Научная статья на тему 'JISMONIY TARBIYA YO‘RIQCHILARINING MASHG‘ULOTLAR DAVOMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH AFZALLIKLARI'

JISMONIY TARBIYA YO‘RIQCHILARINING MASHG‘ULOTLAR DAVOMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH AFZALLIKLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
24
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
innovatsiya / pedagogik texnologiyalar / sog‘lom turmush tarzi / yirik motorika / mayda motorika / jismoniy rivojlanish.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Valiyeva Hamida Ravshan Qizi

Mazkur maqolada yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, jismoniy tarbiya yo‘riqchilari faoliyati davomida bolalar salomatligini har tomonlama o‘rganish, uning dinamikasini o‘rganish, bolaning jismoniy va ruhiy salomatligini tuzatish, o‘quvchilarda sog'lom turmush tarzi to‘g'risida tegishli g'oyalarni shakllantirishni yo‘riqchilarning mashg’ulot davomida foydalanadigan pedagogik texnologiyalari va ulardan mashg‘ulotlar davomida samarali foydalanish usullari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JISMONIY TARBIYA YO‘RIQCHILARINING MASHG‘ULOTLAR DAVOMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH AFZALLIKLARI»

JISMONIY TARBIYA YO'RIQCHILARINING MASHG'ULOTLAR DAVOMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH

AFZALLIKLARI Valiyeva Hamida Ravshan qizi

Toshkent farmatsevtika instituti assistenti, Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktori va mutaxassislarini qayta tayyorlsh va ularning malakasini oshirish instituti mustaqil tatqiqotchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10806254 Annotatsiya. Mazkur maqolada yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, jismoniy tarbiya yo'riqchilari faoliyati davomida bolalar salomatligini har tomonlama o'rganish, uning dinamikasini o'rganish, bolaning jismoniy va ruhiy salomatligini tuzatish, o'quvchilarda sog'lom turmush tarzi to'g'risida tegishli g'oyalarni shakllantirishni yo'riqchilarning mashg'ulot davomida foydalanadigan pedagogik texnologiyalari va ulardan mashg'ulotlar davomida samarali foydalanish usullari yoritilgan.

Kalit so'zlar: innovatsiya, pedagogik texnologiyalar, sog'lom turmush tarzi, yirik motorika, mayda motorika; jismoniy rivojlanish.

Аннотация. В данной статье рассматриваются систематическая организация отбора талантливых спортсменов среди молодежи и дальнейшее развитие физического воспитания и массового спорта, комплексное изучение здоровья детей в ходе деятельности инструкторов по физическому воспитанию, изучение его динамики, коррекция физического и психического здоровья детей. , образование Освещены педагогические технологии, используемые преподавателями в ходе обучения для формирования у студентов соответствующих представлений о здоровом образе жизни, и методы их эффективного использования в ходе обучения.

Abstract. In this article, systematic organization of selection of talented athletes among young people and further development of physical education and mass sports, comprehensive study of children's health during the activity ofphysical education guides, study of its dynamics, correction ofphysical and mental health of children, education Pedagogical technologies used by instructors during the training to form appropriate ideas about a healthy lifestyle in students and the methods of their effective use during the training are highlighted.

Sensomotorika Jamiyatimizda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun zamon talablariga mos shartsharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o'z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo'lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg'ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo'naltirilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-iyun PQ-3031-sonli "O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish" qarori va "O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2020-yil 24-yanvardagi PF 5924-son Farmoni, Prezidentning Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusi doirasida -Yoshlarni jismonan chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharaoitlar yaratishga yo'naltirilgan ikkinchi tashabbus ijrosini ta'minlash maqsadida maktabgacha ta'lim va umumta'lim maktablarida olib

boriladigan ishlar yuzasidan ma'lumotlar yoritib berilgan, shuningdek, 2019-yilda qabul qilingan "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni va unda belgilab berilgan maktabgacha ta'lim va tarbiyaning asosiy tamoyillari hamda maktabgacha ta'limda davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari yoritib berilgan. Aynan ushbu qonun ijrosini ta'minlash maqsadida "Ilk qadam" oquv dasturi ishlab chiqilgan.

Maktabgacha ta'lim jadal rivojlanayotgan ta'lim sohasi bo'lib, u butun dunyo va mamlakatimizdagi ta'lim sohasi mutaxassislari va tadqiqotchilarining diqqat markazida bo'lib kelmoqda. Hozirgi kunda O'zbekistonda maktabgacha ta'lim tizimini tubdan isloh qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Davlat o'quv dasturi - bu bolaning barkamol shaxs sifatida shakllanishiga qaratilgan bo'lib, ta'lim va tarbiya jarayonining maqsadlari, vazifalari, tamoyillari, kutilayotgan natijalari, mazmuni va tashkil etilishini belgilaydigan tayanch hujjat hisoblanadi. Mazkur hujjat maktabgacha ta'limning muqobil, parsial, moslashtirilgan dasturlarini ishlab chiqish uchun ham asosdir.

