Научная статья на тему 'BERUNIY ASARLARIDA IJTIMOIY MASALALARNING YORITILISHI'

BERUNIY ASARLARIDA IJTIMOIY MASALALARNING YORITILISHI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
58
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jamiyat / faoliyat / shaxs / pedagogik / ijtimoiy adolat / axloq / inson kamoloti / mehnat tarbiyasi. / society / activity / personality / pedagogy / social justice / ethics / human development / labor education.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Jumayeva, Sh.S.

Ushbu maqolada Markaziy Osiyolik qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosi va undagi jamiyat, ijtimoiy adolat, davlat boshqaruvi haqidagi qarashlari tahlil qilingan va oʻrganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COVERAGE OF SOCIAL PROBLEMS IN THE WORKS OF BERUNI

This article analyzes and explores the scientific heritage of the Central Asian encyclopedist Abu Raikhan Beruni and his views on society, social justice, and public administration.

Текст научной работы на тему «BERUNIY ASARLARIDA IJTIMOIY MASALALARNING YORITILISHI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

BERUNIY ASARLARIDA IJTIMOIY MASALALARNING YORITILISHI

Sh.S.Jumayeva

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti NTM katta o'qituvchisi [email protected].

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Markaziy Osiyolik qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosi va undagi jamiyat, ijtimoiy adolat, davlat boshqaruvi haqidagi qarashlari tahlil qilingan va o'rganilgan.

Kalit so'zlar: jamiyat, faoliyat, shaxs, pedagogik, ijtimoiy adolat, axloq , inson kamoloti, mehnat tarbiyasi.

COVERAGE OF SOCIAL PROBLEMS IN THE WORKS OF BERUNI

Sh.S. Jumayeva

Senior Lecturer of STM, Economics and Pedagogical University non-state

educational institution jumaevashaxlo507@gmail .com.

ABSTRACT

This article analyzes and explores the scientific heritage of the Central Asian encyclopedist Abu Raikhan Beruni and his views on society, social justice, and public administration.

Key words: society, activity, personality, pedagogy, social justice, ethics, human development, labor education.

KIRISH

Mamlakatimizda ajdodlarimiz xotirasini qayta tiklash va abadiylashtirish, ularning boy merosini chuqur o'rganish va o'sib kelayotgan yosh avlodni munosib voris sifatida tarbiyalash masalasiga davlat siyosati darajasida qaralmoqda. Shu jumladan, prezidentimiz Sh.Mirziyoyev 3- Rennesans davriga mos avlod tarbiyasi masalasini yetakchi masala sifatida ko'tarib chiqdilar va shu maqsaddan kelib chiqib, mamlakatimizda ta'lim-tarbiya masalasida shiddatli va samarali islohatlar amalga oshirilmoqda. O'rta asrlarda Markaziy Osiyo tuprog'ida tavallud topib, dunyo tamadduniga ulkan hissa qo'shgan olimu mutafakkirlar, buyuk sarkardalar, islom bilimdonlari juda ko'pchilikni tashkil etadi. Sharq Rennesansi davriga sababchi bo'lgan, dunyo tan olgan qomusiy olimlarimizdan biri bo'lgan Abu Rayhon Beruniy ilm-u fanning turli sohalarida samarali mehnat qilib bizgacha ulkan ilmiy merosni

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

qoldirganlar. Bugungi kunda Beruniyning shaxs, jamiyat, davlat boshqaruvi borasidagi qarashlari muhim ahamiyatga ega.

Abu Rayhon Beruniy o'zining 150 dan ziyod asarlarida inson hayotidagi tabiiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni qamrab olgan. Beruniyning ijtimoiy g'oyalarini aniqlash va tizimlashtirish, ilmiy-ma'rifiy faoliyatini yoritib berish yetakchi masala sifatida qaraldi. Uning jamiyat, davlat boshqaruvidagi haqidagi qarashlari bugungi globallashuv davrida ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Beruniy asarlari Yevropalik olimlar J. Reno, E. Zaxau, G. Zuter, E. Videman, K. Nallino, J. Sarton, R. Rayt, M. Meyerxof, Osiyo olimlari S. X. Nasr, M. Kozim, S. Baraniy, M. Nizamuddin, Sh. Yaltkay kabi olimlar tomonidan o'rganildi. Bu tadqiqotchilar Beruniy ijodiga juda yuqori baho berdilar. Amrerikalik tarixchi olim J.Sarton Beruniyning merosiga eng oliy baho berish bilan birga, uning o'z davrining jahondagi birinchi donishmandi deb baholaydi. Atoqli sharqshunos V. R. Rozen esa, uning ilmiy qarashlari taajjub qolarli darajada kengligi, unga hozirgi ma'nodagi haqiqiy fanning ruhi xos ekanligini qayd etadi. [1].

