Научная статья на тему 'ABU RAYHON BERUNIY ILM-FAN XOMIYSI'

ABU RAYHON BERUNIY ILM-FAN XOMIYSI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

82
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABU RAYHON BERUNIY ILM-FAN XOMIYSI»

Tashkent Medical Academy Volume 3 | TMA Conference | 2022

The significance of the scientific, cultural Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in merosining ahamiyati va uning fan

ABU RAYHON BERUNIY - ILM-FAN XOMIYSI

A. Xolbekov

TMI, "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi dotsenti v.b.

Abu Rayhon Beruniy o'z ilmiy ishlarining ro'yxatini tuzadi. Bunda 1035 yilgacha yozilgan kitoblari va risolalari 113 taga yetgani ko'rsatilgan. Keyingi yozgan asarlarini ham qo'shsak, u qoldirgan ilmiy meros 152 kitob va risoladan iborat. Uning asarlari mavzu jihatdan turli-tuman. Ko'pchilik asarlari o'z zamonasida o'ziga xos bir ensiklopediya hisoblangan. Asarlarining 70 tasi falakiyot, 20 tasi riyoziyot, 12 tasi geografiya va geodeziya, 3 tasi ma'danshunoslik, 4 tasi xaritagrafiya, 3 tasi iqlimshunoslik biri fizika, biri dorishunoslik, 15 tasi tarix va elshunoslik, 4 tasi falsafa, 18 tasi adabiyot va boshqa fanlarga oiddir. Abu Rayhon Beruniy turli tillardan bir qancha ilmiy va adabiy asarlarni tarjima ham qilgan. Afsuski, hozirda olimning faqat 28 asarigina ma'lum. Qolganlari bizgacha yetib kelmagan yoki hali topilganicha yo'q.

Peshvolardan olg'a o'tdim shaxd ila,

Men g'avvosiz, ilm bo'ldi ummonim.

Hinddan so'ra, Mashriq aro qadrimni,

Mag'rib meni o'qir, yo'qdir armonim

Abu rayhon Beruniy yoshlarni ilmga o'rgatish jarayonida aqlga va tajribadan o'tgan bilimga tayanish lozimligi to'g'risidagi g'oyani ilgari surgan holda, bolalar bilishi va o'rganishi zarur bo'lgan fanlarni haqiqiy fanlar (til, adabiyot, falsafa, tarix, etnografiya, she'riyat, psixologiya, matematika, fizika, jug'rofiya, geodeziya, falaqiyot, mineralogiya, tibbiyot)ga bo'ladi. Bu fanlarning har biriga o'z davrigacha bilimlarni umumlashtirib, o'zining yangi xulosalari bilan katta hissa qo'shdi. Jumladan, Abu Rayhon Beruniy umuman til, til ilmi haqida gapirib, til kishilar o'rtasidagi aloqa va fikr almashuvi vositasigina emas, balki til ilmi barcha fanlarning asosini o'rganish kaliti deydi.

Alloma o'z davrining eng ko'zga ko'ringan ilm-fan xomiysi edi. U mamlakat ravnaqini fan ma'rifat rivojida ko'rgan. Ilm-fan, ma'rifat saxovat xizmatini o'tashi mumkin deb hisoblangan. U shunday yozadi: "Mening butun fikri-yodim, qalbim-bilimlarni targ'ib qilishiga qaratilgan, chunki, men bilim orttirish lazzatidan bahramand bo'ldim. Buni men o'zim uchun katta baxt deb hisoblayman". Insonning eng oliy fazilati boshqalar haqida, ayniqsa, yoshlar haqida g'amxo'rlik qilishdan iboratdir. Buyuk mutafakkir doimo xalqlarning do'stligi, inoq, ittifoq bo'lib yashashi uchun kurashib keldi, insoniyat va u tomonidan yaratilgan madaniyatga qirg'in keltiruvchi urushlarni qoraladi. Madaniy

December 16

114

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

hamkorlik va ilm-ma'rifatning keng tarqalishiga katta e'tibor bergan allomadir.

Kunlardan birida G'aznaviy Abu Rayxon Beruniyni sinamoqchi bo'lib, unga savol beribdi:

- Ey munajjim! Aytginchi, Qur'oni karimda bashoratchilik qoralangan, lekin, ayrim munajjimlar Quyosh va Oy tutilishini oldindan bashorat qilaman, deb da'vo qilishadi. Sen ham shu fikrdamisan?

- Men masalaga mantiqan yondashish tarafdoriman, Shunday hodisalar borki, ularning harakatlanishini o'lchab, agar unga tashqi kuch halaqit bermasa, falon narsa vaqtda, falon joyda bo'ladi, deb bashorat qilish mumkin. Shunday hodisalar borki, ularning holati biz biladigan ta'sirlardan yashiringan bo'ladi, ularning bilmaganimiz, uchun bashorat qilib bo'lmaydi. Qur'oni karimda ana shunday hodisalarni nazarda tutib soxta bashoratchilik, folbinlik qoralangan. Yolg'onchilikdan bizni Xudaning o'zi asrasin Osmon yoritqichlardan harakatlanishi bir tekisda o'zgarishsiz boradi va muayyan qonuniyatlarga bo'ysunadi. Shu sababli ularni oldindan aytib berish mumkin. Falakiyot ilmiga tayanib, Quyosh va Oy tutilishini oldindan bashorat qilish mumkin.

