Научная статья на тему 'ABU NASR FOROBIY ILMIY MEROSIDA MUSIQA TAʼLIMI'

ABU NASR FOROBIY ILMIY MEROSIDA MUSIQA TAʼLIMI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
21
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
musiqa / taʼlim / ustoz / shogird / Sharq / nota / risola / bastakor / ritm. / музыка / образование / учитель / ученик / Восток / нота / трактат / бастакор / ритм.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — X.S. Xaydarov

musiqa taʼlimi koʻplab mamlakatlar qatori Respublikamiz uchun muhim sohalardan biridir. Taʼlimning ushbu yoʻnalishi koʻp asrlik rivojlanish mezonlariga bogʻliq holda bugungi kunga qadar yetib kelgan. Ushbu maqolada musiqa taʼlimiga oʻz hissasini qoʻshgan oʻrta asr Sharq allomalaridan biri Abu Nasr Forobiyning sohaga oid qarashlari uning “Kitabul-musiqa al-kabir” (“Katta musiqa kitobi”) risolasi misolida koʻrib chiqiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MUSIC EDUCATION IN THE SCIENTIFIC HERITAGE OF ABU NASR AL-FARABI

музыкальное образование наряду со многими странами является одной из важных сфер для нашей республики. Это направление образования дошло до наших дней в зависимости от многовековых критериев развития. В данной статье рассматриваются взгляды одного из средневековых ученых Востока Абу Насра Фараби, внесшего вклад в музыкальное образование, на примере его трактата “Китабул-мусиқа ал-кабир” (“Большая музыкальная книга”).

Текст научной работы на тему «ABU NASR FOROBIY ILMIY MEROSIDA MUSIQA TAʼLIMI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© X.S. Xaydarov1^_

1Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti, Toshkeht, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: musiqa ta'limi ko'plab mamlakatlar qatori Respublikamiz uchun muhim sohalardan biridir. Ta'limning ushbu yo'nalishi ko'p asrlik rivojlanish mezonlariga bog'liq holda bugungi kunga qadar yetib kelgan. Ushbu maqolada musiqa ta'limiga o'z hissasini qo'shgan o'rta asr Sharq allomalaridan biri Abu Nasr Forobiyning sohaga oid qarashlari uning "Kitabul-musiqa al-kabir" ("Katta musiqa kitobi") risolasi misolida ko'rib chiqiladi.

MAQSAD: ushbu maqolaning maqsadi - o'rta asr Sharq allomalarining musiqa ta'limi borasida olib borgan izlanishlari hamda yozib qoldirgan risolalaridagi ta'limga oid jihatlarini yoritish. Xususan, Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug' ibn Tarxon al - Forobiyning ilmiy tadqiqotlarida yosh avlodni tarbiyalash va o'qitish masalalariga qaratgan e'tibori, ayniqsa musiqani o'zlashtirish va o'rgatishda uning ta'limi muhim ekanligini asarlari orqali ham keltirib o'tganligini yoritish. Musiqa cholg'ulari, musiqaning Sharqona nazariyasi haqida qimmatli manbalar qoldirganligi to'g'risidagi ma'lumotlar bilan ta'minlashdir.

MUHOKAZA VA NATIJALAR: O'zbekiston hududida ushbu davrda yashab ijod qilgan olimlar o'z tadqiqotlarining alohida maxsus qismlarini musiqaga bag'ishlaydilar. Forobiyning izlanishlari orqali o'rta asrlar musiqasi, umuman ta'lim jarayonlariga Yevropa ta'limi, xususan Pifagorning ta'sirini sezish mumkin. Bu esa Sharq va G'arb allomalarining bir-biridan ilhomlanganligini anglatadi. Forobiy musiqa bilan she'riyatni aloqadorligi xususida ijobiy fikrlarni yuritadi. Ushbu fikrlardan shu narsa ayon bo'ladiki, xonandalik va bastakorlik san'atini o'zlashtirish, uni anglashda bu ma'lumotlar qimmatli manbaga aylanadi. Ayniqsa bastakorlikda bu tushunchalar yanada ahamiyati oshiradi.

