Научная статья на тему 'ABU RAYHON BERUNIYNING TIBBIYOTGA QO’SHGAN HISSASI'

ABU RAYHON BERUNIYNING TIBBIYOTGA QO’SHGAN HISSASI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

424
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABU RAYHON BERUNIYNING TIBBIYOTGA QO’SHGAN HISSASI»

Tashkent Medical Academy Volume 3 | TMA Conference | 2022

The significance of the scientific, cultural Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in merosining ahamiyati va uning fan

ABU RAYHON BERUNIYNING TIBBIYOTGA QO'SHGAN HISSASI

D. Ya Alikulova, B. X. Abdullayyeva

Toshkent tibbiyot akademiyasi

Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al Beruniy (9731048 y.) bizga qoldirgan noyob asarlari bilan ming yil o'tsa ham jahon ilm ahliga benazir hissasini qo'shib kelmoqda. Alloma o'z davridagi barcha ilmlarni egallagan olimdir.

Olimning "Xronologiya", "Hindiston", "Geodeziya", "Mineralogiya" va "Mas'ud qonunlari" kabi asarlari nisbatan to'liq o'rganilgan. Biroq Beruniyning so'nggi asari bo'lmish "Kitab as-saydana fi - t - tibb" ("Tibbiyotda farmokognoziya kitobi") asari hozirgacha etarli o'rganilgan emas. Uning yagona asl nusxasi 1927 yilda Turkiyaning Bursa shahridagi kutubxonada saqlanmoqda. Asarning fors tiliga tarjima qilingan nusxasi 1899 yilda Hindistonning Lakxnau shahrida topilgan, lekin u hozirda Britaniya muzeyida saqlanadi. "Saydana"ni rus tiliga olim Ubaydulla Karimov tarjima qilgan. Asar "Fan" nashriyotida 1973 yilda nashr etilgan "Beruniy" tanlangan asarlarining IV jildini tashkil etadi.

"Saydana" farmokognozik asar bo'lib, tibbiyotning asosiy quroli bo'lgan dori-darmon tayyorlash vositalari haqidagi ma'lumotlar yig'indisidir. Farmakognoziya grekcha "dori" va "bilim" ma'nolarini anglatib, u nabotot, hayvonot va ma'danlardan olinadigan dorivor vositalar haqidagi ilmiy fan hisoblanadi. "Saydana" o'sha vaqtlari mavjud bo'lgan dorishunoslik tarixi bo'yicha yozilgan eng qimmatbaho manbadir. Olimning bu asari Ibn Sinoning "Tib qonunlari"dan ancha farq qiladi. Ibn Sino dorivor vositalarning tarkibini, xususiyatlarini hamda kasalliklarga ta'sirini, dorivor vositalardan malham, ichimlik, dori vositasini tayyorlash yo'llarini aniq yozgan.

Beruniy esa o'z asarida ana shunday dorivor vositalarning turli tillardagi muqobillari, hatto ayrim shevalardagi nomlarini ham keltirib o'tgan. CHunki, o'sha vaqtlarda bir dorining turli nomlari bo'lgan va (yoki) bitta atama turli dorilarni anglatishi ham mumkin edi. Bu haqda Beruniy shunday bir hikoyani misol keltiradi: "Dorilarning turli tillardagi nomlarini aniq bilish juda foydalidir. Esimda, xorazmlik bir amir kasal bo'lib qolganida uning davosi uchun Nishopurdan dorinoma jo'natadilar. Lekin dorishunoslar, hakimlar dori tarkibining bir qismini hech topa olmaydilar. Nihoyat, bir odamda borligini eshitib, dorivorning o'n besh dirhamini besh yuz dirham toza kumushga sotib olishadi. Harid qilingan modda gulsafsar ildizi ekan. Tabiblarning jahli

December 16

https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

taraqqiyotidagi o'rni

'qqtyonmg

chiqib, sotuvchiga ta'na qilishadi. SHunda u: "Sizlar dorivoming nomini bilmadingiz, lekin aslida shuni so'radmgiz" deb javob beradi. Beruniy goho muammolar keltiradigan bu kabi chalkashliklarni bartaraf etish maqsadida o'z asarida nabotot, hayvonot, ma'dan va ulardan olinadigan taxminan 4500 ta dorivor vosita haqida ma'lumot berib, ularning arabcha, suryoniy, so'g'diycha, forscha, xorazmcha, turkcha va boshqa tillardagi nomlarini keltirish bilan birga, o'sha davr dorishunoslik atamashunosligiga katta hissa qo'shgan.

Olim goh u atamaga, goh bu atamaga izoh berish jarayonida tibbiyotga dahldor ko'plab ma'lumotlarni berib o'tgan. Muallif 2000 yillik davrda yashab o'tgan 250 nafar tabiblar-u, hakimlar va dorishunos olimlar, tabiatshunoslar asarlaridan foydalangan. O'rni kelganda, maqollar, she'riy parchalardan ham misollar keltirib, atamalarning ma'no qirralarini yoritgan.

Dorivor moddalarni izohlar ekan, ularning shifobaxshlik xususiyatlarini ham ochib berishga intilgan: "Havorang gulli ayiqtovon o'simligi bavosilga davo bo'ladi, qizil gullilari esa bavosilni kuchaytiradi... Bo'tako'zning damlamasi yara-chaqalarga malham bo'ladi. Lekin hakimlar bo'tako'zning mijozini sovuq va ho'lga tenglashtirishadi. U holda yaralarga malham emas, tinchlantiradigan vositadir. Qubiyun toshi o'tkir ta'mli hidga ega bo'lib, u yiringni tortib oladi". Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al Beruniy va undan oldingi davr tibbiy atamalari shu dorivor olinadigan mahsulot nomiga, kasallik nomiga va dorining xususiyatlariga nisbatan ifodalangan.

Xulosa qilib aytganda, o'tmishdagi tabiblarimizning bunday xizmatlari tabobatga oid fanning xalqchilligini va amaliyotda qo'llanishining qulayligini ta'minlaydi. "Saydana"da bu atamalarning bir necha tillardagi atamalari va sinonimlarining berilishi allomaning tabobat ilmi borasidagi beqiyos ilimiy ishlarini umumjahon ahamiyatiga oid qilganligini yaqqol isbotidir. Bu esa ulug' alloma Abu Rayhon Beruniyning buyuk tarixiy xizmatini belgilaydi va yurtdoshlarimizda iftixor tuyg'usini uyg'otadi.

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferenc«

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.