Научная статья на тему 'BERUNIY FALSAFASI O‘ZBEKISTON OLIMLARI TALQINIDA'

BERUNIY FALSAFASI O‘ZBEKISTON OLIMLARI TALQINIDA Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

211
73
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Beruniy ontologiyasi / gnoseologiya / atomizm / metodologiya / Beruniy va Ibn Sino munozarasi / empirizm / ziddiyatlar / davriy o‗zgarishlar / o‗zini o‗zi tashkillash / sistema / kalendarlar / ensiklopedist.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Baxtiyor Omanovich Turaev

Maqolada bir qator o‗zbekistonlik olimlarning (T.N.Qori-Niyoziy, V.Yu.Zohidov, I.M.Mo‗minov, A.Dj.J.Sharipov, A.F.Fayzullaev, M.N.Boltaev, A.Ahmedov, A.Qayumov, P.A.Bulgakov) Beruniy falsafiy merosini o‗rganish va targ‗ib etish bo‗yicha (O‗zbekiston mustaqilligigacha bo‗lgan davrlarda) olib borgan izlanishlari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BERUNIY FALSAFASI O‘ZBEKISTON OLIMLARI TALQINIDA»

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

taraqqiyotidagi o'rni

'qqtyonmg

BERUNIY FALSAFASI O'ZBEKISTON OLIMLARI TALQINIDA

Baxtiyor Omanovich Turaev

Falsafa fanlari doktori, professor Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot

markazi direktori maslahatchisi [email protected]

Maqolada bir qator o'zbekistonlik olimlarning (T.N.Qori-Niyoziy, V.Yu.Zohidov, I.M.Mo'minov, A.Dj.J.Sharipov, A.F.Fayzullaev, M.N.Boltaev, A.Ahmedov, A.Qayumov, P.A.Bulgakov) Beruniy falsafiy merosini o'rganish va targ'ib etish bo'yicha (O'zbekiston mustaqilligigacha bo'lgan davrlarda) olib borgan izlanishlari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Beruniy ontologiyasi, gnoseologiya, atomizm, metodologiya, Beruniy va Ibn Sino munozarasi, empirizm, ziddiyatlar, davriy o'zgarishlar, o'zini o'zi tashkillash, sistema, kalendarlar, ensiklopedist.

Beruniy falsafasi, uning ontologik, gnoseologik merosi haqida haqida taniqli o'zbek olimlari o'z vaqtida ko'plab ilmiy izlanishlar olib borishgan. Ushbu maqolada o'zbekistonlik olimlarning Beruniy falsafiy merosi haqidagi mustaqillikkacha bo'lgan davrdagi izlanishlari xususida to'xtalib o'tamiz.

Beruniyning tabiiy-ilmiy merosi haqida dastlabki ma'lumotlarni akademik T.N.Qori-Niyoziyning(1897-1970) 1950 yili rus tilida nashrdan chiqqan "Astronomicheskaya shkola Ulugbeka" ("Ulug'bekning astronomik maktabi") va «Ocherki istorii kulturti Sovetskogo Uzbekistana»" ("Sovet O'zbekistoni madaniyati tarixidan ocherklar") nomli monografiyalaridan olish mumkin. Ulug'bek maktabi haqidagi monografiyasi 1952 yili Davlat mukofotiga sazovor bo'lgan. Bu kitobda Beruniy haqida quyidagi fikrni aytgan "garchi Beruniy yashagan davr bizdan ming yillar ortda qolgan bo'lsa ham, u qo'llagan ilmiy metodlar zamonaviy metodlarga mos keladi"1. Ikkinchi monografiyasida olim Beruniyning bilish metodlari xususida kengroq to'xtalib, uning empirik metodlariga yuksak baho bergan.

Yana bir akademik V.Yu.Zohidov (1914-1983) ham Beruniy falsafasi haqida bir qancha maqolalarida to'xtalib o'tgan. Shuningdek, uning "Beruniy mutafakkir

ANNOTATSIYA

Кары-Ниязов Т.Н. Астрономическая школа Улугбека. Москва-Ленинград: Изд-во АН СССР, 1950. С.17.