XULOSA: Forobiy va uning ijodi musiqa ta'limi sohasida muhim ahamiyatga egadir. Musiqa tarixi va ta'limidagi yetuk asarlardan biri hisoblangan "Kitabul-musiqa al-kabir" risolasi esa musiqaning amaliy, tahliliy jihatlarini yoritish bilan birga, ko'p asrlar davomida yetuk musiqachini tarbiyalash va uni kamol toptirish uchun xizmat qilib kelmoqda. Forobiyning faoliyati butun jahon ilm-fani taraqqiyoti uchun xizmat qiluvchi muhim omil hisoblanadi. Uning ijodi Sharqda musiqa ta'limining yangicha yo'nalish uslublari yuzaga kelishini ta'minlaydi.

Kalit so'zlar: musiqa, ta'lim, ustoz, shogird, Sharq, nota, risola, bastakor, ritm.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Iqtibos uchun: Xaydarov X.S. Abu Nasr Forobiy ilmiy merosida musiqa ta'limi. // Inter education & global study. 2024. №7. B.69-75.

МУЗЫКАЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ В НАУЧНОМ НАСЛЕДИИ АБУ НАСРА ФАРАБИ_

© Х.С. Хайдаров1^

1 Институт им. Юнуса Раджаби узбекского национального музыкального искусства, Ташкент, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: музыкальное образование наряду со многими странами является одной из важных сфер для нашей республики. Это направление образования дошло до наших дней в зависимости от многовековых критериев развития. В данной статье рассматриваются взгляды одного из средневековых ученых Востока Абу Насра Фараби, внесшего вклад в музыкальное образование, на примере его трактата "Китабул-мусика ал-кабир" ("Большая музыкальная книга").

ЦЕЛЬ: целью данной статьи является освещение исследований средневековых ученых Востока в области музыкального образования и аспектов образования в написанных ими трактатах. В частности, Абу Наср Мухаммад ибн Мухаммад ибн Узлуг ибн Тархан аль-Фараби в своих научных исследованиях уделял внимание вопросам воспитания и обучения молодого поколения, особенно в освоении и обучении музыке. Предоставление сведений о музыкальных инструментах, оставивших ценные источники по восточной теории музыки.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: ученые, жившие и творившие на территории Узбекистана в этот период, посвящают музыке отдельные специальные части своих исследований. Посредством исследований Фараби можно почувствовать влияние европейского образования, в частности Пифагора, на средневековую музыку, образовательные процессы в целом. Это означает, что ученые Востока и Запада были вдохновлены друг на друга. Фараби высказывает положительные мысли о связи музыки и поэзии. Из этих мыслей становится ясно, что эта информация становится ценным источником для овладения и понимания певческого и бастакорского искусства. Особенно в композиции эти понятия повышают свою значимость.

ВЫВОД: Фараби и его творчество имеют важное значение в области музыкального образования. Трактат "Китабул-мусика аль-кабир," считающийся одним из ведущих произведений в истории и образовании музыки, наряду с освещением практических и аналитических аспектов музыки, на протяжении многих веков служит для воспитания и совершенствования зрелого музыканта. Деятельность Фараби является важным фактором, служащим развитию мировой науки. Его творчество обеспечило появление новых направлений музыкального образования на Востоке.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №7

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Ключевые слова: музыка, образование, учитель, ученик, Восток, нота, трактат, бастакор, ритм.

Для цитирования: Хайдаров Х.С. Музыкальное образование в научном наследии Абу Насра Фараби. // Inter education & global study. 2024. №7. С.

69-75.

MUSIC EDUCATION IN THE SCIENTIFIC HERITAGE OF ABU NASR AL-FARABI

© Xumoyun S. Xaydarov1®

1Yunus Rajabi Institute Uzbek national music art, Tashkent, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: music education, along with many other countries, is one of the most important areas for our republic. This direction of education has survived to our day depending on the centuries-old criteria of development. This article examines the views of one of the medieval scholars of the East, Abu Nasr al-Farabi, who contributed to musical education, using his treatise "Kitab al-musiqa al-kabir" ("The Great Book of Music").

AIM: the purpose of this article is to illuminate the research of medieval Eastern scholars in the field of music education and the aspects of education in their treatises. In particular, Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug ibn Tarkhan al-Farabi, in his scientific research, paid attention to the issues of raising and educating the younger generation, especially in mastering and teaching music. Providing information about musical instruments that have left valuable sources on Eastern music theory.