Rivojlanish sohalari bo'yicha kompetensiyalarni o'zaro bog'liq holda takomillashtirish bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlash, shuningdek, uning maktab ta'limi bo'lgan keyingi bosqichiga muammosiz o'tishi va unga tayyor bo'lishi, boshlang'ich ta'limda kompetensiyalarni shakllantirishi uchun zarurdir. Bolaning kompetensiyalaridan biri: - jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi.

"Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi" sohasi quyidagi kichik sohalarga bo'linadi:

• yirik motorika;

• mayda motorika;

• sensomotorika;

• sog'lom turmush tarzi va xavfsizlik.

Yuqoridagi sohalarni korib chiqish mobaynida biz bolalarga yoshiga doir talablar qo'yishimiz darkor.

0-7 yoshlik davrida bolalarda sohalarning rivojlanishi tartibi:

Yirik motorika: Bola o'z tanasi va uning a'zolarini boshqaradi, maqsadli to'g'ri harakatlanadi

Mayda motorika: bola qo'li va barmoqlarini turli maqsadlarda muvofiqlashtiradi va ishlatadi

Sensomotorika: Bola sezgi organlari yordamida o'z harakatlarini boshqarishga qodir Sog'lom turmush tarzi va xavfsizlik: Bola salomatlikni saqlash ko'nikmalarini namoyon qiladi, xavfsiz sog'lom ovqat va hayotni saqlash qoidalari haqida tushunchaga ega.

Shu davr mobaynida boalarni sog'lom turmush tarziga va keying ta'lim jarayaonlariga moslashtirish maqsadida "Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzini shakllantirish" sohasi kompetensiyalarining rivojlanishini kuztaish mumkin bo'ladi:

"Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi" sohasidagi o'quv-tarbiyaviy faoliyat yakunlanganidan so'ng 6-7 yoshli bola:

o'z imkoniyatlari va yoshi bilan bog'liq jismoniy rivojlanish me'yorlariga mos ravishda jismoniy faollik ko'rsatadi;

turli harakatchanlik faolligini uyg'un ravishda va maqsadli bajarishni biladi; turli hayotiy va o'quv vaziyatlarida mayda motorika ko'nikmalaridan foydalanadi; o'z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi; shaxsiy gigiyena malakalarini qo'llaydi;

sog'lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi;

xavfsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qiladi.

Ushbu hujjatlarga va talablarga asoslanib biz jismoniy yo'riqchilik faoliyati davomida foydalanishimiz mumkin bo'lgan innovatsion texnologiyalardan foydalanishimiz mumkin:

Jismoniy tarbiya yo'riqchiligi faoliyati davomida ustuvor yo'nalish sifatida bolalar salomatligini har tomonlama o'rganish, uni dinamikasini o'rganish, bolaning jismoniy va ruhiy salomatligini tuzatish, o'quvchilarda sog'lom turmush tarzi to'g'risida tegishli g'oyalarni shakllantirishni ustuvor deb bilishimiz zarur. Yo'riqchilarning mashg'ulot davomida foydalanadigan pedagogik texnologiyalarga quyidagilarni kiradi:

Bolaning harakat qobiliyatlari va qobiliyatlarini ochib berishga qaratilgan pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish, bolalarni o'z ehtiyojlari bilan bog'liq mustaqil harakat faoliyati bilan shug'ullanishga undash;

O'yin texnologiyalari. Yaxshi shakllangan ko'nikmava vositalardan foydalanish, ayniqsa o'yin, faoliyat jarayonida kutilmagan vaziyatlarda yuzaga keladigan vazifalarni tushunishga imkon beradi. Yetti yoshgacha bolalarda shakllangan harakat qobiliyatlari ularni maktabda yanada takomillashtirish uchun asos bo'lib, yanada murakkab harakatlarni o'zlashtirishga yordam beradi va kelajakda sport mashg'ulotlarida yuqori natijalarga erishishga imkon beradi. Bolalar bilan ishlashda biz quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

- ob'ektlarning asosiy, xarakterli xususiyatlarini aniqlash va ularni taqqoslash qobiliyatini rivojlantiruvchi o'yinlar va mashqlar;

-o'zini tuta bilish qobiliyatini, so'zga munosabat tezligini, fonemik eshitishni, zukkolikni rivojlantiruvchi o'yinlar.

-Mashg'ulotlar jarayonida hayvonlarni tomosha qilish, ertak qahramonlari bilan sayohat qilish, Olimpiya chempionlariga taqlid qilish, o'yin o'ynash va harakatlardan zavqlanish, maktabgacha tarbiya. Yuqoridagilar harakatlar yordamida bolalar sog'lom turmush tarzi odatiga ega bo'ladilar va asosiy kognitiv ko'nikmalarni egallaydilar:

1. harakat yoki hodisaning oqibatlarini bashorat qilish;

2. o'z harakatlaridagi xato-kamchiliklarni tekshirish;

3. o'z faoliyatini boshqarish;

4. real holatni anglay bilish.

