Научная статья на тему 'SHARQ VA G‘ARB MUTAFAKKIRLARI IJODIDA ADOLATPARVARLIK TO‘G‘RISIDAGI QARASHLAR TAHLILI'

SHARQ VA G‘ARB MUTAFAKKIRLARI IJODIDA ADOLATPARVARLIK TO‘G‘RISIDAGI QARASHLAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Inter education & global study
Область наук
Ключевые слова
Sharq / G‘arb / sivilizatsiya / uzoq o‘tmish / mutafakkirlar / zardushtiylik / haqiqat / adolat / g‘oya / qadimgi fors tili / Konfutsiy ta’limoti / adolat konsepsiyasi / Abu Rayhon al-Beruniy / Avesto / Nizomulmulk / aql / farosat va hokazo. / Восток / Запад / цивилизация / далекое прошлое / мыслители / зороастризм / истина / справедливость / идея / древнеперсидский язык / учение Конфуция / концепция справедливости / Абу Райхан Аль-Беруни / Авеста / Низамульмульк / разум / проницательность и т. д.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — S.S. Hamroyev

ushbu maqolada Sharq va G‘arb mutafakkirlari ijodida adolatparvarlik to‘g‘risidagi qarashlar tarixiy manbalar asosida ilmiy-nazariy tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF IDEAS ABOUT JUSTICE IN THE WORKS OF THINKERS OF THE EAST AND WEST

в данной статье проведен научно-теоретический анализ взглядов на справедливость в творчестве восточных и западных мыслителей на основе исторических источников.

Текст научной работы на тему «SHARQ VA G‘ARB MUTAFAKKIRLARI IJODIDA ADOLATPARVARLIK TO‘G‘RISIDAGI QARASHLAR TAHLILI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© S.S. Hamroyev1^_

1Buxoro davlat pedagogika instituti, Buxoro, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: ushbu maqolada Sharq va G'arb mutafakkirlari ijodida adolatparvarlik to'g'risidagi qarashlar tarixiy manbalar asosida ilmiy-nazariy tahlil qilingan.

MAQSAD: sharq va g'arb mutafakkirlari ijodida adolatparvarlik to'g'risidagi qarashlar tahlil qilishdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida falsafiy, tarixiy, pedagogik, metodik, psixologik va adolat va adolatparvarlik g'oyalari va uning mohiyatini yoritib berishda sintez, kompleks yondashuv, tizimli yondashuv, kontent analiz, qiyosiy tahlil, dialektik, usullaridan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: Sharq va G'arb falsafasining ijtimoiy muammolari orasida axloq mavzusi yetakchilik qiladi. O'sha davrda yaratilgan hikmatli so'z, iboralar bugungi kunda ham insonni mulohaza yuritishga majbur qiladi. Sharqda nafaqat din sifatida, balki yaxlit madaniyat, ma'naviyatning shakllanishida ham katta ahamiyatga ega bo'ldi. U madaniyatning ilm-fan, san'at, axloq, siyosat kabi sohalarining rivojiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Bu davrda diniy ilmlar sohalarida mintaqa shuhratini olamga tanitgan imom Buxoriy, imom Termiziy, Nizomulmulk, Dunyoviy ilmlar sohasida esa Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, hamda tasavvuf ma'naviy-ma'rifiy ta'limoti sohasida Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband va boshqa buyuk alloma va mutafakkirlarning jamiyat taraqqiyoti rivojida ma'naviyat hodisasining beqiyos o'rni haqidagi qarashlari butun jahon ilmiy va falsafiy tafakkurining ravnaqiga hayotbaxsh hissa qo'shdi.

XULOSA: Yangi O'zbekistonda taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida adolat tamoyillarini "Inson qadri uchun" tamoyili asosida rivojlantirish, ta'minlash hamda shakllantirishga qaratilgan islohotlarning falsafiy ahamiyati muhim o'rin tutadi.

Kalit so'zlar: Sharq, G'arb, sivilizatsiya, uzoq o'tmish, mutafakkirlar, zardushtiylik, haqiqat, adolat, g'oya,qadimgi fors tili, Konfutsiy ta'limoti, adolat konsepsiyasi, Abu Rayhon al-Beruniy, Avesto, Nizomulmulk, aql, farosat va hokazo.

