Научная статья на тему '6-7 YOSHDAGI BOLALARNING TADQIQIY-TAJRIBA FAOLIYATI ORQALI FIKLASH FAOLIGINI TAKOMILLASHTIRISH'

6-7 YOSHDAGI BOLALARNING TADQIQIY-TAJRIBA FAOLIYATI ORQALI FIKLASH FAOLIGINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
xavfsiz tajriba / fikr / mantiqiy va tanqidiy tafakkur / tadqiqot

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Igamberdiyeva Aziza Abdurashitovna

Mazkur tezisning mazmunida 6-7 yoshdagi bolalarning tadqiqiy-tajriba faoliyati mazmuni hamda xavfsiz qiziqarli tajribalar orqali makatabgacha yosh bolalarning fikrlash faolligini takomillashtirish yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «6-7 YOSHDAGI BOLALARNING TADQIQIY-TAJRIBA FAOLIYATI ORQALI FIKLASH FAOLIGINI TAKOMILLASHTIRISH»

6-7 YOSHDAGI BOLALARNING TADQIQIY-TAJRIBA FAOLIYATI ORQALI FIKLASH FAOLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Igamberdiyeva Aziza Abdurashitovna

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti 13.00.08 "Maktabgacha ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi" ixtisosligi

3-kurs tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11293796

Annotatsiya. Mazkur tezisning mazmunida 6-7 yoshdagi bolalarning tadqiqiy-tajriba faoliyati mazmuni hamda xavfsiz qiziqarli tajribalar orqali makatabgacha yosh bolalarning fikrlash faolligini takomillashtirish yoritilgan.

Kalit so'zlar: xavfsiz tajriba, fikr, mantiqiy va tanqidiy tafakkur, tadqiqot.

Аннотация. В содержании данной тезисы выделено содержание исследовательско-экспериментальной деятельности детей 6-7 лет и совершенствование мыслительной деятельности дошкольников посредством безопасных и интересных экспериментов.

Ключевые слова: безопасный опыт, мнение, логическое и критическое мышление, исследования.

Abstract. The content of this thesis highlights the content of research and experimental activities of children aged 6-7 years and the improvement of the mental activity of preschoolers through safe and interesting experiments.

Keywords: safe experience, opinion, logical and critical thinking, research.

Kirish mamlakatimizda maktabgacha ta'lim tizimiga bo'lgan e'tibor dolzarb siyosiy darajada qaralmoqda. Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'lim va tarbiya jarayonlarini sifatli tashkil etish yuzasidan bir qator huqiqiy-me'yoriy hujjatlami ishlab chiqilganligi amalyotga tadbiq etilyotganligi soha vakillaridan metodik va didaktik ta'minotni takomillashtirishga, pedagoglarning kasbiy va shxsiy kompetensiyasini oshirishga hamda ta'lim jarayoniga innovatsion, ilg'or tajribalarni qo'lash vazifalarini qo'yadi. Bu borada bir qancha huquqiy-me'yoriy hujjatlarni keldirishimiz mumkin. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida" gi O'RQ 595-sonli qonuni, O'zbekiston Respublikasining 2019-yil, 8-maydagi "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi" va boshqa bir qator asoslarni keltirishimiz mumkin.

Tadqiqot faoliyati deganda tadqiqot muammolarini hal qilish, qidiruv faoliyati jarayonida biror narsaga bo'lgan ehtiyojni qondirish qobiliyatiga qaratilgan jarayon yoki faoliyat tushuniladi. Maktabgacha 6-7 yoshdagi bolalarning tadqiqot faoliyati quydagi bosqichlarda amalga oshiriladi.

-tadqiqot chegaralarini belgilash (sohalari, muammolari, mavzulari);

-gipotezalarni shakllantirish;

-tadqiqot usullarini aniqlash;

- qabul qilingan materiallarni to'plash, hisobga olish va qayta ishlash;

- olingan natijalarni tahlil qilish;

- tatqiqotga tayyorgarlik ko'rish va himoya qilish;

-reflektsiya, tadqiqot natijalarini umumlashtirish va xulosa chiqarishdir.