Mahmud G'aznaviy bu fikrni eshitgach, g'azabi qaynaydi va ataylab Abu Rayxon Beruniyni malzum qilish niyatida yana savol beradi:

Alloma noyob xislat-fazilatlar sohibi sifatida dong taratib, inson miyasidagi fikrlarni o'qish darajasiga yetgan edi.

- Ey "bashoratchi", sen hozir men shu binoning qaysi eshigidan chiqishini o'z ilmingga tayanib topgin-chi?

Mahmud G'aznaviy shu payt 12 ta eshigi bor aylana shakldagi binoda majlis qurayotgan edi. Abu Rayxon Buruniy Mahmud G'aznviydan vajohatini yaxshi anglab yetdi va bir qog'ozga bir qancha so'zni yozib, uni Mahmud G'aznaviyga uzatdi. Mahmud G'aznaviy qog'ozni o'zi o'tirgan o'rindiq tagiga bekitib qo'ydi. Mahmud G'aznaviy shunda Abu Rayxon Beruniyga istehzoli qarab, xizmatkoriga buyurdi.

- Zudlik bilan bu yerga duradgorni chaqirib kel, mening ro'paramdagi devordan 13 eshikni o'rnatadi, Mahmud G'aznaviy shu eshindan chiqib ketadi. Bir oz vaqtdan so'ng, hammalari shu joyga yana to'plangach, Mahmud G'aznaviy Abu Rayxon Beruniy yozgan qog'ozni bekitgan joydan oladi. Majlisda guvoh bo'lganlardan biri qog'ozni o'qidi. Qog'ozda shunday so'zlar bitilgan edi: "Hukmdor! Siz bu binodagi 12 ta eshikning birontasidan chiqmaysiz, Ro'parangizdan 13 eshikni ochtirib, o'sha eshikdan tashqariga chiqasiz". Majlis ahli bu holatdan nihoyatda hayratga tushdi. Maxmud G'aznaviyning esa g'azabdan yuzi qizarib ketdi va amr qildi:

- Bu shakkok olimni zindonga tashlanglar! Hukm ijro etildi.

U o'lim to'shagida yotganda ham ilmiy fikrlar bilan band

bo'ladi. G'azna qozisi al-Valvolijiy Abu Rayxon Beruniy oldiga

December 16

115

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

taraqqiyotidagi o'rni

'.qqtyottüa^

kirganda u jon berayotgan, g'arg'ara bilan nafas olib, ko'kragi siqilayotgan edi. O'shanday holda turib , menga qarab: - Sen bir kuni menga "al jaddat al-fosida" hisobi haqida nima degan eding? - dedi.

Men uning qiynalayotgan holiga rahmim kelib:

- Shunday holatda-ya? - deb so'radim.

- Ey sen, - dedi Abu Rayxon Beruniy, - men bu dunyo bilan xayrlashayotibman, o'sha masalani bilmay ketganimdan ko'ra, bilib ketganim yaxshiroq emasmi? - dedi.

Men o'sha masalani uga tushuntirib berdim, u bo'lsa uni yodlab oldi va o'zi ham va'da bergan narsasini menga o'rgatdi. Shu bilan men uning oldidan chiqdim, hali unga yetmay, yo'lda ketayotganimda uning uyidan yig'i ovozi eshitildi. "Bu Beruniyning vafotidan darak edi. Abu Rayhon Beruniy shunday zot ediki, o'lim to'shagida ham bilimga intildi, undan baxra oldi, rohat topdi. Hayotining so'nggi daqiqalarida ham ma'rifat sari intilishdan bo'shamadi.

Abu Rayhon Beruniy haqiqatdan ham insoniyatning eng ulug' mutafakkirlaridan biri hisoblanadi. Uning ilmiy faoliyati fan taraqqiyotida butun bir davrni tashkil etadi. Ilmiy qiziqishlari doirasining kengligi va chuqurligiga, tanqidiy tahlilning jiddiyligi va o'tkirligiga, mavhum bilimdonlikdan qochib, moddiy madaniyat sohasida ham, ma'naviy madaniyat sohasida ham, insoniyatning real hayoti bilan bevosita bog'liq bo'lgan masalalarga qiziqqan. Shaxsan o'zi sinchiklab kuzatgan hamda "g'azablanmasdan", "beg'araz" baho bergan ob'ektiv faktlarnigina olim ahamiyatli deb hisoblar edi. "Haqiqat ehtiroslarga bo'ysunmaydi", - degan so'zni doim takrorlashni yoqtirgan.

Abu Rayhon Beruniyning so'ziga qaraganda, "Xorazmshoh Abul Abbos Ma'mun, - fan va bilimni juda qadrlar edi, kunlardan bir kuni Xorazmshoh may ichib, otiga minibdi va mening hujram tomonga yuribdi. U meni chaqirtiradi, lekin men kechikib chiqdim. Xorazmshoh otini chortirib, mening xonam eshigi oldiga yetib keladi va shoshib, otdan tushmoqchi bo'ladi, lekin men uga egilib ta'zim qildim hamda uning otdan tushmasligini o'tinib so'ray boshladim. Xorazmshoh: "Fan juda sharafli soha: hamma unga qarab boradi, lekin u hech kimning oldinga kelmaydi. Agar o'zingizga ma'lum urf-odatlar bzlmasa-deb ko'shib qo'ydi u, - men sizni sira chaqirmas edim, - fan hamma narsadan yuqori va hech narsa unga teng kela olmaydi", dedi.

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.