Iqtibos uchun: Hamroyev S.S. Sharq va g'arb mutafakkirlari ijodida adolatparvarlik to'g'risidagi qarashlar tahlili. // Inter education & global study. 2024. №4(1). B.178— 187.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4 (1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

АНАЛИЗ ПРЕДСТАВЛЕНИИ О СПРАВЕДЛИВОСТИ В ТРУДАХ

МЫСЛИТЕЛЕЙ ВОСТОКА И ЗАПАДА_

© а С. Хамраев1 н

1 Бухарский государственный педагогический институт, Бухара, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье проведен научно-теоретический анализ взглядов на справедливость в творчестве восточных и западных мыслителей на основе исторических источников.

ЦЕЛЬ: анализ взглядов на справедливость в творчестве восточных и западных мыслителей.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в процессе исследования были использованы методы синтеза, комплексного подхода, системного подхода, контент-анализа, сравнительного анализа, диалектики, осветления философских, исторических, педагогических, методологических, психологических идей справедливости и справедливости и ее сущности.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: среди социальных проблем Восточной и западной философии тема морали является ведущей. Мудрое слово, фразы, созданные в ту эпоху, и сегодня заставляют человека размышлять. На востоке он приобрел большое значение не только как религия, но и в становлении целостной культуры, духовности. Он также оказал положительное влияние на развитие таких отраслей культуры, как наука, искусство, мораль, политика. В этот период в области религиозных наук прославились Имам Бухари, Имам Термизи, Низамульмульк, а в области светских наук-Фараби, Беруни, Ибн Сина, а также в области духовно-просветительского учения суфизма-Ахмад Югнаки, Юсуф Хос Хадж, Наджмиддин Кубро, Бахауддин Накшбанд и другие великие ученые и мыслители. непревзойденная роль феномена духовности в развитии его взгляды на мировоззрение внесли жизненно важный вклад в развитие мировой научной и философской мысли.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: в процессе реализации Стратегии развития в новом Узбекистане важное место будет занимать философская значимость реформ, направленных на развитие, обеспечение и формирование принципов справедливости на основе принципа "для человеческого достоинства".

Ключевые слова: Восток, Запад, цивилизация, далекое прошлое, мыслители, зороастризм, истина, справедливость, идея, древнеперсидский язык, учение Конфуция, концепция справедливости, Абу Райхан Аль-Беруни, Авеста, Низамульмульк, разум, проницательность и т. д.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 4 (1)

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4 (1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Для цитирования: Хамраев C.C. Анализ представлений о справедливости в трудах мыслителей востока и запада. // Inter education & global study. 2024. №4(1). С 178-187.

ANALYSIS OF IDEAS ABOUT JUSTICE IN THE WORKS OF THINKERS OF THE

EAST AND WEST_

© Saidjon S. Hamroyev1®

1Bukhara State Pedagogical Institute, Bukhara, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: this article provides a scientific and theoretical analysis of views on justice in the works of Eastern and Western thinkers based on historical sources.

AIM: to analyze the views on justice in the works of Eastern and Western thinkers.

MATERIALS AND METHODS: in the course of the research, methods of synthesis, an integrated approach, a systematic approach, content analysis, comparative analysis, dialectics, clarification of philosophical, historical, pedagogical, methodological, psychological ideas of justice and justice and its essence were used.

DISCUSSION AND RESULTS: among the social problems of Eastern and Western philosophy, the topic of morality is the leading one. A wise word, phrases created in that era, and today make a person reflect. In the east, it has acquired great importance not only as a religion, but also in the formation of an integral culture and spirituality. He also had a positive impact on the development of such cultural sectors as science, art, morality, and politics. During this period, Imam Bukhari, Imam Termizi, Nizamulmulk became famous in the field of religious sciences, and in the field of secular sciences - Farabi, Beruni, Ibn Sina, as well as in the field of spiritual and educational teachings of Sufism -Ahmad Yugnaki, Yusuf Khos Hajj, Najmiddin Kubro, Bahauddin Naqshband and other great scientists and thinkers. The unsurpassed role of the phenomenon of spirituality in the development of his views on the worldview has made a vital contribution to the development of world scientific and philosophical thought.

CONCLUSION: in the process of implementing the Development Strategy in the new Uzbekistan, the philosophical significance of reforms aimed at developing, ensuring and shaping the principles of justice based on the principle of "for human dignity" will occupy an important place.