• - bolaning jismoniy rivojlanishi va sog'lig'ini mustahkamlashga qaratilgan sog'liqni saqlashni tejaydigan texnologiyalar: uning jismoniy fazilatlarini rivojlantirish, motor faolligi va maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy madaniyatini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarning motorli faoliyati va jismoniy madaniyatini shakllantirish,chiniqish mashqlari, nafas olish mashqlari, massaj va o'z-o'zini massaj qilish, yassioyoqlikning oldini olishva gavdani to'g'ri tutishlarida yo'l-yo'riq korsatib borish, trenajyorlarda sog'lomlashtirish mashqlari, kundalik jismoniy faollik va salomatlikni saqlashga odatlanish ko'nikmalarini shakllanishida ko'mak berish.

- Ijtimoiy va shaxsiy rivojlanish texnologiyalari - maktabgacha yoshdagi bolaning ruhiy va ijtimoiy salomatligining holatini rivojlantirish;

- San'at - texnologiyalar, shu jumladan san'atning turli usullari va vositalaridan foydalanish.

- muammoli ta'lim texnologiyalari muammoni syujet (vaziyat) taklif qilib tushuntirar ekanmiz, uning davomida bolalar muammolarni o'z olamlarida hal qilish ko'nikmalarini

shakllantirib borishadi. Bola muammolarni hal qili shni o'rganishga qaratilgan turli xil faoliyat turlarini o'rganadi.

Predmetlar bilan ishlash muhiti texnologiyasi-

Sport zalida va sport maydonchasidagi muhit maktabgacha ta'lim muassasasida qo'llaniladigan Dastur talablari va bolalarning ruhiy xususiyatlarini hisobga olgan holda yaratiladi va yaxshilanadi.

O'quvchilarning uyushqoqlik va mustaqil harakat qilish imkoniyati mavjud bo'lib, bu turli xil jismoniy faoliyatga olib keladi.

"Zonalangan" bo'shliq bo'ylab harakatlanayotgan bola o'z harakatlarini muvofiqlashtirishni va tanasini boshqarishni o'rganadi.

Ta'lim jarayonida ushbu texnologiyalardan foydalanish bolalar bog'chasida va oilada tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qilish jarayonida bolaning hissiy qulayligi va ijobiy psixologik farovonligini, shuningdek, atrofidagi olamda muhitning ijtimoiy va hissiy farovonligini ta'minlashga yordam beradi.

Ushbu texnologiyalar bolalarning muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi, tadqiqot ko'nikmalarini shakllantiradi, shuningdek, hozirgi vaziyatda maqbul qarorlar qabul qilish qobiliyatini shakllantiradi.

Ma'lum mavzularda ("Qishki va yozgi sport", "Sport uchun sport anjomlari") bolalar bilan o'quv mashg'ulotlarini tashkil qilishda ta'lim portallarining kompyuter taqdimotlaridan foydalanish har bir yo'riqchining yordamchi ish quroli bo'la oladi, albatta.

Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan jismoniy tarbiya va sog'lomlashtirish ishlarida yuqorida sanab o'tilgan pedagogik texnologiyalarni integral asosda qo'llash va o'quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy talablarini amalga oshirish bizni quyidagi hulosalarga kelishimizda yaqindan yordam bera oladi:

1. bolalarda umuminsoniy integratsiyalashgan bilim, ko'nikma va malakalarning yaxlit tizimini rivojlantirish orqali ularga pedagogik ta'sir ko'rsatish sifatini oshirish;

2. jismoniy rivojlanishdagi funktsional buzilishlarni muvofiqlashtirish, saqlanib qolgan imkoniyatlar va individual qobiliyatlarni ochib berish;

3. bolalarni harakatga bo'lgan ehtiyoji bilan bog'liq mustaqil harakat faoliyatida olingan bilim, ko'nikmalardan foydalanishga undash;

4. maktabgacha yoshdagi bolalarning individual, psixologik va yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda yukni optimallashtirish.

Maktabgacha ta'lim texnologiyalari ta'lim jarayonining har tomonlama va samarali bo'lishini ta'minlagan holda, barcha usullarni bir butunga birlashtirishga mo'ljallangan. Aynan yuqoridagi ko'nikmalarni shakllantirish va jismoniy yo'riqchilarning o'z faoliyatini olib borishlarida ushbu texnologiyalardan foydalanish makatbgacha yoshdagi bolalarga yangi muhitga ko'nikishlarida kerak bo'ladigan xislatlarni shakllanishida yordamchi bo'la oladilar.

REFERENCES

1. l.O'zbekiton Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi qonuni. 16-dekabr 2019-yil, ORQ-595-son;

2. Zaxarova L.N. va boshqalar.Oqituvchining kasbiy kompetensiyasi va psixologik-pedagogik loyihalash. - Nijniy Novgorod: Nijniy Novgorod universiteti, 1993 yil.

3. Markova A.K. O'qituvchi ishining psixologiyasi. - Moskva: Ta'lim, 1993 yil.

4. Podlasy I.P. Pedagogika. - Moskva: Ta'lim, 1977 yil.

5. Xarlamov I.F. Pedagogika. - Minsk: Universitetskoe, 2000.

6. https://nsportal.ru/ ГОЛЕЛЕВА КРИСТИНА ЕВГЕНЬЕВНА

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.