Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYA JARAYONLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR'

MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYA JARAYONLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Maktabgacha ta’lim / zamonaviy yondashuv / innovatsion texnologiya / tamoyil / jarayon / natija / integratsiya / zamonaviy pedagog

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Jumaqulova Umida O’Ktamovna, Mirzayeva Muruvvat Saidmusayevna, Radjapova Dilnavoz Otamurodovna

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim va tarbiya jarayonlari samaradorligini oshirishda zamonaviy yondashuvlarning ahamiyati borasida fikrlar yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYA JARAYONLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR»

MAKTABGACHA TA'LIM VA TARBIYA JARAYONLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY

YONDASHUVLAR

Jumaqulova Umida O'ktamovna, 2Mirzayeva Muruvvat Saidmusayevna, 3Radjapova

Dilnavoz Otamurodovna

1Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumani, 2G-DMTT direktori 2Farg'ona viloyati, Qo'shtepa tumani, 2-DMTT direktori 3Buxoro viloyati, Jondor tumani, 26-DMTT direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11256058

Annotatsiya. Maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'lim va tarbiya jarayonlari samaradorligini oshirishda zamonaviy yondashuvlarning ahamiyati borasida fikrlar yoritilgan.

Kalit so'zlar: Maktabgacha ta'lim, zamonaviy yondashuv, innovatsion texnologiya, tamoyil, jarayon, natija, integratsiya, zamonaviy pedagog.

Mamlakatimizda uzluksiz ta'lim tizimining muhim bosqichlardan biri bo'lgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarda bolalarning shaxs sifatida asosiy o'rinni egallaydigan, bolalar tomonidan bilish kompetensiyalarini puxta o'zlashtirilishiga yordam beradigan dastlabki ko'nikmalarni shakllantiruvchi davr hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, ayni bosqichda ta'lim-tarbiya jarayonini nazariy va metodik jihatdan to'g'ri tashkil etish muhim pedagogik vazifalardan sanaladi.

Maktabgacha ta'limni o'z mazmun-mohiyatiga ko'ra, bolalarning ongi va tafakkurida mavjud bo'lgan yashirin imkoniyatlarni aniqlash va rivojlantirish; kichik maktabgacha yoshidagi bolalarda ta'limning dastlabki davridan boshlab yangi imkoniyatlarni shakllantirish, qaysiki, bunday yangi imkoniyatlar o'quv materialini muvaffaqiyatli o'zlashtirishgagina emas, balki hayotiy muammolarni yechishga ham tayyorlash; bolajonlarda o'rganishga hamda ta'lim jarayoniga nisbatan jonli qiziqishni shakllantirish kabi ustuvor vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

Uzluksiz talim oldiga qo'yilgan qatiy talablar barcha turdagi talim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning ijodkor bo'lishlarini, kundalik yangiliklarni o'z faoliyatida amaliy tadbiq etishni taqazo etmoqda. Shular qatorida maktabgacha talim tashkilotlari pedagog tarbiyachilarining ham maktabgacha ta'lim jarayonini samarali tashkil etishlari uchun bir qancha talablar qo'yilmoqda. Ushbu talablarni bajarish uchun maktabgacha talim tashkiloti pedagog tarbiyachisi sohaga doir meyoriy xuquqiy xujjatlar mazmuni, maktabgacha ta'lim mazmunini rivojlantirishga yo'naltirilgan ilg'or pedagogik va innovasion texnologiyalardan xabardor bo'lishi lozim.

Pedagog-tarbiyachilar o'z faoliyatlarini tashkil etishda quydagi vazifalarni hal etishlari talab etiladi:

- faoliyatlarni tashkil etishda ilg'or pedagogik va innovasion texnologiyalardan foydalanish;

- faoliyatlarni samarali o'tkazish maqsadida mustaqil ijodiy faoliyat va ijodkorlik sifatlarini rivojlantirish ko'nikmalarini hosil qilish;

- pedagogik-psixologik bilimlar asosida shaxsiy va kasbiy pedagogik innovasion faoliyat kompetensiyalarini egallash;

- guruhdagi tarbiyalanuvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini ilg'ay olish;

- har bir tarbiyalanuvchi bilan individual suhbatlarni bolalarcha tashkil qilish;

- faoliyatlarni olib borish va bolalarga o'yinlar orqali yetkazib berish;

O'yinlar bolalar tarbiyasidagi va bilim olishlaridagi eng asosiy ko'nikma hisoblanishi lozim. Ilg'or pedagog-tarbiyachilardan manashu ko'nikma va sifatlarni o'zida mujassam qilish talalab etiladi.