Keywords: East, West, civilization, the distant past, thinkers, Zoroastrianism, truth, justice, idea, ancient Persian language, the teachings of Confucius, the concept of justice, Abu Rayhan Al-Beruni, Avesta, Nizamulmulk, reason, insight, etc.

For citation: Saidjon S. Hamroyev. (2024) 'Analysis of ideas about justice in the works of thinkers of the east and west', Inter education & global study, (4(1)), pp. 178-187. (In Uzbek).

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 4 (1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Adolat bu insoniyat tomonidan doim qadrlanib, intiladigan ideal sifatida o'zida haqiqat, tenglik, odillik singari ezgu g'oyalarni mujassam etadi. U inson va jamiyat hayotidagi ijtimoiy munosabatlar, yurish-turish qoidalari, tartib-intizom, axloqiy normalarning haqiqat mezonlariga qay darajada muvofiq kelishini aniqlashda barcha tarixiy davrlar uchun ma'naviy va axloqiy o'lchov mezoni bo'lib xizmat qilgan.

Adolat haqidagi bahslar Sharq va G'arb sivilizatsiyasida uzoq o'tmishga borib taqalib, mutafakkirlar tomonidan turlicha talqin etilgan. Jumladan, zardushtiylikning muqaddas kitobi "Avesto"ning Yasht qismida adolat va haqiqat tushunchalari "Adolat madhiyasi" orqali keng yoritib berilgan. Zardushtiylikda "asha" qonuni haqiqat va adolat ramzi sifatida tasvirlangan1. Shuningdek, zardushtiylikda "haqiqat" va "adolat" g'oyasi qadimgi fors tilidagi "arta" tushunchasi orqali ifodalangan. Zardushtiylikning axloq kodeksida adolatparvar va haqiqatparvar bo'lish va jamiyatda bu fazilatlarni hayotda qo'llashga da'vat etilgan.2

Konfutsiy ta'limotidagi adolat konsepsiyasi qadimgi Sharq falsafasidagi axloqiy va huquqiy an'analarining bir qismidir. Konfutsiy qarashlari birinchi navbatda siyosiy mazmunga ega bo'lib, jamiyatni uyg'un ravishda tashkil etish va isloh qilish yo'llarini izlashga qaratilgan3. Faylasuf fikricha, bunda adolat ham boshqaruv prinsipi, ham ijtimoiy xulq-atvor prinsipi va muhim fazilatlardan biri yoki har bir kishi ega bo'lishi kerak bo'lgan "axloqiy tuyg'u" sifatida ta'riflanadi4.

Konfutsiy ta'limotida ikkita tushunchaga ega bo'lgan mukammal adolat konsepsiyasi ilgari surilgan: "ren" (insonparvarlik) va "li" (marosimning to'g'riligi). Mutafakkir adolatni "ren"ning asosiga ichki, universal, ammo differensial g'amxo'rlik tamoyili orqali asoslab, uning amalga oshirilishini "li" qoidalari va me'yorlarida aks etishini ta'kidlab o'tadi. Konfutsiy ta'limotida adolat axloqqa asoslanadi va uning yakuniy maqsadi uyg'unlikka yetish hisoblanadi5.

Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, Konfutsiy o'zining konsepsiyasida adolatparvarlikni insonlarning ijtimoiy munosabatlar, o'zaro majburiyatlar va bir-biriga g'amxo'rlik qilishida deb biladi va bu munosabatda huquqiy majburlashni bekor qilishni va odamlarni axloqiy normalar bilan boshqarish kerakligini taklif etadi6.

Sharq falsafasi tarixida muhim o'rin tutgan alloma Abu Nasr Forobiy (873- 959 yy.) ilmiy merosida adolat, haqiqat, tenglik va to'g'rilik masalasiga alohida e'tibor qaratilgan. Allomaning odil inson va jamiyat haqidagi qarashlari "Fozil odamlar shahri" asarida o'z ifodasini topgan7.

1 Узбекистан Республикаси фанлар академияси. "Авесто яшт китоби". -Тошкент: "Шарк". 2011. -Б. 43

2 Узбекистан Республикаси фанлар академияси. "Авесто яшт китоби". -Тошкент: "Шарк". 2011. -Б. 54

3 Lebow, Richard Ned, and Feng Zhang. Justice in Confucianism. //Justice and International Order: east and West, -New york, 2022.р.р. 34-38.