Hind olimlari ham Beruniyning Hindiston falsafasi, dini, ilmi, urf-odatlari tarixini o'rganishga qo'shgan ulkan hissasiga nihoyatda yuqori baho beradilar. Shuningdek, Beruniy merosi rus olimlari. I. Y. Krachkovskiy, S. P. Tolstoy, A. A. Raynov, A. M. Belenitskiy, A. A. Semyonov, B. A. Rozenfeldlar tomonidan o'rganilgan. Mashhur sharqshunos olim I. Y. Krachkovskiy Beruniy merosiga yuqori baho berib, "uning qiziqqan ilm sohalaridan ko'ra qiziqmagan sohalarini sanab o'tish osondir" deb, allomaning qomusiy aqlini yana bir bor ta'kidlab o'tadi.[2]

O'zbeksitonda ham uning ijodiga katta e'tibor berib kelinmoqda. H.M. Abdullayev, I. M. Mo'minov, V. Y. Zohidov, Ya. G'. G'ulomov, U. Karimov, S. A. Bulgakov kabi atoqli olimlarimiz Beruniy faoliyati haqida qator risola, asarlar yaratdilar.

NATIJALAR

Mutafakkir jamiyatni shunchaki kishilarning yig'indisi deb emas, balki o'zaro bir-biri bilan ijtimoiy-ma'naviy, axloqiy aloqada bo'lgan kishilarning birligini ifodalovchi tushuncha deb hisoblaydi. U insonning yolg'iz o'zi hal qiluvchi qudratga molik emas, unga kuch-qudratni faqat jamiyat bera oladi, degan ilg'or konstruktiv g'oyani ilgari suradi . Beruniy jamiyatni boshqarishda jamiyat podshohga xizmat qilmay, balki podshoh jamiyatga xizmat qilishi kerakligini tushungan holda: "Idor a qilish va boshqarishning mohiyati aziyat chekkanlarning huquqlarini himoya qilish, birovlarning tinchligi yo'lida o'z tinchligini yo'qotishdan iborat",-deydi.[3] Beruniyning fikricha, xalq tomonidan saylab qo'yiladigan hokim odil va

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

xalqparvar bo'lishi kerak. Shunday hokim bo'lgandagina xalqlar tinch, mamlakat esa erkin va obod bo'ladi. Beruniy o'z davrining farzandi sifatida davlat tuzumining qonun-qoidalarini yoqladi. Ammo shu bilan birga hukmdorga aql va adolat xos bo'lishi kerak, degan fikrga keladi. Shuningdek, axloqiy me'yorlarga zid xatti-harakatlarni qoralaydi. U hukmdorlar bo'lishi zarurligini ham, hokimiyatning merosiylik tamoyilini ham, xususiy mulkning, shu jumladan, er mulkchiligining muqarrarligini ham tan olgan. Biroq Beruniyning fikricha, hukmdor zarur sifatlarga, ya'ni adolatga va aqlga ega bo'lishi zarur. Beruniy nazarida har qanday zo'ravonlik, zolimlik, shafqatsizlik, milliy, irqiy va diniy tengsizlikning dushmani edi.

