Научная статья на тему 'ABU RAYHON BERUNIYNING GENETIKAGA OID QARASHLARI HAQIDA'

ABU RAYHON BERUNIYNING GENETIKAGA OID QARASHLARI HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

109
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABU RAYHON BERUNIYNING GENETIKAGA OID QARASHLARI HAQIDA»

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni

ABU RAYHON BERUNIYNING GENETIKAGA OID QARASHLARI

HAQIDA

Islom Sobir o'g'li Bo'riev

Tarix instituti kichik ilmiy xodimi,O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi

2-bosqich magistranti islomb361@gmail.com

Ulug' o'zbek mutafakkiri Abu Rayhon Beruniy (973 - 1048) asarlarining ko'pchiligi qomusiy tabiatga egadir. Ular qatorida «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»da turli ilmlar bilan birga genetika1 faniga oid ma'lumotlar ham keltirilgan. Umuman, alloma yashagan davrda insonlar, hayvonlar va o'simliklardagi

л

irsiyat masalalari, turli irsiy o'zgaruvchanlik - tana a'zolarining nuqsonli yoki ortiqcha bo'lishi, egizaklarning tanalari qo'shilgan holatda tug'ilishi, insonlarda umrning irsiyatga bog'liqligi kabi masalalarda o'sha vaqtdagi olimlar tomonidan har xil fikrlar bildirilgan, o'zgacha qarashdagi ilmiy doiralar orasida tortishuvlar ketgan. Abu Rayhon Beruniy ham o'sha vaqtdagi talabdan kelib chiqib, ba'zan ma'lum bir olim yoki jamoaning fikrini yoqlaydi, ba'zan o'zining shaxsiy qarashlarini berib, yangicha g'oyalarni ilgari suradi.

Abu Rayhon Beruniyning genetikaga oid qarashlarini uch guruhga bo'lish mumkin: o'simliklar, hayvonlar va insonlardagi irsiy o'zgarishlar hamda shu kabi holatlar to'g'risidagi fikr-mulohazalar.

Abu Rayhon Beruniy inson, hayvonlar va o'simliklarda yuz beradigan irsiy o'zgaruchanlikni tan oladi, bu hodisalar tasodifiy tarzda yuz berishini ta'kidlaydi, ularning «qanday vujudga kelishini hayolga keltira olmasa» ham, «bunday xabarni qabul etadi» . U so'zini davom ettirib, irsiy o'zgaruvchanliklarni «tabiat yanglishi» deb ataydi va ularni «moddaning mo'tadil miqdordan sirtga chiqishi» deyishni taklif etadi. U fikrini quyidagicha dalillaydi: «Masalan, ortiqcha a'zoli hayvonlar

Генетика (юнонча генезис - келиб чикиш, пайдо булиш) — барча тирик нарсаларга хос булган ирсият ва узгарувчанликни хамда уларни бошкариш усулларини урганадиган фан.

Узгарувчанлик — тирик нарсаларнинг ташки ва ички омиллар таъсирида узгарган белги-хусусиятларни хосил килиши; ирсият ва узгарувчанлик бир-бирига карама-карши ходиса булса-да, бир вактнинг узида намоён булади.

2 Ирсият — тирик нарсаларнинг уз белги ва хусусиятларини кейинги авлодга, яъни наслдан наслга утказиш хусусияти.

3 Абу Райхон Беруний. Танланган асарлар. I жилд. Кддимги халклардан колган ёдгорликлар. Тошкент. 1968. 113-бeт.

December 16

303

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni

uchratilishi mana bunday bo'ladi: hayvonlar jinslarini o'z holicha saqlashga vakil qilingan tabiat ortiqcha modda uchratgan vaqtda uni bekor qoldirmay, undan bir surat yasaydi. A'zosi nuqsonli bo'lgan hayvonlarga kelsak, tabiat bir shaxs suratini uning o'z jinsi shaklida tugal tayyorlashga modda topmasa, uni a'zo nuqsonligiga zarar yetkazmaydigan va ruh kuchiga yarasha tinchlanadigan suratda tayyorlaydi»4.

