Научная статья на тему 'ABU RAYHON BERUNIYNING MASHHUR “HINDISTON” ASARI'

ABU RAYHON BERUNIYNING MASHHUR “HINDISTON” ASARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

3064
268
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABU RAYHON BERUNIYNING MASHHUR “HINDISTON” ASARI»

Tashkent Medical Academy Volume 3 | TMA Conference | 2022

The significance of the scientific, cultural Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in merosining ahamiyati va uning fan

ABU RAYHON BERUNIYNING MASHHUR "HINDISTON" ASARI

B. Karimov

TMI, "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi dotsenti

Abu Rayhon Beruniyning mashhur "Hindiston" asari — "Tahqiq mo lil-Hind min ma'qula maqbula fi-l-aql av marzula" ("Hindlarning aqlga sig'adigan va sig'maydigan ta'limotlarini aniqlash kitobi") 1030-yilda yozilgan. Bu asar G'arb va Sharq olimlari tomonidan yuksak baholangan. Hindistonda sanskrit tilini puxta o'rganish uning hind madaniyati, adabiyoti va Hindistonning o'sha davr olimlari bilan yaqindan tanishishiga hamda bu mamlakat haqida o'lmas asar yaratishiga imkon berdi. "Hindiston" hajmi jihatdan juda katta asar. Unda hind adabiyoti, falsafasi, aniq fanlar, geografiya, elshunoslik, qonun va urf-odatlar, tarixiy-diniy rivoyatlar, hind yozuvining turlari haqidagi ma'lumotlar bor.

Abu Rayxon Beruniyning "Hindiston" asari jahon tarixiy va jo'g'rofiy adabiyotning shunday bir namunasini, unga olimlar hozirgacha ilmiy jihatdan sira eskirmaydigan ajoyib bir manba sifatida murojaat qiladilar. Alloma hindistondagi fanlarini chuqur tekshirish orqali ularning fikriy hayotlariga kirib beradi, shuningdek falsafalarini o'rgandi. Shunisi qiziqki, u ko'pchilik musulmon olimlari singari bularning himmasiga bir taraflamalik bilan qaramadi, diniy buyoqlardan saqlanib ish ko'rdi. Uning bu asari uchun manba hind olimlari va ko'p sonli sanskrit tekstlari bo'ldi. Olim hindlarning aqliy tushunchalarini turkumlarga bo'ldi va tekshirdi. Ularni musulmonlar, xristianlar va ayniqsa qadimgi yunonlarning sistemalari bilandi taqqosladi. U pifagorchilar ta'limoti bilan hindlarga xos ba'zi narsalar orasida ma'lum bir munosabat borligini yaqqol ko'radi.

Abu Rayhon Beruniy osmon gumbazi harakati haqidagi masalaga turli mamlakatlar, chunonchi, Yunoniston, Hindiston va boshqa mamlakatlar olimlarining qarashlarini o'rganishga katta ahamiyat beradi. Aristotel ta'limotiga ko'ra, Yer olam markazida harakatsiz turaveradi, barcha osmon jismlari esa uning atrofida harakatlanadi. Bu sistema geokentrik sistema nomini oldi.

Olam geotsentrik sistemasining asoschilaridan biri Klavdiy Ptolemey o'zining "Al-Majistiy" asari bilan mashhur bo'lib, Sharq astranomlari orasida katta obro' qozongan. Qadimgi astranomiya sohasida olib borgan ko'p yillik mustaqil tadqiqotlari Abu Rayhon Beruniyni Ptolejey sistemasi prinsiplariga jiddiy shubha bilan qarashga majbur etdi. Biroq o'sha davrda yer quyosh atrofida, shuningdek o'z o'qi atrofida

December 16

https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

aylanadi, deb ro'y-rost aytish ham juda xavfli bo'lgan. Zero Yerning harakatlanmasligiga shubha qilib bo'lmaydigan qat'iy aqida edi. Abu Rayhon Beruniy o'zining "Hindiston" asarida hind olimlarining fikrlarini keltiradi. U yozadi: "Yer harakatlanmaydi degan ta'limot hind astranomiyasining aqidasidir, biroq u juda ko'p va katta qiyinchiliklar sababchisidir".

