Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science
taraqqiyotidagi o'rni
'qqtyonmg
ABU RAYHON BERUNIYNING "SAYDANA" ASARIDA TIBBIYoT VA
DORIVOR O'SIMLIKLAR HAQIDA
Abu Rayhon Beruniy 973 yil 4 sentabrda Xorazmshoxlar poytaxti Kot (hozirgi Beruniy) shahrida tug'ilgan. Ma'mun akademiyasi rahbari bo'lgan. Maxmud G'aznaviy 1017 yil Xorazmni bosib olib, Beruniyni G'aznaga (Afg'oniston) olib ketadi. U G'aznada 31 yil yashagan va 1048 yil 11 dekabrda vafot etgan. 150 ta asar yozgan bo'lib, 31 tasi yetib kelgan.
Abu Rayhon Beruniyning bizgacha yetib kelgan asarlarini o'rganish bu buyuk olimning astronomiya, matematika, fizika, tibbiyot, mineralogiya, geodeziya, geografiya kabi aniq va tabiiy fanlar taraqqiyotiga qo'shgan hissasi nihoyatda ulkan ekanini ko'rsatadi. Biroq Beruniyning shu kungacha fanga ma'lum bo'lgan asarlarining hammasi ham nashr etilgan va to'la o'rganilgan deb ayta olmaymiz, ma'lumotlarga ko'ra ularning ayrimlari hamon qo'lyozmaligicha qolib kelmoqda. Shu sababdan, ensiklopedist olim ijodining ayrim tomonlari yetarli darajada yoritilmagan va munosib baholanmagan. Beruniyning mana shunday nashr etilmagan asarlari ichida eng muhimi va hajm jihatdan kattasi "Kitob as-saydana fi-t-tibb" ("Tabobatda dorishunoslik") nomli kitobidir.
Beruniyning ba'zi boshqa asarlari singari "Saydana" ham boshda unchalik keng tarqalmagan bo'lsa kerak. Chunki XI-XIII asr mualliflarining tib va dorishunoslikka oid asarlarida "Saydana" haqida gapirilmaydi. Faqat XIV asrda yashagan Sadiduddin Muhammad al-Kozaruniygina Ibn Sino "Qonun"ining sodda dorilarga bag'ishlangan II kitobiga yozgan sharhida "Saydana"dan keng foydalanilgan.1 XVIII-XIX asrlarda fors tilida yozilgan ayrim asarlarda ham Beruniyning bu kitobidan ayrim parchalar keltirilgan.
"Saydana" Beruniyning so'nggi asari bo'lsa ham, uning muqaddimasidan ma'lumki, olim yoshlik chog'laridan boshlab dorivor o'simliklar bilan qiziqqan va ularning boshqa tillardagi nomlarini aniqlab yig'ib yurgan. "Yoshlikdanoq, - deydi Beruniy, - mening tabiatimda o'z yoshim va holimga yarasha bilim olishga haddan tashqari ishtiyoq bor edi. Bunga shohid sifatida quyidagini aytish kifoya: yurtimizga
D. T. Norqulov, S. D. Norqulov, F. S. Umarova
Toshkent tibbiyot akademiyasi
№1393.
https://tma.uz/
Ey mapx,HHHr rçynë3MacH KpxupagarH Mncp mhothh KyryôxoHacnga carçnaHagn,
Republican Scientific and Practical Conferenc«
December 16
Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science
Volume 3 j TMA Conference j 2G22 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni
bir rumlik (vizantiyalik) kelib qolgan bo'lib, men unga donlar, urug'lar, mevalar, o'simliklar va boshqa narsalarni keltirib uning tilida qanday atalishlarini so'rab va yozib olar edim"2.
Beruniyning tabiat bilan, xususan o'simlik va hayvonlar bilan qiziqishi uning boshqa ancha oldin yaratilgan asarlaridan ham ko'rinib turadi. Masalan, 1000 yillarda yozilgan "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" nomli kitobida aytadiki, ochilganda atroflari doira shaklini hosil qiluvchi gul bargchalarining soni geometriya qoidalariga mos keladi, ya'ni ular uchta, to'rtta, beshta, oltita, sakkizta bo'lgan
"5
bironta ham gulni uchratish qiyin . "Geodeziya" asarida esa Kaspiy va Orol dengizi qirg'oqlarida yashovchi ayrim qushlar hayotidagi o'ziga xos tomonlarini juda aniq tasvirlaydi4. Beruniy Hindistondagi o'simlik va hayvonlar haqidagi qiziqarli kuzatishlarini shu mamlakatga bag'ishlangan asarida keltiradi5. Uning "Mineralogiya" si esa boshdan oyoq qimmatli minerallar va metallarni o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, unda o'simlik va hayvonlardan olinadigan moddalarga ham keng o'rin berilgan.
