlit, monolit madaniy qatlam bo'lganligi va biz, Markaziy Osiyo xalqlari anashu yuksak madaniy merosning qonuniy vorislari ekanligimizni keng ilmiy jamoatchilik oldida atroflicha asoslab bergan olimlardan biri sifatida bugungi yoshlar uchun ibrat bo'lishga munosibdir.5

5 Qarang: To'rayev B.O. Akademik Xayrullayev (1931-2004). Bizning faylasuf ustoz. Tanlangan asarlar.

To'rtinchi tom. O'zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro tadqiqot markazi. 2021 B209.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA

Muzaffar Muhiddinovichning mustaqilligimizdan keyingi faoliyati ayniqsa, ibratlidir. Ustoz Fanlar Akademiyasi minbaridan turib, falsafadan minimum imtihonlarini olib tashlash to'g'risidagi takliflar bilan chiqqan ayrim akademiklarning gaplarini eshitgan bo'lsalar ham, ular bilan olishib o'tirish ortiqcha ekanligini tushunib, ularga ish bilan javob berishga qaror qildilar. "O'rta Osiyoning olimlar, adiblar va mutafakkirlarning ma'naviy merosi" seriyasidagi uch jildlik kitoblarni Abdulla Qodiriy nomli "Abadiy Meros" nashriyoti bilan kelishgan holda 1992, 1993, 1994 yillarda o'z muharrirliklari ostida bosmadan chiqarib, keyinchalik "Ma'naviyat Yuldazlari" nomi ostida nashr ettirdilar. Qizig'i shundaki, bu kitob respublikamizda va qo'shni o'lkalarda yashab o'tgan buyuk siymolar haqida ilmiy-tadqiqot olib borgan mualliflarning dissertatsion ishlari haqida ommabop ma'lumotlar beradi. Uni respublikamizning 32 kishidan iborat mualliflari yozishgan. 1995-yilda esa, "O'zbekistonda ijtimoiy fanlar rivoji" nomi ostida oliy o'quv yurtlari uchun o'quv qo'llanmasini o'z muharrirliklari ostida nashr etdilar. Shuning uchun bo'lsa kerak Muzaffar Xayrullayevning ilmiy mehnatlari mustaqillik yillarida munosib baholanib, Beruniy nomidagi davlat mukofoti hamda "Mehnat Shuhrati" ordeni bilan taqdirlandilar.

Muzaffar Muhiddinovich buyuk olimlarimiz bo'lgan Forobiy, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Ibn Sino, Najmiddin Kubrolarning yubileylarining faol qatnashchisi va tashkilotchisi edilar.

REFERENCES

1. Fayzullayev O.F. "Ko'p bilib kam gapiradigan faylasuf' / M.M Xayrullayev haqida// O'zbekiston ovozi, 16-noyabr 1991-yil

2. Fayzullayev O. F. "XX asr ziyolilari: ustozlarim va safdoshlarim" -T: Falsafa va huquq, 2008.

3. To'rayev B.O. Akademik Xayrullayev (1931-2004). Bizning faylasuf ustoz. Tanlangan asarlar. To'rtinchi tom. O'zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro tadqiqot markazi. 2021 B209.

4. Qodirov, M. (2021). PIFAGOR VA AFLOTUNNING HARAKAT VA ZAMON TA'RIFI HAQIDA IBN SINO E'TIROFLARI. . Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 16-19.

5. Renan "Dialogues fragments philosophiques" - "Falsafiy dialoglar va parchalar" F., 1876, r. VIII-IX.

6. Jahon falsafasi qomusi "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati" nashriyoti. Toshkent-1916, 2-jild, 510-bet.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

7. Ma'naviyat yulduzlari. Mas'ul muharrir: M.M.Xayrullaev. T.: A.Qodiriy nomilagi xalq merosi nashriyoti, 1999., 321-b.

8. Qodirov, M. (2021). UCHINCHI RENESSANS HAQIDA BA'ZI MULOHAZALAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(2).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.