Научная статья на тему 'ABU ALI IBN SINONING DORISHUNOSLIKKA QO`SHGAN XISSASI'

ABU ALI IBN SINONING DORISHUNOSLIKKA QO`SHGAN XISSASI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

6499
289
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABU ALI IBN SINONING DORISHUNOSLIKKA QO`SHGAN XISSASI»

Tashkent Medical Academy Volume 3 | TMA Conference | 2022

The significance of the scientific, cultural Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in merosining ahamiyati va uning fan

ABU ALI IBN SINONING DORISHUNOSLIKKA QO SHGAN XISSASI

G. F. Sherqo'zieva, Kh. B. Karimov

Toshkent tibbiyot akademiyasi

Hozirgi fan-texnika va texnologiyalar rivojlangan davrda tibbiyotning rivojlanishiga katta xissa qo'shgan vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino bemorlarning davolashda dorilarning qo'llash usullari, dori shakllari hozirda ham saqlanib qolganligi va kelajak avlodga qo'llanma bo'lib xizmat qilmoqda.

Abu Ali ibn Sino (980-1037 yy.) Buxoro viloyatining Afshona qishlog'ida 980 yilning avgust oyida tug'ilgan. Tibbiyot ilmini Nux al Kumriydan o'rganib o'zinig zehni va xotirasi juda o tkirligi sababli 16-17 yoshidanoq mashhur tabib bo'lib yetishdi. Ibn Sino tabiblik bilan birga umrini turli tibbiyotga doir asarlar yozish bilan o'tkazdi. Uning 280 dan ortiq asarlari bo'lib ulardan 40 tasi tabobat ilmiga bag'ishlangan. Bugun dunyoda tibbiyot va farmasiyaning taraqqiyotiga Ibn Sino o'zining g'oyat katta ta'sirini o'tkazgan. Bundan 10 asr avval, Ibn Sino yashab, faoliyat ko'rsatgan davrda mustaqil dorishunos xizmat bo'lmagan, u tabiblikdan endigina ajralib mustaqil ravishda shakllana boshlagan edi. Keyinchalik reseptlar tarkibi va ularni tayyorlash texnologiyasining murakkablanishi hamda murakkab dorilarning yangi turlarini hakimlar (yoki tabiblarning bir o'zi bajarish qiyin bo'lib qoldi. Ibn Sino davrida farmasiya mustaqil fan sifatida ajralmagan edi. Ibn Sino o'zining farmasevtika masalalariga oid fikrlarini buyuk asari bo'lmish "Tib qonunlari" ning ayrim kitoblarida bayon etgan. Ibn Sinoning tibbiyot asarlaridan eng muhimi "Tib qonunlari" bo'lib, asar beshta mustaqil kitoblardan iborat. Kitoblarning ikkinchi va beshinchisida dorishunoslikka oid ma'lumotlar yozilgan. Xususan ikkinchi kitobda 700 dan ortiq dori vositalariga tarif berilgan, ularning tayyorlash va qo'llash usullari ko'rsatilgan. Beshinchi kitobida esa 275 ta murakkab dorilar bayon etgan. Bulardan tashqari yana 64 ta yurak kasalliklarida ishlatiladigan dorilarni ko'rsatgan. Ibn Sino bayon etgan murakkab dorilarning soni 400dan oshadi. Shu bilan birga olim tamonidan kimyoviy moddalar margumush, mis, oltingugurt, kumush va ularning birikmalaridan foydalanish ilk bor tibbiyotda foydalanilgan. Beshinchi kitobda esa unda murakkab dorilarni tayyorlash usuli, tanaga ta'siri va istemol qilish usullari berilgan. Abu Ali ibn Sino bemorlarning davolashda dorilarning qo'llash usullari hozirda ham saqlanib qolmaygina xattoki ananaviy usullar hisoblanadi. Ibn Sino sahrodan yig'ilgan dorilarning hammasi bog'lardan yig'ilganga qaraganda kuchliroq,

December 16

https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

ko'pincha hajmi kichikroq bo'ladi. Tog'-toshloqlarda terilgan - undanda kuchliroq deb tariflanadi.