December 16

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 j TMA Conference j 2G22 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni

sifatida"2, "Uch titanlar (Forobiy, Beruniy, Ibn Sino)"3 degan kitoblari nashr qilingan. Akademik Vahid Yuldashevich Zohidov Beruniyning tabiiy-ilmiy merosiga alohida e'tibor qaratadi va Beruniyning fazo va vaqt tabiatini tahlil etishda substansial konsepsiya tarafdori bo'lganligini qayd etadi. Shu bilan bir qatorda Beruniyning tasavvuf ta'limotiga munosabati, sufiy atamasining mazmuni haqidagi qarashlarini ham tahlil qilgan.

Taniqli o'zbek olimi, akademik LM.Mo'minov(1908-1974) Beruniy asarlarining o'zbek tilida nashr etilishiga alohida tashabbuskorlik qilgan4, Beruniy asarlarining jahonda keng targ'ib-tashviq etilishida ham faol ishtirok etgan. I.Mo'minov 1973 yili sharqshunoslarning XXIX xalqaro kongressida Beruniyning bilish metodlari haqida o'qigan ma'ruzasi jahon sharqshunoslarining alohida e'tiborini tortgan5. Akademik I.Mo'minov Beruniyning ensiklopedik salohiyati haqida to'xtalib o'tib, Beruniyning qomusiy olim ekanligini har taraflama isbotlab bergan6. Uning fikricha, Beruniy, Ibn Sino va boshqa markaziy osiyolik olimlar o'z davrida ilm-fan taraqqiyotida o'ziga xos uyg'onish davrini yaratgan. Ibrohim Mo'minov tashabbusi bilan 1973 yili Beruniy tug'ilgan yilning 1000 yilligiga bag'ishlangan xalqaro simpozium o'tkazilgan.

I.Mo'minovning iqtidorli shogirdi akademik M.M.Xayrullaev (1931-2004) Forobiy falsafasini o'rganish bilan bir qatorda Beruniy ilmiy merosi, uning falsafiy konsepsiyalarini tahlil etishga oid bir qator maqolalar yozgan, Beruniyga bag'ishlangan ilmiy to'plam va monografiyalarga muharrirlik qilgan.

Ibrohim Mo'minov va M.M.Xayrullaev o'zining iqtidorli shogird-laridan biri

n

Anvar Sharipovni Beruniy va Ibn Sino yozishmalarini tadqiq etishga jalb qiladi .

Anvar Jumaniyozovich Sharipov Beruniy va Ibn Sino yozishmalarini jiddiy o'rganib, Beruniy falsafasiga juda qiziqib qoladi va 1972 yili rus tilida "Velikiy mtislitel Abu Rayxan Beruni"8 ("Buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy") nomli monografiyasini nashrdan chiqargan. Bu kitobda Beruniy falsafasi batafsil bayon qilingan va uning atomistik nazariyasi zamonaviy qarashlar bilan taqqoslangan.

Захидов В.Ю.. Беруни как мыслитель, из-во АН. М.1951. 42 с.

3 ЗахидовВ.Ю. Три титана (Фараби, Бируни, Ибн Сина). - Т.: Фан, 1973.60с.

4 https://ru.wikipedia.org/wiki/ Муминов,_Ибрагим_Муминович

5 Муминов И.М. Научный метод познания Беруни // XXIX Международный Конгресс Востоковедов, доклады советских ученых. Ташкент: "Фан", 1973

6 Муминов И.М. Абу Рейхан Бируни - выдающийся ученый-энциклопедист. // Общественные науки в Узбекистане. №10, 1971, с.29-44

7 Беруни и Ибн Сина. Переписка. Ответственный редактор И.М. Муминов. Ташкент: Издательство «Фан» Узбекской ССР, 1973

8 ШариповА. Великий мыслитель Абу Райхан Беруни. Т.: Фан, 1972.

