Научная статья на тему '4-SANOAT INQILOBI DAVRIDA SAHNA NUTQI FANINING ROLI VA KELAJAKDAGI ISTIQBOLLARI'

4-SANOAT INQILOBI DAVRIDA SAHNA NUTQI FANINING ROLI VA KELAJAKDAGI ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
27
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
4-sanoat inqilobi / smart / aktyor / teatr / sahna nutqi / soha / mutaxassis / raqamlashtirish / lug‘at / san’at

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Isfandiyor Xomidov

Mazkur maqolada barcha sohalarga kirib borayotgan 4-sanoat inqilobi, uning о‘ziga xos jihatlari, Yangi О‘zbekistonda olib borilayotgan raqamlashtirish islohoti teatr san’ati mutaxassislari nigohida tahlil qilinadi. Ya’ni, sohaga “4-sanoat inqilobi olib kelishi mumkin bо‘lgan yangiliklar, kutilayotgan kashfiyotlar” haqidagi mulohazalar о‘rtaga tashlanadi. Jumladan, sahna nutqi fanining raqamlashtirishdagi istiqbolli rejalari yoritiladi, talaba-aktyorlarda sahna nutqiga oid bilimlarni nazariy jihatdan boyitish maqsadida amalga oshirilishi lozim bо‘lgan ba’zi taklif hamda xulosa bildiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «4-SANOAT INQILOBI DAVRIDA SAHNA NUTQI FANINING ROLI VA KELAJAKDAGI ISTIQBOLLARI»

4-SANOAT INQILOBI DAVRIDA SAHNA NUTQI FANINING ROLI VA KELAJAKDAGI ISTIQBOLLARI

Isfandiyor Xomidov [email protected] O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada barcha sohalarga kirib borayotgan 4-sanoat inqilobi, uning o'ziga xos jihatlari, Yangi O'zbekistonda olib borilayotgan raqamlashtirish islohoti teatr san'ati mutaxassislari nigohida tahlil qilinadi. Ya'ni, sohaga "4-sanoat inqilobi olib kelishi mumkin bo'lgan yangiliklar, kutilayotgan kashfiyotlar" haqidagi mulohazalar o'rtaga tashlanadi. Jumladan, sahna nutqi fanining raqamlashtirishdagi istiqbolli rejalari yoritiladi, talaba-aktyorlarda sahna nutqiga oid bilimlarni nazariy jihatdan boyitish maqsadida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ba'zi taklif hamda xulosa bildiriladi.

Kalit so'zlar: 4-sanoat inqilobi, smart, aktyor, teatr, sahna nutqi, soha, mutaxassis, raqamlashtirish, lug'at, san'at

THE ROLE AND FUTURE PROSPECTS OF THE SCIENCE OF STAGE SPEECH DURING THE 4TH INDUSTRIAL REVOLUTION

Isfandiyar Khomidov [email protected] Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: In this article, the 4th industrial revolution, which is entering all fields, its specific aspects, the digitization reform being carried out in New Uzbekistan are analyzed from the point of view of theater art experts. That is, comments about "innovations, expected discoveries that the 4th industrial revolution can bring to the industry" are thrown into the middle. In particular, promising plans for the digitization of the science of stage speech will be highlighted, some suggestions and conclusions will be made in order to theoretically enrich the knowledge of stage speech among student-actors.

Keywords: 4th industrial revolution, smart, actor, theater, stage speech, field, expert, digitization, vocabulary, art

Kirish. Yangilanayotgan O'zbekistonning ta'lim jarayonlari kreativ fikrlash va yondashuv, ta'lim oluvchi va ta'lim beruvchi o'rtasidagi interaktiv hamkorlik, yangi tadqiqotlar orqali innovatsion metodlarni qo'llash va ta'lim tizimiga joriy etish

zaruratini tug'dirmoqda. Bu esa tabiiyki har bir tadqiqotchidan mavjud muammolarni o'rganib, yechimlarini ilmiy asosda isbotlashni talab etadi. Bugungi kunda yurtimiz ta'lim tizimi zamonaviy texnologiyalar sabab ayrim muammolarga duch kelmoqda. Texnologiyalar takomillashuvi insoniyat uchun hamisha foyda keltirgan. Ammo, dunyoda hukm surayotgan "Industry 4.0" (To'rtinchi sanoat inqilobi) nomli texnologik inqilobning nima ekanligi hamda uning yutuq va kamchiliklari, kimlarga naf va kimlarga zarar keltirishi haqida bilib olishimiz zarur.

