Научная статья на тему 'TADQIQIY-TAJRIBA FAOLIYATINI MAKTABGACHA YOSH DAVRDA RIVOJLANTIRISHNING IJOBIY AHAMIYATI'

TADQIQIY-TAJRIBA FAOLIYATINI MAKTABGACHA YOSH DAVRDA RIVOJLANTIRISHNING IJOBIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TADQIQIY-TAJRIBA FAOLIYATINI MAKTABGACHA YOSH DAVRDA RIVOJLANTIRISHNING IJOBIY AHAMIYATI»

TADQIQIY-TAJRIBA FAOLIYATINI MAKTABGACHA YOSH DAVRDA RIVOJLANTIRISHNING IJOBIY AHAMIYATI Igamberdiyeva Aziza Abdurashitovna akbarabroraziza@gmail. com.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxasisilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, 13-00-08 maktabgacha ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

ixtisosligi 3-bosqich tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10849534

Annotasiya: Mazkur tezisda tadqiqiy-tajriba faoliyati maktabgacha yosh davrdanoq joriy etilishi. Bolalarning atrof-olam, tabiat hodisalariga bo'lgan qiziqishlarini, savollarini befarq qoldirmaslik, va mazkur jumboqlarga qiziqarli, xavfsiz tajribalar orqali javob berishning ijobiy tahlili yoritilgan.

Kalit so'zlar: Maktabgacha yosh davr, taffakur, idrok, ekologiya, atrof-olam, tajriba, tadqiqot, erkin va mantiqiy fikrlash.

Mamlakatimizda ilm fan rivoji, ta'lim tizimi xususan, maktabgacha ta'lim tizimining rivojlanishi, maktabgacha yosh bolalarning ta'lim va tarbiya jarayoni tashkil etishda sifatli ta'limga e'tibor davlat siyosati darajasida qaralmoqda. Bu borada bir qancha me'yoriy huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi. Bulardan: O'zbekiston Respublikasining 23.09.2020 yildagi "Ta'lim to'g'risida" gi O'RQ 637-sonli Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 16 dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida" gi O'RQ 595-sonli Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4312-son Qarori, O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligining 2018 yil 3 iyuldagi " Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yilgan Davlat talablari to'g'risida"gi 3032-sonli buyrug'i, "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturining takomillashtirilgan ikkinchi nashri va boshqa bir qator me'yoriy huquqiy hujjatlar asos bo'ladi.

Ma'lumki bolalaik davr savollarga, qiziqishlarga, anglashga bo'lgan ehtiyojga to'la davrdir. Mazkur yoshda bolalarning atrof-olamda sodir bo'layotgan hodisalar, jonli va jonsiz tabiatga bo'lgan qiziqishlari yuqori darajada bo'ladi. Shuni inobatga olgan holda biz kattalar, pedagoglar, ota-onalar bolaning har bir savoliga befarq bo'lmaslik, ularga qiziqarli va xavfsiz tadqiqiy-tajriba faoliyatlari orqali javob berish maqsadga muvofiqdir. Maktabgavha yosh bolalarning "Tadqiqiy bilish va samarali efleksiv faoliyat" larini "Fan va tabiat" rivojlanish markazi hamda ta'lim tarbiya jarayoni orqali amalga oshiriladi. Bolalarda tadqiqotchilik- bu qiziqish, erkin va maqsadli kuzatuv, tadqiq etish, tahlil qilish, erkin va mantiqiy fikrlash jarayonlarini o'z ichiga oladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ta'lim va tarbiya jarayoniga xavfsiz, qiziqarli tajribalarni qo'llash esa bolalarda tadqiqotchilik malakalarini shakillantiradi, rivojlantiradi.