December 16

199

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni

Shuningdek A.Sharipovning "Abu Rayxan Beruni"9 nomli maqolasi "Iz fiilosofskogo naslediya narodov Vostoka" ("Sharq xalqlari falsafiy merosidan") deb atalgan kitobda bosilib chiqdi. Bu maqolada A.Sharipov Beruniyning hayoti va faoliyati, xorijiy adabiyotlarda Beruniy haqidagi fikrlar, Beruniyning materiya tabiati haqidagi qarashlari, uning olamning tuzilishi va xususiyatlari haqidagi ilmiy konsepsiyalari, bilish nazariyasini batafsil tahlil qilgan bo'lib, bu maqola zamonaviy o'zbek falsafasida e'tiborli o'rin egallagan edi.

A.Sharipov bu maqolasida Beruniyning ilmda xolislikni himoya qilishga alohida e'tibor berganligini, uning o'zi ham boshqa olimlarga xolislikdan namuna bo'lganligini qayd etib o'tgan.

O'zbekiston Fanlar Akademiyasining "Fan" nashriyotida I.Mo'minov-ning tashabbusi bilan 1968 yili Abu Rayhon Beruniy tanlangan asarlarining 1-tomi nashrdan chiqadi. Bu ishga tabiiy-ilmiy bilimlarni yaxshi tushunuvchi shogirdi O.Fayzullaevni (1921-2008) jalb qiladi. Bu haqda batafsilroq to'xtalib o'tamiz.

Beruniy tanlangan asarlarining birinchi tomiga uning "Osor al boqiya" ("Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar") asari kiritilgan edi (Shu o'rinda bir haqiqatni aytib o'tish lozimki, mazkur asarning asosiy matnini arab tilidagi matndan xassos tarjimon Abdufattoh Rasulov tarjima qilganlar).

"Osor al boqiya" kitobining kirish qismida O.Fayzullaevning "Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asaridagi ba'zi falsafiy masalalar haqida"10 degan maqolasi bosilgan. Olimning bu maqolasida Beruniyning bilish nazariyasi va tabiiy hodisalarning mohiyati haqidagi falsafiy mushohadalari berilgan.

Maqola bir-biri bilan mantiqiy bog'langan to'rtta qismdan iborat.

Birinchi qismda Beruniyning gnoseologik qarashlari tahlil etilgan bo'lib, unda Beruniy falsafasidagi voqelikka mavjud ijtimoiy munosabatlarni o'rganish asosida, xalqning qadriyatlari, odatlari, e'tiqodi xususiyatlarini tahlil etib yondashganligi, Beruniy bilish nazariyasining kuzatish va eksperimentlarga tayanganligi, Beruniy gnoseologiyasida empirik yondashuvning ustuvorligi. Har bir hodisaning mantiqiy dalillarini izlash xususiyatlari yoritib berilgan.

Beruniy "Osori al boqiya"da turli xil fanlarning ma'lumotlaridan, xulosalaridan, kuzatishlaridan samarali foydalangan bo'lib, har bir jism va hodisani

Шарипов А.Д. Абу Райхан Беруни // Из философского наследия народов Востока. Ташкент: Фан, 1972. С. 140 -198.

10 Файзуллаев О. Кадимги халклардан колган ёдгорликлар» асаридаги баъзи фалсафий масалалар хакида // Абу Райхон Беруний. Танланган асарлар. 1-том. Тошкент: Фан, 1968. Б.21-32.

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

200

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni

o'ziga ishonarli bo'lgan dalillarsiz kitobiga kiritmagan. Shu sababli Beruniyning asarlari bugungi kungacha o'zining qiymatini yo'qotmagan. O.Fayzullaev ta'kidlashicha, Beruniyning "Osori al boqiya" asarini yozishdan maqsadi "Ilgarigi xalqlar haqidagi rivoyatlarni, o'tmish avlodlar to'g'risidagi xabarlarni bilishdir"11.

Beruniy mazkur asarda empirik metodlardan biri bo'lgan kuzatish metodiga alohida ahamiyat bergan. O.Fayzullaev bu haqda maxsus bandda ta'kidlashicha, kuzatish hodisasi ob'ektivdir, lekin kuzatuvchilar bu hodisani turlicha o'lchashi

1 9

najasida kuzatish natijasi turlicha chiqadi . Bu ixtiloflar kuzatishlarni bir necha bor takrorlash, turli kuzatuvchilarning natija-larini umumlashtirish va taqqoslash asosida kuzatish natijasi ob'ektning asl holatiga taboro yaqinlashtirib boriladi.