Asosiy qism. Avvalo, shu kungacha sodir bo'lgan uch sanoat inqilobi haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz:

1. Bug' dvigatelining ixtiro qilinishi, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash (XVIII asr oxiri);

2. Elektrlashtirish, konveyer, mehnat taqsimoti, ommaviy ishlab chiqarish (XIX asr oxiri va XX asr boshi);

3. Elektronika, axborot texnologiyalari industriyasi, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish (XX asr oxiri).1

Ж

1CAHOAT " ИНКИЛОБИ

Механизация, буг куввати, тукимачилик дастгохлари

Щ^-ш ■ ■ ■

nr=^ .V.

л

САНОАТ

ИНКИЛОБИ

Оммавии ишлаб чикариш. ма*сулотни йигиш линиялари, электр энергияси

САНОАТ

ИНКИЛОБИ

Автоматизация, компьютер ва электрон ускуналар

4 САНОАТ " ИНКИЛОБИ

Кибер-физик системалар, интернет, тармоклар

* у

ByryHTM KyH

Ana endi "Industriy 4.0", ya'ni "To'rtinchi sanoat inqilobi" nima ekanligini tushunib olamiz. "Industriy 4.0" dunyoga "smart" - aqlli ashyolarga moslashishni taklif qilmoqda. "Ashyolarning interneti" (Internet of things) yoki "Barcha narsaning interneti" (Internet of everythings) nomli umumiy atama mavjud bo'lib, unga ko'ra, internet tarmog'iga oddiy narsalarning ham ulanishidir. Bir so'z bilan aytganda "raqamlashtirish" Ya'ni, muayyan maqsadni amalga oshirishda inson omilini kamaytirish va robotlashtirish. Bu deyarli barcha sohani qamrab oladi. Maishiy texnika, turli jihozlar, avtomobillar va transport vositalari, binolar, sanoat va albatta qishloq xo'jaligi. Demak, "Industriya 4.0" bu - inson faoliyatidagi ish jarayonida

1 Pirmatov A. Industriya 4.0. to'rtinchi sanoat inqilobiga tayyormizmi?. 22.02.2018. UzA sayti. Murojaat vaqti 05.02.2023.

kerak bo'lgan, o'zini o'zi boshqara oladigan dasturlar ham deyish mumkin. Misol uchun, qishloq xo'jaligida tuproqdagi uzatkichlar (datchiklar), yerni sug'orishni ob-havo ma'lumotiga ko'ra avtomatik ravishda nazorat qiladi. Yanada yorqinroq ko'z oldingizda gavdalanishi uchun quyida qator bunday hayotiy misollardan keltiramiz:

- "Aqlli soat"ingiz siz uyg'onishni belgilagan vaqtda uyg'otadi;

- Nonushta uchun choy yoki kofe siz yotishdan avval belgilab qo'ygan vaqtda tayyor bo'ladi;

- Uyingiz chiroqlari siz harakatlanganingizda o'z-o'zidan yo'lingizni yoritadi;

- Vannaga kirib yuvinmoqchi bo'lganingizda suv sensor sezuvchanlik sabab issiqlik meyorida o'zi quyiladi va o'zi o'chiriladi;

- Nonushta qilib bo'lganingizdan so'ng, foydalangan idishlaringizni maxsus apparat o'zi yuvib, tozalab, joylab qo'yadi;

- Yotishdan avval ishga qanday kiyimda borishni belgilab, maxsus apparatga solib qo'ygansiz va u hozir yuvilgan, quritilgan va dazmollangan holatda sizni kutib turibdi;

- Ishga ketish vaqti bo'lgach, mashinangiz o'zi o't oladi va qizib, yurishga shay bo'lib turadi;

- Uydan chiqib ketganingizdan so'ng avtomatik ravishda hamma uskunalar xavfsizlik uchun elektrdan uziladi.