"Saydana"ning ko'p fasllarida Beruniy o'zi bo'lgan mamlakatlarda shaxsan uchratgan va boshqa dorilik moddalar haqida gapiradi. Bularning hammasi shundan shohidlik beradiki, dorilik o'simliklar va boshqa shunga o'xshash narsalarga qiziqish Beruniyning yoshlik chog'larida uyg'ongan bo'lib, to umrining oxirigacha davom etadi. Ammo shunga qaramay, olim avvallari dorishunoslik bilan bevosita shug'ullanmay, faqat umrining oxiriga kelib o'zi to'plab yurgan ma'lumotlarni bir tartibga solishga va dorishunoslik bo'yicha maxsus asar yozishga qaror qiladi.
Beruniy "Saydana"ga yozgan muqaddimasida qarilik sababli o'z ko'z va quloqlarining ancha zaiflashib qolganligidan shikoyat qiladi. Shu sababli mo'ljallangan kitobni yozib tugatish uchun g'aznalik tabib Abu Homid Ahmad ibn Muhammad an-Nahshaiyning yordamidan foydalanadi. Bu tabib boshqa olimlarning asarlaridan ayrim ma'lumotlarni to'playdi hamda Beruniyning bevosita tekshirib ko'rishi uchun ko'p dorivor o'simlik va moddalarni yig'ib beradi.
Beruniy o'z kitobiga 5 bobdan iborat kattagina muqaddima ham yozgan. Muqaddimaning kirish qismida saydana (dorishunoslik) va saydanoniy (dorishunos) so'zlarining ma'nolari haqida gapiriladi va dorishunoslik fanining vazifalari hamda uning tib ilmiga munosabati haqida fikr yuritiladi.
"Сайдана" ^улёзмаси, вара^ 7 б.
' Абу Райхон Беруний. Танланган асарлар.1-жилд, 341-бет. ^ Беруний. Избранные произведения, Т.-3, стр. 83.
1 Абу Райхрн Беруний. Танланган асарлар.2-жилд, 138-139, 163, 167-бетлар. https://tma.uz/
December 16
Republican Scientific and Practical Conference
Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science
Volume 3 j TMA Conference j 2G22 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni
Muqaddimaning 1-bobida yuqoridagi istilohlarning qaerdan kelib chiqqanligi izohlanadi. Beruniyning yozishicha arabcha saydanoniy so'zi sandal og'ochi bilan savdo qiluvchi ma'nosini bildiruvchi forscha chandanoniydan hosil qilingan, chandanoniy esa hindcha chandan (sandal og'ochi) so'zidan kelib chiqqan. 2-bobda dorilar ikki xil - sodda va murakkab bo'lishi haqida gapiriladi, keyin inson organizmining ozuqali moddalar, dorilar va zaharlar bilan o'zaro ta'siri to'g'risida mulohaza yuritiladi.
3-bob bir dorini ikkinchi bir dori bilan almashtirish (badal) masalasiga bag'ishlangan. Bu masalaga u vaqtda juda katta ahamiyat berilar edi. Chunki kerakli dori hamma vaqt ham, hamma joyda topila bermas, shuning uchun zarur bo'lib qolganda topilmagan dorining o'rniga boshqa qaysi dorini ishlatish mumkinligini ko'rsatish lozim edi.
Keyingi 4-bobda Beruniy o'zining arab va fors tillariga bo'lgan munosabatlarini bayon etadi. Bu har ikkala til o'zi uchun begona til ekanligini aytib, xorazmiy tilini6 ona tilim deb aytadi. Shunga qaramay, Beruniy o'zining barcha asarlarini arab tilida yozgan, chunki uning fikricha, faqat arab tiligina ilmiy tushunchalarni ifodalash uchun qulay bo'lib, fors tili "xisravlar haqidagi hikoyalar va tungi suhbatlar" uchungina yaraydi.
Muqaddimaning so'nggi 5-bobida Beruniy arab yozuvining nuqsonlari haqida gapiradi va bu yozuv vositasida arabcha bo'lmagan so'zlarni to'g'ri ifodalash mumkin ekanligini ta'kidlaydi. Keyin Beruniy dorilik moddalarning turli tillardan nomlarini (sinonimlarini) bilish qanchalik muhim ekanligi haqida yozib, shu munosabat bilan bir voqeani eslaydi: "Xorazm amirlaridan biri, - deb xotirlaydi Beruniy, - kasal bo'lib qolgan edi; uning kasaliga qarshi Nishopurdan bir dorining nusxasi (retsepti)ni yubordilar. Nusxani attorlarga ko'rsatdilar, unda qayd etilgan dorilardan bittasi hech kimdan topilmadi, faqat bir kishi o'zida borligini aytdi. Uning o'n besh dirhamini besh yuz toza kumush tangaga sotib olishgan ekan, attor gulsafsar ildizini chiqarib beribti. Uni koishganda, u: "Siz jismini emas, faqat ismini bilmagan narsangizni sotib oldingiz", debdi"7.
Muqaddimadan keyin o'simlik, hayvon va ma'danlardan olinadigan dorilik moddalarning mufassal tavsifi boshlanadi. Har bir moddaga bir fasl (paragraf) bag'ishlangan bo'lib, fasllarning soni 1116 ta va ular alifbe tartibida joylashgan.