Shunday qilib, dorivor o'simlik mahsulotlarining yuqori sifatli bo'lish mezoni va unga qo'shiladigan talabni aniqlash bilan Ibn Sino kelajak farmakognoziya faniga asos solgan. Dorivor o'simliklar mahsulotlarini yig'ish vaqtlari, quritish usullari va saqlash muddatlari to'g'risidagi Ibn Sino fikrlari, uni dorivor mahsulotlarni yuqori sifatli bo'lishiga qo'ygan talablari, albatta, kelajakda farmakognoziyaning fan sifatida shakillanishiga va bu fanni maqsadlarini aniqlashga so'zsiz o'z ta'sirini ko'rsatadi. Alloma dori vositalarini davolash maqsadida ishlatilishida asosiy uchta prinsipga rioya etilishi zarurligini ta'kidlaydi. Bular, birinchisi, dorilarni kayfiyatga qarab, ya'ni issiqlik yo sovuqlik, ho'llik yo quruqligiga qarab tanlash qonuni, ikkinchisi, dorilarning miqdorini saqlash qonuni; bu ikkinchi qonun dorilarning og'irligini o'lchash qonuniga va dorilar kayfiyatini o'lchash, ya'ni issiqlik, sovuqlik va boshqalarning darajasini aniqlash qonuniga bo'linadi. Uchunchisi esa dorilarni istemol qilish vaqtini aniqlash qonuni. Abu Ali ibn Sino qisqa ammo mazmunli hayot kechirgan, yaratgan asarlari ayniqsa "Tibbiy doston " tibbiyotni, xususan dorishunoslikni rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga buyuk alloma tabobat mavzuiga oid bir necha nazmiy asarlar yaratgan.U bunday asarlarning aruzning rajaz vaznida yozganligi jihatidan ularni urjuzalar deb atagan. Abu Ali ibn Sino tabobatga oid 8 ta doston yozgan va ular quyidagilar: Sog'liqni saqlash-gigiena haqida urjuza, yilning to rt fasllari haqida urjuza, anatomiya haqida urjuza, Gippokrat vasiyatlari haqida urjuza, tajribadan o'tgan amaliyotlar haqida urjuza, tibbiy nasihatlar haqida urjuza, aloqa haqida urjuza, tabobat haqida urjuza.

"Tibbiy doston" urjuzalarning eng kattasi va mashhuridir."Tibbiy doston"ning amaliy qismining ikkinchisi kasallarga dori va ovqat berib dardni tuzatish haqida dorilar tarkibiy qismi haqida, og'riqni to'xtadigan dorilar haqida, dorilarning ishlatilishi haqida, yomon a'zolarning davolash va ularning belgilari haqida alohida alohida to'xtalib o'tib o'z taklif-maslahatlarini bayon etgan.

Yangi dori vositalarini tibbiyot amaliyotida davolash uchun ishlatiladigan ular ma'lum bor miqdorda ya'ni dozada olinadi. Chunki dori vositalarining tasiri foyda berishi har tomonlama ularning dozasiga bog'liq. Yuqoridagilardan shuni aytish mumkinki, yani har qanday dori-darmonlani tayyorlashda ma lum qoidalarga, ayniqsa gigiyenik tozalikka, dorilarning tayyorlash texnologiyasiga, qo'shilayotgan mahsulotlarning miqdoriga tayyor xolga keltirilgan mahsulotni qo'llash uchun ma'lum miqdor ya'ni dozalarga bo'lish ko'rsatib o'tilgan. Chunki dori vositasini dozasiga e'tiborsizlik bilan qabul

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

382

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

Volume 3 j TMA Conference j 2G22 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan ^^^^^^^^^^araqqiyotidagi^o'rn^

qilish o^anizmda turii noxush va nojuya o^gans^^ yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Shu bilan búga buyuk tabib dorilaming ishlatilishi yani o^anizmga yuborish yo'llari haqida ham qilgan.