Mazkur ma'lumotlar hozirgi zamon genetika fani qo'lga kiritgan yutuqlarga mos keladi. Shuni ham unutmaslik kerakki, bu yerda Abu Rayhon Beruniy irsiy o'zgarish to'g'risida o'zining nazariy fikrlarini ham keltirmoqda. Irsiy o'zgaruvchanlik (mutatio) tirik narsaning u yoki bu belgilarining o'zgarishiga olib keluvchi irsiy ashyoning to'satdan tabiiy yoki sun'iy o'zgarishi sanalar ekan, mazkur o'zgaruvchanlik irslarning kimyoviy o'zgarishi va xromosoma tuzilishining o'zgarishi natijasida vujudga keladi5.

Abu Rayhon Beruniy ham bunday o'zgarishlarning tasodifiy yuz berishi va sifat o'zgarishidan iboratliligini - «moddaning mo'tadil miqdordan chetga chiqishi»ni ta'kidlaydi. Irsiy o'zgaruvchanlik tasodifan yuzaga kelishi Xyugo de Vris tomonidan 1901-1903 yillarda O'zgaruvchanlik nazariyasi (Mutationism) orqali bayon qilingan6. Aslida to'satdan ro'y beradigan o'zgarishlarni XVII-XVIII acrlardan Yevropada mutatio (mutatsiya) deb ataganlar. Bu atamani nederlandiyalik olim fanga

n

qayta kiritgan . Abu Rayhon Beruniy xulosasidan ko'rinadiki, u Xyugo de Vrisdan (1848 - 1935) 900 yil oldin o'zgaruvchanlik nazariyasining asosiy qoidasini ta'riflab bergan.

Shuningdek, olim DNK va irslarning ta'rifiga mos keluvchi („hayvonlar jinslarini o'z holicha saqlashga vakil qilingan») fikrni ilgari surgan. DNK barcha tirik narsalar hujayrasida uchraydi, tirik narsalarda irsiy belgilarni saqlash va nasldan naslga o'tkazish vazifasini bajaradi. Irsiyatning moddiy asosi bo'lgan irs DNK molekulasining bir qismi bo'lib, tirik hujayra oqsillaridan birining tuzilishini belgilab

o

beradi va shu oqsillar orqali ayrim belgi va xossalarning rivojlanishini ta'minlaydi . Yuksak rivojlangan tirik narsalarda irslar xromosomalarning tarkibiga kiradi, irslarning tuzilishi o'zgarganda hujayralardagi muayyan biokimyoviy jarayonlar buziladi, natijada mavjud jarayonlar yoki belgilar kuchayadi, susayadi yoki yo'qolib

Уша асар. 113-бет.

5 З. Ю. Максудов, С. Р. Мухаммедов. Генетика асослари. Тошкент. 1976. 155-бет.

6 S. S. Fayzullayev, A. T. G'ofurov, B. E. Matchonov. Odam genetikasi. ^hkent. 2003. 130-bet.

7 И. П. Казурина. Генетика асосларидан укув кулланмаси. Тошкент. 1979. 111-бет.

8 Тиббиёт энциклопедияси. Тошкент. 2016. 111-бет.

December 16

304

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni

ketadi. Abu Rayhon Beruniy ham o'z asarida shu mazmunni ta'kidlaganligini ko'rdik. DNKning irsiy ahamiyatini 1944 yili AQShda O'svald Everi (1877 - 1955) shogirdlari bilan birga aniqlaganini hisobga olsak9, undan deyarli to'qqiz yarim asr ilgari Abu Rayhon Beruniy shu mazmundagi farazni ilgari surgan bo'lib chiqadi.