Tajribalar-bolalarning eng yaxshi ko'rgan va qiziqqan faoliyat turlaridan biri bo'lib, bu jarayonda suhbatlar, kuzatuvlar, chambarchas bo'lgan holda tafakkurning tahlil qilish, umumlashtirib xulosa chiqarish, taqqoslashkabi jarayonlarni rivojlantirishga yordam beradi. Tajriba-sinov o'tkazishni bolalar juda yaxshi ko'rishadi. Chunki, bolalarga ko'rgazmali-obrazli tafakkur xos hisoblanadi, shuning uchun tajriba-sinovlar boshqa metodlarga qaraganda aynan maktabgacha yoshdagi bolalarning shu yosh xususiyatlariga muvofiqdir. Maktabgacha yoshda tajriba-sinovlar yetakchi faoliyat bo'lib, bir yoshdan uch yoshgacha-dunyoni o'rganishning deyarli yagona usuli hisoblanadi.

Tadqiqiy-tajriba faoliyatini maktabgacha yosh davrda qo'llashning asosiy maqsadi -bolalarda tadqiqiy-tajriba faoliyati orqali bilish jarayonlarini rivojlantirish. Tadqiqiy-tajriba faoliyati jarayonida faoliyat mavzusi doirasida muammoliy vaziyatni yuzaga keltirish orqali erkin va mantiqiy tafakkur etish va maktabga sifatli tayyorlashdan iborat.

Vazifalar:

• maktabgacha ta'lim tashkilotlarida davlat o'quv dasturiga asoslangan holda bolaning yosh kesimini, intellektual anglash dinamikasini, jismoniy, ruhiy holatlarini inobatga olgan holda xavfsiz, sodda va qiziqarli tajriba faoliyatlarini tashkil etish;

• maktabgacha yosh bolalarni atrof-olamdagi obyektlarning turli xil xususiyatlari haqida ma'lumot berish (qattiqlik, yumshoqlik, yopishqoqlik, oquvchanlik...);

• tabiat, atrof-olam hodisalariga nisbatan adolatli, e'tiborli va oqilona yondashish;

• xavfsizlik qoidalariga rioya qilish ko'nikmalarini shakillantirish va rivojlantirish;

• tadqiqiy-tajriba faoliyati asosida bolalarni iqtidorlarini aniqlash, qiziqishlarini rivojlantirish, tashabbuslarini qo'llab quvatlash;

• maktabgacha yosh bolalarda ekologik madaniyatni shakillantirish.

Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan mustaqil tadqiqiy-tajriba faoliyatini tashkil qilishda quyidagilar muhim ahamiyat kasb etadi:

• Tadqiqiy-tajriba faoliyatini olib borishda yosh kesimining muhimligini anglash va unga ko'ra tajriba faoliyatining murakkablik darajasini belgilash;

• Maktabgacha yoshdagi bolalani har bir tajriba faoliyati jarayonidan oldin xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish;

• Bolalarga tajriba algoritimini izohlash va boshqalar.

Maktabgacha yoshdagi (6-7yosh) bolaning tayanch kompetensiyalari

• kommunikativ;

• ijtimoiy;

• shaxsiy ("men" kontsepsiyasini qurish);

• bilish.

Bilish kompetensiyasi bilim olish, o'qish va o'rganish; mustaqil ravishda izlanish, tahlil qilish va atrof-olamni tushunish uchun kerakli ma'lumotlarni tanlash qobiliyatini o'z ichiga oladi.

Kichik laboratoriya tashkil etishda quyidagi tamoyillar hisobga olinadi:

• bolalar hayoti va xavfsizligi;

• mazmunan boyligi;

• unversalligi;

• ko'p funksionnaligi;

• foydalanishda osonligi;

• hissiy farovonligi va qulayligi;

• hududiy mintaqaviy imkoniyatlar;

• bolalarning erkin, mustaqil, mantiqiy fikrlari rag'batlanishi;

• tajriba obyektlari uzviyligi, tizimliligi va integratsiyasi.

Foydalangan adabiyotlar ro'yxati:

l.O'zbekiston Respublikasining 23.09.2020 yildagi "Ta'lim to'g'risida" gi 637-son

qonuni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 16 dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida" gi O'RQ 595-sonli Qonuni.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4312-son Qarori.

4. O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligining 2018 yil 3 iyuldagi " Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yilgan Davlat talablari to'g'risida"gi 3032-sonli buyrug'i.

5. "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturining takomillashtirilgan ikkinchi nashri.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.