O'sha joyda-78-86 5O'sha joyda-. 78-76

6 Конфуций Суждения и беседы / Конфуций - «АСТ», 2016 - (Мудрость веков) ISBN 978-5-17-097902-8

7 Абу Наср Фаробий. Фозил одамлар шахри. -Тошкент: "Янги аср авлоди". 2022, -б. 318

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Forobiy fozil jamiyat to'g'risidagi qarashlarida yuksak g'oyalar, adolatli ijtimoiy munosabatlar qaror topgan davrda vujudga keladigan ma'naviy-axloqiy xususiyatlarning umumiy tizimini izohlab bergan. U adolatni ijtimoiy ierarxiya va tartibning mavjud bo'lishi uchun poydevor yaratuvchi huquqiy kategoriya deb ta'riflagan. Alloma merosi keyingi davr adolat haqidagi nazariyalari asos bo'lib xizmat qildi. Jumladan, XVIII asrga kelib adolat ijtimoiy tenglik bilan bog'liq holda kun tartibiga qo'yila boshlandi. Hozirgi zamon falsafiy adabiyotlarida adolat jamiyatdagi barcha ijtimoiy munosabatlarni ifoda etuvchi kategoriya sifatida ta'riflanmoqda. Adolat jamiyatda oltita asosiy vazifani bajarishi alohida ta'kidlanib kelmoqda:

1. Jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni maqsadga muvofiq tashkil etish;

2. Turli ijtimoiy guruh va sinflar manfaatlarining himoya qilinishini ta'minlashi, ular orasidagi muvozanatni saqlab turish;

3. Jamiyatdagi mulkchilik munosabatlarini tartibga solish, ishlab chiqarish faolligini oshirish;

4. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoyalovchi vosita sifatida xizmat qilish;

5. Voqelikda keng ildiz otgan, lekin ijtimoiy taraqqiyotga to'siq bo'layotgan munosabatlarni bartaraf etish;

6. Odamlarda kelajakka ishonch tuyg'usini uyg'otish8.

Alloma adolatlilikni mehribonlik bilan chambarchas holda talqin qilarkan, shahar aholisi bir-biri bilan mehribonliklari tufayli birlashishlarini "adolatlilik ham mehribonlik bilan bog'liqdir, fazilatli shahardagi mehribonlik avvalo fazilatli ishlarda va fikrlarda ko'rinmog'i kerakligini"9, - alohida qayd etadi.

Buyuk alloma Ibn Sino (980-1037 yy.) "ijtimoiy adolat - jamiyat a'zolarini zo'rma-zo'raki teng holatda saqlashdan iborat emas. Barcha kishilarning shoh va sultonlarga aylanishi yoki hammaning qashshoqlardan iborat bo'lishi adolatdan emas. Bunday vaziyatda tabiiy va ijtimoiy qonun qoidalarga tubdan ziddir. Jamiyatdan tengsizlik hukmronlik qiladi. Sohiblar va g'ulomlarning mavjudligi qonuniy bir holdir. Uni hech qanday kuch-qudrat, istak hohish o'zgartira olmaydi, chunki har bir kimsa o'z mehnatiga faolligiga sa'y-harakatiga qarab orzu umidiga maqsadiga erishadi"10, - deb qayd etadi. Olimning e'tiqodiga ko'ra, hamma uchun umumiy hisoblangan qonun saltanatining tantanasi adolatsizlikka chek qo'yadi.

Abu Rayhon al-Beruniy (973-1048 yy) buyuk faylasuf va qomusiy olim sifatida 1030-yilda "Tarix al-Hind" (Hindiston tarixi) nomli risolasida adolat haqidagi konsepsiyani ilgari suradi. Beruniy fikricha, jamiyatda adolatni tan olish uchun madaniy va ijtimoiy qadriyatlarni hisobga olish kerak. Beruniy jamiyatda adolat barqaror emas, shuning uchun uni adolatli podshoh himoya qilishi kerak, deb hisoblaydi11.

8 Каримов Б., Зияeв Ф.З. Маънавият асослари. -Т.: "Иктисод-Молия", 2013. -Б.317.

9 Форобий. Буюк кишиларнинг наклларидан. Рисолалар. -Б.115.

10 Узбек фалсафаси тарихи (3-жилд). К,. Назаров (ва бошкалар).-Тошкент: Мухаррир нашриёти, 2020.-504 б. 52-б.