Shu tariqa Beruniy turli mualliflarning kuzatish haqidagi xulosalarini bir-biriga taqqoslab, har bir kuzatuvchining yutuqlari va kamchilik-larini xolisona baholaydi.

Ustozning yozishicha, Beruniy mazkur asarni yozishda ko'plab tarixiy manbalarni o'rganib chiqqan. "Ba'zi tarixiy ma'lumotlarni Muhammad

1 "5

Xorazmiyning "Kitob at-tarix" asaridan aniqlab olganini ko'rsatib o'tadi . Shuningdek, kitobda Beruniy o'z ustozi Abu Nasr Mansur ibn Ali ibn Iroq haqida ham, uning ilmiy faoliyati haqida alohida mehr bilan eslaydi.

Ustozning ta'kidlashicha, Abu Rayhon Beruniy ilmiy asarlar va manbalarda uchraydigan ixtiloflarni beshta guruhga ajratgan:

Birinchidan, turli mualliflar bir xil hodisa sanalarini turlicha ko'rsatishadi;

Ikkinchidan, diniy manbalardagi ixtiloflar, masalan "Tavrof'ning turli nusxalarida turli hodisalar turlicha izohlangan;

Uchinchidan, tarixiy jarayonlarni ifodalashdagi tarixchilarning ixtiloflari hamda ularni bartaraf etish usullari;

To'rtinchidan, ixtiloflarning sabablaridagi farqlar va ularni aniqlash yo'llari;

Beshinchidan, tarixshunoslarning haqqoniyligi va noxolis tarixchilar bilan ixtiloflari14. Tarixchilar yolg'ondan manfaatdor bo'lmasligi lozim. Xullas, Beruniy bu tasnifida hodisaning asl vaqtini aniqlashda tarixchi ko'pgina muammolarni yechishiga, ularni bir-biri bilan solishtirish asosida asl haqiqatga yetishishi muhimligini aytish bilan, tarixiy haqiqatlarni xolisona ochib berish savobli ish ekanligini qayd etadi.

Уша манба. Б.21.

12 Уша манба. Б.23.

13 Файзуллаев О. «Кддимги халклардан колган ёдгорликлар» асарида-ги баъзи фалсафий масалалар хакида // Абу Райхон Беруний. Танланган асарлар. 1-том. Тошкент: Фан, 1968.

14 Уша манба. Б.23-24

December 16

201

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

taraqqiyotidagi o'rni

'qqyotma^

Yuqoridagilardan tashqari O.Fayzullaevning mazkur maqolasining birinchi qismida astronomik va geografik masalalar xususidagi munozaralar, hodisalarni kuzatish va umumlashtirish qoidalari, shaxmat masalasidagi geometrik progressiyani yechish usuli, yillar, oylar va kunlarning turli xalqlarda turlicha nomlarda ifodalanishi, bir kalendardan boshqasiga o'tish usullari, O'rta Osiyo madaniyatining arablar bosqinigacha bo'lgan davrdagi gullab yashnagan davrlari hamda qadriyatlari, Qutayba bosqini-ning O'rta Osiyo madaniyatiga destruktiv ta'siri. "Avesto"ning Eronga olib ketilishi va paxlaviy tiliga ko'chirilgan "Avesto"ning 3/5 qismining Aleksandr Makedonskiy davrida yo'qotilishi, Qutayba bosqini davrida esa butunlay yoqib tashlanishi, o'z tarixi, ilmlari, dini va kitoblaridan mahrum bo'lgan xorazmliklarning yodlash qobiliyatiga zo'r berishi haqidagi fikrlar falsafiy tahlil etilgan.

