Научная статья на тему 'ABDUQODIR SHAKURIY MA’NAVIY MEROSINING BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDAGI AHAMIYATI'

ABDUQODIR SHAKURIY MA’NAVIY MEROSINING BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Turkiston jadidlari / inson tarbiyasi / ma‟naviy barkamollik / pedagogik meros / tarbiya asoslari / johillik va diniy mutaasiblik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilrabo Isroil Qizi Ashurova

Ushbu maqolada jadidchilik harakatining yorqin vakili Abduqodir Shakuriyning boy ma‟naviy merosi,uning hozirgi kundagi dolzarbligi,yosh avlodni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi o„rni haqida so„z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABDUQODIR SHAKURIY MA’NAVIY MEROSINING BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDAGI AHAMIYATI»

ABDUQODIR SHAKURIY MA'NAVIY MEROSINING BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDAGI AHAMIYATI

Dilrabo Isroil qizi Ashurova

TerDU doktoranti

Annotatsiya: Ushbu maqolada jadidchilik harakatining yorqin vakili Abduqodir Shakuriyning boy ma'naviy merosi,uning hozirgi kundagi dolzarbligi,yosh avlodni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi o'rni haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Turkiston jadidlari, inson tarbiyasi,ma'naviy barkamollik, pedagogik meros,tarbiya asoslari,johillik va diniy mutaasiblik.

Abstract: This article talks about the rich spiritual heritage of Abdukhadir Shakuri, a bright representative of the Jadid movement, his relevance today, and his role in educating the young generation in the spirit of patriotism.

Keywords: Turkestan modernity, human education, spiritual perfection, pedagogical heritage, foundations of education, ignorance and religious bigotry.

Аннотация: В данной статье говорится о богатом духовном наследии Абдугадира Шакури, ярком представителе джадидского движения, его актуальности сегодня и его роли в воспитании молодого поколения в духе патриотизма.

Ключевые слова: Туркестанская современность, образование человека, духовное совершенство, педагогическое наследие, основы образования, невежество и религиозное фанатизм

O'zbekistonda jamiyatni tubdan yangi asosda qurish va uni har tomonlama rivojlantirish xalqning dunyoqarashi, ma'naviyati bilan bevosita bog'liqdir. Mamlakat mustaqilligi, taraqqiyoti, xalqning baxt-saodati, iymon-e'tiqodi, Vatan, erk tuyg'usi muayyan tarzda jamiyatdagi ma'naviy muhit darajasi bilan belgilanadi. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov "Yuksak ma'naviyat-yenglilmas kuch" asarida ma'naviyat jamiyat barqaror rivojlanishining muhim sharti va kafolati ekanligini ta'kidlab, shunday deb yozadi: "Jahon xalqlari tajribasi, ularning bosib o'tgan murakkab rivojlanish yo'llari,bu boradagi saboq va xulosalar shundan dalolat beradiki, qayerda davlat va jamiyat taraqqiy topsa, xalqning tinch-osoyishta hayot kechirishi, o'z oldiga ezgu va buyuk maqsadlar qo'yib yashashi

310

uchun yetarli shart sharoitlar yaratilgan bo'lsa,o'sha yerda erkin fikrlash muhiti va shu asosda ma'naviy yuksalish uchun yangi imkoniyatlar tug'iladi"

Turkiston jadidlari har bir jamiyatda komil insonni voyaga yetkazish ma'naviy muhit bilan bog'liq, degan fikrga keldilar. Jadidlar zamona kishisi qanday bo'lmog'i lozim? Mamlakatni zulm va istibdoddan xalos etuvchi kuchga qodir bo'lgan kishi qanday sifatlarga ega bo'lishi kerak? degan savollarni qo'yib, ularga javob izlashga intildilar. Mamlakat istiqloli va istiqbolini o'ylagan jadidlar zamon kishisining ma'naviy qiyofasini belgilashda bir- biriga uzviy bog'liq ikki manbaga tayandilar.

Jadidlar o'sha davr sharoitida inson tarbiyasining sof milliy zamin doirasida qolishi millatning ravnaqini cheklab qo'yishi mumkinligini yaxshi tushunib, Yevropa falsafasi va adabiyoti talqinidagi inson konsepsiyasiga murojaat etdilar va bu nazariyalar jadidlar dunyoqarashining shakillanishiga ta'sir o'tkaza boshladi.