Buyuk alloma dorilaming qo'llanish shakl^ tariflangan bo'lib, hoziïda zamonaviy tibbiyotda qo'llanilayotgan usullar ya'ni qattiq shakldagi (tabletkalaг,kukunlaг,dгajelaг), suyuqliklaг (eгitmalaг nastoykala^ damlamalaг, qaynatmalaг) ko'гsatish, shu bilan biïga doгilaгni oгganizmga igna o^ali yuboгish usullaгi biг necha asr avval ham qo'llanilgan va ulami qo'llash to'g'гisidagi п^кг bildiгilgan. Shu bilan biïga doгi vositalaгini o^anizmga yuboгish yo'llaгi, so^ilishi, tanada ta^alishi yig'ilishi qondagi miqdoгi ma'lum ahamiyatga ega. Shundagina dori vositasi tana to'qimasi bilan o'zaro bog'lanib o'z tasirini ko'reatadi. Doгilaгning bu task samaгasi ko'p tomondan ularning o^anizmga yuboгish yo'llaгiga bo'liq. Shunday dori^ boгki og'iz oгqali qabul qilinsa hech qanday tasiг ko'гstmaydi, boshqa yo'l bilan (inyeksiya) yuborilsa ijobiy task ko'гsatadi. Shunday holatlaг bo'lishi mumkinki biг doгi vositasi turii yo'l^ bilan yuboгilganda oгganizmga turiicha tasiг ko'гsatadi. Shuning uchun har biг doгi vositasini oгganizmga yuborilganda ijobiy tasiгi namoyon bo'ladigan yo'lni to'g'ri tanlash lozim. Ibn Sino dorilarni o^anizmga kiгitish yo'llaгi, og'iz, o^a (anal) teshikdan, buгun yoki peshob yo'llaridan kiгitish haqida ma'lumotlaT nazm ko'гinishida beгgan. Ayniqsa og'iz o^ali yuboгishning imkoniyati bo'lmaganda hoziïda to'g'гi ichak oгqali yuboгish ham mumkin va foydali hisoblanganligi haqida xakim davrida bilgan, qo'llagan va o'z asariarida yozgan. Hoziгda turii texnogen omillariaming ayniqsa, konseгogen omillaming inson oгganizmga salbiy tasiг ko'payib borayotgan davгda saгaton kasalligini bilan kasallanish xolati ham o'sib borayapti, malumotlaгga qaгaganda dunyoda ayniqsa kasalliklar ichida saгaton kasalligi bilan kasallanish o'sib boimoqda. Jahon Sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlaгiga ko'гa kelgusi 1012 yil ichida dunyo saraton kasalligi bilan to'qnash kelishi mumkin. Chunki dunyo aholisi o'гtasida semizlik, spiгtli ichimliklami ko'p istemol qilish va sigareta chekish ko'payib bornoqda bu esa ushbu kasallikni paydo bo'lishisa zamin yaratmoqda. Yuqoгidagi tashkilotning bashoгat qilishi bo'yicha 2025 yilga borib 19 mln, 2030 yilda 22 mln, 2035 yilga borib esa 24 mlnga yetishi mumkin. Sha^ tabobatida saraton kasalligi tushunchasi bo'lgan va Ibn Sino ham shu kasalga davo topishga ha^at qilgan. "Tibbiy doston" da buyuk xakim yomon azoni davolash va uning belgilari haqida to'xtatib o'tgan.

Yuqoгidagi keltiгilgan ma'lumotlaгdan shuni xulosa qilishimiz mumkin buyuk alloma Abu Ali ibn Sino bemoriami

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

383

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

taraqqiyotidagi o'rni

'.qqtyottüa^

davolashda turli xil dori darmonlardan, dorilarning organizmga kiritish usullaridan foydalanilgan. Abu Ali ibn Sinoning fikrlari hozirda ham zamonaviy tibbiyotda foydalanilmoqda, ayniqsa xalq tabobatida muhim roli o'ynamoqda. Shu bilan birga bo'lajak shifokorlara va dorishunoslar uchun o'quv qollanma sifatida ham o'z ahamiyatiga egadir.

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferena

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.