Maktabgacha 6-7 yoshdagi bolalarda fikrlash, tasavvur, xotira va nutq faol rivojlanadi, shuning uchun bu davr tadqiqiy-tajriba malakalarini rivojlantirish uchun eng qulay hisoblanadi. Shuningdek, bolalarda tadqiqiy-tajriba faoliyati orqali fikrlash faolligini oshirishda mavsumiylik, individual imkoniyatlar, bolalarning qiziqishlari va ehtiyojlari kabi omillarni hisobga olish muhimdir. Hamda mustaqil ravishda kuzatishlar, tajribalar o'tkazish va natijalarni qayd etish imkonini beradigan rivojlantiruvchi muhit ham yaratilishi kerak. Tadqiqot jarayonida qo'llaniladigan pedagogik texnologiyalardan AKT loyihalash, modellashtirish va boshqa texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Tadqiqiy-tajriba faoliyatida "Suqrotcha suhbat", ko'rgazmali, amaliy va bosh metodlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Maktabgacha 6-7 yoshdagi bolalar mustaqil tadqiqot olib borishni boshlashlari uchun xavfsiz, qiziqarli va tushunarli bo'lgan tajribalar bilan tanishtirish, ilgari qilingan kashfiyotlarning afzalliklari haqida gapirish, tugallangan ish misolida tadqiqot bosqichlarini taqdim etish, yoki birgalikda o'rganishni tashkil qilish maqsadga muvofiq. Shuningdek, bolalarda tadqiqot malakalarini rivojlantirishning eng yaxshi usuli - kattalar bolalarning tadqiqot faoliyatiga bo'lgan qiziqishini qo'llab-quvvatlasa, bola ma'lumot izlashi, gipotezalarni amalda sinab ko'rishi va olingan natijalarni baham ko'rishi mumkin bo'lgan sharoitlarni yaratsagina sodir bo'ladi. Agar yosh tadqiqotchilar qo'llab-quvvatlanmasa va ularning faoliyatiga qiziqish ko'rmasa, vaqt o'tishi bilan ko'pchilik bolalarda unga bo'lgan qiziqish yo'qoladi. Tajriba faoliyati jarayonida 6-7 yoshdagi bolalarni fikrlash faolligini oshirishda mustaqil amaliy vazifalarni qo'llash maqsadga muvofiq. Faoliyat jarayonida bolalar tadqiqot obyekti borasida mantiqiy fikr yuritib, umumlashtirilgan ma'lumotlarini tengdoshlari va kattalar bilan o'zaro muhokama qilishadi. Natijada bolalarda kommunikativ, ijtimoiy, shaxsiy ("Men" konsepsiyasini qurish), bilish tayanch kompetensiyalari shakllanadi va rivojlanadi.

Maktabgacha 6-7 yosh bolalarda tadqiqiy-tajriba faoliyati orqali fikrlash faolligini oshirishda avvallo kuzatuv, tahlil qilish, ma'lumotlarni umumlashtirish bilan bir qatorda ijodkorlik va tashabbuskorlikni ham shakllantirish maqsadga muvofiq. O'z fikrlarini erkin, mustaqil bayon etishda kommunikativ erkinlik, do'stona muhitni rivojlantirish muhimdir. Negaki bolaning fikrlash faolligi uning tadqiqiy-tajriba jarayonda amaliy imkoniyatlarni kengaytiradi.

Xulosa bolalar tadqiqotchiligi fikrlashni, mantiqni rivojlantirishga yordam beradi va tabiatdagi jonli va jonsiz narsalar o'rtasidagi bog'liqlikni aniq ko'rsatishga imkon beradi. Tadqiqiy-tajriba faoliyatini maqsadli, mazmunli tashkil etish va olib borish maktabgacha 6-7yosh bolalarda fikrlash faolligini rivojlantiradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida" gi O'RQ 595-sonli qonuni.

2. O'zbekiston Respublikasining 2019-yil, 8-maydagi "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi".

3. Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi takomillashtirilgan nashri.T.2022y.

4. Valiyeva F.R. Uzluksiz ta'limning konseptual xususiyatlari //Sirdaryo viloyati xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish xududdiy markazi. Uzluksiz ta'lim bosqichlari o'rtasidagi uzviylikni ta'minlash: muammo va yechimlar respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. 2019-yil

5. Kalmuratov T.N. Algorithm for education quality management in non-state school educational organizations on the basis of public-private partnership. «Science and innovation» xalqaro ilmiy jurnaliVolume 2 Issue

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.