Samarqand jadidlarining ijodidagi ma'rifatparvarlik g'oyalari ham bevosita komil insonni shakllantirishga yo'naltirilgan. Chunki jadidlar jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy asoslarini tubdan qayta kurish uchun, albatta, shu zamon mezonlariga javob bera oladigan komil insonla r zarurligini e'tirof etdilar.

Shakuriy yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish jarayonida, urf-odat va an'analarni himoya qilish bahonasida milliy biqiqlik va cheklanishlarga berilmaslik kerakligini ta'kidlab, yoshlarning davr mezonlari asosida kiyinishi, hayot yangiliklariga intilishini ta'qiqlamaslik, balki qo'llab-quvvatlash lozim, deb hisobladi. "Agar bu juz'iy tashabbuhlar ila-da kishi kofir bo'laversa, bas, yer yuzida bir nafar ham musulmon qolmasligi lozim kelur...". [2]

Bundan ayon bo'lmoqdakim, Shakuriy har bir juz'iy narsa haqida bahs yuritib, xalqni kofiru musulmonga ajratib tashlash yoshlarning ma'naviy dunyosiga va barkamol shaxslar bo'lib voyaga yetishiga salbiy ta'sir ko'rsatishini ta'kidlaydi. Bu o'rinda Mahmudxo'ja Shakuriyning islom dini asoslarini yaxshi bilganligi, ayniqsa, o'z qarashlarida hanafiylik mazhabi tarafdori bo'lganligini ta'kidlash zarur. Shakuriy o'zi yashagan davr ibtidosi nuqtai nazaridan real fikr yuritadi. Shakuriy ma'naviy merosi haqida gap ketganda, uning hozirgi davrda ham o'z ahamiyatini saqlab qolayotgani, hatto juda dolzarb ahamiyat kasb etib borayotganini qayd qilish zarur.

Muallim Shakuriy ijtimoiy foydali mehnatning jamiyat taraqqiyoti va yosh avlodni ma'naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashdagi hal qiluvchi rolini ta'kidlaydi. Faqatgina mehnat orqaligina jamiyatni gullab-yashnatish, inson ma'naviy dunyosini boyitish, oilaning osoyishtaligi, tinch-totuvligini ta'minlash mumkin. Inson o'z halol mehnati orqaligina atrofdagilar orasida obro'-e'tibor, hurmat- izzatga sazovor bo'lishi mumkin. Mehnatning samarali va maqsadli bo'lishi uchun, albatta, biror-bir hunarni egallash lozim bo'ladi. Shakuriy mehnat inson ma'naviy-axloqiy barkamolligining

311

muhim sharti, degan xulosaga keldi. Shuningdek, Shakuriyning do'st oldidagi ma'naviy mas'uliyat, hissiyotni shakllantirishda ta'lim va tarbiyaning muhim ahamiyatga molikligi to'g'risidagi fikrlari, mustaqillik davrida ham axloqiy barkamol avlodni shakllantirishda o'z ahamiyatini yo'qotgan emas.

Shakuriy yoshlarni zamon kishisi bo'lish uchun g'ayrat qilishga undaydi, yoshlikdan boshlab bilimni egallash, kelgusida insonning jamiyatda munosib o'rin egallashiga imkoniyat yaratadi, bilimni egallash o'quvchilarni hozirgi zamon madaniyati bilan tanishtirishda tarbiyaviy ahamiyatga egadir, deb qayd qiladi.

Demak, Shakuriy nuqtai nazaricha, inson ma'naviy barkamolligining asosiy shartlaridan biri ijtimoiy foydali mehnat bilan shug'ullanish, hunarni egallash, do'stlikning qadriga yetish, axloqiy fazilatlarni shakllantir ishga intilishdan iboratdir.