Maqolaning "Tabiiy hodisalar" deb nomlangan ikkinchi qismida esa O.Fayzullaev Beruniyning tabiiy hodisalarni sharhlashiga e'tiborini qaratgan. Bu qismda u Beruniyning ziddiyatlar, harakat va rivojlanish haqidagi falsafiy qarashlarini sharhlaydi. Bu qismda shuningdek, birinchi inson haqidagi diniy ma'lumotlar, olamda ro'y beruvchi davriy hodisalar, siklik o'zgarishlar va ularni oldindan bashorat qilish usullari, diniy manbalardagi to'fon haqidagi afsonalar sharhlangan.

Beruniyning yorug'lik nuri tabiati haqidagi ilmiy g'oyalari, saqlanish g'oyasi, simmetriya hodisasi, tabiiy yanglishishlar va o'z-o'zini sozlash (samoregulyatsiya), (bu joyda shuni ta'kidlash lozimki, Beruniy bizdan 10 asr ilgari o'z-o'zini sozlash, ya'ni 20 asrning 80-yillarida rasmga kirgan sinergetika fani tamoyillaridan biri bo'lgan o'z-o'zini tashkil-lashtirish hodisasini payqay olgan ekan - T.B.) gidrologiya qonuniyatlari, odamlar ko'p umr ko'radigan joylar haqidagi mulohazalari ham ikkinchi bo'limda tahlil qilingan.

Maqolaning uchinchi qismi xalqlarning urf-odatlari, rasm-rusmlari va afsonalari tarixiga bag'ishlangan bo'lib, bu bo'limda Beruniyning turli qadimgi xalqlarning odatlari, faxrlanadigan jihatlari, rasm-rusmlari, bayramlari hamda afsonalari haqidagi qiziqarli g'oyalari tahlil etilgan bo'lib, mutafakkirning har bir hodisaga ilmiy jihatdan, mantiqiy dalillar bilan yondashganligi ta'kidlangan.

Ustoz mazkur maqolasida Beruniy bu hodisalarning sabablarini va oqibatlarini falsafiy tahlil etganligini asoslab bergan. «Beruniy faxrlanishni o'zini nopokliklardan tozalanish sifatida talqin etgan» deb ta'riflaydi ustoz15.

15 Уша манба. Б.28.

December 16

Maqolaning to'rtinchi qismi (kitobda yanglishib 3-qismi16 deb yozilgan) maxsus qism bo'lib, u kalendarlar masalasiga bag'ishlan-gandir. Beruniy qadimgi xorazmliklar (qadimgi turkiylar) qo'llagan kalendarlar bilan yahudiylar, yunonlar, forslar va xristianlar qo'llagan kalendarlarni bir biri bilan taqqoslagan. Kun, hafta, oy, yil nomlari turli xalqlarda turlicha atalishi va ularning ichida yahudiylar kalendari eng qadimiy bo'lishi mumkinligi haqidagi fikrlarni ilgari surgan.

Shu qismning "Iqlim va kalendarlar" bo'limida O.Fayzullaev Beruniyning kalendarlar tuzish va iqlimning davriy o'zgarishlari o'rtasidagi bog'liqlik bor ekanligi

1 7

to'g'risidagi g'oyalari genial g'oyalar ekanligini ta'kidlaydi .

Kalendarlar vaqtni to'g'ri belgilashda, kelajakda bajariladigan ishlarni aniq rejalashtirishda muhim ahamiyatga ega. Shu sababli Beruniy imkon qadar butun dunyoda birday qo'llaniladigan, ishlatilishi qulay bo'lgan kalendarlar yaratish ustida bosh qotirgan. Beruniy fikricha, deb ta'kidlaydi O.Fayzullaev, sutka birligi hamma

1 Q

xalqlarda bir xil. Yil, oy birliklari esa turlicha . Sutkaning boshlanish vaqti ham sharq va g'arb xalqlarida bir-biriga zid keladi. Xorazmliklar oy manzillari, ya'ni oyning osmon sferasidagi yulduz turkumlaridan o'tishi vaqtlarinini oy manzillari deb atashgan. Qadimgi Xorazm xalqi osmon sferasini 12 ta burjga taqsimlab oy manzillarini yaxshi aniqlay olishgan. Keyinchalik, oy mazillarini biluvchilar kamayib ketgach, bu usullar unutilgan. Oy miqdorlari haqidagi islom tartiblari butun musulmon mamlakatlarida amal qiladi va u qamariy yil hisobi deyiladi. Islom hayitlarining (Qurbon hayiti va Ramazon hayitlari) vaqti yildan yilga o'zgarib boradi.