Hozirda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya sifati va mazmunini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, axborot-kommunikatsiya vositalaridan samarali foydalanilmoqda. Bulardan maqsad mashg'ulotlarda bolalarning faolligini oshirish, mashg'ulotlarning mazmundorligini ta'minlash va o'zlashtirish darajasini yuksaltirish, albatta.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar majmuasidan joy olgan noan'anaviy usul hamda vositalar:

- kreativ tarbiyachilar tomonidan mashg'ulot jarayonida bolalar jamoasini to'laqonli qamrab olish, ularni mashg'ulotlarga faol jalb qilish, bilimlarini oshishini imkonini yaratadi;

- tarbiyachi bolajonlarni mashg'ulot mavzusiga oid boy ma'lumot va axborotlar bilan ta'minlashga erishiladi;

- tarbiyachi tomonidan mashg'ulot maboynida ko'rgazmaliligi ta'minlanib, ushbu jihat yangi mavzuni mustahkamlashda o'ziga xos qulaylik yaratadi.

Masalan, zamonaviy texnologiyalardan mashg'ulot jarayonlarida maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilari bolalarning faollashtirish maqsadida foydalanmoqdalar. Ammo bular bilan kifoyalanib qolmaslik, zamonaviy pedagogik usul va vositalarning yangi-yangi turlarini yaratish, ularni mashg'ulot jarayonlariga tadbiq qilish tarbiyachilar va maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlaridan ulkan pedagogik mahoratni, ayni paytda chuqur ijodkorlikni talab qiladi.

Maktabgacha ta'limdagi tarbiyachi o'z ijodkorligi bilan har bir mavzuda bolalarga kutilmagan taassurotlarni tuhfa etishi, ularni, chinakam ma'noda, fanlar olamiga olib kira olishi zarur. Buning uchun esa u izlanishda bardavom bo'lishi kerak. Bu usul bolalarda o'z fikrlarini himoya qilish, ilgari surish va bunga o'zgalarni ham ishontirish ko'nikmalarini shakllantiradi. Ayni usul hozirgi davrda yanada ahamiyatli bo'lib, yosh avlodni g'oyaviy va mafkuraviy immunitet asosida tarbiyalashda muhim omil bo'ladi. Mazkur usul va vositalar hozirgi kunning muhim talabi - zamonaviy axborot texnologiyalari asosiga qurilgandagina yuqori pedagogik natijalarni beradi. Negaki, bugungi kunda AKT vositalaridan foydalanish maktabgacha yoshdagi bolalar uchun oddiy qoidadek bo'lib qolgan.

Shundan kelib chiqqan holda, mashg'ulot zamonaviy pedagogik usul va metodlar asosida zamonaviy axborot texnologiyalari vositasida tashkil qilinar ekan, bolalar faoliyatlar bo'yicha bilim-malakalarni o'zlashtirish bilan bir qatorda axborot-kommunikatsiya vositalaridan unumli foydalanish malakalarini bosqichma-bosqich o'zlashtirib boradilar. Axborot texnologiyalari vositasida mashg'ulotlarda:

- taqdimot, namoyish dasturlari orqali yangi mavzu bolalarga ixcham, aniq va mazmunli yetkazib beriladi;

- o'zaro ma'lumot va axborot almashishda vaqt tejaladi. Belgilangan vaqtda yangi mavzu bayoni va mustahkamlash uchun qulay imkoniyat yaratiladi;

- bolalarning axborot qabul qilish, jamlash, tahlil qilish, bir so'z bilan aytganda, axborot bilan ishlash madaniyati shakllanadi va h.k.

