Научная статья на тему 'ABU NASR FAROBIYNING MUSIQIY TA’LIMI BORASIDAGI TADQIQOTLARI HAQIDA'

ABU NASR FAROBIYNING MUSIQIY TA’LIMI BORASIDAGI TADQIQOTLARI HAQIDA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
172
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘tror / Bag‘dod / Katta musiqa kitobi / Isfahon / musiqa haqida risola / musiqa asbobi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sobirov T.R., Abulov T.M.

Mazkur maqolada Sharq uyg‘onish davri mutafakkiri, qomusiy olim Abu Nasr Forobiyning “Katta musiqa kitobi” asosida musiqiy ta’limotining mazmuni, mohiyati, musiqiy asboblar tasnifi, ijro san’ati haqida fikrlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABU NASR FAROBIYNING MUSIQIY TA’LIMI BORASIDAGI TADQIQOTLARI HAQIDA»

Sobirov T.R. pfn. Professor Abulov T.M. magistr

Turkiston yangi innovatsiyalar universitrti

ABU NASR FAROBIYNING MUSIQIY TA'LIMI BORASIDAGI

TADQIQOTLARI HAQIDA

Annotatsiya. Mazkur maqolada Sharq uyg'onish davri mutafakkiri, qomusiy olim Abu Nasr Forobiyning "Katta musiqa kitobi" asosida musiqiy ta'limotining mazmuni, mohiyati, musiqiy asboblar tasnifi, ijro san'ati haqida fikrlar yoritilgan.

Taynch iboralar. O'tror, Bag'dod, Katta musiqa kitobi, Isfahon, musiqa haqida risola, musiqa asbobi.

Sobirov T.R.

professor Abulov T.M. master

Turkestan New Innovation University ABOUT ABU NASR FAROBI'S RESEARCH ON MUSIC EDUCATION

Annotation. This article describes the content, essence, classification of musical instruments, performance art of the Eastern Renaissance thinker, encyclopedist Abu Nasr Farabi based on the "Big Book of Music".

Keywords: Otror, Baghdad, Big book of music, Isfahan, treatise on music, musical instrument.

Abu Nasr Forobiy (873-950) Jahon madaniyatiga katta hissa qo'shgan Markaziy Osiyolik mashhur faylasuf, qomusiy olim Forobiyning to'liq ismi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug' Tarxon. O'rta asrning bir qancha ilmiy yutuqlari, umuman Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlarida taraqqiyparvar ijtimoiy-falsafiy tafakkur rivoji uning nomi bilan bog'liq. Forobiy o'z zamonasi ilmlarining barcha sohasini mukammal bilgan va bu ilmlar rivojiga katta hissa qo'shganligi, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga keng tanitgani tufayli Sharq mamlakatlarida uning nomi ulug'lanib, "Almuallim as-soniy" "Ikkinchi muallim" (Aristoteldan keyin), "Sharq Arastusi" deb yuritilgan.

Forobiy 873 yilda turkiy qabilalardan bo'lgan harbiy xizmatchi oilasida, Sirdaryo qirg'og'idagi Forob - O'tror degan joyda tug'ilgan. U tug'ilgan hudud Somoniylar tomonidan boshqarilib, arab xalifaligining shimoliy chegarasi hisoblangan. Forobiy boshlang'ich ma'lumotni ona yurtida oldi. So'ng Toshkent

(Shosh), Buxoro, Samarqandda o'qidi. Keyinroq o'z ma'lumotini oshirish uchun arab xalifaligining madaniy markazi bo'lgan Bag'dodga keldi. Bag'dodda bu davrda musulmon dunyosining turli o'lkalaridan, xususan, Markaziy Osiyodan kelgan ko'p ilm ahllari to'planishgan edi. U yerga bora turib Forobiy Eron shaharlari Isfahon, Hamadon, Ray va boshqa joylarda bo'ldi. Forobiy Bag'dodda o'rta asr fani va tilining turli sohalari, yunon falsafiy maktablari bilan chuqur tanishib, o'zga diniy e'tiqod, falsafiy fikrdagi kishilar bilan ilmiy muloqotda bo'ldi. Abu Bashar Matta ibn Yunusdan (870-940) yunon tili va falsafasini, Yuhanna ibn Xiylon (860- 920)dan tabobat va mantiq ilmini o'rgandi. Ayrim ma'lumotlarga qaraganda, u 70 dan ortiq tilni bilgan.