Beruniy oyga qo'yilgan nomlarning ma'no-lari haqida ham to'xtalib o'tgan. Beruniy Quyosh yili haqida to'xtalib, u «115 yilda 365 kundan, 116-yili esa 1 oy va 1 kun qo'shiladi deganlar»19. Yilning boshlanishi ham turli xalqlarda turlicha. Qadimgi xorazmliklar, so'g'dlar (turonliklar) va eronliklar yil boshini bahorgi teng kunlikdan, Navro'zdan (hozirgi 21 mart) boshlashgan. Yuliy kalendarida esa 1 yanvardan boshlanadi. Rasulilloh davrida yillarga nom berilgan bo'lib, "zilzila yili", "tinchlik

yili", "ocharchilik yili" va shunga o'xshash nomlar bilan atashgan.

«Beruniy shug'ullangan kalendar problemasi, - deb yozadi O.Fayzullaev, -hanuz yetarli ravishda hal qilingan emas. (Hammaga birday mos keladigan) Yangi kalendarga o'tish masalasi 1834 yildan beri bir necha marta qo'yildi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va sotsial masalalar bo'yicha kengashi ham 1954

Уша манба. Б.29.

Уша манба. Б.29-32.

s Уша манба. Б.30. ! Уша манба. Б.31. ' Уша манба. Б.31.

December 16

203

9 1

yili kalendar problemasi bo'yicha shug'ullandi» . Beruniydan keyin kalendarlar masalasi bilan maxsus shug'ullangan olim, Samarqanda qoraxoniylar oliy madrasasini bitirgan mutafakkir, matematik va shoir Umar Hayyomdir (1048-1131). Uning taklif etgan kalendari aniqligi va istisnolarning yo'qligi jihatdan insoniyat tarixida yaratilgan eng mukammal kalendar bo'lgan

Xullas, Abu Rayxon Beruniyning "Osori al boqiya" asarida xalqlarning taqdiriga oid xilma xil muammolar falsafiy tahlil etilgan. Bu haqda O.Fayzullaev batafsil to'xtalib, buyuk vatandoshimiz Beruniyning bu asari fan tarixida ulkan hodisa ekanligini faxr bilan ta'kidlaydi.

Beruniy falsafasini o'rganishda taniqli o'zbek olimi ibnsinoshunos M.N.Boltaevning (1928-2009) ham o'z o'rni bor. M.Boltaev Beruniyning Ibn Sino bilan yozishmalarini, ya'ni epistolyar merosini yaxshi o'rgangan olimlardan biri bo'lgan. Uning bir qator kitoblarida Beruniy falsafasi haqida to'xtalib o'tgan. Jumladan, 2006 yili Buxoroda nashr qilingan "Sharqning buyuk mutafakkirlari"22 asarida ham Beruniy falsafasi haqida alohida to'xtalib o'tgan.

Beruniyning tabiiy-ilmiy falsafasini yanada chuqurroq tadqiq qilgan o'zbek olimi - fizika-matematika fanlari nomzodi, tarix fanlari doktori, fanshunos Ashraf Ahmedovdir. Bu inson Abu Rayhon Beruniyning tanlangan asarlarining ikki kitobdan tashkil topgan 5-tomini, bu asar "Mas'ud qonuni"23 deb ataladi, 6-tomi "At Tafhim"

94 9 S

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

asarini (rus tilida) va 7-tomi "Matematik va astronomik risolalari" (rus tilida) nashr qilishda faol qatnashgan. Shuningdek Ashraf Ahmedov 2015 yili Beruniyning "Osori al boqiya"26 asarini rus tilida "Fan" nashriyotida qayta nashrdan chiqardi. Bu kitobda ilgarigi nashrda matematik formulalarda yo'l qo'yilgan ayrim nuqsonlar tuzatilib nashr qilingan. A.Ahmedov mazkur kitobning o'zbek tilidagi nashrini 2021 yili amalga oshirdi. Shu kitobning o'zbek tilidagi nashri 2021 yili nihoyasiga yetdi. Beruniyshunoslik sohasiga o'zbek olimlaridan akademik Azizxon Qayumov

91

ham salmoqli hissa qo'shgan. Ma'lumki Beruniyning "Mineralogiya" asarini . 1963

Уша манба. Б.32.