Bunday misollarning sanog'i yo'q. Odamlar asta-sekin "smart, ya'ni aqlli" uylarda yashashga, smartfonda barmoqning bir nechta harakati yordamida har qanday muammoni yechishga o'rganishmoqda. Asosan, ishlab chiqarish, sanoat rivojiga xizmat qiluvchi "Industriy 4.0" ta'lim tizimiga nima bera oladi? Aynan sahna nutqi fanining taraqqiyotigachi?

Bu savolga javob berishdan oldin, yurtimizda ilgari surilayotgan qarashlar va tub islohotlarga e'tibor qaratish lozim. Bejiz, Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan 2018-yilni "Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili", 2020-yilni "Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili", 2023-yilni "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" deb e'lon qilinmadi. Zamirida butun dunyoda kechayotgan yangi sanoat inqilobiga munosib javob berish.

Mutaxassislar tomonidan "Industriy 4.0" ta'lim tizimiga yangi ixtirolarni olib kirayotgani quyidagicha e'tirof etilmoqda:

- Endi doskalarga bo'r bilan yozilgan harflar emas, balki ekranga barmoq yordamida yozilgan harflar ishga tushadi;

- Avvaldan mavzu bo'yicha tayyorlab qo'yilgan videodarslar jamlanmasi taqdim etiladi;

- Auditoriya vazifasini endi virtual auditoriya bajaradi;

- Ma'lumotlarni judayam tez va oson almashish imkoniyati ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshiriladi;

- Istalgan joydan turib bilim berish va olish mexanizmi ishlab chiqiladi;

- Zamon va makondan qat'iy nazar, bir vaqtning o'zida istalgancha talaba qatnasha oladigan onlayn darslar tashkil etiladi;

- Vaqtni tejash va navbat kutib asabiylashmaslik maqsadida imtixonlardan tortib hujjatlar amaliyotigacha elektronlashtiriladi.

Sahna nutqi mutaxassislari tomonidan esa "Industriy 4.0"ning sohaga olib kelishi kutilayotgan afzalliklari quyidagicha baholanmoqda:

- Sahna nutqi fani uchun maxsus elektron katalog yaratish orqali har bir pedagogning, talaba-aktyorning o'ziga xos tomonlari, iqtidori, nutqiy xarakteri bilan avvaldan tanishish imkoniyati;

- Talabalar uchun repertuar tanlash maxsus elektron bazasi;

- Nazariy va amaliy darslarning namunaviy videodarsi;

- Audiodarsliklar jamlanmasi;

- Mavzular tizimli yoritilishi hamda istalgan vaqtda ulardan foydalanish imkoniyati va hokazolar.

"Industriy 4.0"ning kamchilik va zararlari haqida mutaxassislar ta'kidlayotgan birgina, shunday bo'lsada, global ahamiyatga molik tarafi bor. U ham bo'lsa, inson omili bilan bog'liq bo'lib, "ishsizlik"ka olib kelishi mumkin. Robotlashgan tizim ishchi kuchini siqib chiqarishi mumkin.

Sahna nutqi mutaxassislari esa har bir talaba-aktyor individual ijodkor ekanligini inobatga olib, kamchiliklar ko'p ekanligini bildirishmoqda.

Birinchidan, xohlaymizmi yo'qmi sahnada aktyor jonli obraz yaratadi. Shunday ekan, uning xatti-harakati, nutqi jonli ifodalanadi. Ifoda usullari obraz omili bo'lib, repetitsiyalarda charxlanadi. Repetitsiyalar ham jonli bo'lishi shart. Aktyorlar uchun tashkil qilinadigan darslarning faqatgina nazariy qismini zarurat bo'lgandagina shartli onlayn rejimga moslashtirish mumkin.

Ikkinchidan, hayotiy haqiqatning badiiylik asosida sahnaviy haqiqatga aylanish jarayoni bevosita pedagog va talaba o'rtasida jonli muloqot orqali sodir bo'ladi.