XV asrning musiqa nazariyotchilaridan biri Sharqning yirik shoiri va mutafakkiri Abdurahmon Jomiy o'zining "Musiqa haqida risola"sida Forobiyni buyuk musiqashunos olim sifatida tilga oladi. Q.Sarton Forobiy musiqashunoslik sohasida ham "o'z davrining Yevropa nazariyalaridan ancha oldinda edi" deb ko'rsatadi.

Fransuz arabshunos olimi Karra de Voo Forobiyni musiqa san'atidagi xizmatlarini ta'kidlab, bunday deb yozgan edi: - "Forobiy yana buyuk musiqachi ham edi. Biz uning sharq musiqasi nazariyasi bo'yicha eng muhim asarlari uchun undan minnatdormiz" - deb yozgan edi.

Olimning tarjimai holi haqida arab olimi Ibn Abu Usaybia (1203—1270) bunday yozadi: —Abu Nasr Forobiy bir qancha vaqt Bag'dodda yashadi, keyin Shom (Suriya) ga ko'chib kelib, umrining oxiriga qadar shu yerda turib qoldi. U yetuk faylasuflardan, fozil donishmandlardan biri edi. Falsafaga oid fanlarni mukammal bilardi. Abu Nasr Forobiy musiqa ilmidan ham durustgina xabardor edi. Bu ilmga oid nazariyani yaxshi bilardi.

Ulug' faylasuf va musiqa nazariyotchisi turli mamlakat olimlari e'tiborini o'ziga tortdi. Uning ma'ruzalarida, suhbatlarida odam tirband bo'lar edi. U mumtoz va faol musiqachi, ud sozida benazir ijrochi ham bo'lgan. Ibn Abi Useybianing yozishicha, Forobiy "Mol-dunyo bilan hech ishi yo'q edi, "o'lmas ovqat" ga chidab yashaydigan serqanoat odam edi. Uning fe'l-atvori xuddi qadimgi faylasuf-hakimlar odobiga o'xshardi"

Forobiyning ajoyib ishlaridai biri musiqa sohasida yozgan asarlaridir. Ma'lum bo'lishicha, Forobiy yoshligidan boshlab musiqaga berilgan, o'sha paytlarda O'rta Osiyoda mavjud bo'lgan musiqa asboblarini yaxshi chala bilgan. Shu bilan birga u musiqa nazariyasini ham mukammal egallagan. Abu Nasr Forobiyning asarlari ro'yxatida uning bu sohaga oid bir qancha asarlarini ko'rishimiz mumkin.

1."Katta musiqa kitobi" Farobiyning musiqaga bagishlangan birinchi kitobi. Bu kitobning to'liq tanqidiy matni nashr etilgan. U to'laligicha faqat fransuz tiliga erkin tarjima qilingan, ayrim bo'laklari ko'p tillarga, jumladan o'zbek, qozoq, rus tillariga o'girilgan va o'rganilgan. Uning qo'lyozma matnlari dunyoning turli kutubxonalarida mavjud, xususan, eng qadimiysi 1138 yil Ibn Bojja uchun ko'chirilgan matni Madrid kutubxonasida 602 - raqam ostida

saqlanmoqda. Undan tashqari 1257 yilda ko'chirilgan Konstantinopol (Istanbul) kutubxonasida 22 - raqam ostida saqlanayotgan matn, 1347 yil ko'chirilgan Milan kutubxonasida 289- raqam ostida saqlanayotgan matn va 1089 yil ko'chirilgan matndan 1537 yil ko'chirilgan Leyden kutubxonasida 1427 - raqam ostida saqlanayotgan matnlarni ko'rsatib o'tish mumkin

2. "Iyqo sanog'i kitobi" yoki "Iyqo sanog'i haqidagi kitob". Bu kitobning qo'lyozma matni Istanbuldagi Manisa kutubxonasida 1705 - raqam ostida (59a-81v, davomi 88a-89v varaqlar) saqlanmoqda. Nemis tiliga tarjima qilingan.