Shuni aytish kerakki, atmosfera Yer bilan birga aylanishi tufayli o'q-yoy bosib o'tgan masofa va qushning uchish tezligi Yerning aylanish yo'nalishiga bog'liq emas. Mazkur qarama-qarshilik Abu Rayhon Beruniyni boshqa sabablarga ko'ra aylanishi mumkin emas, degan fikrni aytishga olib kelgan edi. Shunga qaramay, Abu Rayhon Beruniy o'zining astronomiyaga doir barcha ishlarida quyosh yer atrofida emas, balki, aksincha yer quyosh atrofida aylanadi deb qat'iy ishontiradi. Abu Rayhon Beruniy fanning bir qator hal qiluvchi masalalarida o'z davridan besh yuz yil oldinga ketgan. Borliqning ilohiyotdan boshlanishi sifatidagi "ilmiy" asos bo'lmish geotsentrizm ta'limoti hukmron bo'lgan o'rta asr sharoitida bunday masalani qo'yilishining o'ziyoq katta qadam hisoblanardi.

Abu Rayhon Beruniy jismlarning yer markaziga tortilib turishi haqidagi ta'limotni yoqlagan va shuningdek geliotsentrik nazariya tarafdori bo'lishi bilan N.Qopernikning kashfiyotini oldindan ko'rgan. Uning o'simliklar va hayvonlar orasidagi tabiiy tanlanishning roli haqidagi mulohazalari hayronqolarli darajada Ch.Darvin kashfiyotidan oldin xabar beradi. Uning Shimoliy Hindiston va Turon tekisliklarining paydo bo'lishi haqidagi ta'limoti, umuman Leonardo da Vinchi tarafdan Lombard tekisligi materiallariga asoslanib ishlangan nazariyaga o'xshaydi. Abu Rayxon Beruniyning eski dunyo qit'alari va dengizlarini tasvirlab yozganidagiga o'xshash tasavvurlar Yevropa kartografiyasi tarixida faqat XV-XVI asrlarda paydo bo'ldi.

Tarixda Amerika qit'asini 1492-yilda dengiz sayyohi Xristofor Kolumb kashf etganligi qayd qilingan. Ammo bu borada Abu Rayhon Beruniyning ilmiy farazi mavjudligi ham ma'lum. Olim o'zining "Hindiston" asarida yer yuzasining tuzilishi, dengiz va quruqlik to'g'risida gapirib", ...Yerning choragi ma'muradir. Ma'murani G'arb va Sharq tomondan Muhit okeani (Atlantika va Tinch okeani) o'rab turibdi. Bu Muhit okeani, yerning obod qismini dengizlarning narigi tomonida bo'lishi mumkin bo'lgan quruqlik yoki odam yashaydigan orollardan ikkala yoqdan (g'arbdan va sharqdan) ajratib turadi...",— deb yozadi. Shunday fikrni "Al-Qonun al-Mas'udiy" asarida ham uqtiradi. Demak, g'arbiy yarim sharda yaxlit bir quruqlikning, keyinchalik Amerika deb nomlangan qit'aning mavjudligini Abu Rayhon Beruniy yevropalik olimlardan 500 yil

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

118

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

oldin bashorat qilgan.

Abu Rayhon Beruniyning harakterli hususiyatlaridan biri uning haddan tashqari ko'p o'qiganligi va kishini hayratda qoldirarli darajadagi bilimdonligidir. Oralari qariib ikki asrli bir davr bilan ajratilgan ikki buyuk xorazimlik olim Abu Rayhon Beruniy va undan oldin o'tgan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy o'z ilmiy salohiyatlarining o'xshashligi bilan kishini hayratga soladi. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy matematikaga va uorqali Yevropa matematikasiga asos soluvchi bo'lishi bilan birga, "Sharq" jug'rofiy fanining boshlavchisi hisoblanadi. Har ikki olim ham astranom va matematikdirlar. Ularning ikkalasi ham boy madaniy merosga suyanadilar, yunon va hind fani an'analaridan keng foydalanadilar. Agar Abu Rayhon Beruniy o'zining "Hindiston"ini yaratgan bo'lsa, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy IX asrda hind astranomiyasi va riyoziy ilmini o'rganishga asos soldi.