DISCUSSION AND RESULTS: Scholars who lived and worked in the territory of Uzbekistan during this period devoted separate special parts of their research to music. Through Farabfs research, one can feel the influence of European education, particularly Pythagoras, on medieval music and educational processes as a whole. This means that Eastern and Western scholars were inspired by each other. Forobi expresses positive thoughts about the connection between music and poetry. From these thoughts it becomes clear that this information becomes a valuable source for mastering and understanding the art of singing and composing. Especially in composition, these concepts increase their significance.

CONCLUSION: Forobi and his work are of great importance in the field of music education. The treatise "Kitab al-musiq al-kabir," considered one of the leading works in the history and education of music, along with its practical and analytical aspects, has for centuries served to educate and perfect a mature musician. Forobi's work is an important factor in the development of world science. His work ensured the emergence of new directions of musical education in the East.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 7

CC

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №7

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Key words: music, education, teacher, student, East, note, treatise, composer, rhythm.

For citation: Xumoyun S. Xaydarov. (2024) 'Music education in the scientific heritage of Abu Nasr Al-Farabi', Inter education & global study, (7), pp. 69-75. (In Uzbek).

Musiqa tarixini o'rganish davrlar kesimida olib qaralganda Sharq "Uyg'onish davri" X-XI asrlarga to'g'ri keladi deb xulosa qilish mumkin. Ko'p asrlik rivojlanish davri mobaynida O'zbekiston hududida ta'limning shakllanishi va taraqqiy etishi ko'pgina ichki va tashqi muammolar ta'sirida bo'lgan. Musiqaning ilm sifatida targ'ib etilishiga ta'limning turli ko'rinishlari ta'sir etgan bo'lsa, ijrochilik masalasida "Ustoz-shogird"1 an'analari eng muhim omil sifatida gavdalandi.

"Ustoz-shogird" an'anasining ta'lim jarayoni asosan tinglash-takrorlash orqali amalga oshiriladi. "Nota yozuvining Sharqda ancha kech shakllanganligi musiqaning og'zaki ustozona yo'lini vujudga kelishida omil bo'lgan"2. Bu esa Sharq mamlakatlarida "Ustoz-shogird" an'anasining yanada jadallashuvini yuzaga keltiradi.

Musiqa ta'limi har doim bir maqsad, ya'ni musiqani zamonasi va kelajak avlod uchun asrab avaylashga bo'lgan intilishlarning mujassamligi yo'lida xizmat qilgan. Ilm uni tadqiq etsa, ta'lim shu asosda rivojlanish bosqichida o'quvchilarni tarbiyalashni o'z oldiga maqsad qilgan. Boshqa sohalar kabi musiqa ta'limi ham har jabhada o'z yo'nalishi bo'yicha rivojlanish bosqichlarini bosib o'tdi.

"IX asrdan boshlab, O'rta Osiyo va umuman, O'rta va Yaqin Sharqda ijtimoiy va aniq fanlarning rivojlanishi bilan bir qatorda, musiqa ta'limi ham keng taraqqiy qila boshladi. Musiqa ta'limining shakllanish va rivojlanish jarayoni buyuk donishmandlar Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino hamda ularning izdoshlari Safiuddin Urmaviy, Abdulqodir Marog'iy va boshqa o'nlab ajoyib musiqashunoslarning nomi bilan bog'liqdir"3. Musiqa madaniyatimiz tarixida ushbu davrlarda yozilgan risola, qo'lyozma, ma'lum asarlar tarkibida keladigan musiqaga oid bo'limlarning o'rni beqiyosdir. Aynan shu manbalar orqali o'qitish tushunchalari keng quloch yozgan.