Abduqodir Shakuriyning ma'rifatparvarlik g'oyalari ham kelajak jamiyati rivojlanishining tub manfaatlari bilan bog'liqdir. Uning asarlari, maqolalari o'quvchi -yoshlar tarbiyasi, mutaxassislarni tayyorlash, ta'lim va tarbiya jarayoni uzviyligi masalalariga qaratilgan. Abduqodir Shakuriyning tarbiya to'g'risidagi fikrlari O'zbekiston ijtimoiy-falsafiy tafakkuri tarixida muhim ahamiyatga egadir. Gaspralining ma'rifatparvarlik g'oyalariga ergashgan Abduqodir Shakuriyni ma'rifatning jamiyat shakllanishi va rivojlanishidagi rolini yuksak baholadi. U aholi o'rtasida ma'rifat tarqatish yo'li bilan millatni sivilizatsiyaga olib chiqish mumkin, deb hisoblaydi. Shuning uchun o'qituvchi va muharrirni millatning ikki qo'li deb biladi. Abduqodir Shakuriy johillik va diniy mutaassiblikni tanqid qiladi. Uning davlat va din o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solish, vijdon erkinligi to'g'risidagi fikrlari katta ahamiyatga egadir. Ma'rifatparvar o'z asarlarda xalqning ahvolini vatanparvarlar va fuqarolarni tarbiyalash orqali o'zgartirish mumkin, g'oya mujassamdir. Ta'lim va tarbiya shaxs rivojlanishi hamda ijtimoiy taraqqiyotning tezlashuvida hal qiluvchi rol o'ynaydi, deb hisoblaydi. Vatanparvarlik uning ko'p qirrali faoliyatining xarakterli xususiyatidir.

Abduqodir Shakuriyning haqiqiy vatanparvarligini quyidagilarda ko'rish mumkin: birinchidan, u Turkiston xalqlarining kuch-qudrati va qobiliyatiga ishondi; ikkinchidan, shu davrdagi ijtimoiy va davlat tizimiga tanqidiy nuqtai nazardan qaradi; uchinchidan, o'zining ko'pqirrali ma'rifatparvarlik, pedagogik va adabiy faoliyati bilan maorifning rivojlanishi va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashda katta hissa qo'shdi. Shunday qilib, uning ma'rifatparvarlik va pedagogik merosi vatanparvarlik g'oyalari bilan sug'orilgandir.

Abduqodir Shakuriyning fikricha, o'z Vataniga xo'jayin bo'lmagan, o'z mehnatining rohatini ko'rmagan va uning boyliklaridan bahramand bo'la olmagan xalq shu Vatanda o'zini begona deb his qiladi.

312

Abduqodir Shakuriy tarbiyada tartib-intizom zarurligini inkor qilmadi. Ammo u tarbiyada ongli va ixtiyoriy bo'ysunish tamoyilini yoqlab chiqdi. Tartib-intizom hurmat va izzatga asoslanishi kerak. Ishonch, e'tiqod tarbiyaning eng muhim uslublaridan biri bo'lib, u xulq-atvor qoidalarini ishlab chiqishda eng yaxshi natijalarga erishish imkoniyatini yaratadi.

Xullas, Abduqodir Shakuriy millatparvarlik, vatanparvarlik va insonparvarlik g'oyalari mustaqillik va istiqlol ruhiga hamohangdir.

FOYDALANILGAN ADABOYOTLAR

1. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch.T.: "Ma'naviyat" , 1998. 28-29-betlar.

2. AxpopoBa, 3. E. (2023). MA^MY^XY^A EE^EY^HHHHHr MÄLHÄBHHAX^OKHH TÄPEH^rA OHß KÄPAm^ÄPH. Academic research in educational sciences, 5(NUU Conference 2), 201-206.

3. Haydarova, H. (2020). Development of virtual pedagogical culture of parents as an urgent problem. InterConf.

4. Hamrokulova, S. (2022). Pedagogical-programm implementation of the development of environmental education in higher class pupils of secondary schools. Central Asian Journal of Education and Computer Sciences (CAJECS), 1(4), 52-56.

5. XaMpoKy^OBa, ffl. 3., & TyramoB, F. P. (2022). ÄE^YPÄYO OHTPAT ACAP^APH^A H^THMOHH TAPEHfl MACA^AHAPHHHHr EPHTRHHmH. ZAMONAVIY TARAQQIYOTDA ILM-FAN VA MADANIYATNING O 'RNI, 2(24), 123-126.

313

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.