11 Абу Райхон ал-Бвруний. Танланган асарлар. -Тошкент. "Фан", 1965. -б. 468

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Beruniy jamiyatda, ijtimoiy turmushda adolat masalasiga katta e'tibor qaratadi. Jamiyatdagi muassasa, tashkilotlar zaruriy ehtiyojlardan kelib chiqqan bo'lib, odamlarning o'zaro kelishuvlarining hosilasi sifatida tavsiflaydi.

Yusuf Xos Hojib (1020/21-? yy.) ning adolat, baxt va aqlning jamiyat va davlat hayotidagi rolini "Qutadg'u bilig" ("Baxtga eltuvchi bilim") dostonida obrazlar asosida ochib bergan: Kuntug'di - elig (hukmdor) - Adolat timsoli; Oyto'ldi - vazir - Davlat timsoli; O'gdulmish - vazirning o'g'li (otasining vafotidan keyin vazir) - Aql timsoli; O'zg'urmish -Oyto'ldining uzoq qarindoshi, zohid - Qanoat (ofiyat) timsoli sifatida tasvirlanadi12.

Alloma "Qutadg'u bilig" dostonida aqlning avvalo, adolatga himoyachi va maslahatchi bo'lishi lozimligi ta'kidlaydi. Dostonda mutafakkir so'fizm qoidalari va normalarini, haqiqiy taqvo sohiblarini yuksak ehtirom bilan tasvirlaydi. Ayniqsa, inson, jamiyat va davlat baxti uchun, adolat tantanasi uchun o'z umrini bag'ishlash dostondagi ustuvor g'oyalardan biri sifatida talqin etiladi13. Ya'ni, dostondagi ideal qahramon sifatida O'gdulmish - Aql va Bilim egasi, umrini Adolat xizmatiga bag'ishlagan shaxs ekanligi, yuqoridagi fikrimizning isbotidir.

Nizomulmulk (1017-1092 yy.) ning adolat, adolatli boshqaruv va adolatli hukmdor to'g'risida "Siyosatnoma" asarida ilgari surilgan pand-nasihatlari va axloqiy qarashlari bugungi kunda ham o'z qimmatiga ega. Chunki mutafakkir o'zining falsafiy qarashlarida mamlakatda adolat hukm surishi davlat boshlig'i, ya'ni podshoh faoliyatiga bog'lab ko'rsatadi. Asarda podshohning raiyatni o'z qabuliga chorlashiga oid quyidagi fikrlar adolatli boshqaruv tizimining yorqin misoli bo'la oladi: "Podshoh haftada ikki kun zulm ko'rganlarni qabul qilib, zolimlarning dodini berib, jazolab va raiyat so'zlarini bevosita eshitib borishi kerak. Muhim bo'lgan arizalarim qabul qilib, har biriga javob berishi lozim. Agarda "podshoh dodxohlarni oldiga chaqirib, haftada ikki marotaba ularning so'zlarini eshitadi va zolimlarning jazosini beradi", degan xabar mamlakatga tarqalsa, undan zolimlar qilmishlarining oqibatini o'ylab, qo'rqib bedodlik qilmaydilar"14.

Bugungi kunda ham ushbu hikmatli nasihatlar xalq bilan muloqotni yo'lga qo'yilishi negizida inson qadrini ulug'lash va inson manfaatlariga xizmat qilish nazarda tutilganligi diqqatga sazovor.

Sharqda ilm-fanning barcha sohalarida olamshumul ahamiyatga ega bo'lgan asarlar yaratgan Imom Buxoriy, Abu Iso Termiziy, Mahmud Zamaxshariy, Hakim Termiziy, Ahmad Farg'oniy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband, Abu Mansur Moturidiy, Abul-Muin Nasafiy, Burhoniddin Marg'inoniy, Abdulholiq G'ijduvoniy kabi allomalarning ibratlarga to'la ilmiy meroslari adolat va haqiqat sarchashmalari sifatida bejizga e'tirof etilmayapti, albatta.