IX-X asrlarda yashab ijod etgan, qomusiy olim Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug' ibn Tarxon al - Forobiy (873-950) zamonasining ko'plab sohalariga, xususan falsafa, matematika va boshqa fanlarga aloqador bo'lgan ilmiy asarlar yozgan, hamda zamonasining yetakchi olimlaridan biri bo'lgan. Forobiy o'z faoliyati davomida musiqa ta'limiga katta e'tibor qaratgan. Bu haqda musiqashunos olim I.Rajabov quyidagi fikrlarni keltirib o'tadi: "Abu Nasr Forobiy o'zining musiqaga bag'ishlagan risolalarida Sharq musiqa nazariyasini asoslab berdi. Uning musiqa asarlari "Kitabul musiqiy al-kabir" ("Musiqaga doir katta kitob"), "Kalam fil-musiqa" ("Musiqa haqida so'z"), "Kitabul musiqa" ("Musiqa kitobi"), "Kitabun fi-ixsa' il-ulum" ("Fanlar tasnifiga doir kitob")ning musiqaga bag'ishlangan qismi,

1 Qarang: S.Begmatov. Hofizlik san'at: Ustoz - shogird an'anasi. Musiqiy ta'lim tizimini qayta islox qilish jarayoni. Halqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. T.2009-y. 36-bet

2 M.Abrorova. "Musiqa ta'limida g'arb va sharq an'analarining uyg'unligi" maqolasi. //Musiqiy ta'lim tizimini qayta isloh qilish jarayoni mavzuidagi birinchi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari// T.2009-y.

3 Matyoqubov O. Og'zaki an'anadagi professional muzika asoslariga kirish. T. 1983-y. 7-bet.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 7

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

"Kitabun fi — ixsa'il-iyqo"' ("Musiqa ritmlari — iyqo' tasnifi haqida kitob") va boshqalardir"4. Faoliyati asosan ilmiy tadqiqotlarga bag'ishlangan alloma o'z o'rnida yosh avlodni tarbiyalash va o'qitish masalalariga ham alohida e'tibor qaratgan. Ayniqsa musiqani o'zlashtirish va o'rgatishda uning ta'limi muhim ekanligini asarlari orqali ham keltirib o'tgan. Shu bilan bir qatorda musiqa ta'limi rivojiga ulkan hissa qo'shgan. Avvalo o'zi musiqa cholg'ulari ustasi sifatida ijrochilik masalalarida (Forobiy tomonidan ijod va ijro ma'lumotlari saqlanib qolmagan), risolalar orqali musiqaning Sharqona nazariyasi haqida ko'plab ma'lumotlar qoldirgan.

Forobiyning musiqiy nazariy ishlari va ular asosida yozilgan asarlari alloma davrigacha yozilgan asarlardan ma'lum darajada ustun bo'lgan. U musiqa nazariyasida tovushlarning paydo bo'lishi va ular borasida nazariy — ilmiy bog'lamalar bilan ta'rif bergan. Alloma Sharq musiqasining ritmik asosini dalillar bilan sharhlab bergan. Forobiy haqida so'z yuritar ekan I.Rajabov, u kishini "...ajoyib musiqachi va musiqa nazariyachisi ham edi"5 deya ta'kidlaydi.

Forobiyning ta'lim atrofida olib borgan ishlari, bunda amalga oshirgan ayrim faoliyati haqida ko'plab fikrlarni keltirish mumkin. Ayniqsa, qadimiy yunon ilm-fanini Sharq ilm-fani bilan bog'lagan holda uning ta'limga yo'nalishida katta hissa qo'shdi. Shu o'rinda o'rta asrlarda ham g'arbda mavjud bo'lgan ilmiy, ta'limiy islohotlarning Sharq davlatlari hududiga kirib kelishini tahlillar orqali ko'rish mumkin. Forobiy g'arb olimlaridan bo'lgan Aristotelning asarlarini ta'lim jarayonlariga yo'naltirish hamda, G'arbda mavjud bo'lgan tadqiqotlarni asl mohiyatini anglashda zamonasining ilm talabidagi qatlamiga taqdim etgan.

Forobiy nafaqat Aristotelning asarlari sharhlovchisi sifatida, balki Pifagorning musiqiy qarashlarini ham o'z tushunchalari orqali zamonasining ilm ahliga tortiq etgan.