6 Хорaзмий тили эроний тиллaрнинг шaрrçий тyркyмигa MaHcy6 булиб, вдцимий Xopa3M ax,олиси MaHa шу тилдa гaплaшгaн. Бу тил aллarçaчон истеъмолдaн чи^иб, улик тил хрлига келгaн.
7 "Сaйдaнa" rçyrë3Ma№, Baparç 8 б.
December 16
https://tma.uz/
Republican Scientific and Practical Conference
17S
Tashkent Medical Academy
The significance of the scientific, cultural
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in
"Saydana" Sharq mamlakatlari, jumladan, O'rta Osiyoda dorishunoslik tarixida o'rganish bo'yicha juda qimmatli manba hisoblanadi. Unda 1000 dan ortiq dorilik moddalar haqida gap boradi, bularning ko'pini Beruniy o'zi bo'lgan mamlakatlarda (O'rta Osiyo, Eron, Afg'oniston va Hindistonda) ko'rgan va shuning uchun ular haqidda o'z shaxsiy fikrlarini ham bayon qiladi.
"Saydana"da tilga olingan o'simliklarning soni 750 ga boradi, hayvonlardan olinadigan moddalar 101 ta, ma'danlardan olinadiganlari esa - 107. Buxorolik buyuk olim Abu Ali ibn Sinoning besh kitobdan iborat mashhur "Tib qonunlari"da 400 ga yaqin o'simlik haqida gap boradi, unda hayvonlardan tayyorlanadigan dorilar 125 ta, ma'daniylari - 85. Demak, "Saydana"da tavsiflangan dorilar asosan o'simliklar va qisman ma'danlar hisobiga orttirilgan.
Beruniy bu asarini yozishda turli mamlakat olimlari tomonidan ko'p asrlar davomida yaratilgan yuzlab kitoblardan foydalangan. "Saydana"da 250 dan ortiq tabib, dorishunos, kimyogar, tabiatshunos, tarixchi, faylasuf, sayyoh, shoir va boshqa mualliflarning nomi keltirilgan. Agar bulardan ko'pchiligining fanga hali ma'lum bo'lmaganligini hisobga olsak, ular haqida Beruniy keltirgan ma'lumotlar Sharq fani va madaniyati tarixi nuqtai nazaridan katta ahamiyat kasb etadi.
Umuman, bu asarning qayta nashr etilishi xorazmlik buyuk olim Abu Rayhon Beruniyning dorishunoslik va tabobatdan tashqari botanika, zoologiya, filologiya, geografiya va boshqa fanlarga qo'shgan hissasini aniqlashga kengroq imkoniyat ochib beradi.
Namuna uchun "Saydana"dan ayrim misollar keltiramiz:
Bo'tako'z bu - sathiga yoyilib o'sadigan o't; poyalari ingichka bo'lib, har bir poyasi uch qirrali. Barglari mayda va ular sichqon qulog'iga o'xshagani uchun shunday ataladi. Uning hidi yo'q, kuchli mazaga ham ega emas. O'zi bog'larda, soya joylarda o'sadi, shuning uchun Dioskorid uni soyaga nisbatan beradi, bu esa so'zning ajralmas qismlaridandir.
Uning gullari lojuvard rangli, urug'lari esa kashnich urug'iga o'xshagan bo'lib, uchburchak shaklidagi qobiq ichiga joylashgan va ularni qaldirg'ochlar yeydi, deyiladi. Uning suti terini yara qiladi, biroq uning quvvati sovuqlik va rutubatli deyilgan, vaholonki bunday narsalar yara qilmaydi, aksincha achishishni bosadi.
Xorazmda tug'ilgan alloma Beruniy yuqorida ta'kidlaganimizdek, G'aznada vafot etadi, o'sha yerda dafn etiladi. Beruniy qabrining bosh qismiga yashil tug'li tayog' sanchilgan bo'lib, tug' uchiga yaltiroq tunukadan yasalgan baliq ovlanadigan sanchqini eslatadigan besh panja maxkamlangan. Panjalar go'yoki "bu dunyodan ikki qo'ling bo'sh
https://tma.uz/
December 16 Republican Scientific and Practical Conference
179
Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science
taraqqiyotidagi o'rni
'.qqtyottüa^
о
ketadi" degan nasihatni eslatib turadi . Bu nasihat hammaga tanish. Ammo G'aznadagi ushbu qabrda yotgan insondan bu dunyoda ko'plab insoniyat taraqqiyotiga xizmat qilgan asarlar yodgor bo'lib qoldi. Unda ilgari surilgan ilmiy g'oyalar hozirgi kunda ham shifokorlar, bo'lg'usi shifokor va olimlar uchun o'ziga xos bir mayoq vazifasini o'tamoqda.
https://tma.uz/
8 "Узбекистан овози" газетаси. 2019 йил 12 май.
Republican Scientific and Practical Conferena
December 16