Jumladan, Imom Buxoriy asarlari orasida eng mashhur bo'lgani "Al-jome' as-Sahih" hadislar to'plami va Abu Iso Muhammad ibn Iso Termiziyning "Sunnani Termiziy" asari

12 Юсуф Хос Хожиб. "K1утадFу билиГ" .-Тошкент. Гафур Гулом. 1991, -б. 42

13 Юсуф Хос Хржиб. "KутадFу билиГ" .-Тошкент. Гафур Гулом. 1991, -б. 48

14 Низомулкмулк. Сиёсатнома.-Тошкент.: "Янги аср авлоди", 2015. -Б.312.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

musulmon dunyosida asrlar davomida olimu fuzalolarni, jamiyat ahlini to'g'ri yo'lga yetaklovchi dasturilamal bo'lib kelgan. Ushbu asarlarda muhaddis allomalarimiz tomonidan ilgari surilgan adolat va insof, insonparvarlikni targ'ib etuvchi ezgu g'oyalari hozirgi murakkab davrimizning ko'plab axloqiy-ma'naviy masalalarini hal etishda ham muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.

Xoja Abduxoliq G'ijduvoniydan keyin Xojagon tariqati buyuk so'fiylar, mutasavviflar tomonidan munosib davom ettirilgan va takomillashtirib, "Dast ba koru, dil ba Yor" shiori halol mehnat haqidagi g'oyalar taraqqiyotiga asos bo'lib xizmat qildi.

Xoja Muhammad Porso tasavvufiy merosi ham tasavvuf va tariqatlar to'g'risidagi bilimlarimizni oshirishga xizmat qiladi. U ilgari surgan g'oyalarga ergashgan, uning ezgulikka xizmat qilishini anglagan odam o'z-o'zidan xalq dardu tashvishlarini yengillashtirishga bel bog'laydi, fikrni fikrsizlikka, ilm-ma'rifatni-nodonlikka va jaholatga qarshi qurol sifatida ishlatadi. Adolat iymon va e'tiqod kuchiga ishonadi15.

Xo'ja Ahrori Valiy "Risolai Havariya", Risolai Volidiya, Fuqarot al orifiyn, "Ansori nafisa", "Javomi'ul - karim", "Rashhalar" asarlarida me'yor, adolat, halollik, nafs, insof, iymon, e'tiqodning axloqiy qadriyatlariga oid; odob, ahloq, tarbiya, saxiylik, o'zaro hurmat, sabr, hasad, vafodorlik, yaxshilik va yomonlik masalalarini, umuminsoniy qadriyatlariga oid; tinchlik, do'stlik, ogohlik, hushyorlik, hamjihatlik, diniy bag'rikenglikka oid falsafiy qarashlarni ta'kidlab o'tgan16.

Ijodiy merosi ijtimoiy-siyosiy, ayniqsa, axloqiy va insonparvarlik mazmuniga nihoyatda boy bo'lgan Alisher Navoiy (1441-1501 yy.) qarashlarida adolat g'oyasi markaziy o'rinni egallaydi. Navoiy ta'limotiga ko'ra davlat idealining asosiy tamoyillari, ya'ni axloqiy tamoyillar - adolat, donolik, vijdon va insoniylik qonunlaridir. Lekin shoir barcha ezguliklardan bosh va belgilovchi fazilat sifatida adolatni ajratib ko'rsatadi. "Odamlarda ko'p yaxshi belgilar va farqlar bor, lekin adolatdan yaxshiroq farq yo'q"17 - deb yozgan edi.

Hazrati Navoiy adolatni nafaqat butun jamiyatni xarakterlash, balki shaxslararo munosabatlarni xarakterlash uchun ham zarur bo'lgan milliy fazilat sifatida talqin etadi. Adolat shohning axloqiy xarakterini ham, ijtimoiy tuzumning xarakterini ham belgilaydi.

Adolat tushunchasining mohiyatini belgilashda ikkita xususiyat mavjud. Birinchidan, inson adolati qandaydir "tabiiy", to'g'rirog'i "ilohiy" adolatni tan olishdan kelib chiqadi. U "mukammal", "to'liqsiz" sifatida mutlaq, ilohiy adolatdan kelib chiqishi kerak. Ikkinchidan, u adolatda rahm-shafqat komponentining ajralmas mavjudligini tan oladi18.

Shahekim, adolatdur oning ishi,

Teng ermas anga shohlardan kishi.