Ma'lumki, O'zbekiston hududida ushbu davrda yashab ijod qilgan olimlar o'z tadqiqotlarining alohida maxsus qismlarini musiqaga bag'ishlaydilar. Forobiyning izlanishlari orqali o'rta asrlar musiqasi, umuman ta'lim jarayonlariga Yevropa ta'limi, xususan Pifagorning ta'sirini sezish mumkin. Forobiy zamondoshlari ijodiga "musiqani tadqiq etishida Pifagor va uning matematika uslubi ma'lum darajada ta'sir ko'rsatdi. Musiqa asosini she'r tuzilishi asosi bilan bog'lab tushunilgan. Masalan: Forobiy musiqa bilan poeziya chuqur bog'langan, musiqa she'rdagi vaznlar nisbati bilan ham mustahkam aloqada; ritm esa poeziya bilan musiqani birlashtiruvchi boshlanmadir deb bilgan"6. Ushbu fikrlardan shu narsa ayon bo'ladiki, xonandalik va bastakorlik san'atini o'zlashtirish, uni anglashda bu ma'lumotlar qimmatli manbaga aylanadi. Ayniqsa bastakorlikda bu tushunchalar yanada ahamiyati ortadi. Chunki ma'lum g'azalni kuyga bog'lash jarayoni faqatgina ohang orqali emas, balki aniq raqamlar va hisob orqali amalga oshirilishi nazarda tutilayotganligini ko'rish mumkin. Ya'ni, bir ijodkor yangi asar ustida ish olib borayotganda endi aniq ko'rsatmalar, vazn ritmlariga kuy ritmlarining monand kelishiga e'tibor qaratishi

4 Rajabov I. Maqomlar. T. 2006-y. 15 bet.

5 O'sha manba.

6 O'zbek musiqasi tarixi. Tuzuvchi: T.Ye. Solomonova. T.1981-y. 15-bet

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

lozimligi ta'limot orqali izohlangan. Aruz vaznida yozilgan g'azallarning bastakorlik san'atidagi o'rni bunga yaqqol misol bo'la oladi.

Zamondosh olimlarning fikriga ko'ra Forobiyning musiqiy ijodiyoti uchta asosiy manbaga tayanadi:

"1. Sharq xalqlarining qadimiy va boy musiqa amaliyoti an'analariga tayanish.

2. Mahalliy musiqiy an'analar bilan bog'liq bo'lgan qadimiy ilmiy tasavvurlar va empirik bilimlar tizimiga tayanish.

3. Antik davr musiqa ilmi natijalariga tayanish".7

Shu o'rinda kichik qo'shimcha sifatida allomaning aynan yunon olimlarining ishlariga yozilgan sharhlarni ham ushbu ro'yxatga kiritsa bo'ladi. Chunki Forobiy tomonidan olib borilgan ushbu tadqiqotlar bir vaqtning o'zida nafaqat antik davr musiqa ta'limining holati yuzasidan kerakli xulosalarni chiqarishga balki ular orqali hududimizga kirib kelgan musiqa ta'limining yangi ko'rinishlari haqida kerakli ma'lumotlarga ega bo'lish imkonini beradi.

Ma'lumki, Forobiy o'zining "Kitabul-musiqa al-kabir" ("Katta musiqa kitobi") nomli birinchi kitobida (ushbu kitobning "ikkinchi kitob"i bizgacha yetib kelmagan) Forobiy murojaatchining tavsiyasi bilan musiqa ta'limini qulayliklar orqali o'zlashtirish haqida so'z yuritadi. Mazkur asar musiqashunos olim A.Nazarov tomonidan arab tilidan tarjima qilingan va izohlar orqali musiqa ilmi ahliga taqdim etilgan8. "Sen9 qadimgi olimlarning musiqa san'ati borasidagi anglashmasiga qiziquvingni eslatgan eding: uni bir kitobda bitishimni, tuzishimni, sharhi va yangiliklarini o'qiguchi tanavvuliga osonlatib tahrir etishimni mendan so'rading"10. Yuqoridagi fikrlar orqali o'sha davrlarda ham musiqa fani tushunchasining dolzarbligi, bu fan yuzasidan ilmiy ishlar olib borish muhimligini, ayniqsa musiqa ta'limini oluvchilar uchun bu fanni osonlashtirish, o'zlashtirish uchun qulay tarzda bilimlarini nashr etish kabi fikrlar anglash mumkin.

Asarning kirish qismida san'at sohasida o'rganuvchilarga muhim bo'lgan 3 ta tavsiyani aytib o'tadi.

