Научная статья на тему 'BERUNIYNING JAMIYAT VA INSON TO’G’RISIDAGI FIKRLARI'

BERUNIYNING JAMIYAT VA INSON TO’G’RISIDAGI FIKRLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
593
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zaxau / Al osor al-boqiya / ehtiyoj / tafovut / sabab / yaratilish.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Azamat Abdi O’G’Li Himmatov

Ushbu maqolada Beruniyning jamiyat va inson to’g’risidagi fikrlari qiyoslangan holda berilgan. Turli adabiyotlardan foydalangan holda tahlil qilingan. Shuningdek uning qarashlariga sharhlar berilgan va xulosalar chiqarilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BERUNIYNING JAMIYAT VA INSON TO’G’RISIDAGI FIKRLARI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-14-18

BERUNIYNING JAMIYAT VA INSON TO'G'RISIDAGI FIKRLARI

Azamat Abdi o'g'li Himmatov

Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti 2-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Beruniyning jamiyat va inson to'g'risidagi fikrlari qiyoslangan holda berilgan. Turli adabiyotlardan foydalangan holda tahlil qilingan. Shuningdek uning qarashlariga sharhlar berilgan va xulosalar chiqarilgan.

Kalit so'zlar: Zaxau, Al osor al-boqiya, ehtiyoj, tafovut, sabab, yaratilish.

KIRISH

Beruniyning ijtimoiy qarashlari hanuzgacha ilm-fan tarixida katta ahamiyatga ega. Sharqshunoslik adabiyotida Beruniyning ilmiy merosini birinchilar qatori tadqiq qilgan olim E.Zaxauning Beruniy ijtimoiy qarashlariga bergan bahosi alohida ahamiyat kasb etadi. E.Zaxau Beruniyni qomusiy olim va buyuk mutafakkir sifatida ulug'laydi.

Beruniy ijtimoiy qarashlarining yana bir qiziqarli tomoni shundaki, u dastavval qomusiy olim sifatida ilmiy tadqiqot mеtodini ishlab chiqishga intilgan. Ana shu mеtodning asosiy xususiyati o'rganilayotgan hodisalarga tajribaviy, ratsionalistik yondashish bo'lib, uning eng muhim talabi og'ishmay haqiqatga intilishdan iborat edi. Beruniy o'z ijtimoiy qarashlari aks ettirilgan maxsus asar qoldirmagan. Ammo, shunga qaramay, olimning ko'pgina qomusiy asarlarida faqatgina qimmatli tarixiy ma'lumotlar kеltirilmagan, balki muallif ishning borishiga qarab u yoki bu ijtimoiy masalalar bo'yicha o'zining nuqtai nazarini e'tirof etishga yoki ular yuzasidan tanqidiy fikrlar aytishga harakat qilgan. Bu uning ijtimoiy qarashlari to'g'risida xulosa chiqarish imkoniyatini beradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Beruniy ilmiy faoliyatining dastlabki davridanoq ijtimoiy-tarixiy masalalarni zo'r qiziqish bilan o'rgana boshladi. Masalan, "Al-osor al-boqiya" asaridan ilgari, Beruniyning o'zi e'tirof etishicha, "Oq kiyimliklar va qarmatiylar xabari haqida kitob"1 nomli asarini yozgan. Mazkur asar o'rta asr Sharqida eng ilg'or taraqqiyotparvar ijtimoiy harakatlardan biri bo'lgan qarmatiylarga bag'ishlangan. Beruniy shuningdek Xorazm tarixiga oid maxsus asar yaratgan. Bayhaqiy undan

1 A.P.EepyHHH, TaHnaHraH acapnap. 1 rang, TomKeHT, OAH 1968, 247 6.

E-mail: carjisor@gmail.com

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-14-18

parcha ham keltirilgan. Afsuski, uning tarixiy ijtimoiy masalalarga oid maxsus bu va boshqa asarlari bizgacha etib kelmagan. Olimning fikr-mulohazalari va umumlashmalari shuning uchun ham qimmatligi, olimning fikrlari, bir tomondan, O'rta Osiyo, qadimgi Yunon va Hind mutafakkirlarining ilg'or an'analarini ijodiy rivojlantirgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, Beruniyning yetukligi va tafakkur doirasining kengligidan dalolat beradi.

Beruniy tomonidan "sabablarning sababi" - inson va insoniyat jamiyatining yuzaga kelishi masalasining qo'yilishi diqqatga sazovor, "qadimgi tarixlarning eng avvalgisi va mashhuri bashariyatning boshlanishidir.

Kitob ahlilari bo'lmish yahudiylar, xristianlar, otashparastlar va bularning sinflarda bashariyatning boshlanishi va uning tarix boshi qilib olinishi xususida shunday ixtiloflar mavjudki, tarixlar haqida bu kabi xilma-xillik bo'lishi mumkin emas"3 .