Ulug' olim nazariy fikrlarini dalillash uchun Surra Man Rao10 shahrida Sobit ibn Sinon11 tomonidan ko'rilgan, yangi tuxumdan chiqqan ikki tumshuqli, uchta ko'zli hind jo'jasi, bir ko'zli, yuzi insonning yuzidek kulchasimon, jag'lari va tishlari ham insonnikiga o'xshash, peshonasida dumga o'xshash narsasi bor o'lik echki bolasi

1 9

misollarini keltiradi .

Abu Rayhon Beruniy hayvonlarda uchraydigan juda g'aroyib o'zgarishlar haqida keltirgan misolga ko'ra, Ispijob13 hokimi 379/989-990 yili somoniy hukmdor Nuh ibn Mansurga (976 - 997) ikkita shoxli bir ot va ikki yonida pat qanotlari bor, qanotlarini yig'ib yoza oladigan bir tulki hadya qilgan. Olimimizga ular to'g'risida Abulqosim Ali ibn Ahmad Tohiriy ismli ishonchli shaxs hikoya qilib bergan14.

«Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»da bu singari ajabtovur holatlar to'g'risida ko'p so'z yuritiladi. Masalan, ildizi bilan yulib olingan sochlar jazirama issiq paytida suvga yoki nam joyga tushsa, uch haftada ulardan ilonlar paydo bo'lishi, anjir va qora rayhondan chayon, mol go'shtidan asalari, ot go'shtidan ari paydo bo'lishi hodisalarini Abu Rayhon Beruniy inkor etmaydi, ularga tasdiq mazmunida fikr bildiradi15. Lekin bu yerda mutafakkirni noto'g'ri qarashda ayblamaslik kerak. O'z yurtidan uzoqda darbadarlikda va muhtojlikda yurgan 27 yashar yosh olim o'sha vaqtda shunday bema'ni e'tiqodda bo'lgan, podsho saroyida obro' qozongan ba'zi johillar va fan sohalaridagi hukmron g'oyalarga qarshi chiqolmay, shu fikrlarni asarida bergan bo'lishi ehtimol. Abu Rayhon Beruniy keyinchalik yozgan asarlarida noto'g'ri va bema'ni fikrlarga ochiqchasiga qarshi turgan16.

' Тиббиёт энциклопедияси. 152-6eT.

Сурра Ман Рао (Самарра) — халифа Муътасим (833 - 842) томонидан 836 - 837 йилларда Багдод якинида

математик, механик ва табиб Собит ибн Курра Харронийнинг (836 - 901)

курилган шадар.

11 Собит ибн Синон — астроном

набираси.

12 Кадимги халклардан колган ёдгорликлар. 113 - 114-бeтлар.

13 Испижоб — дозирги Чимкент якинидаги Сайрам шадрининг эски номи.

14 Уша асар. 264-бeт.

15 Уша асар. 269 - 270-бeтлар.

16 Каранг: Абу Райдон Абу Райдон Беруний. Танланган асарлар. III жилд. Турар жойлар (орасидаги) масофаларни аниклаш учун манзилларнинг чегараларини белгилаш (Геодезия). Тошкент. 1982. 202-бет; Абу Райдон Абу Райдон Беруний. Танланган асарлар. V жилд. Конуни Масъудий. II китоб. Тошкент. 1976. 491-бет.

December 16

10

305

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 j TMA Conference j 2G22 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni

11

So'zini davom ettirgan Abu Rayhon Beruniy Abu Usmon Johiz tomonidan yarmi kalamush badanining bir qismiga aylangan, yarmi kesakligicha qolgan kesak

ko'rilgani, bir gurux kishilar Jurjonda shunga o'xshash hodisaga guvoh bo'lganlari,