15 Ахмад ибн Х,афс Кабир ал-Бухорий мероси ва унинг илк Шарк ренессанси ва Ислом фалсафаси илмий-назарий асослари яратишдаги урни ва ахамияти / халкаро илмий-анжуман туплами. 16-17 июнь 2022 йил. 200-б

16 Ахмад ибн Х,афс Кабир ал-Бухорий мероси ва унинг илк Шарк ренессанси ва Ислом фалсафаси илмий-назарий асослари яратишдаги урни ва ахамияти / халкаро илмий-анжуман туплами. 16-17 июнь 2022 йил. 192-б

17 Султон Иззат, Навоийнинг калб дафтари. -Тошкент. Гафур Гулом, 1969, -Б.131.

18 Алишeр Навоий."Хамса"."Садди Искандарий". -Тош^т: Янги аср авлоди. 2014, 302^т

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Huquqiy jihatdan Navoiyda adolat qonun-tartibot va qonuniylikka rioya etilishini ifodalaydi, bu esa jamiyat a'zosining huquqlarini amalga oshirish va xavfsizligini himoya qilish kafolati hisoblanadi. Mamlakatda adolat va qonuniylikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish hukmdor zimmasiga yuklangan. Shunday qilib, adolat qonun bilan bir xil bo'lib, unga rioya qilish yomonlik (yomon ishlar) jazosini va yaxshilikni (yaxshi ishlarni) rag'batlantirishni talab qiladi, ya'ni, adolat bu ma'noda davlatga to'liq mos keladigan shaxsga shunday munosabatni ifodalaydi. Qonun va yaxshilik uchun mukofotlash va yomonlik uchun jazoni nazarda tutadi19.

Sohibqiron Amir Temur faoliyatining bosh tamoyili adolatga asoslanganligi - uning benazir aql-zakovati va yuksak tafakkuri, o'z xalqining axloq-odob haqidagi qarashlarini mukammal bilgan inson bo'lganligini ko'rsatadi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

O'tmishda yashab o'tgan yana bir Temuriyzoda, vatanimiz va jahon tarixida muhim o'rin tutgan buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburdir (1483-1530 yy.). Boburning boy ilmiy merosini o'rganishda, uning davlat arbobi va mutafakkir ekanligiga alohida e'tibor qaratish talab etiladi. Bobur asarlarida adabiyot, san'at, geografiya va tarix fanlari yo'nalishlari bilan bir qatorda, "Boburnoma" va "Mubayyin" kabi asarlarida siyosatshunoslik va huquqshunoslik fanlariga oid g'oyalarning ham salmoqli o'rni borligini ko'rishimiz mumkin. Bobur buyuk davlat arbobi va ilg'or ma'rifatparvar mutafakkir sifatida o'ziga xos siyosiy qarashlarni ilgari surilgan. Uning siyosiy qarashlarida markaziy o'rinni davlat va uni adolatli boshqarish masalalari egallaydi.

Bobur davlatlar haqida fikr yuritar ekan, ularni ikki turga ajratgan:

1. Adolatli, markazlashgan davlat.

2. Adolatsiz, tarqoq davlat20.

Hamisha adolatli, markazlashgan davlat tarafdori bo'lgan Bobur, davlatni adolatparvar, ma'rifatparvar podshoh boshqarishi lozim deb hisoblagan21.

Boburning davlat to'g'risidagi qarashlarida adolatli, markazlashgan davlatning namunasi - bu Amir Temur saltanati, boshqaruvning eng maqbuli - bu Sohibqironning davlat boshqaruvi edi.

Boburning siyosiy qarashlarida adolat tamoyili quyidagilarni qamrab oladi: 1) har qanday vaziyatda ham oqilona ish tutish; 2) imkon qadar o'z yaqinlariga zarar yetkazmaslik; 3) qo'l ostidagilarning kimligidan qat'iy nazar, ularning fe'l-atvoriga, qilgan xizmatlariga qarab teng ko'rish va g'amxo'rlik qilish; 4) kuch ishlatish lozim bo'lgan joyda adolat qilib, boshqa usullar orqali muammolarni hal etish; 5) barcha insonlarga, hatto dushmanlariga ham imkon bo'lsa, yaxshilik, adolat qilish22.

19 O'shajoyda- 324-бет

20 Давлат ва хУКУК ривожининг тарихий негизлари. Республика илмий семинар материаллари туплами. - Т.: ТДЮУ, 2018. - б. 25

21 O'sha joyda - б. 24

22 O'sha joyda- б. 24-б

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Yangi O'zbekistonda ijtimoiy davlatni barpo etishda adolatparvarlik tamoyillarining funksional xususiyatlari, uni amalga oshirish mexanizmlari hamda ustuvor yo'nalishlari asoslab berish ko'zda tutilgan.