Beruniy inson va kishilik jamiyati xudo tomonidan yaratilgan degan nazariyani chuqur tahlil qilib, quyidagi xulosaga keladi: "Yaratilishning boshlanishi va o'tmish asrlar ahvoli orqali bilinadigan har bir narsa uydirma gaplar va afsonalar bilan qorishgandir, chunki bu ishlar juda uzoqda qolib, biz bilan ular orasida ko'p zamon o'tib ketgan"4 . Bu yerda Beruniy kishilik jamiyatining paydo bo'lishi haqida ratsionalizm pozitsiyasida turganini ko'ramiz. U bu voqealar sodir bo'lgan davr noma'lum, bu haqida olim ega bo'lgan ma'lumotlar mazkur savolni yechish yetarli emas, deb biladi, bunday pozitsiyada turishning o'zi Beruniyning bu masalaga tabiiy ravishda yondoshganligidan dalolat beradi.

Beruniy insonlar o'rtasidagi tafovut borligi haqida gapirar ekan, u faqat tashqi farqlar to'g'risida fikr yuritgan. Lekin kishilarning ichki tuzilishi va tashkil topishi, uning fikricha barchada umumiydir. Ana shu nuqtai nazardan u inson turli ajdodlardan paydo bo'lgan degan ehtimolni butunlay rad etdi. U inson bilan maymun o'rtasida o'xshashlik borligini aytadi. "Ular a'zolarining o'xshashligi bilan, tashqi ko'rinishlari ham o'xshab ketadi" Inson Beruniy fikricha hayvondan aql bilan farq qiladi. Lekin mutafakkir insonda hayvondan tubdan farq qiladigan bu xususiyat qanday paydo bo'lgani haqida fikr yuritib, insonni xudo azaldan shunday yaratgan degan.

U insonning jismoniy tuzilishi va butun hayotini aniqlashda geografik omilning roli haqida ajoyib fikrlarini aytgan: Beruniy o'zining "Hindiston" asarida musulmonlar bilan hindlarning urfodatlari o'rtasidagi farqni taxmin qilib, ular

! O'shajoyda epyHHK

epyHHH, MHHepo

3 A.P.EepyHHH, TaHnaHraH acapnap. 1 rang, TomKem; OAH 1968, 247 6.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-14-18

geografik sharoitlarga bog'lik degan fikrni ilgari surdi. Beruniy geografik omilning rolini tahlil qilishni davom ettirib, hatto tillarning turlichaligi ham geografik sharoitlarga bog'liq deb qaradi. "Tillarning turlicha bo'lishiga sabab odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, birbiridan uzoq turishidir"5 deydi.

Beruniy ijtimoiy hayotda moddiy ehtiyojning roli haqidagi fikri o'sha davrdagi diniy-idealistik qarashlardan farq qiluvchi nihoyatda ajoyib hol edi. U ong qudratining yolg'iz o'zi inson uchun hal qiluvchi qudratga molik emas, unga kuch va qudratni faqat jamiyat bergan degan fikrni olg'a surdi. Beruniyning buyukligi shundaki, u jamiyat yuzaga kelishi asosida kishilarning moddiy extiyojini kura oldi. "Inson yalang'ochligi va madorsizligi tufayli, himoya qiluvchi tayanchlari bo'lmaganligi sababli boshqalar tomonidan musibat chekadi. Uning ehtiyojini qondira oladigan, talabini himoya qiladigan doimiy zaruriyatni his etardi"6 . Shunday qilib, ko'rib turibmizki, himoya qilish zaruriyati tag'in boshqa extiyojlarni qondiruvchi zaruriyatlar kabi moddiy omillar insonlarni birgalikda yashashga da'vat etadi.

NATIJA VA MUHOKAMALAR

"Ehtiyojlar turli-tuman va son-sanoqsizdir. Faqat ularni bir qancha kishilar birgalikda ta'minlay olishlari mumkin. Buning uchun kishilarda shahar yaratish zaruriyati tug'iladi" "Gap shundaki, odam ehtiyojining ko'pligi, tiyilishi kamligi, himoya qilish quroliga ega bo'lmaganligi va dushmanning ko'pligi tufayli, birbirini himoya qilish zarurligi, o'zini va boshqalarni ta'min etishga zarur bo'lgan biror ishni bajarish uchun o'z qarindosh urug'i bilan jamiyatda birlashishga majbur bo'lgan" degan xulosaga keladi. Beruniy jamiyatning haqiqiy yuzaga kelish jarayonini ta'riflar ekan, ijtimoiy hayot o'ziga xos "shartnoma" asosida tuzilishini e'tirof etadi.