1 8

Abu Abdulloh Jayhoniy esa Hind dengizida bir daraxtning ildizlari qirg'oqqa yoyilib, barglarga o'ralib, uzilib asalarining podshosiga aylanib uchib ketishi to'g'risida hikoya qilganini yozadi. Bu yerda ham g'ayrioddiy hodisalarni Abu Rayhon Beruniy inkor etmaydi19. Aslida suvga solib qo'yilgan soch tolalariga chivin yoki biror hasharot tuxum qo'ygan bo'lishi va tuxumlar yetilib, chiqqan qurtlarni o'rta asrlardagi sodda insonlar ilon deb hisoblagan bo'lishlari mumkin. Yarmi kalamush kesakka kelsak, biror kalamush loyga yoki botqoqqa belanib yotganda o'rta asrdagi sodda insonlar uni ko'rib mubolag'a bilan og'zaki cho'pchak to'qib, bu cho'pchak keyinchalik mashhur bo'lib ketgan bo'lishi ham ehtimol.

Abu Rayhon Beruniy hayvon va o'simliklardagi biror a'zoning ikkilanishi to'g'risida ham to'xtaladi. Bu hodisaga Sobit ibn Sinon hikoya qilgan ikki bo'yin, ikki boshli, xotinlarnikiga o'xshash jinsiy a'zosining ichida erlik olati ko'rinib turgan, tug'iliboq o'lgan bola, qorinlari bilan bir biriga yopishgan ikki aramiy egizak yigitni misol keltiradi. Bu yigitlar 25 yoshda, soqollik, yeyish-ichish, hojatga borish vaqtlari,

90

qiziqishlari har xil bo'lgan, ularni bog'lovchi teri uzun bo'lib, cho'zila olgan . Abu Rayhon Beruniy bu hodisani sharhlab shunday yozadi:

«Shak yo'qki, «quvvati tabiiya» ilhomlantirilgan va vakil qilingan vazifasi bilan biror moddaga duch kelganda, uni bekor qoldirmaydi. Agar u modda keragidan ortiq bo'lsa, u quvvat o'z ishini ikki marta orttiradi. Shu ikki marta ishlangan narsa goho egizaklar singari bir-biriga yaqin, lekin ajralgan, goho haligi ikkita aramiylar kabi bir-biriga yopishgan va goho aramiylardan oldin aytilgan narsaga o'xshash bir-

91

biriga kirishgan bo'ladi» .

Bu yerda tushuntirilayotgan hodisa xromosoma biror qismining ikkiga ortishi (duplicatio) hisoblanadi. Uning oqibatida muayyan irs bilan bog'liq belgi

99

kuchayadi . Duplicatio xromosomaning ko'p qismlarida takrorlansa, tirik narsa uchun zararli hisoblanadi va o'limga sabab bo'ladi.

A6y Усмон Жохиз (тахм. 767 - 868) — араб мyтaфaккири, ë3yB4^a

18 A6y а6дуллох Жайхоний — 914 - 922 йилларда сомоний Наср II нинг (914 - 943) бош вазири, бизгача етиб келмаган ëKH хали топилмаган "Йуллар ва юртлар хакида китоб" мyaллифи.

19 Кддимги халклардан колган ëдгорликлaр. 270-бeт.

20 Уша асар. 113 - ^^тлар.

21 Уша асар. 114-бет.

22 Генетика асослари. 113 ^т.

December 16

3G6

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume З j TMA Conference j 2G22 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni

Xunasa chaqaloq tug'iliboq o'lganini bildik. Bk-biriga yopishgan egizaklarga kelsak, u^ ikki tuxumli, ya'ni har xil tuxumdan rivojlangan ko'rinadi. Chunki ulardagi qiziqish va hayotiy jaгayonlar har xil bo'lgan, ulaming yuz qiyofalari o'xshashligi ham aytilmadi. Odatda ikki tuxumli, ya'ni har xil tuxumdan rivojlangan egizaklarda shunday holat kuzatiladi23.

Abu Rayhon Beruniy yana ikkilanish hodisasiga misol tariqasida bir biriga yopishgan qo'shaloq mevato, bitta po'choq o'гab tuгgan qo'shaloq mag'izlami tilga oladi. Unga ko'ra, ikki maгta oгttiгishda ko'payish va bñ-birining ichiga kirib ketish ham bo'ladi, ichida o'zi kabi limon mavjud bo'lgan limon bunga micoldii"24.

