Научная статья на тему '6-7 YOSHDAGI BOLALARNING TADQIQIY-TAJRIBA MALAKALARINI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI TAKOMILLASHTIRISHNING IJOBIY AHAMIYATI'

6-7 YOSHDAGI BOLALARNING TADQIQIY-TAJRIBA MALAKALARINI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI TAKOMILLASHTIRISHNING IJOBIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
2
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Pedagogik texnologiya / tadqiqiy-tajriba / o‘yin / AKT / loyihalash / visual texnologiya / madellashtirish / kuzatish.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Igamberdiyeva Aziza Abdurashitovna

Mazkur tezisning mazmuni maktabgacha 6-7 yoshdagi bolalarning tadqiqiy-tajriba faoliyati orqali bilish jarayonlarini shakllantirish, rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, bu jarayonda pedagogik texnologiyalarni ta’lim va tarbiya jarayoniga qo‘llashning ijobiy jihatlari hamda bolalarda tadqiqiy-tajriba malakalarini shakllantirishga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «6-7 YOSHDAGI BOLALARNING TADQIQIY-TAJRIBA MALAKALARINI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI TAKOMILLASHTIRISHNING IJOBIY AHAMIYATI»

6-7 YOSHDAGI BOLALARNING TADQIQIY-TAJRIBA MALAKALARINI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI TAKOMILLASHTIRISHNING IJOBIY

AHAMIYATI

Igamberdiyeva Aziza Abdurashitovna

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti 13.00.08 "Maktabgacha ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi" ixtisosligi

3-kurs tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11256038 Annotatsiya. Mazkur tezisning mazmuni maktabgacha 6-7yoshdagi bolalarning tadqiqiy-tajriba faoliyati orqali bilish jarayonlarini shakllantirish, rivojlantirishga qaratilgan bo 'lib, bu jarayonda pedagogik texnologiyalarni ta 'lim va tarbiya jarayoniga qo 'llashning ijobiy jihatlari hamda bolalarda tadqiqiy-tajriba malakalarini shakllantirishga qaratilgan.

Kalit so'zlar: Pedagogik texnologiya, tadqiqiy-tajriba, o'yin, AKT, loyihalash, visual texnologiya, madellashtirish, kuzatish.

Kirish mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning eng oliy maqsadi ta'lim sifatiga qaratilgan bo'lib, maktabgacha ta'lim tizimidagi ta'lim va tarbiya jarayoniga innovatsion yondashuv, pedagogik shart-sharoitlarni takomillashtirish, bolalarda kreativ, mantiqiy, erkin, tanqidiy fikrlashga o'rgatadigan faoliyat ishlanmalarini ishlab chiqish, metodik, didaktik ta'minotni takomillashtirish va bu jarayonga pedagogik texnologiyalarni qo'llash hamda barcha sohalar kesimida ijobiy natijalarni qayd etish orqali bolalarni maktab ta'limiga sifatli tayyorlashdan iborat. Shuningdek, maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, rivojlantirish, samarali faoliyat ko'rsatishini ta'minlashga qaratilgan muhim huquqiy me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Shuningdek, mazkur me'yoriy huquqiy hujjatlar asosida kompleks chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi 2019-yil, 16-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi O'RQ-595-son qonuni [1]. Hamda O'zbekiston Respublikasining 2019-yil, 8-maydagi "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi" [2] va boshqa bir qator huquqiy-me'yoriy hujjatlarni keltirishimiz mumkin.

Barchamizga ma'lumki aynan maktabgacha yosh davrda bolalarni tabiat va undagi hodisalarga bo'lgan qiziqishlari yuqori bo'ladi. Olimlarning ta'kidlashicha, maktabgacha yoshdagi bolalarda tadqiqiy-tajriba malakalarini shakllantirishning eng samarali usuli bu tadqiqiy-t a

j Pedagogik texnologiya-o'quv faoliyatini oqilona tashkil etish, imkon qadar ozroq vaqt Barflab, ta'lim natijasini kafolatlaydigan izchil pedagogik tizimdir. Pedagogik texnologiyalarni tadqiqiy-tajriba faoliyati jarayoniga qo'llash maktabgacha 6-7 yoshdagi bolalarda tadqiqiy-tajriba tnalakalarini shakllantirishning ijobiy samarasini ko'rsatadi. Hamda 6-7 yoshdagi bolalarning bilish jarayonlarini rivojlantirishga, intellektual-anglash, elementar matematik malakalarini rivojlantirish imkonini beradi. Tadqiqiy tajriba faoliyatini o'yin texnologiyasi asosida olib borish maktabgacha 6-7 yoshdagi bolalarda tajribaga nisbatan qiziqishni, motivni oshiradi. AKT texnologiyasi orqali annimatsion tadqiqiy-tajriba to'plamlarini ishlab chiqish va qo'llash orqali bolalarda kognitiv qobilyat malakalarini shakllantiradi. Shuningdek, tajriba jarayonida vizual l