Inson bu ehtiyojlarni tushunib, o'ziga o'xshash kishilar bilan birga yashashning zarurligini tushuna boshlaydi. Shuning uchun o'zaro kelishuvchanlik qabilidagi "shartnoma" tuzishga kirishadi. Shunday qilib, bu o'z navbatida, inson o'zining turli-tuman ehtiyojlarini qondiradigan qishloq va shahar kabi ijtimoiy hayot kechiruvchi markazlar paydo qilishiga olib kelgan. Insonlarning birgalikdagi turmushi insonni haqiqiy qudratga, uning ehtiyojlarini qondirishga olib kelmaydi, buning uchun yana mehnat qilish ham zarurdir. Beruniy jamiyatni boshqarishda o'sha davrdagi davlat tepasidagi hokimlar va din xomiylarni uylagancha, jamiyat podshoga xizmat qilmay, podsho jamiyatga xizmat qilishi kerakligini tushungan: "Idora qilish va

5 Азиз ^аюмов Ажойиб кишилар ^аёти. Тошкент, 1987. Ёш гвардия, 46-б.

6 А.Б.Беруний, Минерология. Москва, Наук, 1963, ст.11 22

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-14-18

boshqarishning mohiyati balki boshliq zolimlardan aziyat chekkanlarning huquqlarini himoya qilish, birovlarning tinchligi yo'lida o'z tinchligini yo'qotishdir. Bu ularning oilasini, ularning hayoti va mol-mulkini himoya qilish va qo'riqlash yo'lida badan charchashidan iborat"7. Beruniy o'z davrining eng ko'zga ko'ringan ilm-fan homiylaridan edi. U mamlakat ravnaqini qurdi. Ilm-fan, diniy chegaralarga qaramay, saxovatli xizmatini o'tashi mumkin deb bildi. hindlar uchun tarjimalar bilan shug'illanar ekan, "ilm tarqatishga va ularda yo'q ilmning ularda ham bo'lishiga qiziqdi" Beruniy tomonidan shunday fikrlar izhor etilgan: Insonning eng oliy baxti bilishda, chunki u aqlga ega. Baxt ana shu nuqtai nazardan tushunilsagina jamiyatga tinchlik va farovonlik keltiradi. "Haqiqiy huzur-halovat inson biror narsaga ega bo'lgan sari ana shu narsaga ko'proq ega bo'lish maqsadida intilishining tobora ortib borishidan iborat. Inson ruhida avval bilmagan narsasini bilib olishda ana shunday holat paydo bo'ladi"8. Insonning oliy fazilati esa, Beruniy fikricha, boshqalar haqida, ayniqsa kambag'allar haqida g'amxo'rlik qilishdan iboratdir.

XULOSA

O'rta asrning buyuk olimi xalqlar do'st, inoq, ittifoq bo'lib yashashi uchun kurashib keldi. U insoniyatga, u yaratgan fan va madaniyatga qirg'in keltiruvchi urushlarni qattiq qoraladi. Olim o'zining "Hindiston" asarida "xalqlar o'rtasida tortishish va talashish ko'p", deb afsuslanib tilga olgan edi. Uning Hindistonda olib borgan keng ilmiy tadqiqot ishlari xalqlar o'rtasidagi do'stlik, o'zaro hamkorlik va madaniy munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan edi. Bundan ko'rinib turibdiki, Beruniy madaniy hamkorlik va ilm-ma'rifatning keng tarqalishiga katta e'tibor berdi. Shunday qilib, Beruniyning jamiyat va insonga bo'lgan qarashlari asosida ajoyib fikr va mulohazalar yotadi. Jamiyatda sodir bo'layotgan jarayonlarni anglab olish, moddiy omillarning jamiyat va inson hayotidagi o'rnini e'tirof etishi katta rol o'ynaydi. U o'rta asr davridagi o'rta osiyolik taraqqiyparvar mutafakkirlar dunyoqarashida yorqin insonparvarlik an'analarini ishlab chiqishda katta hissa qo'shgan.

REFERENCES

1. А.Р.Бсруний, Танланган асарлар. 1 жилд, Тошкeнт, ФАН 1968

2. А.Р.Бсруний, Минeрология.Москва, Наук, 1963

3. Азиз ^аюмов Ажойиб кишилар хдёти. Тошкeнт, 1987

7 М.А.Салъс. Абу Рай^он Бсруний, Тошкснт, Фан, 1960, 24-б.

Бсрунийнинг жамият ва инсон ^акидаги к;арашлари. Бсруний ва ижтимоий фанлар, Тошкснт, Фан.1973,71 -б. 23

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-14-18

4. М.А.Салъе. Абу Райх,он Беруний, Тошкент, Фан, 1960

5. Берунийнинг жамият ва инсон хдкидаги кдрашлари. Беруний ва ижтимоий фанлар, Тошкент, Фан.1973

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.