Abu Rayhon Beruniy, shuningdek, afsonaviy Zahhok ismli podshoning yelkasidan o'sib chiqqan ilonla! aslida ilon emas, balki og'rib tuгuvchi o'sma

9 S

yaraligini, miya mag'zi surtilsa, og'гig' bosilishini aytib o'tadi .

Abu Rayhon Bemniy o'z so'zini davom ettirib, quvvati tabiiya to'liq ikki hissa qilish ishini tamomlay olmaganda, a'zolami oгtiqcha baгmoqlaг singari tuгgan joylaгiga loyiq taгzda orttirib qo'yadi, deydi va bu ortiqchani «tabiat yanglishi» deb ataydi. Asaráa bunga bo'yniga yaqin joyidan ortiqcha oyoq o'sib chiqqan s igir misol keltiriladi26. Abu Rayhon Bemniy bu borada hikoya qila turib, o'z kitoblaridan biгi

97

mazkrn- masalalaгga oidligini qistiгib o'tadi . Bundan Abu Rayhon Beruniy 27 yoshigacha genetika masalalariga oid kitob yozgani ayonlashsa-da, afsuski, buyuk ajdodimiz bu asaming nomini zikr qilgan emas. O'z asariariga tuzgan ro'yxatda ham

bu asar uchratilmadi28.

Asaгda ko'taгilgan keyingi masala inson umrining naslga aloqadoriigidir Abu Rayhon Beruniy insonning umri uning nasl-nasabiga bog'liq ekanligini tasdiqlaydi.

9Q "30

Buning tasdig'i sifatida Abu Ma'sha! Balxiy bilan Yoqub ibn Laysning yaqin kishisi Abu Ismat o'rtasida sodiï bo'lgan voqeani keltiradi: «...as-Safforning yaqin kishisi Abu Ismat o'zining tug'ilgan vaqtidagi xavfli alomatlaT haqida unga (Abu

Ж. X,. Хямидов вa бoшкaлap. Тиббий биология вa ирсиятдaн кyллaнмa. Тошкент. 1992. 55-бет.

24 Кддимги xaлклaрдaн колгян ëдгoрликлaр. 114-бeт.

25 Yma acap. 269-бeт.

26 Yma acap. 114-бет.

27 Ушя acap. 115-бет.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

28 а6у Ряйдон а6у Ряйдон Беpyнийнинг уз acapлapигa узи тузгян pyйxaти. а6у Ряйдон Беpyний тyFилгaн кунининг 1000 йиллигигa. Мaкoлaлap туплями. Тошкент. 1973. 230 - 243^eraap.

29 Абу Мяъшяр Бялхий (787 - 886) — бaлxлик мaтемaтик, яс^оном вя фяйлясуф.

30 Ёкуб ибн Ляйс — сяффорийляр сулолясининг (861 - 900) ясосчиси вя биринчи хукмдори (861 - 879).

December 16

307

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni

Ma'sharga) savol bergan. Shunda Abu Ma'shar: Bilasanmi, otang qancha yoshga borib o'lgan? - deb so'ragan.

- Xa, bilaman, - dedi Abu Ismat.

- O'sha yoshga yetdingmi? - so'radi Abu Ma'shar.

- Undan o'tdim, - dedi.

- Onang qancha yoshda o'lgan, bilasanmi?

- Ha, bilaman, undan ham o'tdim.

- Bilasanmi, otangning otasi bobong qancha yashagan? - dedi Abu Ma'shar.

- Ha, bilaman, hali u yoshga yetganim yo'q, - dedi Abu Ismat.

- Qara-chi, tug'ilgan vaqting dalolat bergan bu muxolafat bobong umriga muvofiqmi?

