Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science
taraqqiyotidagi o'rni
'qqtyonmg
YOSH AVLODNI JISMONIY TARBIYALASHDA ABU RAYHON BERUNIY
TA'LIMINING AHAMIYATI
Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo'llari, usullari haqidagi fikrlari bildirilgan.
Kalit so'zlar: yoshlar tarbiyasi, «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Mineralogiya», «Kitob as-saydona», «al-Qonuni al-Mas'udiy», «Geodeziya».
Bugungi kunda, Vatanimizda yetishib chiqqan buyuk qomusiy olimlarning pedagogik qarashlarida olg'a surilgan insonparvarlik, komil insonni yetishtirish, yoshlarda insoniy fazilatlarni shakllantirish xususidagi g'oyalari, ta'lim, bilim berish, tarbiyalash vositalari, ta'lim va tarbiyani amalga oshirish usullari, jismoniy tarbiyalash bolalar hamda o'quvchilarni har tomonlama rivojlanishi haqidagi tavsiyalari bugungi kunda ham yoshlar tarbiyasi uchun xizmat qilmoqda. Xuddi shunday qomusiy olimlarimizdan biri Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniydir.
Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo'llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O'quvchiga bilim berishda:
- o'quvchini zeriktirmaslik;
- bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o'rgatavermaslik;
- uzviylik, izchillik;
- yangi mazvularni qiziqarli, asosan, ko'rgazmali bayon etish va hokazoga e'tibor berish kerakligi uqtiriladi.
Beruniyning inson kamolotida axloqiy va jismoniy tarbiyaning muhim o'rnini ta'kidlashini uning yuqorida qayd etilgan «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Mineralogiya», «Kitob as-saydona», «al-Qonuni al-Mas'udiy», «Geodeziya» va boshqa asarlarida ko'ramiz.
Beruniy fikricha, axloqiylik insonning eng asosiy sifati bo'lishi kerak. Bu xislat birdaniga tarkib topmaydi. U kishilarning o'zaro muloqoti, ijtimoiy muhit - jamiyat taraqqiyoti jarayonida tarkib topadi.
Suxrob Rabbimqulovich Elmurodov
Jizzax shahar 6-IDUM o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
December 16
Tashkent Medical Academy
The significance of the scientific, cultural
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in
Beruniy inson kamolotida 3 narsa muhimligini ta'kidlaydi. Bu hozirgi davr pedagogikasi ham e'tirof qiluvchi irsiyat, muhit, tarbiyadir.
Beruniy fikricha yoshlarni tarbiyalashda axloqiy mehnat tarbiyasi, jismoniy tarbiya, nafosat tarbiyasi, oila tarbiyasi, insonning shaxsiy gigiyenasi muhim ahamiyatga egadir.
Yana bir mutafakkirlarimizdan A.Avloniyning ta'kidlashicha, sog'lom fikr, yaxshi axloq va ilm marifatga ega bo'lmoq uchun ham badanni tarbiya qilmoq zarur, deydi. Kimki sog'lom badanga ega bo'lsa, uning ishi kamchiliksiz, fikrlashi yaxshi, jismoniy va ruxiy tetik, mehnati unumli bo'ladi1. Demak, insonning aqliy, axloqiy va jismoniy kamoloti tariximizning hamma bosqichlarida ulug'langan va qadrlangan.
Jismoniy tarbiya birinchi navbatda salomatlikni mustahkamlaydi, ish qobiliyatini oshiradi, umrni uzaytiradi, qaddi-qomatni tetik qiladi, kuch-quvvat beradi. Shunday ekan, bolalarni jismoniy baquvvat qilib tarbiyalash - bu bitta ota-ona, maktabgacha ta'lim tashkilotlari yoki maktabning ishi emas, balki umumdavlat muammosi sanaladi, buni hal qilish uchun kompleks yondoshilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Umumta'lim maktablari jismoniy tarbiya darslarida o'quvchilarga badiiy gimnastika elementlarini o'rgatish, bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalash, ularlardagi turli ko'nikma va malakalarni shakllantirish, ulardagi kuchlilik, tetiklik, tezkorlik, jismoniy tarbiyaning mohiyati va funksiyalari chaqqonlikni, chidamlililikni amalga oshirish, ziyraklik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishdan iboratdir. O'quvchilarga badiiy gimnastika elementlarini o'rgatishda ularning sog'ligini, yoshini, jinsini va jismoniy tayyorgarligi hamda jismoniy qobiliyatini albatta hisobga olish kerak.
Badiiy gimnastika elementlari o'quvchilarda sakrash, muvozanat saqlash, burilish, siltash, buyumlarsiz, buyumlar bilan, yo'nalish va bo'shashtirish mashqlarini navbatlantirish bilan hamda tayanch xolatidagi mashqlarni o'z ichiga oladi, gavda, qo'l, oyoq mushaklarini mustahkamlaydi. Ular nafaqat kuchni, bo'g'imlardagi harakatchanlikni rivojlantiradi balki, mushaklardagi nozik sezgini, harakat koordinatsiyasini tarbiyalaydi, to'g'ri qaddi-qomatni shakllantiradi, murakkab sharoitda muvozanat saqlashga yordam beradi.
Badiiy gimnastika mashqlarini o'tkazishda raqsga xos elementlar va birikmalardan har xil yugurish va sakrash turlaridan foydalanish o'ziga xos xususiyatga ega. Bolalarlar bu mashqlarni bajara turib yengil harakat qila olishlari uchun o'z tanalariga bemalol egalik qila oladilar. Badiiy
1 Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. T.: —O'qituvchill, 1992.
December 16
25
Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science
taraqqiyotidagi o'rni
'qqjyonda^
gimnastikada shug'ullanuvchilarga mashqlarni to'g'ri bajarishni o'rgatish uchun ularning o'ziga xosligini tushuntirish va uning boshqa gimnastika turlaridan qanday farqi borligini bilishi kerak. Uning asosiy xususiyatlari dinamiklik va yaxlitlikdir. Ular qon aylanish va moddalar almashinuvini yaxlitlashga, harakat apparati, yurak qon-tomir tizimining funksional imkoniyatlarini oshirishga, ish qobiliyatini o'sishiga yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, uzoq va yaqin o'tmishimizda xalqimizning jismoniy madaniyati mazmun jihatdan ijtimoiy-tarbiyaviy sohada o'ziga xos milliy xususiyatlar bilan boyib kelgan. Ularning tarixiy yo'nalishlari hamda ilmiy-nazariy jihatlarini o'quvchi yoshlarning jismoniy tarbiya darslarida mukammal o'rganishlarini davr talabalari asosida ta'minlash bugunning dolzarb muammolaridan biridir.
REFERENCES
1.https://muhaz.org/abu-nosir-farobiy-abu-rayhon-beruniy-pedagogik-qarashlari.html
2.Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. T.: —O'qituvchil, 1992.
3.Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi Toshkent - 2007.
4.M.N. Norqobilov., Z.S.Mirxodjaeva., V.V.Mahmudov. Jismoniy madaniyat va sport mashg'ulotlarida sog'lom turmush tarzini talabalar ongiga singdirishda pedagogik yondashuvlar. Monografiya. Toshkent 2019
December 16