3."Iyqolar kitobi". Bu kitobning qo'lyozma matni Turkiyaning To'pqopi saroyi Ahmad III kutubxonasida 1878 - raqami ostida (160v-167a bet) saqlanmoqda. Nemis tiliga tarjima qilingan. O'zbek tilida Forobiyning iyqo nazariyasiga oid tadqiqoti bor.

4."Ilmlar sanog'i" kitobining musiqaga bag'ishlangan bo'limi. U ikki varaqni tashkil etadi. O'rta asr G'arb olimlari "De scintiis" deb ataganlar. Arab matni ko'p bor nashr etilgan. Bir necha tillarga tarjima qilingan, jumladan rus, o'zbek, qozoq tillariga1.

5. "Ilmlarning paydo bo'lishi" asarining musiqaga bag'ishlangan qismining lotincha tarjimasi "Dt ortu scientiari" nomida saqlangan, rus tilidagi tarjimasi ham bor, ruscha tarjima asosida o'zbek tiliga ham o'girildi, ammo asli -arabcha matni saqlanmagan.

Ibn Abu Usaybianing hikoya qilishicha, Forobiy ajoyib bir musiqa asbobi yasagan, undan juda ham go'zal, yoqimli kuylar eshitish mumkin bo'lgan, hatto bu kuy eshituvchini juda ham zavqlantirib yuborgan. Forobiyning musiqa sohasida bilimdon kishi ekanligini o'sha davrda to'qilgan bir hikoyadan ham bilish mumkin. Hikoyada Forobiy Shom amiri saroyiga kirib, musiqa chalib, u yerdagilarni uxlatib chiqib ketadi. Bu naql ham Forobiyning musiqa donishmandigina emas, balki uning usta ijrochisi ham bo'lgani haqida o'sha paytlarda paydo bo'lgan hikoyatdir. Shuningdek musiqa ilmining matematik nazariyasini ishlab chiqishda Abu Nasr Forobiyning xizmatlari katta.

She'riy nutqning mutlaq yolg'on deb atalishi kishiga dastlab erish tuyuladi. Lekin aslida Forobiy haq. Forobiy san'at asari oddiy mantiq ilmi qonun-qoidalariga bo'ysunmaydigan o'ziga xos mantiqqa, badiiy mantiqqa ega bo'lishini ta'kidlaydi.

Boshqa bir o'rinda, She'r san'ati risolasida u yuqoridagi fikrlarini davom ettirib, shunday deb yozadi: isbotda ilm, tortishuvda ikkilanish, xitobada ishontirish qancha ahamiyatli bo'lsa, she'riyatda ham xayol va tasavvur shunchalik zarur bo'ladi.

Arastu izidan borib, Muallimi as-soniy she'riyatni tasviriy san'at bilan qiyoslaydi va har ikkala san'at turi ham mohiyatan bir xil asosga taqlidga borib taqalishini aytadi:...she'r san'atini bezaydigan narsalar so'z, mulohazalar bo'lsa, rassomlar san'atini bezaydigan narsa bo'yoqlar sanaladi. Bularning ikkovi o'rtasida farq bor, ammo ikkalasi ham odamlar tasavvuri va sezgilarida bir maqsadga taqlid qilishga yo'nalgan bo'ladi.