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar tarbiyasida faoliyatlar integratsiyasiga tayanish uning muvaffaqiyatini ta'minlashga yordam beradi. Globallashuv sharoitlarda bolalarni turli faoliyatlarga jalb etish, ularda axloqiy fazilatlarni shakllantirish masalalari va ularning yechimini,

turli shakl, usul va vositalarini izlab topish MTTlarining metodik ta'minotini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Pedagogik integratsiya faqat pedagogik vositalar, pedagogik maqsadlar uchun munosabatlar va bog'lanishlar jarayonini o'zida namoyon etadi. Integratsiya uchta aspektda ko'zga tashlanadi:

1. Tamoyil sifatida - yetakchi g'oya rivojlanishni zamonaviy bosqichining o'ziga xosligini aks ettiradi, agarda u amalga oshirilsa, ilmiy va pedagogik faoliyatda yuqori ijobiy natijalarga erishilishini kafolatlaydi.

2. Jarayon sifatida - obyektlar va faraz etilayotgan natijalarga mos ravishda yaxlit yangi tizimni yaratish o'rtasidagi bevosita bog'lanishlarni o'rnatish.

3. Natija sifatida - bir biri bilan o'zaro bog'lanish asosida obyektlar kasb etadigan shakl (shakllar - interallashgan mashg'ulot, modulli ta'lim va shu kabilar).

Integratsiya pedagogikada bilimlarni o'ziga "tortib", ularni yangi talablarga ko'ra tartiblashtirib, mantiqiy konstruktsiya asosida qandaydir g'oyalar atrofida jamlaydi. Shunday qilib, integratsiya bilish sohasini kengaytirib, uni ifodalanishini atamalar nuqtai nazaridan boyitadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalik davridan boshlab shaxsiy mas'uliyatini namoyon eta oladigan, tashqi ta'sirlarga nisbatan o'z mustaqil pozitsiyasiga ega bo'lgan mas'uliyatli, irodasi baquvvat insonni tarbiyalash, ijtimoiy faol shaxsni shakllantirish muammosi juda ham dolzarbdir.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda faoliyatlar integratsiyasi asosida mas'uliyatlilikni va ijtimoiy faollikni shakllantirish texnologiyasini ishlab chiqishda motivatsion, intellektual va irodaviy komponentlarni rivojlantirishga tayanish lozim bo'ladi. Mazkur zamovaviy texnologiya asosida maktabgacha ta'lim tashkilotlari ta'lim jarayoniga mazmunli va faoliyatli tomonlar integratsiyasini kiritish maqsadga muvofiqdir. Bu:

1) Ilgari tarqoq bo'lgan faoliyat turlarini yagona maqsadga erishishda birlashtiradi va shu bilan bolalarning mas'uliyatlilikka yo'naltirilgan faoliyatlari uchun motivatsiya o'yg'otadi. Faoliyatlar davomida aniq bir natijaga erishish uchun tashabbuskorlik va mas'uliyatlilikka asoslangan imkoniyatlar eshigini ochadi; bolalarning faoliyat natijalariga mazmundorlik va samaradorlikni taqdim etgan holda o'z faoliyatidan qoniqish, rag'bat va keyingi faoliyat turlari uchun stimul uyg'otadi;

2) Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun xos bo'lgan faoliyat turlarini uyg'unlashtirish bolalar faoliyat ko'rinishlarining qiziqarlilik va kreativlik ko'rsatkichlarini mukammallashtiradi. Xususan, bolalarning o'yin, bilish va mehnat faoliyatlarini topshiriqlar tizimi bilan original uyg'unlashtirish yoki kombinatsiyalash maktabgacha yoshdagi bolalarda yangi va qiziqarli bo'lgan faoliyat turiga jalb etish imkoniyatini beradi;

3) Bolalar jamoasini aniq bir topshiriqlar tizimi bilan tanishtirish, vazifalarni taqsimlash, bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar mazmunini tushuntirish va stimul berish mas'uliyatlilikni shakllantirishning dastlabki bosqichi bo'lib, ushbu bosqichdagi vazifalarning aniq bajarilishi faoliyat samaradorligini ta'minlaydi;

4) Asosiy bosqichda bolalarning topshiriqlarni sidqidildan jahd bilan bajarishga kirishishlariga erishish, ularning asosiy maqsaddan chalg'imasliklari uchun asosiy maqsadni eslatib turish mas'uliyatlilik mezonlaridan bo'lmish jiddu-jahd va sobitqadamlilikka erishishga imkon beradi;