Uchinchidan, sahnada kechmish voqea o'yin bo'lgani uchun aktyor ijrosida hissiyotlar anchayin jo'shqinroq, yorqinroq namoyish etiladi va bu jarayon nutqqa ta'sir etmay qolmaydi. Sahna nutqi pedagogi har bir so'zning ifodasi hissiyot bilan kechishini ta'minlashi uchun ham jonli amaliy dars maqsadga muvofiq.

Xulosa va takliflar. Zamon talabiga mos kadrlarni tayyorlash ta'limiy islohotlarni talab etishi tayin. Shunday ekan an'anaviy ta'lim bilan qiyosiy solishtirishlar orqali mentalitetimizga va yangi avlodga xos yondashuvlarni o'zlashtirishimiz zarur. Ustozlar o'gitini ham nazardan qochirmasligimiz shart: "Sahnaviy nutq keng fikr, chuqur mulohaza, o'z millatimiz tarixiy ildizlarini aniq

bilish ularga mehr bilan yondashgan ziyolilardagma yaxshi tarbiyalanadi, jaranglaydi, parvoz etadi.1"

Kirib kelayotgan sanoat inqilobining yaxshi tomonlaridan foydalanish kerak, albatta. Shu maqsadda, "Sahna nutqi" fani taraqqiyotiga xizmat qilgan ustozlarning an'analarini davom ettirgan holda, bugungi kun "Sahna nutqi" pedagoglarining yangi avlodlari tomonidan "Sahna nutqiga oid atamalarning izohli lug'ati" nomli lug'at tuzish va tartib berishga qo'l urilgan. Boisi, tilshunos olim Boduen de Kurtene "Tilda harakatsizlikning o'zi yo'q, til tabiat kabidir. Tabiatda hamma narsa yashaydi, hamma narsa harakat qiladi va hamma narsa o'zgaradi. Tilda ham xuddi shunday2" deb ta'kidlaganidek, bugungi kun ta'lim va sahna talablariga nutqiy ifoda uslublari orqali javob berish uchun aynan bo'lajak aktyor va rejissyorlarda sahna nutqiga oid nazariy bilimlarni boyitish borasida dolzarb sanalgan "maxsus lug'at" muhim ahamiyat kasb etadi. Lug'atlar asosan ikki turga bo'linadi. Ya'ni:

1. Ensiklopedik lug'at - so'zlarning o'zini emas, balki ular orqali bildirilgan predmet va tushunchalarni izohlaydi, tushuntiradi;

2. Lingvistik (filologik) lug'at - so'zlarning ma'nolarini, turli lisoniy xususiyatlarini ochib beradi.

"Sahna nutqi" kafedrasi professor-o'qituvchilari tartib berishni maqsad qilgan lug'at ma'lum bir fan va texnika tarmog'i, ijtimoiy yoki xo'jalik hayotining biror sohasiga oid so'z-terminlardan iborat bo'ladigan "terminologik" lug'atdir. Bunday lug'at so'zlarning berilishi va izohlanishiga ko'ra ensiklopedik va lingvistik lug'at belgilariga ega bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Pirmatov A. Industriya 4.0. to'rtinchi sanoat inqilobiga tayyormizmi?. 22.02.2018. UzA sayti. Murojaat vaqti 05.02.2023.;

2. Qodirov R. Talaba-aktyorlar bilan nutqiy xarakter ustida ishlash usullari. // Madaniyat chorrahalari. Toshkent: 2022.№4, 4-8-b.;

3. Виноградов В.В., Бодуэн де Куртенэ И.А. Избранные труды по общему языкознанию: в 2 т. - М.: АН СССР, 1963. - Т.1. - С.6-20.

1 Qodirov R. Talaba-aktyorlar bilan nutqiy xarakter ustida ishlash usullari. // Madaniyat chorrahalari. Toshkent: 2022№4, 4-8-b.

2 Виноградов В.В., Бодуэн де Куртенэ И.А. Избранные труды по общему языкознанию: в 2 т. - М.: АН СССР, 1963. - Т.1. - С.6-20.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.