y

o

texnologiyaning mnemotexnika usulidan foydalanish maktabgacha 6-7 yoshdagi bolalarda xotira, diqqat, tasavvur, mantiqiy va tanqidiy fiklashni rivojlantiradi. Tadqiqot obyektiga nisbatan kuzatuv tahlilarini faollashtiradi.

Tadqiqiy-tajriba faoliyatida malaka bu- foliyat elementi bo'lib, biron-bir ishni yuqori sifatda bajarishga imkon beradi, masalan, davomli ishni aniq bajarish. Malaka doim faol intellektual faoliyatga tayanadi. Malakalarda intellektual faoliyatni faollashuvi faoliyat sharoitlari o'zgarganda, tezkor qaror qabul qilishi kerak bo'lgan vaziyatlarda, muzmmoliy vaziyatlarga noan'anaviy yechimlar talab etilgan holatlarda namoyon bo'ladi.

Shuningdek, tadqiqiy-tajriba malakalari- ma'lum bir yosh davriga xos bo'lgan tadqiqiy-tajriba vazifalarni muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shaklidir. Maktabgacha 6-7 yosh bolalarda aynan mazkur davrda tadqiqiy-tajriba faoliyat jarayonida qiziquvchanlik, izlanuvchanlik, idrok, diqqat, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, sabab-oqibatlarni o'rganish, fikrlarni baholash, tahminlarni ilgari surish,isbotlashga urinish va kichik tadqqiqotchining o'z natijalari hamda tengdoshlarini natijalarini baholashi faollashadi. Shu bois mazkur yosh davrda tadqiqiy-tajriba faoliyatida boshlang'ich va tayanch malakalarni shakllantirish ijobiy ahamiyatga ega. Malaka shakllanish tezligi -vazifaning murakkablik darajasi; -shaxsning yosh xususiyati; -individual xususiyati;

- mavjud bilimi, ko'nikmasi darajasiga bog'liq.

Malakani faolishtirish omillari

-motivatsion yondashuv;

-rivojlantiruvchi muhit;

-pedagogik shart-sharoit;

-rag'batlantirish

Malakani sustlashish omillari (Kasallik, qattiq charchash, hayajonlanish va h.k) Xulosa: Maktabgacha 6-7 yoshdagi bolalarda tadqiqiy-tajriba faoliyatini rivojlantirish, jarayonga pedagogik texnologiyalarni joriy etish va bu orqali tadqiqiy-tajriba malakalarini shakllantirish ijobiy natijalarni beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tadqiqiy-tajriba malakalarini shakllantirish bo'yicha tajriba faoliyatini rejalashtirish va tashkil etishda mavsumiylik, individual imkoniyatlar, bolalarning qiziqishlari va ehtiyojlari kabi omillarni hisobga olish muhimdir. Mustaqil ravishda kuzatishlar, tajribalar o'tkazish va natijalarni qayd etish imkonini beradigan muhit ham yaratilishi kerak.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi 2019-yil, 16-dekabrdagi O'RQ- "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi 595-son qonuni.

2. O'zbekiston Respublikasining 2019-yil, 8-maydagi "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to'g'risidagi PQ-4312-sonli qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash" to'g'risidagi 802-son qarori.

4. R.X. Jurayev, O'.Q Tolipov, P.F. Safarova, X.O. To'raqulov, M.E. Inoyatova, M.S.Divanova "Pedagogik atamalar lug'ati".T.2008y-116 bet.

5. Kalmuratov T.N. Boshqaruv funksiyalari asosida davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish mexanizmi. Xalq ta'limi ilmiy jurnal, №3 sonli. 2023 yil.

6. Valiyeva F.R. O'quvchi va talabalarda kasbga maqsadli yo'naltirishning dolzarbligi// Buxoro muhandislik texnologiya instituti "Ekologik muammolarni hal etishda fan va ta'limning o'rni" Respublika ilmiy-amaliy anjumani sentyabr oyi. 2018 y

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.