Abu Ismat: Ha, unga muvofiq, - degan edi, Abu Ma'shar: Qo'rqishda haqli ekansan! - dedi-da, keyin u: Tabiat g'olibroqdir. Kishi otasi yo onasi, yoki otasining otasi - bobosi umricha yashaganda, o'ziga keladigan har bir baxtsizlikdan kuchli dalillar bo'lmasa, o'tib ketolmaydi. Bu daraxtlar va ekinlarda ko'rinib turadi, chunki ularning bir navi uzoq vaqt yashash bilan tanilgan bo'lsa, boshqasi tez ofat yetish va qisqa muddat yashash bilan mashhurdir - dedi» .

Hozirda insonning umrini, umuman, inson irsiyatini o'rganishda ajdodlar shajarasini tuzish keng qo'llaib, unda ma'lum bir maromdagi yoki kasallikka bog'liq belgilarning bir qancha avlodlar davomida nasldan-naslga o'tishi kuzatiladi. Shajara

-ЗЛ

yo'sinini zamonaviy fanga Fransiz Galto'n (1822 - 1911) kiritgan . Biroq undan 1000 yil ilgari turkistonlik olimlar insonning umri uning nasl-nasabiga bog'liq ekanligini bilganlar va bu usuldan foydalganlar. Abu Rayhon Beruniy ham bu qarashni yoqlaydi.

Abu Rayhon Beruniy, shuningdek, asarda insonning umrini osmon jismlarining harakatiga asosan hisoblab aytuvchilarni keskin tanqid qiladi. Xususan, u o'z

-3-3

zamondoshi Abu Abdulloh Husayn Notiliy inson umri 140 quyosh yilidan ortiq bo'lishi mumkin emas, degan fikriga raddiyalar beradi, bu fikrga dalillar yo'qligini o'quvchiga uqtiradi34. Olimning bu qarashida o'sha vaqtdagi ma'lum bir olim yoki jamoaning fikrini ba'zan yoqlamasligi, o'zining shaxsiy mulohazalarini berib, yangicha fikrlarni ilgari surishi o'z ifodasini topgan. Abu Rayhon Beruniy

Кадимги халклардан колган ёдгорликлар. 115 - 116-6eraap. : A. T. G'ofurov, S. S. Fayzullayev. Genetika. Toshkent. 2010. 212-bet. 1 Абу Абдуллох Хусайн Нотилий — файласуф ва табиб, Ибн Синонинг укитувчиси. ' Кадимги халклардан колган ёдгорликлар. 116 - ПТ^тлар.

December 16

31

308

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

taraqqiyotidagi o'rni

'qqtyotwa^

astrologiyaga nisbatan «Geodeziya»da ham, «Qonuni Mas'udiy»da ham tanqidiy

-5 C

qarashini ochiq aytgan va haqiqiy aqliraso olim sifatida uni qoralagan .

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Abu Rayhon Beruniy irsiyat va unga aloqador masalalarga yigitlik davridanoq juda qiziqqan, bu borada o'zining mustaqi l shaxsiy fikri bo'lgan. 27 yoshigacha bu masalalarga oid kitob ham yozgan. Eng muhimi, buyuk ajdodimiz genetika fanida XIX - XX asrlarda kashf etilgan ba'zi nazariya va qarashlar to'g'risida uzoq X - XI asrlardayoq fikr yuritgan. Bundan tashqari, u o'z davrida ba'zi olimlar tomonidan ilgari surilgan noto'g'ri va asossiz g'oyalar hamda qarashlarni tanqid qilgan, ba'zilarning fikrini qo'llab-quvvatlagan. Umuman aytganda esa, Abu Rayhon Beruniyning genetika fani doirasidagi qarashlari bugun ham o'z qimmatini yo'qotmagan bo'lib, ularni maxsus o'rganish lozim, deb bilamiz.

KapaHr: Typap ^oräap (opacugaru) Maco^a^apHH aHH^am ynyH Marou^apHHHr neraparapHHH öerau^am (feoge3Ha). 202-6eT; KpHyHH Macbygun. II khtoö. 491-6eT.

35

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.