"Birinchisi — uning asllari(usul) ma'rifatini(induksiya) to'liq o'tash;

Ikkinchisi — ushbu san'at mavjudotlarining asllaridan kelib chiqmish istinbot (deduksiya) quvvatiga ega bo'lish;

Uchinchisi — bu ilmda uchraydigan qiyin /masalalarni/ anglash..."11.

Bu usul musiqa ta'limidan tashqari boshqa barcha soha nazariyotchilari uchun juda ham muhim tavsiya va ma'lumotdir.

7 Ayxodjayeva Sh. Ergasheva Ch. Zokirov A. O'zbek musiqasi tarixi. T. 2021-y. 108 bet

8 Abu Nasr al-Forobiy "Kitabul-musiqa al-kabir". (Katta musiqa kitobi). A.Nazarov arab tilidan tarjima va izohlar. Musiqa ijodiyoti masalalari. Bastakorlar uyushmasi va M.Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasi bilan hamkorlikda maqolalar to'plami. 1-nashr.T. 1997-yil 5-bet.

9 Muallif "Sen" deya Abu Ja'far Muxammad bin al-Qosim al-Karxiy — xalifa Abu Abbos ar-Roziy Billohning /322 329/933-940/ vaziriga murojaat etgan. "Kitabul-musiqa al-kabir" mazkur vazirning buyurtmasi asosida yozilgan. Qarang: O'sha manba 20-bet.

10 Abu Nasr al-Forobiy "Kitabul-musiqa al-kabir". (Katta musiqa kitobi). A.Nazarov arab tilidan tarjima va izohlar. Musiqa ijodiyoti masalalari. Bastakorlar uyushmasi va M.Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasi bilan hamkorlikda maqolalar to'plami. 1-nashr.T. 1997-yil 5-bet

11 O'sha manba.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Musiqa tarixi va ta'limidagi yetuk asarlardan biri hisoblangan ushbu shoh asar esa musiqaning amaliy, tahliliy jihatlarini yoritish bilan birga, ko'p asrlar davomida yetuk musiqachini tarbiyalash va uni kamol toptirish uchun xizmat qilib kelmoqda. Forobiyning faoliyati butun jahon ilm-fani taraqqiyoti uchun xizmat qiluvchi muhim omil hisoblanadi. Uning ijodi Sharqda musiqa ta'limining yangicha yo'nalish uslublari yuzaga kelishiga sabab bo'lgan. Alloma musiqa ta'limining asosiy yo'nalishlarini belgilab bergan.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Abu Nasr al-Forobiy "Kitabul-musiqa al-kabir". (Katta musiqa kitobi). A.Nazarov arab tilidan tarjima va izohlar. Musiqa ijodiyoti masalalari. 1-nashr.T. 1997-yil

2. Ayxodjayeva Sh. Ergasheva Ch. Zokirov A. O'zbek musiqasi tarixi. T. 2021y.

3. Matyoqubov O. Og'zaki an'anadagi professional muzika asoslariga kirish. T. 1983-y.

4. Rajabov I. Maqomlar. T. 2006-y.

5. O'zbek musiqasi tarixi. Tuzuvchi: T.Ye. Solomonova. T.1981-y.

6. Abrorova M. "Musiqa ta'limida g'arb va sharq an'analarining uyg'unligi" maqolasi. //Musiqiy ta'lim tizimini qayta isloh qilish jarayoni mavzuidagi birinchi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari// T.2009-y.

7. Begmatov S. Hofizlik san'at: Ustoz - shogird an'anasi. Musiqiy ta'lim tizimini qayta isloh qilish jarayoni. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. T.2009-y.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

HXaydarov Xumoyun Samijonovich, "O'zbek maqomi tarixi va nazariyasi" kafedrasi katta o'qituvchisi, [Хайдаров Хумоюн Самижонович, старший преподаватель кафедры "История и теория узбекского макома"], [Xumoyun S. Xaydarov, senior professor of the department "History and theory of Uzbek maqom" ]; manzil: O'zbekiston, Toshkent sh. Mustaqillik 31 [адрес: Узбекистан, ул. Мустакиллик 31, г. Ташкент], [address: Uzbekistan, Mustaqillik 31, Toshkent city]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.