Научная статья на тему 'ABU RAYHON BERUNIY QARASHLARIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MEHNATGA O’RGATISHNING MOHIYATI.'

ABU RAYHON BERUNIY QARASHLARIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MEHNATGA O’RGATISHNING MOHIYATI. Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

403
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash / milliy qadriyatlarimiz / jismoniy barkamolligi / aqlan yetuk / mehnatsevarlik / mehnat tarbiyasi / oila tarbiyasi / nafosat tarbiyasi / insonning shaxsiy gigiyenasi.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Nazokat Xusanovna Iskandarova

Ushbu maqolada Abu Rayhon Beruniy qarashlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni mehnatga o’rgatishning mohiyati haqida so’z borgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABU RAYHON BERUNIY QARASHLARIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MEHNATGA O’RGATISHNING MOHIYATI.»

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

taraqqiyotidagi o'rni

'qqtyonmg

ABU RAYHON BERUNIY QARASHLARIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MEHNATGA O'RGATISHNING MOHIYATI.

Nazokat Xusanovna Iskandarova

Jizzax shahar Maktabgacha ta'lim bo'limi tasarrufidagi 1-sonli DMTT tarbiyachisi

Ushbu maqolada Abu Rayhon Beruniy qarashlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni mehnatga o'rgatishning mohiyati haqida so'z borgan.

Kalit so'zlar: vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimiz, jismoniy barkamolligi, aqlan yetuk, mehnatsevarlik, mehnat tarbiyasi, oila tarbiyasi, nafosat tarbiyasi, insonning shaxsiy gigiyenasi.

Bugungi kunda maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni xar tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizni ongiga singdirish hamda mehnat ko'nikmalarini tarkib toptirish muhim ahamiyatga ega. Tarbiyalanuvchilarni mehnatga o'rgatish va tarbiyalashda albatta sharq mutafakkirlarimizning qarashlari alohida ahamiyatga ega. Bola tarbiyasi va uning kamoloti to'g'risida sharq mutaffakirlarimizdan Abu Rayhon Beruniy asarlarini ko'rib chiqqanimizda yoshlarni odob-axloqi, jismoniy barkamolligi, aqlan yetuk, mehnatsevarligi hamda vatanparvarlik tarbiyasiga alohida e'tibor berib kelinganligiga guvoh bo'lamiz. Xususan, bolalarni mehnatga tayyorlash va mehnatsevarlik ko'nikma va malakalarini shakllantirib, barcha tarbiya shahobchalarini tarkib toptirish borishning muhim omili ekanligi ta'kidlangan. Ular mehnatni yuksak baholab, kishilarning bir-birlari bilan qiladigan muomala va munosabatlari ham mehnat orqali yuzaga keladi deydi.

Abu Rayhon Beruniy inson kamolotida, mehnat va mehnat tarbiyasi haqida muhim fikrlarni bayon etadilar. Mutaffakkir har bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga bo'ladi. Og'ir mehnat sifatida binokor, ko'mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini keltirib o'tadilar. Ayniqsa, ilm ahli - olimlar mehnatiga alohida e'tibor berish kerakligi, hayrixoh bo'lishga chaqiradi, ularni ma'rifat tarqatuvchilar, jamiyat ravnaqiga hissa qo'shuvchilar deb, biladi. Shuningdek, og'ir mehnat qiluvchi konchilar, yer ostida gavhar izlovchilar, dehqonlar haqida gapirib, ularning mehnatini rag'batlantirib turish kerakligini ta'kidlaydilar. Zodagonlar, podshoxlar esa bunday mehnat ahliga g'amho'r bo'lishlari

ANNOTATSIYA

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferenc«

December 16

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

taraqqiyotidagi o'rni

'qqtyonmg

kerakligini alohida eslatadilar. Sababi, ana shu mehnat ahli ular hukmronligining tayanchi, deb ta'kidlaydilar.

Abu Rayhon Beruniy o'z asarlarida bolalarni mehnatga o'rgatish metodlari, yo'llari haqida ham fikr yuritadilar. Masalan, bolalarni eng kichik yoshidan mehnatga o'rgatish kerakligini uqtiradilar. Mehnat tarbiyasida o'sha davr tarbiya an'anasiga binoan vorislikka katta ahamiyat beradi. Buni E.To'raqulov va S.Rahimovlar «Abu Rayhon Beruniy ruhiyat va ta'lim-tarbiya haqida» nomli risolalarida juda yaxshi bayon etishgan. Abu Rayhon Beruniyning «Mineralogiya» asarida faqat qimmatbaho metallar, toshlar haqida emas, hunarmandchilikka oid ma'lumotlardan tashqari, shogird tayyorlash jarayoni, ustalarning hunar o'rgatish metodlari haqida ham qimmatli fikrlar bayon etilgan. Bunda hozirgi pedagogika fani tili bilan aytganda, shaxsiy namuna metodidan foydalangani, ish jarayoni bevosita ham nazariy, ham amaliy jihatdan ustaxonaning o'zida bajarilgani shogirdlarning malakali usta bo'lib yetishishida katta ahamiyatga ega bo'lgan.

Shuningdek, Abu Rayhon Beruniy yoshlarni tarbiyalashda axloqiy mehnat tarbiyasi, oila tarbiyasi, nafosat tarbiyasi, insonning shaxsiy gigiyenasi, xalqlar o'rtasidagi do'stlik, hamkorlik haqidagi tushunchalar katta ahamiyatga egadir. Olim axloqiylikning belgilari sifatida yaxshilik, to'g'rilik, adolat, kamtarlik, sahovatlilik, oliyjanoblik, do'stlik va hamkorlik, mehnat va hunar egallash, poklik, go'zallikka intilish kabilarni ilgari surilgan. Mehnat qilgan kishi doimo o'zgalar mehn atni qadrlay oladi hamda to'g'ri munosabatda bo'ladi deb hisoblagan. Bularning barchasini mutaffakirimiz o'zlari yaratgan asarlaridagi ijtimoiy-falsafiy fikrlarga bog'lab tushuntirganlar.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, buyuk mutafakkirimizning mehnat tarbiyasi xaqidagi fikrlari bugungi kunda ham muhim ahamiyat kasb etib, maktabgacha yoshidagi bolalarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda muhim vosita bo'lib hizmat qiladi.

REFERENCES

1. F.Qodirova, SH.Toshpo'latova, N.Kayumova, M.A'zamova "Maktabgacha pedagogika" darslik Toshkent-2019. Tafakkur nashriyoti.

2. A.Abdusamidov va boshqalar "Mustahkam oila ma'naviyatlari" Toshkent-2012yil.Sano-standart nashriyoti.

3. "Mustahkam oila-ma'naviy tarbiya maskani" ilmiy to'plam Toshkent 2012 Sano-standart nashriyoti.

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferenc«

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.