Abu Rayhon Beruniy e'tibor bergan tushunchalardan biri ijtimoiy adolatdir. Mutafakkir ijtimoiy adolatni mol-mulkka bulgan munosabat, inson qadr-qimmati, mol ayirboshlash va savdo-sotiq, pul muomalasi, siyosat va tarbiya, qonunlarga bo'ysunish, davlatni adolatli qonunlar asosida boshqarish masalalari bilan bog'liq holda bayon etadi. U jamiyatdagi ahloqsizlikning eng yomon ko'rinishi zo'ravonlik va o'g'irlik, - deb bunday toifadagi kishilarni jazolash va qayta tarbiyalash yo'llarini ko'rsatadiki, bu olimning insonparvar qonunshunos ekanligini tasdiqlaydi: "O'g'irlikka kelsak - o'g'irlangan narsaning miqdoriga qarab jazo beriladi. Ba'zan zo'r darajada va o'rta darajada xalqlarga ibrat bo'ladigan jazo berib, goho qiynash va tovon to'latishga, goho xalq o'rtasida chiqarib oshkora qilish bilan to'xtatiladi". [ 4] Beruniy ta'lim berishicha, mard odam bo'lish - faqat so'zdagina emas, balki amalda ham haqqoniy bo'lish demakdir. Bilim - Beruniy fikricha, insonni oliyjanob qiladi, uni mehribon va aqlli qiladi. U«bilimning sofligidan boshqa» hech narsa yo'qligini ta'kidlaydi. [5]. Buyuk mutafakkir ilm-fan èrdamida tarbiyalangan yuksak intellektual va axloqiy mezonlarni keng joriy etish jaraènida komillikka erishish mumkin, deya ta'lim beradi. Beruniy bilim insonni to'g'ri yo'lga boshlab borishiga chuqur ishonch hosil qilgan. U faqat bilimli inson bo'lish, "olijanob" xulq-atvor qoidalarini bilishning o'zi kifoya emas, asosiysi bu bilimlarni amalda qo'llay bilish, degan g'oyasi har bir davr uchun juda ahamiyatlidir. Bundan tashqari, bilimlarni o'z-o'zidan mos keladigan axloqiy xatti- harakatlar amaliètisiz o'zlashtirish, axloqiy bilim va insonning axloqiy xatti-harakati o'rtasidagi tafovutda ifodalangan "axloqiy rasmiyatchilik" deb ataladigan narsaning paydo bo'lishiga olib kelishi mumkunligini e'tirof qiladi [6].

Beruniyning izohlashicha, shaxsning ma'naviy qiyofasi u boshqa odamlar bilan muloqotda bo'ladigan jamiyatda shakllanadi. Inson jamiyatda o'z qarindosh-urug'lari bilan birlashib yashashga majburdir, bundan maqsad bir-birini qo'llab-quvvatlash hamda har bir kishining ham o'zini, ham boshqalarni ta'minlash uchun kerakli ishlarni bajarishidir. Odam hamma vaqt boshqalarning baxt-saodati haqida,

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

muayyan vazifalarni bajarish zarurligi haqida o'ylashi lozim. Mutafakkirning fikriga ko'ra, muruvvatli kishi odamlarga xayrixoh, halol va haqgo'y bo'ladi. Beruniy mulozamat, rahmdillik, qat'iyat, sabr-toqat va kamtarlikni yuksak axloqli insonning asosiy xislatlari deb biladi. [7] Mutafakkir muruvvatlilik deganda, eng avvalo insonning axloqiy kamolotini tushunadi.

MUHOKAMA

Beruniy o'z asarlarida illatlarni - ziqnalik, yolg'onchilik, munofiqlik, xushomadgo'ylikni, ayniqsa kishilarning o'z bilimlariga, qobiliyatlari va axloqiy xislatlariga muvofiq bo'lmagan yuksak mavqeni egallashga intilishlarini qattiq qoralaydi. Uning davlatni boshqarishda sobitqadamlik, adolatli bo'lish, qonun ustuvorligi haqidagi g'oyalari bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotgan emas. Shu bilan birga "agar podshoh buyruqni berishda milliy va diniy biron tomonga asoslansa, bir qorindan bir vaqtda ikki bola tug'ilganidek, podshohlik va din ishi birlashib buyruq to'liq va tugal bo'ladi, to'liqlikning narigi tomonida ko'zda tutiladigan g'oya va maqsad yo'q" [8]. Bundan ko'rinadiki, davlatni boshqarishda din va dunyoviy ishlar qonun asosida mutanosib bo'lishi kerakligi aytilmoqda. "Hindiston" asarida "xalqlar o'rtasida tortishish va talashish ko'p", deb afsuslanib yozgan edi. Uning Hindistonda olib borgan keng ilmiy-tadqiqot ishlari xalqlar o'rtasidagi do'stlik, o'zaro hamkorlik va madaniy munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan edi. Bundan ko'rinib turibdiki, Beruniy madaniy hamkorlik va ilm-ma'rifatning keng tarqalishiga katta e'tibor berdi. U xalqlar do'st, inoq ittifoq bo'lib yashashi uchun kurashib, insoniyatga, u yaratgan fan va madaniyatga qirg'in keltiruvchi urushlarni kattiq qoraladi.