U o'lim to'shagida yotganda ham ilmiy fikrlar bilan band bo'ladi. G'azna qozisi al-Valvolijiy Abu Rayxon Beruniy oldiga kirganda u jon berayotgan, g'arg'ara bilan nafas olib, ko'kragi siqilayotgan edi. O'shanday holda turib , menga qarab: -Sen bir kuni menga "al jaddat al-fosida" hisobi haqida nima degan eding? - dedi.

Men uning qiynalayotgan holiga rahmim kelib:

Shunday holatda-ya? - deb so'radim.

- Ey sen, - dedi Abu Rayxon Beruniy, - men bu dunyo bilan xayrlashayotibman, o'sha masalani bilmay ketganimdan ko'ra, bilib ketganim yaxshiroq emasmi? - dedi.

Men o'sha masalani uga tushuntirib berdim, u bo'lsa uni yodlab oldi va o'zi ham va'da bergan narsasini menga o'rgatdi. Shu bilan men uning oldidan chiqdim, hali unga yetmay, yo'lda ketayotganimda uning uyidan yig'i ovozi eshitildi. "Bu Beruniyning vafotidan darak edi. Abu Rayhon Beruniy shunday zot ediki, o'lim to'shagida ham bilimga intildi, undan baxra oldi, rohat topdi. Hayotining so'nggi daqiqalarida ham ma'rifat sari intilishdan bo'shamadi.

Masalan, uni tarixchi sifatida zamondoshi mashhur tarixchi Abul Fazl Muhammad Bayhaqiy quyidagicha xarakterlaydi: men ushbu tarixni yozishga kirishar ekanman, faqat o'z bilganlarimni yoki ishonchli manbalardan eshitganlarimnigina yozishni o'z oldimga vazifa qilib qo'ydim. Ungacha Abu Rayhonning o'z qo'li bilan yozilgan bir asarni uzoq vaqt davomida mutolaa qildim, u esa matematika va falsafa sohasidagi bilimlaringiz chuqurligi va talantining kuchliligi bilan o'z zamonasining tengi yo'q, yagona olimi edi. Uning "Astrobni qo'llash san'ati" nomli kitobi va boshqa asarlaridan ochiq ko'rinib turibdiki, bu komil muallif sezgilar

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

119

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

taraqqiyotidagi o'rni

'.qqtyottüa^

orqali his qilinadigan va inson qo'li bilan yasaladigan narsalar ustidan hkim bo'lganidek, faqat aql vositasi bilan anglanadigan ilmlar hamda naqliy fanlar sohasidagi ham mutabar edi. Amaliyotda qo'llaniladigan sun'iy narsalarni ishlashda u katta muvaffaqiyatlarga erishdi-uning ixtirochi qo'li osmon qismlarini va yulduzlar xaritasini bir necha jadvalda shu qadar ochiq-oydin va yaqqol ko'rsatdiki, guyo butun osmon lavhalari uning ruhiy ko'zlari oldida ochilgandek va uning ko'krak satqida xilma-xil shakllar chizilgandek bo'ldi"1

Абул Фазл Мухаммад Байхащй ислом тарихий адабиётида алохида урин тутади. Унинг газнавийл; тарихига багишланган жуда катта (уттиз жилдга якдн) арари бизгача тула етиб келмаган булсада, сакланган кдсмидан бу асарнинг ахамияти катта эканлиги куриниб турибди. Муаллиф султон Маъсуднинг шахсий котиби булиб, фак;ат узи шахсан курган ва шохид булган вок;еаларнигина муфассал хдкоя кдпади, турмушга оид куп тафсилотлар ва мухрм тарихий фактларни келшради.

December 16

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.