Bunda adolatparvarlikka oid konsepsiyalarning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari, amal qilish mexanizmlari, zamonaviy jamiyatda namoyon bo'lish shakllari ochib berish;

Sharq va G'arb ijtimoiy-ma'naviy merosida adolat va adolatparvarlikka oid g'oya va qarashlarning nazariy-metodologik ahamiyati, inson hayotida namoyon bo'lish xususiyatlari hamda rivojlanish bosqichlarining xususiyatlari aniqlash;

ijtimoiy davlat va fuqarolik jamiyati sharoitida adolatparvarlikni ta'minlashning ustuvor yo'nalishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni bu tamoyil bilan hamohanglikda olib borish dolzarbligi, ijtimoiy himoya siyosatini amalga oshirish;

barqaror rivojlanish maqsadlarining yo'nalishlari, ko'rsatkichlari hamda bu maqsadlarga erishishning mexanizmlarining adolatparvarlikka oid ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari ochib berish;

Shuni ta'kidlash kerakki, yangi davr faylasuflari ijtimoiy tizim barqarorlashtirishda adolatparvarlikning roli va vazifalarini konkretlashtirishga harakat qilganlar. Zamonaviy davrda xususiy mulk g'oyasi bir qator G'arb mamlakatlari iqtisodiy tuzilishining asosiy xarakteristikasi sifatida shakllandi va ijtimoiy munosabatlarning yangi modelini iqtisodiy asoslarga tayanib qurishga intilishdi, bunda adolat tamoyillari alohida o'rin egalladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Узбекистан Республикаси фанлар академияси. "Авесто яшт китоби". -Тошкент: "Шарк,". 2011. -Б. 43

2. Lebow, Richard Ned, and Feng Zhang. Justice in Confucianism. //Justice and International Order: east and West, -New york, 2022.р.р. 34-38.

3. Конфуций Суждения и беседы / Конфуций - «АСТ», 2016 - (Мудрость веков) ISBN 978-5-17-097902-8

4. Абу Наср Фаробий. Фозил одамлар шах,ри. -Тошкент: "Янги аср авлоди". 2022, -б. 318

5. Каримов Б., Зияeв Ф.З. Маънавият асослари. -Т.: "Иктисод-Молия", 2013. -Б.317.

6. Форобий. Буюк кишиларнинг наклларидан. Рисолалар. -Б. 115.

7. Узбек фалсафаси тарихи (3-жилд). К.Назаров (ва бошкалар).-Тошкент: Мух,аррир нашриёти, 2020.-504 б. 52-б.

8. Абу Райхон ал-Ввруний. Танланган асарлар. -Тошкент. "Фан", 1965. -б. 468

9. Юсуф Хос хожиб. "К1утадfу билиг" .-Тошкент. Fафур Fулом. 1991, -б. 42

10. Низомулкмулк. Сиёсатнома.-Тошкент.: "Янги аср авлоди", 2015. -Б.312.

11. Султон Иззат, Навоийнинг калб дафтари. -Тошкент. Fафур Fулом, 1969, -Б.131.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

12. Ахмад ибн Хафс Кабир ал-Бухорий мероси ва унинг илк Шарк ренессанси ва Ислом фалсафаси илмий-назарий асослари яратишдаги урни ва ахамияти / халкаро илмий-анжуман туплами. 16-17 июнь 2022 йил. 200-б

13. Алишeр Навоий."Хамса"."Садди Искандарий". -Тошкeнт: Янги аср авлоди. 2014, 324^т

14. Давлат ва хукук ривожининг тарихий негизлари. Республика илмий семинар материаллари туплами. - Т.: ТДЮУ, 2018. - б. 25

15. Давлат ва хукук ривожининг тарихий негизлари. Республика илмий семинар материаллари туплами. - Т.: ТДЮУ, 2018. - б. 24

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

HHamroyev Saidjon Sanoyevich, falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD).

[Хамраев Саиджон Саноевич, доктор философских наук (PhD)], [Saidjon S.

Hamroyev, Doctor of Philosophy (PhD)]; manzil: O'zbekiston, 00060, Buxoro shahri,

Q.Murtazoyev ko'chasi 1-uy; E-mail: ss9337@mail.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.