22 Болтаев М.Я.Шаркнинг буюк мутафаккирлари. Бухоро: "Бухоро" наш-ти, 2006. 196 бет.

23 Беруни Абу Райхан. Канон Масъуда // Избранные произведения. Т.5. К.1. Т.: Фан, 1973; Беруний Абу Рай^он. Масъуд конуни // Танланган асарлар. 5-т., 1-к. Т.: Фан, 1973; Беруни Абу Райхан. Канон Масъуда // Избранные произведения. Т.5., К.2. Т.: Фан, 1976; Беруний Абу Райуон. Масъуд конуни // Танланган асарлар. 5-т., 2 к. Т.: Фан, 1976.

24 Беруни Абу Райхан.Книга вразумления начаткам науки о звездах // Избранные произведения. Т.6. Т.: Фан, 1975;

25 Беруни Абу Райхан. Математические и астрономические трактаты // Избранные произведения. Т.7.. Т._Фан. 1987;

26 Беруни Абу Райхан. Памятники минувших поколений (хронология). Т.: Фан, 2015. 27Беленицкий А.М. Очерк жизни и трудов Бируни, «Собрание введений для познания драгоценностей (Минералогия)», М., Изд-во АН СССР, 1963.

December 16

204

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni

yil SSSR Fanlar akademiyasi nashriyotida Moskvalik sharqshunos olim A.M.Beliniskiy rus tilida nashrdan chiqargan edi. Bu asarning o'zbek tilidagi tarjimasi mustaqillik davridagina amalga oshdi. 2017 yilda akademik Azizxon Qayumov kitobni 2017 yili tarjima qilib, "O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi"

98

nashriyotida bir ming nus'hada nashr qildi .

O'zbek olimlaridan yana biri iste'dodli beruniyshunos olim P.G.Bulgakov (1927-1993) bo'lgan. Uning Beruniy hayoti va ijodiga bag'ishlangan yirik

9Q

monografiyasi zamonaviy beruniyshunoslikda salmoqli o'rin egallaydi va bu asar o'z davrida Beruniyning ming yillik yubileyiga munosib tuhfa bo'lgan edi.

Xulosa qilib aytganda Beruniyning falsafiy merosi ummonlar va okeanlardek bepoyondir. Abu Rayhon Beruniy falsafaning ontologik, gnoseologik va metodologik yo'nalishlariga oid qimmatli g'oyalarni ilgari surgan bo'lib, bu g'oyalar o'rta asrlar falsafiy fikrlari taraqqiyotida muhim rol o'ynagan. Beruniy o'zidan ilgari ijod qilgan donishmand faylasuflarning g'oyalariga hurmat bilan qaragani holda o'z davriga xos ijtimoiy masalalarga ham o'z munosabatini bildirgan. Beruniy falsafasi keng qirrala, ko'p tarmoqli, fundamental g'oyalarga boy falsafadir. Beruniyning o'zi esa masalaga na faqat chiziqli, balki nochiziqli tafakkur vositasida yondasha bilgan. Shu sababli u o'z zamondoshlariga nisbatan uzoqroqni payqay olgan. Bu fikrlar o'zbek faylasuflari tomonidan keng miqyosda o'rganilgan va o'rganilmoqda. Beruniyning hayotbaxsh g'oyalari na faqat IX asr uchun, balki bizning zamonamiz uchun ham buyuk uyg'otuvchi kuch bo'lishga arziydi.