5) Faoliyat yakunida mashg'ulot ishtirokchilaridan har birining faoliyati va ishtiroki tahlil qilinishi, o'ziga xos yutuqlari e'tirof etilishi, kamchiliklar yoki mag'lubiyatning ham o'ziga xos

natija ekanligi qayd etilishi tarbiyalanuvchilarning o'z faoliyat va xatti-harakati uchun javobgarlik hissini oshirishga hamda irodaviy sifatlarini mustahkamlashga yordam beradi.

Yuqorida ko'rsatib o'tilgan talablar asosida tashkil etilgan jarayonda bola ongida dunyoni idrok etish, anglash, tushunishini ta'minlovchi yaxlit yondashuv ro'y beradi. Alohida yo'nalishlarda tashkil etiladigan mashg'ulotlarda emas, balki mujassamlashgan faoliyat jarayonida bolaning irodaviy sifatlarini uyg'otish, individual yashirin jihatlariga urg'u berish, ahdida qat'iylik asosida mas'uliyatlilikni shakllantirishga imkon beradi.

Maktabgacha ta'lim va tarbiya jarayonlari samaradorligini oshirishda:

- zamonaviy pedagogik texnologiyalar majmuasidan joy olgan noan'anaviy usul hamda vositalar bolalarning besh markazlarga qiziqishlarini oshiradi, bu orqali ular fanlarga bo'lgan qizishlar to'laqonli qamrab olinadi va bolalar bilim oshiriladi;

- zamonaviy tarbiyachi mashg'ulotlarda ilg'or texnologiyalar bilan birga mashg'ulot jarayonlariga yangidan-yangi usullarni tadbiq qilishi maqsadga muvofiq. Xususan, "intellektual bellashuv", "g'oyaviy munozara", "tahlil va tavsif", "yoyish va jamlash" va h.k. kabi usullar ham bolalarda ilmiy fikrlash, o'z fikrlarini munosib himoya qilish, faoliyatini baholash ko'nikmalarini shakllantiradi;

- zamonaviy tarbiyachi mashg'ulotlarda zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanishda ta'lim imkoniyatlaridan samarali foydalanish mashg'ulotlar mazmuni va sifatini oshirishi bilan bir qatorda bolalarda axborotni qabul qilish va u bilan ishlash madaniyatini shakllantirib boradi.

Maktabgacha ta'lim jarayonida bolalarning rivojlanishidagi umumiy jihatlarni aniqlay olish, pedagog-tarbiyachilarning muhim vazifalari sirasiga kiradi. Shuning uchun ham pedagog-tarbiyachilar bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun maktabgacha ta'lim va tarbiya jarayonlari samaradorligini oshirishda zamonaviy yondashuvlar asosida faoliyatni tashkil etishlari, bolalar psixologiyasini yaxshi bilishlari va kundalik amaliyotda pedagogik bilimlaridan unumli foydalana olishlari hamda o'z tajriba va bilim malaka ko'nikmalarini rivojlantirib o'z ustilarida ko'proq ishlashlari lozim.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-son qarori.

2. Grosheva I.V., Mirziyoeva Sh.Sh., Yevstafeva L.G., Maxmudova D.T., Nabixanova Sh.B., Pak S.V., Nazarova V.A., Isxakova M.R., Abdunazarova N.F. O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi (takomillashtirilgan ikkinchi nashr) Toshkent 2022-yil (o'zbek va rus tillarida).

3. Nazirova G.M. Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish, O'quv qo'llanma. -Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2014.

4. Djurayev R.X., Tolipov O'.Q. va boshq. Pedagogik atamalar lug'ati. Toshkent, Fan, 2008. 198 b.

5. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2021 Pages: 135139.5 bet

6. Valiyeva FR. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021

7. Olimov Q.T, Li D.Ye, Mavlonov N.Sh, Technology of creation electronic textbooks on special disciplines for vocational education, J: Xalqaro ilmiy jurnal "Vestnik nauki" 2020-yil 23-fevral № 2 (23)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.