6. Forobiy ko'p jildlik «Musiqa haqidagi katta kitob» asarida musiqiy bilimni ikkiga ijro san'ati bilan bog'liq bo'lgan musiqiy amaliyotga va musiqaning sof o'zini, ijrochilikka bog'lanmagan holda o'rganadigan nazariyaga ajratadi. Kitobda ohang tizimidagi uyg'unlik, zarb singari hodisalar tahlil etiladi. Shu munosabat bilan utovushlarni emas, balki tovushlar tasavvurini beruvchi raqqoslarning musiqiy g'oyaga bo'ysungan ohangiy harakatini anglatuvchi ritmik mimika ohangiy harakat tushunchasini kiritadi. Shuningdek, kitobda Yaqin va O'rta Sharqda ma'lum bo'lgan musiqiy asboblar, ularni ijro etish yo'llari, usullari haqida, umuman, musiqa tarixi to'g'risida atroflicha ma'lumot berilgan. Faylasuf musiqadan olinadigan lazzat musiqiy uyg'unlikning makonda yoyilishidan, pardalarning navbatma-navbat kelishidan deb biladi. Musiqada gap tovushning o'zida emasligini, balki uni qanday chiqarish muhim ekanini aytadi, ya'ni bizda yoqimli yoki yoqimsiz sezgini tovushning o'zi emas, balki uni paydo qilish usuli uyg'otadi. Musiqaning kelib chiqishini esa inson nutqining boyligi bilan bog'laydi: xushomad qilayotganda ovoz pasayadi, mag'rur so'zlayotganda qat'iy jaranglaydi.

Forobiyning san'atga oid qarashlarida ezgulik bilan go'zallik ma'lum ma'noda aynanlashtiriladi, biri ikkinchisida yashovchi hodisalar sifatida talqin etiladi. Shuning uchun uning asarlarida go'zal xatti-harakatlar, go'zal qilmishlar degan iboralarni ko'p uchratish mumkin. San'atda go'zallikka yetishishni u falsafa tufayli ro'y beradi, deb hisoblaydi. Uning fikriga ko'ra, har bir san'at hodisasining go'zalligi uning o'z borlig'ini to'la namoyon etishi va mukammallikka erishuvi bilan bog'liq. Alloma faylasuf ichki go'zallikni yuqori qo'yadi va bu boyning boyligini bezab, kambag'alning kambag'alligini yashiradigan go'zallikni adab deb ataydi. Bunday go'zallik yuksak axloqiy xatti-harakatlar va insoniy komillikda o'zini namoyon etadi. Tashqi go'zallikka kelganda, faylasuf tabiiy go'zallikni har qanday bezanish, yasanishlardan yuqori qo'yadi. Ikkinchi muallim san'atning taqlidiylik xususiyatiga egaligini ta'kidlaydi. Ana shu taqlidiylik idrok etuvchida hissiyot va tasavvur uyg'otadi. San'atkor o'z xayolot kuchi, ijodiy qudrati bilan umumiy g'oyalarni yakka qiyofalarda in'ikos ettiradi. U nutqning turlarini mantiqiy nuqtai nazardan tadqiq etar ekan, she'riy nutqni mutlaq yolg'on, sofistik nutqni asosan yolg'on, xitobiy nutqni bir xilda ham yolg'on, ham rost, dialektik nutqni asosan rost, isbotiy (apodiktik) nutqni mutlaq rost deydi.

Адабиётлар руйхати:

1. Абдуллаев К.Ф. Мыслители востока о педагогической профессии //Культура мира и ненасилия подрастающего поколения: ракурсы интерпретatsiи и педагогические условия развития. - 2020. - С. 117-120.

2. Булатов М. С. Геометрическая гармонизatsiя в архитектуре Средней Азии 1X-XV вв. - Москва, 1988 й.

3. Собиров Т. Р. и др. Об общественном положении зодчих и архитекторов среднего и ближнего востока в IX-XV веках //European science. - 2021. - №. 2 (58). - С. 59-62.

4. Собиров Т.Р., Омонов К-К- Шукурова Л. Педагогик махорат журнали 2012. 2 сон, Бухоро 2012.

5. Sobirov T.R., Q.Amonov. IX-XV asrlar Markaziy Osiyo allomalirining geometrik yasashlarning zamonaviy ta'limda qo'llash. Педагогик махррат журнали. 2021 й 2-сон, 225-227 б.

6. Sobirov T.R. Chizmachilik (geometrik va proekstion chizmachilik). -Buxoro, 2020.

7. Sobirov T. R., Omonov Q. K. //Graphical Basis Of Girikh Used In Traditional Applied Decorative Art Of Central Asia In The 9-15th Centuries//. Journal of Contemporary Issues in Business and Government Vol. 27, No. 1, 2021 P-ISSN: 2204-1990; E-ISSN: 1323-6903 https://cibg.org.au/article_7790.htm

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.