Biz ushbu maqolada imkoniyatimiz yetgan darajada o'zbek beruniyshunoslari haqida qisqacha to'xtalib o'tdik. Ayrim, e'tiborimizdan chetda qolgan bir qator beruniyshunos-olimlardan uzr so'raymiz. Biz asosan kutubxonadan topa olgan adabiyotlargagina tayanib xulosa chiqardik. Shu sababli maqola biz kutgan darajada mukammal chiqmadi. Buning uchun siz azizlardan ushbu maqola muallifini avf etishlarini so'rab qolamiz.

REFERENCES

1. Беленицкий А.М. Очерк жизни и трудов Бируни, «Собрание введений для познания драгоценностей (Минералогия)», М., Изд-во АН СССР, 1963.

Беруний. Кимматбахо жавохирлар хасида билимлар китоби. Китоб ал-жамохир фи-маърифат ал-жавохир (минералогия). - Тошкент: "Узбекистан миллий энциклопедияси ДИН, 2017. 488б. 29 Булгаков П. Г. Жизнь и труды Беруни / Отв. ред. академик АН УзССР И. М. Муминов — Ташкент: Фан, 1972 — 425 с.

December 16

205

2. Беруни Абу Райхан. Канон Масъуда // Избранные произведения. Т.5. К.1. Т.: Фан, 1973; Беруний Абу Райхон. Масъуд конуни // Танланган асарлар. 5-т., 1-к. Т.: Фан, 1973; Беруни Абу Райхан Беруни. Канон Масъуда // Избранные произведения. Т.5., К.2. Т.: Фан, 1976; Беруний Абу Райхон. Масъуд конуни // Танланган асарлар. 5-т., 2 к. Т.: Фан, 1976.

3. Беруни Абу Райхан. Книга вразумления начаткам науки о звездах // Избранные произведения. Т.6. Т.: Фан, 1975;

4. Беруни Абу Райхан. Математические и астрономические трактаты // Избранные произведения. Т.7. Т.: Фан, 1987;

5. Беруни Абу Райхан. Памятники минувших поколений (хронология). Т.: Фан, 2015.

6. Беруни и Ибн Сина. Переписка. Ответственный редактор И.М. Муминов. Ташкент: Издательство «Фан» Узбекской ССР, 1973

7. Беруний. Кимматбахо жавохирлар хакида билимлар китоби. Китоб ал-жамохир фи-маърифат ал-жавохир (минералогия).- Тошкент: "Узбекистон миллий энциклопедияси ДИН, 2017. 488б.

8. Болтаев М.Н. Шаркнинг буюк мутафаккирлари. Бухоро: "Бухоро" наш-ти, 2006. 196 бет.

9. Булгаков П.Г. Жизнь и труды Беруни / Отв. ред. академик АН УзССР И.Муминов — Ташкент: Фан, 1972 — 425 с.

10. Захидов В.Ю. Три титана (Фараби, Бируни, Ибн Сина). - Т.: Фан, 1973.60с.

11. Захидов В.Ю.. Беруни как мыслитель, из-во АН. М.1951. 42 с.

12. Кары-Ниязов Т.Н. Астрономическая школа Улугбека. Москва-Ленинград: Изд-во АН СССР, 1950. С.17.

13. Муминов И.М. Абу Рейхан Бируни - выдающийся ученый-энциклопедист. // Общественные науки в Узбекистане. №10, 1971, с.29-44

14. Муминов И.М. Научный метод познания Беруни // XXIX Международный Конгресс Востоковедов, доклады советских ученых. Ташкент: "Фан", 1973

15. Файзуллаев О. «Кадимги халклардан колган ёдгорликлар» асарида-ги баъзи фалсафий масалалар хакида // Абу Райхон Беруний. Танланган асарлар. 1-том. Тошкент: Фан, 1968.

16. Файзуллаев О. Кадимги халклардан колган ёдгорликлар» асаридаги баъзи фалсафий масалалар хакида // Абу Райхон Беруний. Танланган асарлар. 1-том. Тошкент: Фан, 1968. Б.21-32.

17. Шарипов А. Великий мыслитель Абу Райхан Беруни. Т.: Фан, 1972.

18. Шарипов А.Д. Абу Райхан Беруни // Из философского наследия народов Востока. Ташкент: Фан, 1972. С. 140 -198.

https: //ru.wikipedia. org/wi

December 16

206

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.