Akademik I.M.Mo'minov Beruniyning ijtimoiy-falsafiy, jamiyat va davlat haqidagi qarashlariga alohida e'tibor qaratib, uning "Mineralogiya" asaridagi quyidagi fikrlarini keltirgan edi: "Olis Mag'ribdagi shaharlardan birining aholisi haqida naql qiladilarkim, zodagonlar va yer egalari mazkur shaharni navbatma-navbat boshqarar ekan. Kimga navbat kelsa, o'sha uch oy davomida hokimlik vazifasini ado etarkan. Muddat tugagach, o'z ixtiyori bilan hokimlikdan voz kechib, og'ir vazifadan qutulgani uchun el-yurtga xayr-sadaqa ulashar ekan. Buning boisi shundaki, boshqarish va boshchilik qilish bu zo'ravonlar tomonidan jabrlangan kishilarning haq-huquqlarini tiklash yo'li bilan fuqaro halovatini ta'minlash niyatida o'z halovatidan mahrum bo'lish demakdir" [9]. Ya'ni Beruniy davlatni demokratiya asosida boshqarish mumkinligini ko'rsatishga harakat qilgan. Jamiyat rivojini bevosita shaxs bilan, uning axloqiy qiyofasi bilan bog'lar ekan, mutafakkir shaxsning axloqi jamiyat oldidagi burchini sidqidillik bilan bajarishiga xizmat qilmog'i lozim deb hisoblaydi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

XULOSA

Xulosa qilib aytish mumkinki, Beruniyning jamiyat haqidagi qarashlarida insonning qiyofasi tabiat ta'sirining natijasi ekani, uning ichki qiyofasida cheksiz sa'y-harakatlar natijasida tub o'zgarishlar bo'lishi mumkinligi aytiladi. Har bir inson o'z xulq-atvorining egasidir. Jamiyat bosqichma-bosqich o'zgarishlar orqali rivojlanib boradi. Beruniyning jamiyatda adolatli bo'lish, inson uchun qayg'urish, jamiyatni aql, ilm, adolat, qonunlar, o'rnatilgan tartiblar bilan boshqarish kerakligi haqidagi falsafiy tahlili o'sha davrda fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanganidan dalolat beradi. Beruniy o'z ustozlari izidan borib, insonlar o'rtasida o'zaro bir-birini tushunish, tenglik va boshqaruvdagi adolatni himoya qilib chiqdiki, bu qarashlar bizning davrimizda ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Булгаков П.Г. Жизнь и труды Беруни.- Ташкент, Фан.1972.-С.80.

2. Крачковский И.Ю. Избранные сочинения, т. IV. М.-Л., 965, стр. 244

3. Абу Райхрн Беруний. Танланган асарлар. 2 Х,индистон. - Т.: Фан, 1965. -539 б.

4. Абу Райхрн Беруний. Танланган асарлар. Ж. 1. Кадимги халклардан колган ёдгорликлар - Т.: Фан, 1968. - 486 б.

5. Шарипов А. Великий мыслитель Беруни.-Ташкент, 7 Давлетшин М.Г. Психологические основы нравственного воспитания.-Ташкент:1975.с.52-53.

6. Abu Rayhon Beruniy .Tanlangan asarlar. "Fan" nashriyoti-Toshkent-1998й,78б.

7. Абу Райхрн Беруний. Минералогия,Т.:1968.-С.171.

8. Jumayeva Sh.S.Social and spiriyual environment and its influence on upbringing and education.International Journal of Formal Education . Volume: 02 Issue: 111 November - 2023 ISSN:27206874.350p.

9. И.М.Муминов. Узбекистондаги табиий-илмий ва ижтимоий-фалсафий тафаккур тарихидан лавх,алар (IX-XX асрнинг бошларигача). - Т.: Фан, 1999. 49

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.